Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar (2/4)
Ikkinchi Qism
995-modda. Ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onaning voyaga yetmaganlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarligi
Sud ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onaga ularning voyaga yetmagan bolalari tomonidan ota-onasi o‘z huquqlaridan mahrum qilinganidan keyin uch yil ichida sodir etilgan zarar uchun, agar bolaning zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan xulq-atvori ular bolani tarbiyalash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganliklarining oqibati bo‘lsa, javobgarlikni yuklashi mumkin.
996-modda. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni uning vasiyi yoki uning ustidan nazoratni amalga oshirishi shart bo‘lgan tashkilot, agar zarar ularning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasa, to‘laydi.
Vasiy yoki tashkilotning muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni to‘lash bo‘yicha majburiyati, uning muomala layoqati tiklangan taqdirda ham tugamaydi.
Agar vasiy vafot etsa yoxud zararni to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ga ega bo‘lmasa, zarar yetkazuvchining o‘zi esa bunday mablag‘ga ega bo‘lsa, sud jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining mulkiy ahvolini, shuningdek boshqa holatlarni inobatga olib, zararni to‘lig‘icha yoki qisman zarar yetkazuvchining mol-mulki hisobidan to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
997-modda. Muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro tomonidan spirtli ichimliklar yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’mol qilish oqibatida yetkazilgan zararni uning o‘zi umumiy asoslarda to‘laydi.
998-modda. O‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
O‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni idora qila olmaydigan holatda zarar yetkazgan muomalaga layoqatli fuqaro, shuningdek o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan keltirgan zarari uchun javobgar bo‘lmaydi.
Agar jabrlanuvchining hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan bo‘lsa, sud jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining mulkiy ahvolini, shuningdek boshqa holatlarni inobatga olib, zararni to‘lash majburiyatini to‘lig‘icha yoki qisman zarar yetkazuvchiga yuklashi mumkin.
Zarar yetkazuvchi, agar spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari iste’mol qilish tufayli yoki boshqa usulda o‘zini o‘zi shu holatga keltirgan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
Agar zarar ruhiy holati buzilgani (ruhiy kasallik yoki aqli zaiflik) oqibatida o‘z harakatlari ahamiyatini tushuna olmagan yoki ularni idora qila olmagan shaxs tomonidan yetkazilgan bo‘lsa, zararni to‘lash majburiyati sud tomonidan bu shaxs bilan birga yashovchi, zarar yetkazuvchining bunday holati haqida bilgan, lekin uni muomalaga layoqatsiz deb topish va uning ustidan vasiylik o‘rnatish to‘g‘risida masala qo‘ymagan eri (xotini), ota-onasi, voyaga yetgan farzandlariga yuklanishi mumkin.
999-modda. Tevarak-atrofdagilarga oshiqcha xavf tug‘diradigan faoliyat tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Faoliyati tevarak-atrofdagilarga oshiqcha xavf tug‘diradigan yuridik shaxslar va fuqarolar (transport tashkilotlari, sanoat korxonalari, qurilishlar, transport vositalarining egalari va boshqalar) oshiqcha xavf manbai yetkazgan zararni, agar zarar bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuch yoki jabrlanuvchining qasddan qilgan harakati oqibatida yuzaga kelganini isbotlay olmasalar, to‘lashlari shart.
Zararni to‘lash majburiyati oshiqcha xavf manbaiga mulk huquqi, operativ boshqaruv huquqi yoxud boshqa har qanday qonuniy asosda (mulkiy ijara shartnomasi, transport vositasini boshqarish huquqini beradigan ishonchnoma, tegishli organning unga ortiqcha xavf manbaini topshirish to‘g‘risidagi farmoyishiga ko‘ra va hokazo) egalik qiluvchi yuridik shaxs yoki fuqaroga yuklanadi.
Oshiqcha xavf manbalarining egalari bu manbalarning bir biriga ta’siri (transport vositalarining to‘qnashuvi va hokazo) natijasida uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar.
Oshiqcha xavf manbalarining o‘zaro ta’siri natijasida ularning egalariga yetkazilgan zarar umumiy asoslarda qoplanadi. Bunda bir tarafning aybi bilan yetkazilgan zarar shu taraf tomonidan to‘liq hajmda qoplanadi, ikkala yoki bir nechta taraflarning aybi bilan yetkazilgan zarar esa ulardan har birining aybi darajasiga mutanosib ravishda qoplanadi. Taraflardan har birining aybi darajasini aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda javobgarlik ular o‘rtasida teng baravar taqsimlanadi. Zararning yetkazilishida taraflarning aybi bo‘lmaganda ulardan hech biri zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega emas. Bunday holda taraflarning har biri o‘zi ko‘rgan zarar xavfini zimmasiga oladi.
999-modda. Tevarak-atrofdagilarga oshiqcha xavf tug‘diradigan faoliyat tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgarlik (davomi)
Oshiqcha xavf manbaining egasi shu manba yetkazgan zarar uchun, agar manba egasining tasarrufidan boshqa shaxslarning g‘ayrihuquqiy harakatlari (harakatsizligi) natijasida chiqib ketganligini isbotlasa, javobgar bo‘lmaydi. Bunday hollarda oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik manbani g‘ayrihuquqiy egallab olgan shaxsning zimmasida bo‘ladi. Bu manbani egasining tasarrufidan g‘ayrihuquqiy tortib olishda egasining aybi bo‘lgan taqdirda, javobgarlik uning egasiga ham, oshiqcha xavf manbaini egallab olgan shaxslarga ham yuklanishi mumkin.
1000-modda. Birgalikda yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Birgalikda zarar yetkazgan shaxslar jabrlanuvchining oldida solidar javobgar bo‘ladilar.
Jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra va uning manfaatlarini ko‘zlab, sud birgalikda zarar yetkazgan shaxslarga hissali javobgarlikni yuklashga haqli.
1001-modda. Zarar yetkazgan shaxsga nisbatan regress huquqi
Boshqa shaxs (mehnat majburiyatlarini bajarayotgan xodim, transport vositasini boshqaruvchi shaxs va h.k) tomonidan yetkazilgan zararni to‘lagan shaxs bu shaxsga nisbatan, agar qonunda boshqacha miqdor belgilanmagan bo‘lsa, to‘langan tovon miqdorida qayta talab qilish (regress) huquqiga ega.
Birgalikda yetkazilgan zararni to‘lagan zarar yetkazuvchi zarar yetkazuvchilarning har biridan jabrlanuvchiga to‘langan tovonning har bir zarar yetkazuvchining aybi darajasiga mos ulushini talab qilishga haqli. Aybning darajasini aniqlash imkoniyati bo‘lmaganda ulushlar teng baravar deb hisoblanadi.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning mansabdor shaxslari tomonidan yetkazilgan zararni to‘lagan davlat bunday shaxslarning aybi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan hollarda, bu shaxslarga nisbatan regress huquqiga ega.
Terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazish natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplagan davlat sodir etilgan aybli harakatlari terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazilishiga sabab bo‘lgan shaxsga nisbatan to‘langan tovon miqdorida qayta talab qilish (regress) huquqiga ega.
Ushbu Kodeksning 993 –– 996, 998-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha zararni to‘lagan shaxslar zarar yetkazgan shaxsga nisbatan qayta talab qilish (regress) huquqiga ega emas.
1002-modda. Uy hayvonlari tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Uy hayvoni tomonidan yetkazilgan zarar uchun uning mulkdori yoki bu hayvonga egalik qiluvchi va undan foydalanuvchi shaxs umumiy asoslarda javobgar bo‘ladi.
1003-modda. Zararning o‘rnini qoplash usullari
Sud zararni qoplash to‘g‘risidagi talabni qanoatlantirar ekan, ish holatlariga muvofiq ravishda, yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsga zararni aslicha qoplash (o‘shanday turdagi va sifatdagi ashyoni taqdim etish, shikastlangan ashyoni tuzatish va hokazo) yoki yetkazilgan zararni to‘lash majburiyatini yuklaydi.
1004-modda. Jabrlanuvchining aybini va zarar yetkazgan shaxsning mulkiy holatini hisobga olish
Jabrlanuvchining qasddan ish ko‘rishi natijasida yuzaga kelgan zarar to‘lanmaydi.
Agar jabrlanuvchi o‘zining qo‘pol ehtiyotsizligi tufayli zararning yuzaga kelishiga yoki ortishiga ko‘maklashgan bo‘lsa, unda jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab tovon miqdori kamaytirilishi lozim.
Jabrlanuvchi qo‘pol ehtiyotsizlik qilganda va zarar yetkazuvchining aybi bo‘lmaganda, uning javobgarligi aybidan qat’i nazar, yuzaga kelgan hollarda, tovon miqdori kamaytirilishi lozim yoki, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, zararni to‘lash rad etilishi mumkin. Fuqaroning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilganda tovon to‘lashni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qo‘shimcha xarajatlarni to‘lashda, boquvchisining vafoti munosabati bilan ko‘rilgan zararni to‘lashda, shuningdek dafn etish xarajatlarini to‘lashda jabrlanuvchining aybi hisobga olinmaydi.
Sud fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni qoplash miqdorini, uning mulkiy holatini hisobga olib, kamaytirishi mumkin, zarar qasddan qilingan harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan hollar bundan mustasno.
2-§. Fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
Bilimingizni sinang
Ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onaga, huquqdan mahrum qilinganidan keyin necha yil ichida bolalari yetkazgan zarar uchun sud javobgarlik yuklashi mumkin?
- ikki yil
- uch yil
- bir yil
- besh yil
To‘g‘ri javob: uch yil. Sud huquqdan mahrum qilinganidan keyin uch yil ichida sodir etilgan zarar uchun ota-onaga javobgarlik yuklashi mumkin.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onaga sud voyaga yetmagan bolasi yetkazgan zarar uchun javobgarlikni qanday muddat ichida sodir etilgan zarar bo‘yicha yuklashi mumkin?
- Ota-onalik huquqlaridan mahrum qilinganidan keyin bir yil ichida
- Ota-onalik huquqlaridan mahrum qilinganidan keyin uch yil ichida
- Ota-onalik huquqlaridan mahrum qilinganidan keyin besh yil ichida
- Bola voyaga yetgunga qadar cheklanmagan muddat ichida
To‘g‘ri javob: Ota-onalik huquqlaridan mahrum qilinganidan keyin uch yil ichida. 995-moddaga ko‘ra, mahrum qilinganidan keyin uch yil ichida sodir etilgan zarar uchun javobgarlik yuklanishi mumkin.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 996-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- O‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
- Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
- Yuridik shaxsning yoki fuqaroning o‘z xodimi tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarligi
- Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
To‘g‘ri javob: Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik. 996-modda: Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik» qaysi moddada belgilangan?
- 990-modda
- 996-modda
- 989-modda
- 993-modda
To‘g‘ri javob: 996-modda. 996-modda: Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik.
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro yetkazgan zararni kim va qanday shartda to‘laydi?
- Faqat jabrlanuvchining o‘zi zararni, agar vasiyning aybi isbotlanmasa, o‘z hisobidan ko‘taradi
- Zararni, vasiy aybi bo‘lsa-da, har qanday holatda davlat byudjeti hisobidan to‘laydi
- Layoqatsiz fuqaroning barcha qarindoshlari, agar aybi yo‘qligini isbotlay olmasalar, solidar to‘laydi
- Vasiy yoki nazoratni amalga oshiruvchi tashkilot, agar aybi yo‘qligini isbotlay olmasa, to‘laydi
To‘g‘ri javob: Vasiy yoki nazoratni amalga oshiruvchi tashkilot, agar aybi yo‘qligini isbotlay olmasa, to‘laydi. 996-moddaga ko‘ra, vasiy yoki nazorat qiluvchi tashkilot zarar o‘z aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasa, zararni to‘laydi.
Quyidagi hukmlardan qaysi biri Fuqarolik kodeksiga muvofiq to‘g‘ri?
- Vasiyning zararni to‘lash majburiyati fuqaroning muomala layoqati tiklangan taqdirda ham tugamaydi
- Fuqaroning muomala layoqati tiklansa, vasiyning zararni to‘lash majburiyati o‘z-o‘zidan tugaydi
- Vasiy zararni to‘lash majburiyatidan faqat sudning alohida qarori bilan ozod etiladi
- Muomala layoqati tiklangan fuqaro vasiyga to‘langan summani qaytarishi shart
To‘g‘ri javob: Vasiyning zararni to‘lash majburiyati fuqaroning muomala layoqati tiklangan taqdirda ham tugamaydi. 996-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, majburiyat muomala layoqati tiklansa ham tugamaydi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 997-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
- O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
- Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
- O‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
To‘g‘ri javob: Muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik. 997-modda: Muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik» qaysi moddada belgilangan?
- 997-modda
- 991-modda
- 994-modda
- 993-modda
To‘g‘ri javob: 997-modda. 997-modda: Muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash