XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Fuqarolik kodeksi (II qism) · 1015–1022-m.

Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar (4/4)

Ikkinchi Qism

1015-modda. Yuridik shaxs bekor qilingan taqdirda zararning qoplanishi

Hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs qayta tuzilgan taqdirda, tegishli to‘lovlarni to‘lash majburiyati uning huquqiy vorisi zimmasida bo‘ladi. Zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabnoma ham unga taqdim etiladi.

Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan, qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda mablag‘ bo‘lmagan yoxud yetarli bo‘lmagan taqdirda, undirilishi lozim bo‘lgan summalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan to‘lanadi. Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham mazkur summalar davlat tomonidan to‘lanadi.

Hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, tegishli to‘lovlar ularni qonunchilikda belgilangan qoidalarga ko‘ra jabrlanuvchiga to‘lash uchun kapitallashtirilishi lozim.

Tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki yo‘qligi yoki yetarli emasligi sababli to‘lovlarni kapitallashtirish mumkin bo‘lmagan hollarda, belgilangan summalar jabrlanuvchiga davlat tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi.

1016-modda. Dafn etish xarajatlarining qoplanishi

Jabrlanuvchi vafot etganligi tufayli ko‘rilgan zarar uchun javobgar shaxslar dafn etish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar o‘rnini bu xarajatlarni qilgan shaxsga to‘lashlari shart.

Bu xarajatlarni qilgan fuqarolar tomonidan olingan dafn etish nafaqasi zararning o‘rnini qoplash hisobiga kiritilmaydi.

3-§. Tovarlar, ishlar, xizmatlardagi nuqsonlar oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash

1017-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash asoslari

Tovarning (ishning, xizmatning) konstruktiv, retsepturaviy yoki boshqa nuqsonlari oqibatida, shuningdek tovar (ish, xizmat) to‘g‘risidagi ma’lumot noto‘g‘ri yoki yetarli emasligi oqibatida fuqaroning hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yoxud yuridik shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi yoki tayyorlovchi (ijrochi) tomonidan, ularning aybidan va jabrlanuvchi ular bilan shartnoma munosabatlarida bo‘lgani yoki bo‘lmaganidan qat’i nazar, qoplanishi lozim.

Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar tovarni (ishning bajarilishi, xizmatning ko‘rsatilishi) tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun emas, balki iste’mol maqsadlari uchun sotib olingan hollardagina qo‘llaniladi.

1018-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslar

Tovarning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar jabrlanuvchining tanloviga ko‘ra tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi tomonidan qoplanishi lozim.

Ishning (xizmatning) nuqsoni oqibatida yetkazilgan zarar ishni bajargan yoki xizmatni ko‘rsatgan shaxs (ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.

Tovar (ish, xizmat) to‘g‘risida to‘liq yoki ishonchli ma’lumot bermaganlik oqibatida yetkazilgan zarar ushbu moddaning qoidalariga muvofiq qoplanishi lozim.

Muvofiqlikni baholash qoidalarini buzish natijasida fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashda muvofiqlikni baholash organi tovarni (ishni, xizmatni) sotuvchi, tayyorlovchi (ijrochi) bilan birga solidar javobgar bo‘ladi.

1019-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari natijasida yetkazilgan zararni qoplash muddatlari

Tovarning (ishning, xizmatning) nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar, agar u tovarning (ishning, xizmatning) belgilangan yaroqlilik muddatlari mobaynida yetkazilgan bo‘lsa, qoplanishi lozim, mabodo yaroqlilik muddati belgilanmagan bo‘lsa, tovar ishlab chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilib olingan) kundan boshlab o‘n yil mobaynida qoplanishi lozim.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddatlardan tashqari zarar quyidagi hollarda qoplanishi lozim, agar:

qonun talablari buzilib yaroqlilik muddati belgilanmagan bo‘lsa;

tovarni sotib olgan, ishni bajartirgan yoki xizmatdan foydalangan shaxs yaroqlilik muddati tugaganidan keyin zarur bo‘lgan harakatlarni qilishi to‘g‘risida va ko‘rsatilgan harakatlar bajarilmagan taqdirda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar to‘g‘risida ogohlantirilmagan bo‘lsa.

1020-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlikdan ozod qilish asoslari

Tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi, ishning (xizmatning) ijrochisi, zarar yengib bo‘lmas kuch ta’sirida yoki iste’molchi tovarlarni saqlash yoki ulardan (ishning natijalaridan, xizmatlardan) foydalanish yuzasidan belgilangan qoidalarni buzishi oqibatida yetkazilganligini isbotlagan hollarda javobgarlikdan ozod qilinadi.

4-§. Ma’naviy zararni qoplash

1021-modda. Umumiy qoidalar

Ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybi bo‘lgan taqdirda, zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanadi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qat’i nazar, quyidagi hollarda qoplanadi, agar:

zarar fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan bo‘lsa;

zarar fuqaroga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat olishni qonunga xilof tarzda qo‘llanish, qonunga xilof tarzda ma’muriy jazo qo‘llanish va qonunga xilof tarzda ushlab turish, shuningdek har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash natijasida yetkazilgan bo‘lsa;

zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘-e’tiborini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo‘lsa;

qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.

1022-modda. Ma’naviy zararni qoplash usuli va miqdori

Ma’naviy zarar pul bilan qoplanadi.

Ma’naviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon to‘lashga asos bo‘lgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik talablari e’tiborga olinishi lozim.

Jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyati ma’naviy zarar yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan holda sud tomonidan baholanadi.

Ma’naviy zarar to‘lanishi lozim bo‘lgan mulkiy zarardan qat’i nazar qoplanadi.

Bilimingizni sinang

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 1015-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash asoslari
  2. Yuridik shaxs bekor qilingan taqdirda zararning qoplanishi
  3. Zararning o‘rnini qoplash to‘lovlari
  4. Turmush qiymatining oshib borishi va qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining oshirilishi munosabati bilan zararni qoplashning ko‘payishi

To‘g‘ri javob: Yuridik shaxs bekor qilingan taqdirda zararning qoplanishi. 1015-modda: Yuridik shaxs bekor qilingan taqdirda zararning qoplanishi.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Yuridik shaxs bekor qilingan taqdirda zararning qoplanishi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 1014-modda
  2. 1017-modda
  3. 1013-modda
  4. 1015-modda

To‘g‘ri javob: 1015-modda. 1015-modda: Yuridik shaxs bekor qilingan taqdirda zararning qoplanishi.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zarar uchun javobgar deb topilgan yuridik shaxs qayta tuzilgan taqdirda to‘lovlarni to‘lash majburiyati kimning zimmasida bo‘ladi?
  1. Yuridik shaxsning sobiq rahbarlari zimmasida
  2. Yuridik shaxsning huquqiy vorisi zimmasida
  3. Yuridik shaxsning ta’sischilari zimmasida
  4. Jabrlanuvchi zimmasida

To‘g‘ri javob: Yuridik shaxsning huquqiy vorisi zimmasida. 1015-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, majburiyat huquqiy voris zimmasida bo‘ladi.

Zavod hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zarar uchun javobgar deb topildi va tugatilmoqda. Zavodning mol-mulki yetarli emasligi sababli to‘lovlarni kapitallashtirish mumkin emas. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, jabrlanuvchiga summalar kim tomonidan to‘lanadi?
  1. Zavodning sobiq xodimlari tomonidan, sud belgilagan tartibda
  2. Zavod tugatilgani uchun summalar hech kimga to‘lanmaydi
  3. Zavodning eng yirik kreditori tomonidan, shartnoma tartibida
  4. Davlat tomonidan, qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda

To‘g‘ri javob: Davlat tomonidan, qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda. 1015-moddaning to‘rtinchi qismiga ko‘ra, kapitallashtirish mumkin bo‘lmasa, summalarni davlat to‘laydi.

Quyidagi hukmlardan qaysi biri Fuqarolik kodeksining 1016-moddasiga muvofiq to‘g‘ri?
  1. Dafn etish xarajatlarini qilgan fuqaro olgan dafn etish nafaqasi zararni qoplash hisobiga kiritilmaydi
  2. Dafn etish xarajatlarini qilgan fuqaro olgan dafn etish nafaqasi zararni qoplash hisobiga kiritiladi
  3. Dafn etish xarajatlari zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanmaydi, faqat davlat hisobidan to‘lanadi
  4. Dafn etish xarajatlari faqat jabrlanuvchining merosxo‘rlari zimmasida qoladi va qoplanmaydi

To‘g‘ri javob: Dafn etish xarajatlarini qilgan fuqaro olgan dafn etish nafaqasi zararni qoplash hisobiga kiritilmaydi. 1016-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, dafn etish nafaqasi zararni qoplash hisobiga kiritilmaydi.

Fuqarolik kodeksi (II qism) — 1017-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Asossiz orttirilgan boylikni qaytarish majburiyati
  2. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash asoslari
  3. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslar
  4. Zararning o‘rnini qoplash to‘lovlari

To‘g‘ri javob: Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash asoslari. 1017-modda: Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash asoslari.

Fuqarolik kodeksi (II qism): «Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash asoslari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 1018-modda
  2. 1014-modda
  3. 1023-modda
  4. 1017-modda

To‘g‘ri javob: 1017-modda. 1017-modda: Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash asoslari.

Tadbirkor Bobur o‘z sartaroshxonasida ishlatish uchun fen sotib oldi. Fen nuqsonli bo‘lib chiqib, yong‘in chiqardi va uning mol-mulkiga zarar yetdi. Bobur Fuqarolik kodeksining 1017-moddasiga tayanmoqchi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Modda qoidalari qo‘llaniladi, chunki zarar mol-mulkka yetkazilgan
  2. Modda qoidalari qo‘llaniladi, agar sotuvchi aybdor bo‘lsa
  3. Modda qoidalari qo‘llanilmaydi, chunki tovar tadbirkorlik maqsadida sotib olingan
  4. Modda qoidalari qo‘llanilmaydi, chunki zarar hayot va sog‘liqqa yetkazilmagan

To‘g‘ri javob: Modda qoidalari qo‘llanilmaydi, chunki tovar tadbirkorlik maqsadida sotib olingan. 1017-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, qoidalar faqat iste’mol maqsadlari uchun sotib olingan hollarda qo‘llaniladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiZarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar (3/4)Keyingi →Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar