Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar
Ikkinchi Qism
1023-modda. Asossiz orttirilgan boylikni qaytarish majburiyati
Qonunchilikda yoki bitimda belgilangan asoslarsiz boshqa shaxs (jabrlanuvchi)ning hisobidan mol-mulkni egallab olgan yoki tejab qolgan shaxs (qo‘lga kirituvchi) asossiz egallab olingan yoki tejab qolingan mol-mulkni (asossiz orttirilgan boylikni) jabrlanuvchiga qaytarib berishi shart, ushbu Kodeksning 1030-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan majburiyat, shuningdek mol-mulkni egallab olish yoki tejab qolish asosi keyinchalik bekor bo‘lganda ham yuzaga keladi.
Ushbu bobning qoidalari asossiz boylik orttirish qo‘lga kirituvchining, jabrlanuvchining o‘zining, uchinchi shaxslarning xulq-atvori natijasi bo‘lganligidan yoki ularning irodasidan tashqari sodir bo‘lganligidan qat’i nazar qo‘llaniladi.
1024-modda. Asossiz orttirilgan boylikni qaytarish to‘g‘risidagi talablarning fuqarolik huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi boshqa talablar bilan o‘zaro bog‘lanishi
Agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa va tegishli munosabatlarning mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu bobning qoidalari, shuningdek:
haqiqiy bo‘lmagan bitim bo‘yicha bajarilgan narsani qaytarish to‘g‘risidagi;
mulkdor tomonidan mol-mulkni birovning qonunga xilof tarzdagi egaligidan talab qilib olish to‘g‘risidagi;
majburiyatidagi bir tarafning boshqa tarafga ana shu majburiyatlar munosabati bilan qaytarish to‘g‘risidagi;
zararni, shu jumladan boylik orttirgan shaxsning insofsizlik bilan qilgan xatti-harakatlari tufayli yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi talablarga nisbatan qo‘llanilishi lozim.
1025-modda. Asossiz orttirilgan boylikni asl holida qaytarish
Qo‘lga kirituvchining asossiz orttirilgan boyligini tashkil etuvchi mol-mulk jabrlanuvchiga asl holida qaytarilishi lozim.
Qo‘lga kirituvchi jabrlanuvchining oldida har qanday, shu jumladan u orttirilgan boylikning asossizligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan paytdan keyin asossiz qo‘lga kiritilgan yoki tejab qolingan mol-mulkning tasodifiy yetishmovchiligi yoki yomonlashuvi uchun javobgar bo‘ladi. Bu paytgacha u qasd va qo‘pol ehtiyotsizlik uchungina javobgardir.
1026-modda. Asossiz orttirilgan boylikning qiymatini to‘lash
Asossiz olingan yoki tejab qolingan mol-mulkni asl holida qaytarishning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, qo‘lga kirituvchi jabrlanuvchiga bu mol-mulkning qo‘lga kiritish paytidagi haqiqiy qiymatini to‘lashi, shuningdek agar qo‘lga kirituvchi orttirilgan boylikning asossizligini bilganidan keyin darhol uning qiymatini to‘lamagan bo‘lsa, mol-mulk qiymatining keyingi o‘zgarishi tufayli ko‘rilgan zararni to‘lashi lozim.
Egallab olish niyatisiz o‘zganing mol-mulkidan yoki o‘zganing xizmatlaridan vaqtincha asossiz foydalangan shaxs jabrlanuvchiga bunday foydalanish natijasida tejalgan narsani foydalanish tugallangan paytda va o‘sha joyda mavjud narx bo‘yicha to‘lashi lozim.
1027-modda. Huquqni boshqa shaxsga asossiz berish oqibatlari
O‘ziga tegishli huquqni talabnomadan voz kechish yo‘li bilan yoki boshqacha tarzda boshqa shaxsga mavjud bo‘lmagan yoki haqiqiy bo‘lmagan majburiyat asosida bergan shaxs avvalgi holatni tiklashni, shu jumladan berilgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar o‘ziga qaytarilishini talab qilishga haqli.
1028-modda. Jabrlanuvchiga olinmagan daromadlarni to‘lash
Mol-mulkni asossiz olgan yoki tejab qolgan shaxs boylikning asossiz orttirilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan vaqtdan boshlab ana shu mol-mulkdan chiqarib olgan yoki chiqarib olishi lozim bo‘lgan barcha daromadlarni jabrlanuvchiga qaytarishi yoki to‘lashi shart.
Asossiz orttirilgan pul summasiga, qo‘lga kirituvchi pul mablag‘larini olish yoki tejab qolishning asossizligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan vaqtdan boshlab, o‘zganing mablag‘laridan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi lozim.
1029-modda. Qaytarilishi lozim bo‘lgan mol-mulkka qilingan xarajatlarni to‘lash
Asossiz olingan yoki tejab qolingan mol-mulk qaytarilganida yoxud uning qiymati to‘langanida qo‘lga kirituvchi daromadlarni qaytarishi shart bo‘lgan vaqtdan boshlab mol-mulkni saqlab turish va asrash uchun qilingan zarur xarajatlarni o‘zi olgan nafni e’tiborga olgan holda to‘lashni jabrlanuvchidan talab qilishga haqli. Qo‘lga kirituvchi qaytarilishi lozim bo‘lgan mol-mulkni bila turib bermay turgan hollarda xarajatlarni undirish huquqi yo‘qoladi.
1030-modda. Qaytarib berilmaydigan asossiz orttirilgan boylik
Quyidagilar asossiz orttirilgan boylik sifatida qaytarib berilmaydi:
ijro etish muddati to‘lgunga qadar majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mol-mulk, agar majburiyatda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa;
da’vo muddati o‘tganidan keyin majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mol-mulk;
ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, hayot yoki sog‘liqqa yetkazilgan zarar tovoni, alimentlar va fuqaroga turmush kechirish vositasi sifatida berilgan boshqa pul mablag‘lari, uning tomonidan vijdonsizlik qilinmaganda va hisob-kitobda xatolar bo‘lmaganda;
mavjud bo‘lmagan majburiyatni bajarish uchun berilgan pul summalari va boshqa mol-mulk, agar qo‘lga kirituvchi mol-mulkni qaytarishni talab qilayotgan shaxsning majburiyat yo‘qligini bilganligini yoxud mol-mulkni xayriya maqsadlarida berganligini isbotlasa.
Bilimingizni sinang
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qonunchilikda yoki bitimda belgilangan asoslarsiz boshqa shaxsning hisobidan mol-mulkni egallab olgan yoki tejab qolgan shaxs nima qilishi shart?
- Asossiz orttirilgan boylikning yarmini jabrlanuvchiga qaytarishi shart
- Asossiz orttirilgan boylikni jabrlanuvchiga qaytarib berishi shart
- Asossiz orttirilgan boylikni o‘zida qoldirib, soliq to‘lashi shart
- Asossiz orttirilgan boylikni davlat byudjetiga topshirishi shart
To‘g‘ri javob: Asossiz orttirilgan boylikni jabrlanuvchiga qaytarib berishi shart. 1023-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, asossiz orttirilgan boylik jabrlanuvchiga qaytarib beriladi.
Sherzod Bobur bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi asosida 20 million so‘m oldi. Keyinchalik sud shartnomani haqiqiy emas deb topdi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Pulni qaytarish majburiyati yuzaga kelmaydi, chunki pul dastlab shartnoma bo‘yicha qonuniy olingan edi
- Pulni qaytarish majburiyati faqat Bobur talab qilgan taqdirda va faqat sud qarori bilan yuzaga keladi
- Pulning yarmi qaytariladi, qolgan yarmi esa shartnoma tuzilgani uchun Sherzodda qoldiriladi
- Mol-mulkni egallab olish asosi keyinchalik bekor bo‘lgani uchun ham qaytarish majburiyati yuzaga keladi
To‘g‘ri javob: Mol-mulkni egallab olish asosi keyinchalik bekor bo‘lgani uchun ham qaytarish majburiyati yuzaga keladi. 1023-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, asos keyinchalik bekor bo‘lganda ham majburiyat yuzaga keladi.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 1025-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ma’naviy zararni qoplash usuli va miqdori
- Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlikdan ozod qilish asoslari
- Qaytarilishi lozim bo‘lgan mol-mulkka qilingan xarajatlarni to‘lash
- Asossiz orttirilgan boylikni asl holida qaytarish
To‘g‘ri javob: Asossiz orttirilgan boylikni asl holida qaytarish. 1025-modda: Asossiz orttirilgan boylikni asl holida qaytarish.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Asossiz orttirilgan boylikni asl holida qaytarish» qaysi moddada belgilangan?
- 1020-modda
- 1029-modda
- 1022-modda
- 1025-modda
To‘g‘ri javob: 1025-modda. 1025-modda: Asossiz orttirilgan boylikni asl holida qaytarish.
Dilshod yetkazib berishdagi xato tufayli Ravshanning velosipedini o‘zinikidek qabul qilib oldi. Bir hafta o‘tgach xatoni bilib qoldi, ammo velosipedni qaytarmay turgan paytda uni garajda sel shikastladi (tasodifiy hodisa). Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, Dilshod javobgarmi?
- Yo‘q, tasodifiy hodisa tufayli yetkazilgan zarar uchun hech qachon va hech qanday holatda javobgar bo‘lmaydi
- Yo‘q, chunki asossizligini bilganidan keyin ham faqat qasddan yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi
- Ha, orttirilgan boylikning asossizligini bilganidan keyingi tasodifiy yomonlashuv uchun ham javobgar bo‘ladi
- Ha, lekin faqat velosipedni qaytarishni rad etib, qo‘pol ehtiyotsizlik qilgan taqdirdagina javobgar bo‘ladi
To‘g‘ri javob: Ha, orttirilgan boylikning asossizligini bilganidan keyingi tasodifiy yomonlashuv uchun ham javobgar bo‘ladi. 1025-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, asossizlikni bilgan paytdan keyin tasodifiy yomonlashuv uchun ham javobgar bo‘ladi.
Qo‘lga kirituvchi orttirilgan boylikning asossizligini hali bilmagan va bilishi lozim bo‘lmagan davrda mol-mulk yetishmovchiligi yoki yomonlashuvi uchun qanday javobgar bo‘ladi?
- Har qanday, jumladan tasodifiy yomonlashuv uchun ham
- Faqat qasd uchun
- Qasd va qo‘pol ehtiyotsizlik uchungina
- Umuman javobgar bo‘lmaydi
To‘g‘ri javob: Qasd va qo‘pol ehtiyotsizlik uchungina. 1025-moddaga ko‘ra, bu paytgacha qo‘lga kirituvchi faqat qasd va qo‘pol ehtiyotsizlik uchun javobgar.
Fuqarolik kodeksi (II qism) — 1026-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Asossiz orttirilgan boylikni qaytarish majburiyati
- Jabrlanuvchiga olinmagan daromadlarni to‘lash
- Asossiz orttirilgan boylikning qiymatini to‘lash
- Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari natijasida yetkazilgan zararni qoplash muddatlari
To‘g‘ri javob: Asossiz orttirilgan boylikning qiymatini to‘lash. 1026-modda: Asossiz orttirilgan boylikning qiymatini to‘lash.
Fuqarolik kodeksi (II qism): «Asossiz orttirilgan boylikning qiymatini to‘lash» qaysi moddada belgilangan?
- 1019-modda
- 1028-modda
- 1023-modda
- 1026-modda
To‘g‘ri javob: 1026-modda. 1026-modda: Asossiz orttirilgan boylikning qiymatini to‘lash.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash