Birlashgan Millatlar Tashkilotining maqsad va vazifalari
I-bo‘lim. O‘zbekiston Respublikasi — xalqaro huquq subyekti
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING TASHKIL TOPISHI, MAQSAD VA VAZIFALARI Ikkinchi jahon urushi (1939–1945-yillar) tugagach, 1945-yil 24-oktabrda San-Fransiskoda (AQSh) 51 ta mamlakat dunyoda tinchlik va xavfsizlikni saqlash maqsadida BMT Ustavini imzoladi, uni haqqoniy ravishda «Tinchlik konstitutsiyasi» deb nomlash mumkin.
Hozirgi kunda 193 ta mamlakat BMT a’zosi hisoblanadi. Jumladan, O‘zbekiston ham 1992-yil 2-martda BMTning teng huquqli a’zosiga aylandi.
BMT ustaviga muvofiq BMT harbiy kuchlari BMT Xavfsizlik Kengashi qarori bilan va uning rahbarligida tashkil etiladi va amal qiladi. Mazkur harbiy kuchlar faqatgina favqulodda vaziyatlarda boshqa barcha choralar natija bermaganda (BMT Ustavi 42-moddasi), tinchlik buzilganida yoki unga tahdid tug‘il- ganida, agressiya holatlarida (BMT Ustavi 39-moddasi) xalqaro tinchlik va xavfsizlikni tiklash va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Urushlar tarixidan Odamzod tarixida sayyoramizda 15 mingdan ortiq urush bo‘lib o‘tgan, ularda 3,5 milliarddan ortiq odam halok bo‘lgan. Shuning uchun hamma davrlarda ham odamlar vujudga kelayotgan muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilish ustida bosh qotir- ganlar.
BMTning barcha qatnashchi davlatlari o‘z harakatlarida quyidagi tamoyillarga amal qilishga majburdirlar:
— tenglik; — xalqaro norma va bitimlarga rioya qilish; — nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish; — kuch bilan tahdid qilish yoki uni qo‘llashdan voz kechish; — ichki ishlarga qo‘shilmaslik; — hamkorlik. Shu tariqa, BMTning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi: — butun dunyoda tinchlikni qo‘llab-quvvatlash; — do‘stona munosabatlarni rivojlantirish; — kambag‘allik, qashshoqlik, kasallik, savodsizlikni tugatish; — atrof muhitga yetkazilayotgan zararning oldini olish; — inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash. O‘z maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun BMT oltita bosh organdan iborat o‘z tuzilmasiga ega.
Bosh Assambleya
BMTning eng vakolatli organi hisoblanadi. Uning ishida 193 mamlakat qatnashadi, ular har yili global tusdagi 150 dan ortiq masalani muhokama etishadi.
Xavfsizlik Kengashi
5 ta davlatdan (AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya) va 2 yil muddatga saylanadigan 10 ta doimiy bo‘lmagan qatnashchilardan tarkib topgan. Xavfsizlik Kengashi tinchlik va xavfsizlikni saqlash masalalarini ko‘rib chiqadi.
Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash
BMTga a’zo 54 davlatdan iborat, sotsial-iqtisodiy masalalarni ko‘rib chiqadi.
Vasiylik Kengashi sobiq mustamlaka kolonial yerlarning o‘z yo‘nalishini aniqlashiga yordamlashadigan kuzatuv organi.
Xalqaro Sud
15 sudyadan iborat bo‘lib, davlatlar o‘rtasidagi nizolarni ko‘rib chiqadi, shuningdek xalqaro muammolar bo‘yicha konsultativ xulosalar beradi.
Kotibiyat BMT Bosh Kotibi tomonidan boshqariladi va BMT ma’muriy organi hisoblanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarixidan
BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR (sobiq), AQSh, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda qabul qilingan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945-yil 24-oktabrda tuzilgan. 24-oktabr har yili BMT Kuni sifatida nishonlanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavi esa San-Fransisko konferensiyasida 1945-yilda qabul qilingan. Ustavga dastlab 51 davlat imzo chekkan, bugungi kunga kelib a’zolar soni 193 mamlakatga yetdi.
O‘zbekiston BMT a’zoligiga 1992-yil 2-martda qabul qilindi. BMT bosh idorasi Nyu-Yorkda (AQSh) joylashgan.
BMT shtab kvartirasi. Nyu-York
Topshiriq.
INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASI
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi — 1948-yil 10-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining uchinchi sessiyasida 217 A (III) rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan va BMTga a’zo barcha davlatlar uchun tavsiya qilingan.
Deklaratsiya matni hamma odamlarga taalluqli huquqlarni global aniqlab bergan birinchi hujjatdir. U 30 moddadan iborat bo‘lib, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, shuningdek Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt hamda ikkita Fakultativ Bayonnoma barobarida Inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro billning bir qismi hisoblanadi. 1950-yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan BMT Inson huquqlari kunini belgiladi. U 10-dekabrda nishonlanadi.
INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASI
BMT huzurida YUNESKO (BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti), XMT (Xalqaro mehnat tashkiloti), BSST (Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) va boshqa xalqaro tashkilotlar amal qiladi, ularning faoliyati insoniyatning global muammolarini hal qilishga yo‘naltirilgan.
BMT FAOLIYATI
1946-yildan boshlab BMT doirasida, shuningdek, BMT Bolalar Fondi (YUNISEF) ham faoliyat yuritmoqda. U mamlakatlarga favqulodda vaziyatlarda ko‘maklashadi, shuningdek birlamchi tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatish, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, maqbul sanitar sharoitlari yaratish bilan shug‘ullanadi, bolalar va ayollar ovqatlanishi va ta’lim olishi ustidan nazorat qiladi.
YUNISEF faol ishlari tufayli har yili 3 milliondan ortiq bolaning hayoti saqlab qolinadi.
1959-yilda BMT Bosh Assambleyasi Bola huquqlari deklaratsiyasini qabul qildi. Uning maqsadi baxtli bolalikni ta’minlash, bolalarning huquq va er- kinliklaridan ularning o‘zlari va jamiyat manfaatlarida foydalanishdan iborat bo‘lib, barcha davlatlar va manfaatdor shaxslarni bolalarga berilgan huquqlarni tan olishga va ularga rioya etishga chaqirdi.
BMT FAOLIYATI
1979-yil BMT tomonidan Xalqaro bola yili deb e’lon qilindi. Bolalarning huquqlari shuningdek 1989-yil 20-noyabrdagi Bolalar huquqlari haqidagi Konvensiyada ham mustahkamlangan. Unda davlatlar tomonidan 18 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun elementar huquqlar ta’minlanishi nazarda tutilgan:
— o‘z oilasida yashash huquqi; — yetarlicha ovqatlanish va toza suv bilan ta’minlanish huquqi; — qulay yashash darajasiga ega bo‘lish huquqi; — sog‘lig‘ini saqlash huquqi; — alohida g‘amxo‘rlik va maxsus professional tayyorgarlik olish huquqi; — o‘z tilida so‘zlashish, o‘z dinidan va madaniyatidan foydalanish huquqi; — o‘yinlar va ko‘ngilochar tadbirlarda qatnashish huquqi; — erkin ta’lim olish huquqi; — o‘z salomatligini himoyalash huquqi; — shafqatsizlik, kamsitish va adolatsiz munosabatda bo‘lishdan himoyalanish huquqi; — o‘z fikrini erkin bildirish, o‘z nuqtayi nazarlarini namoyon etish uchun tengdoshlari bilan uchrashish huquqi. O‘zbekiston ham 1989-yilda Bolalar huquqlari haqidagi Konvensiya- ni imzoladi, unga ko‘ra olingan majburiyatlarni amalga oshirish maqsadida «Sog‘lom avlod uchun» fondi tashkil qilingan.
Bilimingizni sinang!
Muhim sanalar
- 1939–1945-yillar — BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING TASHKIL TOPISHI, MAQSAD VA VAZIFALARI Ikkinchi jahon urushi (1939–1945-yillar) tugagach, 1945-yil 24-oktabrda San-Fransiskoda (AQSh) 51 ta mamlakat dunyoda tinchlik va xavfsizlikni…
- 1943-yilda — BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR (sobiq), AQSh, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda qabul qilingan.
- 1945-yil — BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING TASHKIL TOPISHI, MAQSAD VA VAZIFALARI Ikkinchi jahon urushi (1939–1945-yillar) tugagach, 1945-yil 24-oktabrda San-Fransiskoda (AQSh) 51 ta mamlakat dunyoda tinchlik va xavfsizlikni…
- 1945-yil — Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945-yil 24-oktabrda tuzilgan.
- 1945-yilda — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavi esa San-Fransisko konferensiyasida 1945-yilda qabul qilingan.
- 1946-yilda — 1946-yildan boshlab BMT doirasida, shuningdek, BMT Bolalar Fondi (YUNISEF) ham faoliyat yuritmoqda.
- 1948-yil — Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi — 1948-yil 10-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining uchinchi sessiyasida 217 A (III) rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan va BMTga a’zo barcha davlatlar…
- 1950-yilda — 1950-yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan BMT Inson huquqlari kunini belgiladi.
- 1959-yilda — 1959-yilda BMT Bosh Assambleyasi Bola huquqlari deklaratsiyasini qabul qildi.
- 1979-yil — 1979-yil BMT tomonidan Xalqaro bola yili deb e’lon qilindi.
Bilimingizni sinang
BMT Ustavi haqqoniy ravishda qanday nom bilan ataladi?
- Hamkorlik xartiyasi
- Jahon ahdnomasi
- Xalqlar deklaratsiyasi
- Tinchlik konstitutsiyasi
To‘g‘ri javob: Tinchlik konstitutsiyasi. Matnda BMT Ustavini haqqoniy ravishda «Tinchlik konstitutsiyasi» deb nomlash mumkinligi aytilgan.
1945-yil 24-oktabrda San-Fransiskoda BMT Ustavini necha mamlakat imzoladi?
- 75 ta
- 33 ta
- 62 ta
- 51 ta
To‘g‘ri javob: 51 ta. 1945-yil 24-oktabrda San-Fransiskoda 51 ta mamlakat BMT Ustavini imzolagan.
Hozirgi kunda nechta mamlakat BMT a’zosi hisoblanadi?
- 193 ta
- 201 ta
- 154 ta
- 178 ta
To‘g‘ri javob: 193 ta. Hozirgi kunda 193 ta mamlakat BMT a’zosi hisoblanadi.
1945-yil 24-oktabrda San-Fransiskoda dunyoda tinchlik va xavfsizlikni saqlash maqsadida BMT Ustavini nechta mamlakat imzoladi?
- 45 ta
- 51 ta
- 60 ta
- 193 ta
To‘g‘ri javob: 51 ta. San-Fransiskoda 51 ta mamlakat BMT Ustavini imzoladi; 193 ta — hozirgi a’zolar soni.
O‘zbekiston Respublikasi BMTning teng huquqli a’zosiga qachon aylandi?
- 1991-yil 31-avgustda
- 1945-yil 24-oktabrda
- 1995-yil 10-dekabrda
- 1992-yil 2-martda
To‘g‘ri javob: 1992-yil 2-martda. O‘zbekiston 1992-yil 2-martda BMTning teng huquqli a’zosiga aylangan.
BMT Ustaviga muvofiq BMT harbiy kuchlari qaysi organning qarori bilan tashkil etiladi?
- Xavfsizlik Kengashining
- Bosh Assambleyaning
- Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashning
- Vasiylik Kengashining
To‘g‘ri javob: Xavfsizlik Kengashining. BMT harbiy kuchlari Xavfsizlik Kengashi qarori bilan va uning rahbarligida tashkil etiladi.
BMT Ustavining 42-moddasiga ko‘ra BMT harbiy kuchlari qachon xizmat qiladi?
- Har qanday nizoda birinchi navbatda, boshqa choralarni qo‘llashdan oldin
- Faqat a’zo davlatlar iltimosi bilan, tinch davrda va chora ko‘rilmasdan
- Favqulodda vaziyatlarda, boshqa barcha choralar natija bermaganda
- Faqat Xalqaro Sud xulosasi chiqqandan keyin, Assambleya roziligi bilan
To‘g‘ri javob: Favqulodda vaziyatlarda, boshqa barcha choralar natija bermaganda. Harbiy kuchlar faqat favqulodda vaziyatlarda, boshqa barcha choralar natija bermaganda qo‘llaniladi (42-modda).
A davlat BMT nomidan harbiy kuchlar tuzmoqchi, lekin Xavfsizlik Kengashi bunday qaror qabul qilmagan. A davlat vakili «Kuchlar tuzish faqat bizning ixtiyorimiz» deydi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- BMT harbiy kuchlarini istalgan a’zo davlat mustaqil, Xavfsizlik Kengashi qarorisiz tuza oladi
- Harbiy kuchlarni Xalqaro Sud qarori bilan, Xavfsizlik Kengashisiz tuzish va ishlatish mumkin
- BMT harbiy kuchlari faqat Bosh Kotib buyrug‘i bilan, uning rahbarligida tashkil etilishi mumkin
- BMT harbiy kuchlari faqat Xavfsizlik Kengashi qarori bilan va uning rahbarligida tashkil etilishi mumkin
To‘g‘ri javob: BMT harbiy kuchlari faqat Xavfsizlik Kengashi qarori bilan va uning rahbarligida tashkil etilishi mumkin. BMT harbiy kuchlari Xavfsizlik Kengashi qarori bilan va uning rahbarligida tashkil etiladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash