Inson huquq va erkinliklarini himoyalash mexanizmi
I-bo‘lim. O‘zbekiston Respublikasi — xalqaro huquq subyekti
INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHGA OID
XALQARO HUQUQIY HUJJATLAR Xalqaro hamjamiyatga kirgan O‘zbekiston Respublikasi mamlakatda inson huquqlari va erkinliklarini mustahkamlashga faol yordam berish, milliy qonunlarni inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga moslashtirish majburiyatini o‘ziga oldi.
Zamonaviy xalqaro hamjamiyat insonning tabiiy huquqlari g‘oyasini huquqiy me’yoriy hujjatlar darajasida mustahkamlagan. Ularning ichida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi alohida o‘rinda turadi. Deklaratsiyada bugungi kunda har bir inson ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ega bo‘lishi lozim bo‘lgan huquq va erkinliklarning minimal hajmi keltirilgan.
INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHGA OID
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosida ko‘plab bajarilishi shart bo‘lgan hujjatlar ishlab chiqilgan. Ular Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining deyarli barcha nizomlariga aniqlik kiritishdi va ularni rivojlantirishdi hamda inson huquqlarini himoya qiluvchi ma’lum xalqaro vositalarni yaratish- di. Masalan, Fakultativ bayonnoma alohida fuqarolarga huquqlari buzilayot- ganligidan BMT qoshidagi maslahat organi — Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mi- taga shikoyat qilish imkonini berdi.
Deklaratsiya, ikkita Pakt va Fakultativ bayonnoma BMTning umumiy, huquqiy qamrov darajasi bo‘yicha universal hujjatlaridir va ular Inson huquqlari Xartiyasini tashkil qiladi. Ko‘pincha u Inson huquqlari to‘g‘risida xalqaro bill deb ataladi.
INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHGA OID
Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risida Yevropa konvensiyasi (1950-y.) o‘z ichiga fuqarolik hamda siyosiy, shuningdek ba’zi ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni olgan Konvensiyaga qo‘shimcha bayonnomalar Yevropa Kengashining yetakchi hujjatlariga aylandilar.
Ularning amalga oshirilishini nazorat qilish uchun maxsus mexanizmlar — Yevropa komissiyasi va Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi ta’sis etildi. Komissiya va Sud fuqarolarning huquqlari buzilishi bilan bog‘liq shikoyatlarni ko‘rib chiqadilar. Shikoyatning haqqoniyligi aniqlansa, Sud tomonidan har bir davlat bajarishi shart bo‘lgan qaror chiqariladi.
INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHGA OID
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARIDA INSON VA FUQAROLARNING HIMOYA QILINISHI Davlat mustaqilligiga erishgach, O‘zbekiston inson huquqlarini himoya qilish milliy mexanizmini ham yaratib, bosqichma-bosqich mustahkamlab bormoqda.
Inson huquqlari va erkinliklarini himoyalashda davlat ichki mexanizmi- ning asosiy bo‘g‘inlari quyidagilar:
— adolatli sudlovni amalga oshiradigan sud organlari; — qonunlar aniq bajarilishini nazorat qiladigan va inson erkinliklari va huquqlarini himoyalaydigan prokuratura organlari; — huquqbuzarliklarga chek qo‘yilishi va inson huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarni bajaradigan ichki ishlar organlari. Mamlakatda inson huquqlari bo‘yicha qo‘shimcha milliy muassasalar ham tashkil etilgan. Ularga:
INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHGA OID
— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha
Vakili (Ombudsman); — Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi; — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti; — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili instituti kiradi.
XORIJIY FUQAROLAR VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN
SHAXSLAR HUQUQLARI Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar — hech bir davlatning fuqarosi maqomiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar (apatrid) deyiladi. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar to‘la huquqli fuqarolar hisoblanmasa ham, ushbu shaxslar ularni qabul qilgan mamlakatning amaldagi qonunlariga bo‘ysunishlari shart. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar barcha inson huquqlariga egadirlar, lekin to‘la huquqli fuqarolarning asosiy imtiyozlaridan foydalana olmaydilar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23-moddasida O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilishi va ularga homiylik ko‘rsatishi kafolatlangan.
XORIJIY FUQAROLAR VA FUQAROLIGI BO‘LMAGAN
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. Shu bilan birga, ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan majburiyatlarini ado etadilar.
Bilimingizni sinang!
Bilimingizni sinang
O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari sohasida qanday majburiyatni o‘ziga oldi?
- Xalqaro standartlarni milliy qonunlardan ustun qo‘yishni rad etish
- Milliy qonunlarni inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga moslashtirish
- Inson huquqlari bo‘yicha barcha hujjatlarni faqat tavsiya deb hisoblash
- Xalqaro sudlar qarorlarini faqat ixtiyoriy bajarish
To‘g‘ri javob: Milliy qonunlarni inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga moslashtirish. O‘zbekiston milliy qonunlarni inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga moslashtirish majburiyatini oldi.
Fakultativ bayonnoma alohida fuqarolarga qanday imkon berdi?
- Davlat qonunlarini bevosita bekor qilish va ularni xalqaro huquqqa moslashtirish imkonini
- Xalqaro Sud sudyalarini bevosita saylash va ularning vakolatlarini belgilash imkonini
- Boshqa davlat fuqaroligini olish va ikkinchi pasport rasmiylashtirish uchun huquq berish imkonini
- Huquqlari buzilganida BMT qoshidagi Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitaga shikoyat qilish imkonini
To‘g‘ri javob: Huquqlari buzilganida BMT qoshidagi Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitaga shikoyat qilish imkonini. Fakultativ bayonnoma fuqarolarga Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitaga shikoyat qilish imkonini berdi.
Quyidagi hujjatlardan qaysi majmua Inson huquqlari Xartiyasini («xalqaro bill») tashkil qiladi?
- Deklaratsiya, ikkita Pakt va Fakultativ bayonnoma
- Deklaratsiya va Yevropa konvensiyasi
- Ikkita Pakt va Bolalar huquqlari haqidagi Konvensiya
- Faqat Fakultativ bayonnoma va Yevropa sudi nizomi
To‘g‘ri javob: Deklaratsiya, ikkita Pakt va Fakultativ bayonnoma. Deklaratsiya, ikkita Pakt va Fakultativ bayonnoma BMTning universal hujjatlari bo‘lib, Inson huquqlari Xartiyasini tashkil qiladi.
Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasi qaysi yilda qabul qilingan?
- 1945-yilda
- 1948-yilda
- 1950-yilda
- 1966-yilda
To‘g‘ri javob: 1950-yilda. Yevropa konvensiyasi 1950-yilga oid.
Yevropa konvensiyasining amalga oshirilishini nazorat qilish uchun qanday mexanizmlar ta’sis etilgan?
- Xavfsizlik Kengashi va Bosh Kotibiyat qoshidagi qo‘mita
- Yevropa komissiyasi va Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi
- Vasiylik Kengashi va Xalqaro Sud qoshidagi komissiya
- Ombudsman va Milliy markaz qoshidagi alohida ishchi guruh
To‘g‘ri javob: Yevropa komissiyasi va Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi. Nazorat uchun Yevropa komissiyasi va Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi ta’sis etilgan.
Shikoyatning haqqoniyligi aniqlansa, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi qanday qaror chiqaradi?
- Faqat tavsiyaviy xulosa
- Davlat xohlasa bajaradigan taklif
- Faqat shikoyatchiga yuboriladigan ogohlantirish
- Har bir davlat bajarishi shart bo‘lgan qaror
To‘g‘ri javob: Har bir davlat bajarishi shart bo‘lgan qaror. Shikoyat haqqoniy bo‘lsa, Sud har bir davlat bajarishi shart bo‘lgan qaror chiqaradi.
Qaysi organ qonunlar aniq bajarilishini nazorat qiladi va inson erkinliklari va huquqlarini himoyalaydi?
- Prokuratura organlari
- Sud organlari
- Ichki ishlar organlari
- Oliy Majlis Senati
To‘g‘ri javob: Prokuratura organlari. Ichki mexanizmda qonunlar aniq bajarilishini nazorat qilish prokuratura organlari zimmasida.
Quyidagilardan qaysi biri O‘zbekistondagi inson huquqlarini himoya qiluvchi qo‘shimcha milliy muassasa hisoblanadi?
- Markaziy saylov komissiyasining devoni va uning bo‘limlari
- Oliy sud plenumi va uning sudlov hay’atlari kotibiyati
- Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman)
- Bosh vazirning matbuot xizmati va uning hududiy bo‘limlari
To‘g‘ri javob: Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman). Qo‘shimcha milliy muassasalar qatoriga Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman) kiradi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash