XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 10-sinf · Huquq asoslari · 7-§

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asoslari

II-bo‘lim. Konstitutsiyaviy huquq asoslari

KONSTITUTSIYAVIY TUZUMNING TARKIBI Konstitutsiyaviy huquq sohasi har bir mamlakat milliy huquq sohasining tarkibiy qismi, davlat va jamiyat hayotining muhim jihatlari, asosiy ijtimoiy munosabatlar tizimi hisoblanadi. Ushbu ijtimoiy munosabatlar, o‘z navbatida jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy sohalarida namoyon bo‘ladi.

Shu bilan birgalikda, ushbu ijtimoiy munosabatlar amalda jamiyat hayotini yo‘lga qo‘yish, davlat hokimiyatini amalga oshirish, boshqa ijtimoiy hokimiyatlar maqomini belgilash, shuningdek inson va fuqarolar huquq, erkinlik hamda burchlari bilan bevosita bog‘liq. Bir so‘z bilan aytganda, inson, fuqaro, jamiyat va davlat hayoti bilan bog‘liq eng asosiy ijtimoiy munosabatlar tizimi konstitutsiyaviy huquqning asosi hisoblanadi va aynan shu munosabatlar zamirida konstitutsiyaviy tuzum asoslari vujudga keladi, shakllanadi va rivojlanadi.

Mamlakatimiz milliy huquq tizimida O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi deb keng ma’noda konstitutsiya va qonunlar asosida qurilgan, umuminsoniy qadriyatlar ustuvor deb topilgan xalqimizning hayot tarzi tushuniladi.

Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, ularda inson huquq va erkinligining eng oliy qadriyat sifatida mustahkamlanishi, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalarining tan olinishi konstitutsionalizmning asosi sifatida qaralmoqda.

kabi qoidalar bugungi kunda

Konstitutsiyaviy huquq milliy huquq tizimidagi ko‘plab huquq tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Biroq ta’kidlash joizki, huquq fanida «konstitutsiyaviy huquq» atamasi turli ma’nolarda qo‘llaniladi. Bir tomondan, bu huquqning aniq bir tarmog‘i, bunda «konstitutsiyaviy huquq» huquqning ko‘plab xilma-xil tarmoqlaridan biri sifatida qatnashadi. Ikkinchi tomondan, mazkur atama «konstitutsiyaviy huquq»ning yuridik fan tarkibiy qismi sifatidagi mazmunini ochib beradi. Uchinchidan esa, bu atama ostida ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan o‘quv predmeti tushuniladi.

Huquqning tarmog‘i sifatida konstitutsiyaviy huquq jamoatchilik munosabatlarini tartibga soladi. Fan sifatida davlat qurilishi, shaxs va fuqaroning huquqiy maqomi, davlatning faoliyati, tuzilishi va hokazolarni o‘rganadi. O‘quv predmeti sifatida esa ma’rifatchilik vazifasini bajaradi va sohada to‘plangan bilimlarni tarqatadi.

KONSTITUTSIYAVIY TUZUM VA KONSTITUTSIYAVIY

TAMOYILLAR Konstitutsiyaviy tuzumning mazmun–mohiyatini anglash borasida konstitutsiya tomonidan o‘rnatilgan tamoyillar salmoqli ahamiyat kasb etadi. Konstitutsiyaviy huquq tizimining asosi hisoblangan tamoyillarning ahamiyati, avvalo, ularning mazmunida umuminsoniy qadriyatlarning yotganligi, xalqaro umum e’tirof etilgan qoidalarning ustuvorligi asosida yaratilganligi va ular o‘z navbatida milliy huquq tizimining poydevori bo‘lib xizmat qilishi bilan ifodalanadi.

Konstitutsiyaviy tamoyillarning ahamiyatli jihati yana shunda namoyon bo‘ladiki, ushbu tamoyillar shaxs, jamiyat va davlat munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlarini, eng ahamiyatli jihatlarini o‘zida ifoda etadi. Birgina «davlat tuzumi» yoki «konstitutsiyaviy tuzum» deb ifodalanuvchi konstitutsiyaviy tushunchalarni qo‘llashda qaysi manfaatlar ilgari surilayotganligini ilg‘ab olish qiyin emas. Agar «davlat tuzumi» tushunchasining zamirida davlat manfaatlari yoki davlat hokimiyatining ustuvorligi kabi g‘oyalar mujassam bo‘lsa, «konstitutsiyaviy tuzum» tushunchasi asosan konstitutsiyaviy qoidalarning ustuvorligi, ya’ni konstitutsiya tamoyillarining amaliy ifodasini namoyon etadi va shu orqali konstitutsiyaviy-huquqiy munosabat himoya qilinayotganligi ko‘proq anglanadi.

KONSTITUTSIYAVIY TUZUM VA KONSTITUTSIYAVIY

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi aniq ishlab chiqilgan tuzilmasi bilan ajralib turadi. Uning tuzilmaviy qismlariga muqaddima, 6 bo‘lim, 27 bob va 155 modda kiradi. Konstitutsiyamizning kirish qismi — muqaddi- mada O‘zbekiston xalqi inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish vazifasini nazarda tutishi ko‘rsatilgan.

Birinchi bo‘lim normalarida davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosatdagi umum tan olingan prinsiplari va xalqaro huquq normalari asosiy tamoyillar sifatida qayd etiladi.

KONSTITUTSIYAVIY TUZUM VA KONSTITUTSIYAVIY

Ikkinchi bo‘lim normalari inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini tartibga soladi.

Uchinchi bo‘lim normalari jamiyat va shaxs munosabatlarining xususiyatlarini ochib beradi.

To‘rtinchi bo‘lim normalari davlatimizning ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishini belgilaydi.

Davlat hokimiyatining tashkil etilishi beshinchi bo‘lim normalarida tartibga solinadi.

Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi oltinchi bo‘lim normalarida ko‘rsatiladi.

2 — Davlat va huquq asoslari, 10-sinf 33

KONSTITUTSIYAVIY TUZUM VA HUQUQIY TARTIBOT Har bir davlatda huquq va tartibotning mavjudligi konstitutsiyaviy tuzumning kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Aslida ham bu ikki tushuncha bir-birining mavjudligini taqozo etadi. Konstitutsiyaviy tuzumning tarkibidan huquq-tartibot ham o‘rin oladi va o‘z o‘rnida konstitutsiyaviy tuzumning amalda bo‘lishini ta’minlaydi.

KONSTITUTSIYAVIY TUZUM VA KONSTITUTSIYAVIY

Insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadidir. Davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 54-modda Har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 55-modda

Konstitutsiyaviy tuzumning himoya qilinishi va barqarorligi davlat hokimiyati faoliyatining samarali yo‘lga qo‘yilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Davlat hokimiyati o‘z faoliyatini oshkora, xalqni xabardor qilib turish yo‘li bilan amalga oshirishi zarur.

Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga jamiyat hayotida ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 72-modda

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 55-modda

1-topshiriq. Olingan bilimlardan foydalanib, quyidagi belgilarni qo‘llagan holda kichik hikoya tuzing.

Qullikdan himoya qilish.

Og‘ir mehnatdan

Shafqatsizlikdan

Tanlash huquqi.

E‘tibor, muhabbat olish huquqi.

himoya qilish.

himoya qilish.

Uy-joy, dam olish, oziqlanish

Ota-onadan

Yer yuzidagi barcha insonlar

Kattalar va

Xo‘rlanishdan bir-biriga g‘amxo‘rlik.

ajratishdan himoya.

himoya.

teng huquqli.

huquqi.

Bilimingizni sinang!

Savollar: 1. «Konstitutsiyaviy huquq» atamasi qanday ma’nolarda qo‘llaniladi? 2. Konstitutsiyaviy huquq fan sifatida qanday xizmat qiladi? 3. O‘quv predmeti sifatida konstitutsiyaviy huquq qanday vazifalarni bajaradi? 4. Konstitutsiyaviy huquqning boshqa huquq tarmoqlari orasidagi yetakchi o‘rni nimada ko‘rinadi? 5. Konstitutsiyamiz muqaddimasining asosiy maqsadini ayting. 6. Konstitutsiyaning normalari davlatimizda huquqiy tartibni qanday belgilab beradi?

Bilimingizni sinang

Huquq fanida «konstitutsiyaviy huquq» atamasi nechta asosiy ma’noda qo‘llaniladi?
  1. Ikki ma’noda: huquq tarmog‘i va o‘quv predmeti sifatida
  2. Uch ma’noda: huquq tarmog‘i, yuridik fan va o‘quv predmeti sifatida
  3. Faqat bitta ma’noda: huquq tarmog‘i sifatida
  4. To‘rt ma’noda: tarmoq, fan, o‘quv predmeti va sud amaliyoti sifatida

To‘g‘ri javob: Uch ma’noda: huquq tarmog‘i, yuridik fan va o‘quv predmeti sifatida. Atama turli ma’nolarda qo‘llanadi: huquq tarmog‘i, fan tarkibiy qismi va o‘quv predmeti.

Keng ma’noda O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi deb nima tushuniladi?
  1. Faqat davlat hokimiyatining tashkil etilish tartibi va uning organlari o‘rtasidagi munosabatlar majmui
  2. Faqat Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi va uning qabul qilinish bosqichlari majmui
  3. Konstitutsiya va qonunlar asosida qurilgan, umuminsoniy qadriyatlar ustuvor deb topilgan xalq hayot tarzi
  4. Faqat mansabdor shaxslarning vakolatlari tizimi va ularning mas’uliyati belgilangan tartib majmui

To‘g‘ri javob: Konstitutsiya va qonunlar asosida qurilgan, umuminsoniy qadriyatlar ustuvor deb topilgan xalq hayot tarzi. Konstitutsiyaviy tuzum keng ma’noda konstitutsiya va qonunlar asosida qurilgan, umuminsoniy qadriyatlar ustuvor xalq hayot tarzidir.

Quyidagilardan qaysi biri konstitutsionalizmning asosi sifatida qaraladi?
  1. Davlat manfaatining inson manfaatidan ustunligi va uni mustahkamlash
  2. Inson huquq va erkinligining eng oliy qadriyat sifatida mustahkamlanishi
  3. Xalqaro huquq normalarini tan olmaslik va ulardan chetda qolish
  4. Hokimiyatning bir shaxs qo‘lida jamlanishi va nazoratsiz qolishi

To‘g‘ri javob: Inson huquq va erkinligining eng oliy qadriyat sifatida mustahkamlanishi. Konstitutsionalizm asosi: Konstitutsiya va qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinligi eng oliy qadriyat ekani, xalqaro huquq normalari tan olinishi.

Huquq tarmog‘i sifatida konstitutsiyaviy huquq nimani tartibga soladi?
  1. Faqat fuqarolik bitimlari tartibini
  2. Faqat jinoyatlar uchun jazolarni
  3. Faqat xalqaro savdo munosabatlarini
  4. Jamoatchilik munosabatlarini

To‘g‘ri javob: Jamoatchilik munosabatlarini. Huquq tarmog‘i sifatida konstitutsiyaviy huquq jamoatchilik munosabatlarini tartibga soladi.

Konstitutsiyaviy huquq o‘quv predmeti sifatida qanday vazifani bajaradi?
  1. Ma’rifatchilik vazifasini bajarib, sohada to‘plangan bilimlarni tarqatadi
  2. Boshqaruv vazifasini bajarib, davlat organlari uchun hujjatlar qabul qiladi
  3. Faqat sud hukmlarini chiqaradi va ularning ijrosini ta’minlaydi
  4. Davlat hokimiyatini bevosita amalga oshirib, qonunlarni qabul qiladi

To‘g‘ri javob: Ma’rifatchilik vazifasini bajarib, sohada to‘plangan bilimlarni tarqatadi. O‘quv predmeti sifatida konstitutsiyaviy huquq ma’rifatchilik vazifasini bajaradi va bilimlarni tarqatadi.

«Konstitutsiyaviy tuzum» tushunchasi «davlat tuzumi»dan farqli ravishda asosan nimani ifodalaydi?
  1. Davlat manfaatlari va davlat hokimiyatining ustuvorligini, ya’ni davlat tamoyillarining amaliy ifodasini
  2. Faqat davlat organlarining soni va tarkibini hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni
  3. Faqat hududiy bo‘linish tartibini va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning joylashuvi tizimini
  4. Konstitutsiyaviy qoidalarning ustuvorligini, ya’ni konstitutsiya tamoyillarining amaliy ifodasini

To‘g‘ri javob: Konstitutsiyaviy qoidalarning ustuvorligini, ya’ni konstitutsiya tamoyillarining amaliy ifodasini. Davlat tuzumida davlat manfaati ustuvor, konstitutsiyaviy tuzum esa konstitutsiyaviy qoidalar ustuvorligini ifodalaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilmaviy qismlariga nimalar kiradi?
  1. Muqaddima, 6 bo‘lim, 27 bob va 155 modda
  2. Muqaddima, 5 bo‘lim, 20 bob va 120 modda
  3. Muqaddima, 6 bo‘lim, 15 bob va 155 modda
  4. Muqaddimasiz, 6 bo‘lim, 27 bob va 150 modda

To‘g‘ri javob: Muqaddima, 6 bo‘lim, 27 bob va 155 modda. Konstitutsiya tuzilmasi: muqaddima, 6 bo‘lim, 27 bob va 155 modda.

Konstitutsiya muqaddimasida O‘zbekiston xalqi nimaga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qiladi?
  1. Faqat ijtimoiy tenglik va tinchlik g‘oyalariga sodiqligini
  2. Faqat harbiy ittifoqlar tuzish va bloklar g‘oyalariga
  3. Inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga
  4. Faqat bir partiyaning dasturi va uning g‘oyalariga

To‘g‘ri javob: Inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalariga. Muqaddimada xalq inson huquqlari va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqligini e’lon qiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiDavlatda qonunning ustuvorligiKeyingi →Insonparvarlik prinsipi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumining asosi