XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 10-sinf · Huquq asoslari · 8-§

Insonparvarlik prinsipi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumining asosi

II-bo‘lim. Konstitutsiyaviy huquq asoslari

HUQUQ VA ERKINLIKLARINING BELGILANISHI

Konstitutsiya fuqarolarning, ular qayerda bo‘lishlaridan qat’i nazar, qonun tomonidan kafolatlangan davlat himoyasida ekanliklarini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, asosiy qonunda jamiyatning hayot faoliyati sohalaridan kelib chiqib, huquq va erkinliklar taqsimlab berilgan.

Shaxs va davlat munosabatlari nafaqat har bir milliy huquq tizimi, balki xalqaro huquqning ham eng muhim obyekti hisoblanib, ushbu munosabatlarni insoniylik mezonlari asosida tashkil qilish har bir jamiyat va davlat zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi.

Insonparvarlik prinsipi shuni bildiradiki, respublikamizdagi barcha fuqarolar umumiy asosda teng huquqlardan foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo‘ladilar.

HUQUQ VA ERKINLIKLARINING BELGILANISHI

Konstitutsiyamiz insonning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqlarini qat’iy belgilabgina qolmay, uning sha’ni va obro‘yini ham muhofaza etadi.

Fuqarolar huquq va erkinliklarining ta’minlanishi mamlakat gullab-yashnashi- ga zamin yaratadi va demokratik davlat qurilishining kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Konstitutsiya inson huquqlari va erkinliklari butun tizimining poydevoridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-avgustdagi Farmoniga muvofiq 2008-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatimizda jinoiy jazolashning o‘limga mahkum etish turi bekor qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqaro hamjamiyat e’tirof etgan insonparvarlik prinsiplariga ko‘ra, xalqimiz farovonligini ta’minlash uchun xizmat qilmoqda, inson haq-huquqlari va erkinliklarining ustuvorligini ta’minla- moqda. Bu esa xalqaro huquqning umume’tirof etilgan, umumjahon miqyosida tan olingan barcha muhim qoidalari va prinsiplariga to‘la mos keladi.

HUQUQ VA ERKINLIKLARINING BELGILANISHI

XALQ HOKIMIYATCHILIGI O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayidir. Demos (yunoncha) – «xalq», kratos – «boshqaruv» degan ma’noni bildiradi. Demak, demokratiya – xalqning xohish-irodasini aks ettiradi. Demokratiya – insonning davlat ishlarini hal qilishda yashirin ovoz berish orqali yoki boshqa shaklda bevosita ishtirok etishidir. Vakillik demokratiyasi — insonning davlat ishlarini hal etishda o‘zi saylagan vakillari, ya’ni deputatlar orqali ishtirok etishidir. Shuning uchun ham O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishga haqli.

HUQUQ VA ERKINLIKLARINING BELGILANISHI

Bevosita demokratiya shakllari xalq suverenitetining aniq ifodasi sifatida maydonga chiqadi. Davlat va boshqa ijtimoiy hokimiyatlar xalq irodasiga bilvosita xizmat qilsa, bevosita demokratiya shakllari, ya’ni referendum va xalq muhokamasi kabi siyosiy tadbirlar xalq hokimiyatchiligining negizi hisoblanadi.

Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan organlar tomonidangina amalga oshiriladi.

Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat organlari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 7-modda

O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining faoliyati inson huquqlarini himoya qilish, ta’minlash va kafolatlashdan iborat bo‘lib, mazmunan yangi konstitutsiyaviy tuzum yaratish borasida amalga oshirilgan barcha islohotlar zamirida «Islohotlar – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning manfaatlari uchun» deb yuritilgan hayotiy shior yotadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlangan normalar yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarish uchun asos bo‘ladi.

FUQAROLARNING SIYOSIY HUQUQLARI

Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari tizimida siyosiy huquqlar alohida o‘rin egallaydi, chunki bu huquqlar fuqarolarning davlatni va jamiyat ishlarini boshqarishidagi ishtiroki bilan bog‘liqdir.

Siyosiy huquq va erkinliklar deyilganda insonlarning bevosita siyosiy manfaatlariga tegishli huquqlar tushuniladi. Siyosiy huquqlar shaxsning siyosiy jarayon va davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlarini ifodalaydi. Siyosiy huquq va erkinliklar insonning davlat fuqaroligiga ega bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda, davlat hokimiyati organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylov yo‘li bilan shakllantirishda ishtirok etish huquqi eng muhim siyosiy huquqlardan biri hisoblanadi.

FUQAROLARNING SIYOSIY HUQUQLARI

Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi demokratik huquqiy davlatning muhim prinsiplaridan biridir. Konstitutsiyada xalqning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirokini amalga oshirish shakllari ifodalangan. O‘zbekiston fuqarolari oliy va mahalliy vakillik organlariga saylaydigan o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini boshqarishda ishtirok etadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarga siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalariga birlashish huquqini Konstitutsiya va qonunlarga zid kelmagan holatlarda amalga oshirishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Vakolatli organlarga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish — bu fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etishining amaliy shakllaridan biri bo‘lib, bu huquq — fuqarolarning siyosiy faolligini namoyon qilishlarini, shuningdek o‘zlarining huquqlarini himoya qilishning muhim vositalaridan biridir.

FUQAROLARNING SIYOSIY HUQUQLARI

Fuqarolarning murojaatlari mazmuniga ko‘ra uch shaklda bo‘ladi:

FUQAROLARNING KONSTITUTSIYAVIY

BURCH VA MAJBURIYATLARI O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi nafaqat fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklarini, balki ularning majburiyatlarini ham belgilaydi.

Ijtimoiy hayot shunday tuzilganki, inson mutlaq erkinlikdan foydalana olmaydi. Chunki jamiyatda yashar ekan, atrofidagi odamlarni hisobga olmay iloji yo‘q. Boshqa shaxslar manfaatlariga zid qo‘llanilgan erkinlik ushbu shaxslarga muayyan zarar yetkazadi. Aynan shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-moddasida: «Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart» ekanligi alohida ta’kidlangan. 59-moddaga muvofiq esa: «Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarni bajaradilar».

FUQAROLARNING KONSTITUTSIYAVIY

1-topshiriq. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining fuqarolar majburiyatlari to‘g‘risidagi moddalarini diqqat bilan o‘qing va nima uchun aynan ushbu majburiyatlar Konstitutsiyaga kiritilgani haqida xulosa chiqaring.

60-modda. Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa insonlarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr- qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. 61-modda. Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart. Tarixiy, ma’naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi. 62-modda. Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar. 63-modda. Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart.

FUQAROLARNING KONSTITUTSIYAVIY

.

2-topshiriq. Konstitutsiyaning 20-moddasi amalda qanday bajarilayot- ganini misollarda ko‘rsating: «O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas».

Bilimingizni sinang! 1. «Davlatda inson eng oliy qadriyatdir» hikmatini qanday tushunasiz? 2. Huquqiy me‘yor nimaga xizmat qiladi? 3. Huquq qanday vazifalarni bajaradi? 4. Shaxsning konstitutsiyaviy maqomi asoslarini qanday tamoyillar tashkil qiladi? 5. Fuqarolarning konstitutsiyaviy majburiyatlarini sanab o‘ting.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Konstitutsiyada mustahkamlangan insonparvarlik prinsipiga ko‘ra respublikadagi barcha fuqarolar qanday maqomga ega?
  1. Faqat huquqlardan foydalanadi, majburiyatlar esa davlatga yuklanadi, ularga emas
  2. Huquqlari ijtimoiy mavqeiga qarab turlicha belgilanadi, majburiyatlari esa teng
  3. Umumiy asosda teng huquqlardan foydalanadi va teng majburiyatlarga ega bo‘ladi
  4. Majburiyatlarga ega bo‘ladi, huquqlar esa qonun bilan to‘liq cheklanadi

To‘g‘ri javob: Umumiy asosda teng huquqlardan foydalanadi va teng majburiyatlarga ega bo‘ladi. Insonparvarlik prinsipi barcha fuqarolarning teng huquq va majburiyatlarga ega ekanini bildiradi.

O‘zbekistonda jinoiy jazolashning o‘limga mahkum etish turi qaysi sanadan boshlab bekor qilindi?
  1. 2008-yil 1-yanvardan
  2. 2005-yil 1-avgustdan
  3. 2008-yil 1-avgustdan
  4. 2005-yil 1-yanvardan

To‘g‘ri javob: 2008-yil 1-yanvardan. Prezidentning 2005-yil 1-avgustdagi Farmoniga muvofiq 2008-yil 1-yanvardan o‘limga mahkum etish bekor qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi insonning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi bilan birga yana nimani muhofaza etadi?
  1. Uning mol-mulkini davlat tasarrufiga olinishidan
  2. Uning siyosiy qarashlarini tanqiddan
  3. Uning mansab pog‘onasidagi o‘rnini
  4. Uning sha’ni va obro‘sini

To‘g‘ri javob: Uning sha’ni va obro‘sini. Konstitutsiya erkinlik va daxlsizlik bilan birga insonning sha’ni va obro‘yini ham muhofaza etadi.

Yunoncha demos so‘zi «xalq» ma’nosini bildirsa, kratos so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
  1. Adolat
  2. Qonun
  3. Hokimiyat
  4. Boshqaruv

To‘g‘ri javob: Boshqaruv. Demokratiya so‘zi yunoncha demos (xalq) va kratos (boshqaruv) so‘zlaridan olingan.

Konstitutsiyaga ko‘ra vakillik demokratiyasi nimani anglatadi?
  1. Fuqarolarning davlat ishlarini referendum orqali bevosita hal qilishini, vakillar ishtirokisiz
  2. Insonning davlat ishlarini o‘zi saylagan vakillari, ya’ni deputatlar orqali hal etishda ishtirok etishini
  3. Davlat ishlarini tayinlangan mansabdor shaxslar boshqarishini, fuqarolar ishtirokisiz va saylovsiz
  4. Xalq muhokamasida qatnashish va fikr bildirish huquqini, ya’ni saylov o‘tkazilmasdan turib

To‘g‘ri javob: Insonning davlat ishlarini o‘zi saylagan vakillari, ya’ni deputatlar orqali hal etishda ishtirok etishini. Vakillik demokratiyasi ishtirokning o‘zi saylagan vakillari — deputatlar orqali amalga oshirilishidir.

O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga faqat qaysi organlar haqli?
  1. Vazirlar Mahkamasi va Konstitutsiyaviy sud hay’ati
  2. Xalq saylagan respublika Oliy Majlisi va Prezidenti
  3. Oliy sud va Bosh prokuratura qo‘shma hay’ati
  4. Hokimliklar va mahalliy Kengashlar qo‘shma hay’ati

To‘g‘ri javob: Xalq saylagan respublika Oliy Majlisi va Prezidenti. Xalq nomidan faqat u saylagan Oliy Majlis va Prezident ish olib borishga haqli.

Quyidagilardan qaysi biri bevosita demokratiya shakllariga kiradi?
  1. Parlament deputatlarining faoliyati
  2. Prezidentning farmon chiqarishi
  3. Sud majlislarini o‘tkazish
  4. Referendum va xalq muhokamasi

To‘g‘ri javob: Referendum va xalq muhokamasi. Bevosita demokratiya shakllari referendum va xalq muhokamasi kabi siyosiy tadbirlardir.

Konstitutsiyaga ko‘ra davlat hokimiyati kimlar tomonidan amalga oshiriladi?
  1. Konstitutsiya va uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan organlar
  2. Faqat xalq tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlar
  3. Prezident tomonidan tayinlangan istalgan shaxslar va ularning vakillari
  4. Siyosiy partiyalar rahbarlari va ularning markaziy ijroiya organlari

To‘g‘ri javob: Konstitutsiya va uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan organlar. Davlat hokimiyati faqat Konstitutsiya va qonunlar vakolat bergan organlar tomonidan amalga oshiriladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiO‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asoslariKeyingi →O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy huquq