O‘zbekiston Respublikasida Fuqarolik huquqi
IV-bo‘lim. Fuqarolik huquqi asoslari
FUQAROLIK HUQUQINING ASOSI O‘zbekistonda fuqarolar huquq munosabatlarini davlatning Asosiy qonuni — Konstitutsiya, shuningdek 1997-yil 1-martdan amalga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi tartibga soladi.
Biz har kuni turli xil mulkiy tusdagi huquq munosabatlariga kirishamiz: do‘konlarda xarid qilamiz, sovg‘alar olamiz, jamoat transportida yuramiz va hokazo. Ijtimoiy munosabatlarning mazkur barcha toifalarini tovar-pul shakli birlashtiradi: biz tovar yoki xizmat uchun qanchadir pul to‘laymiz. Bunday ijtimoiy munosabatlar fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadi.
Fuqarolik huquqi deyilganda huquqning me’yorlari mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni (sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni) tartibga soladigan sohasi tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi manbalariga quyidagilar kiradi:
— Konstitutsiya; — Fuqarolik kodeksi; — amaldagi qonunlar; — qonun kuchiga ega hujjatlar (Prezident Farmonlari, Oliy Majlis qarorlari, Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari, mahalliy hokimiyat hujjatlari); — O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari; — ish muomalasi rasm-rusumlari (qonunlarda nazarda tutilmagan harakatlar); — mahalliy odat va an’analar.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIK KODEKSI
Fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o‘zga majburiyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Huquq tarixidan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi va 1996-yil 29- avgustdagi Qonuni bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi Qarori bilan amalga joriy etilgan. 6 bo‘lim, 71 bob va 1199 moddadan iborat. Hozirgi paytga qadar ko‘plab o‘zgartirishlar kiritilgan.
FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLAR ISHTIROKCHILARI
Fuqarolar, yuridik shaxslar, shuningdek davlat fuqarolik huquqi subyektlari hisoblanadi.
Huquqiy munosabatlar subyektlarining yakka tartibdagi va jamoa turlari mavjud.
Yakka tartibdagi subyektlar (jismoniy shaxslar)ga: — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari; — fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; — ajnabiy fuqarolar kiradi. Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deyilganida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlar fuqrolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi. Bunda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va ajnabiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari singari fuqarolar huquq munosabatlariga kirishishi mumkin.
FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLAR ISHTIROKCHILARI
Qonunda belgilanadi: Fuqarolar: — mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo‘lishlari; — mol-mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldi- rishlari; — bankda jamg‘armalarga ega bo‘lishlari; — tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo‘jaligi bilan hamda qonunda taqiqlab qo‘yilmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishlari; — yollanma mehnatdan foydalanishlari; — yuridik shaxslar tashkil etishlari; — bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda ishtirok etishlari; — yetkazilgan zararning to‘lanishini talab qilishlari; — mashg‘ulot turini va yashash joyini tanlashlari; — fan, adabiyot va san’at asarlarining, ixtironing, qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijalarining muallifi huquqiga ega bo‘lishlari mumkin. Fuqarolar boshqa mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLAR ISHTIROKCHILARI
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 18-modda.
Jamoa subyektlariga yuridik shaxslar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida yuridik shaxslarning ikki turi qayd etilgan:
— foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan tijoratchi tashkilotlar (to‘liq va kommandit shirkatlar, cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar, aksiyadorlik jamiyatlari, unitar korxonalar va boshqalar); — foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan notijorat tashkilotlar (matlubot kooperativlari, jamoat birlashmalari, fondlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idoralari va boshqalar). Fuqarolik huquqi subyekti sifatida davlat huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari bilan bir xil asoslarda ish ko‘radi. Bunda, umumiy qoidaga muvofiq, davlat va u tashkil etgan yuridik shaxslar bir-birlarining majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi.
FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLAR ISHTIROKCHILARI
Qonunda belgilanadi: O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.
Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,
39-modda.
HUQUQIY LAYOQAT VA MUOMALA LAYOQATI
Huquqiy munosabatlar subyekti bo‘lish uchun shaxslar huquqiy layoqat yoki muomala layoqatiga ega bo‘lishlari kerak.
Huquqiy layoqat — fuqarolarning huquq va burchlarga ega bo‘lish layoqati. Fuqaroning huquqiy layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga keladi va butun hayoti davomida saqlanadi.
Muomala layoqati — shaxsning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati. Bu ruhiy va yosh cheklanishlari bilan bog‘liq.
Muomala layoqati quyidagicha bo‘ladi: — to‘la hajmdagi (18 yoshdan boshlab); — voyaga yetmaganlar (14 yoshdan 18 yoshgacha); — kichik yoshdagi voyaga yetmaganlar (7 yoshdan 14 yoshgacha). Fuqarolik kodeksiga voyaga yetmaganlar emansipatsiyasi tushunchasi kiritildi. Lotin tilidan tarjima qilinganda «emansipatsiya» so‘zi «tobelikdan ozodlikka chiqish, huquqlarda tenglashish» ma’nosini anglatadi. Voyaga yetmaganlar quyidagi hollarda to‘liq yuridik salohiyatga ega deb tan olinadi:
HUQUQIY LAYOQAT VA MUOMALA LAYOQATI
— 16 yoshga yetganidan so‘ng; — yovaga yetmagan shaxs tomonidan mehnat shartnomasi tuzish yoki tadbirkorlik faoliyati yuritishga ham otasi, ham onasining roziligi olinganida. 14 yoshga yetmagan (voyaga yetmagan — kichik yoshdagi bolalar) mayda maishiy bitimlarni bajarishga (masalan, do‘kondan non xarid qilish, shuningdek ota-onasi yoki uchinchi shaxslardan olgan pul mablag‘idan foydalanishga) haqli. Bundan tashqari, kichik yoshdagi bolalar evazsiz (badalsiz) manfaat ko‘rishga qaratilgan ba’zi bitimlarni (tug‘ilgan kunda sovg‘a qilish) amalga oshirishlari mumkin. Kichik yoshdagi bolalar bajargan bitimlar uchun ularning ota-onasi javobgar bo‘ladi.
HUQUQIY LAYOQAT VA MUOMALA LAYOQATI
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar bitimlarni o‘z ota- onalarining yozma roziligi bilan tuzishga haqlidirlar. Ular mustaqil ravishda o‘z ish haqi, stipendiyasi, bankdagi omonatini tasarruf etish, mualliflik huquqi- dan foydalanishlari mumkin.
Fuqaroning muomalaga layoqatliligi nafaqat uning yoshiga (olti yoshgacha bolalar muomalaga layoqatsizdir), balki ruhiy sog‘ligining holatiga ham bog‘liqdir. Fuqaro o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan ruhiy kasallik (aqli zaiflik) fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topishga asos bo‘lib, fuqaro, shuningdek, o‘z harakatlarining ahamiyatini tushunsa-da, ammo ularni boshqara olmagan taqdirda ham muomalaga layoqatsiz deb topilishi mumkin.
HUQUQIY LAYOQAT VA MUOMALA LAYOQATI
Fuqaro faqat sud tartibida muomalaga layoqatsiz deb topilishi mumkin, bu esa uning huquqlarini kafolatlaydi va muhofazalaydi. Fuqaro muomalaga layoqatsiz deb topilganidan so‘ng bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi. Vasiy muomalaga layoqatsiz fuqaroning qonuniy vakili bo‘lib, uning huquqlarini himoya qiladi hamda uning nomidan bitimlar va yuridik ahamiyatga ega boshqa harakatlarni amalga oshiradi. Basharti fuqaro muomalaga layoqatsiz deb topilishiga sabab bo‘lgan asoslar bekor bo‘lsa, sud sog‘aygan fuqaroni muomalaga layoqatli deb topish hamda uning ustidan belgilangan vasiylikni bekor qilish haqida hal qiluv qarori chiqaradi.
HUQUQIY LAYOQAT VA MUOMALA LAYOQATI
Topshiriq.
Bilimingizni sinang!
Muhim sanalar
- 1995-yil — Huquq tarixidan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi va 1996-yil 29- avgustdagi Qonuni bilan tasdiqlangan.
- 1996-yil — Huquq tarixidan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi va 1996-yil 29- avgustdagi Qonuni bilan tasdiqlangan.
- 1996-yil — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi Qarori bilan amalga joriy etilgan.
- 1997-yil — FUQAROLIK HUQUQINING ASOSI O‘zbekistonda fuqarolar huquq munosabatlarini davlatning Asosiy qonuni — Konstitutsiya, shuningdek 1997-yil 1-martdan amalga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi tartibga…
- 1-martdan — FUQAROLIK HUQUQINING ASOSI O‘zbekistonda fuqarolar huquq munosabatlarini davlatning Asosiy qonuni — Konstitutsiya, shuningdek 1997-yil 1-martdan amalga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi tartibga…
- 21-dekabrdagi — Huquq tarixidan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi va 1996-yil 29- avgustdagi Qonuni bilan tasdiqlangan.
- 29- avgustdagi — Huquq tarixidan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi va 1996-yil 29- avgustdagi Qonuni bilan tasdiqlangan.
- 29-avgustdagi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi Qarori bilan amalga joriy etilgan.
Bilimingizni sinang
Mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni (sha’ni va qadr-qimmatni himoya qilish kabi) tartibga soluvchi huquq sohasi qaysi?
- Fuqarolik huquqi
- Ma’muriy huquq
- Mehnat huquqi
- Oila huquqi
To‘g‘ri javob: Fuqarolik huquqi. Fuqarolik huquqi mulkiy va u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq sohasidir.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi qaysi sanadan boshlab amalga kiritilgan?
- 1996-yil 29-avgustdan
- 1995-yil 21-dekabrdan
- 1997-yil 1-martdan
- 1998-yil 1-yanvardan
To‘g‘ri javob: 1997-yil 1-martdan. Fuqarolik kodeksi 1997-yil 1-martdan amalga kiritilgan.
Tadbirkor Mahmud do‘kondan telefon sotib oldi: u tovar uchun pul to‘ladi. Ushbu munosabat qaysi huquq sohasi bilan tartibga solinadi?
- Fuqarolik huquqi, chunki munosabat tovar-pul shakliga ega
- Ma’muriy huquq, chunki sotuvchi davlat nazoratida
- Jinoyat huquqi, chunki pul almashinuvi mavjud
- Konstitutsiyaviy huquq, chunki Konstitutsiya mulkni himoya qiladi
To‘g‘ri javob: Fuqarolik huquqi, chunki munosabat tovar-pul shakliga ega. Tovar yoki xizmat uchun pul to‘lash bilan bog‘liq munosabatlarni tovar-pul shakli birlashtiradi va ular fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadi.
Fuqarolik huquqi qanday munosabatlarni tartibga soladi?
- Davlat organlari o‘rtasidagi boshqaruv va ma’muriy munosabatlarni
- Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan jazo belgilash munosabatlarini
- Saylov, referendum hamda siyosiy partiyalar faoliyati munosabatlarini
- Mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni
To‘g‘ri javob: Mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni. Fuqarolik huquqi mulkiy va u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Fuqarolik huquqi manbalaridan «ish muomalasi rasm-rusumlari» nimani anglatadi?
- Davlat organlarining ichki yo‘riqnomalarini
- Qonunlarda nazarda tutilmagan harakatlarni
- Xalqaro shartnomalarning matnini
- Prezident Farmonlarining qoidalarini
To‘g‘ri javob: Qonunlarda nazarda tutilmagan harakatlarni. Ish muomalasi rasm-rusumlari qonunlarda nazarda tutilmagan harakatlardir.
Fuqarolik huquqining manbalaridan «qonun kuchiga ega hujjatlar» qatoriga qaysilar kiradi?
- Korxonalarning ichki buyruqlari, tashkilot ustavlari, jamoa shartnomalari va mahalliy kengashlar bayonnomalari
- Prezident Farmonlari, Oliy Majlis qarorlari, Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari, mahalliy hokimiyat hujjatlari
- Shartnoma tuzuvchi tomonlarning o‘zaro kelishuvlari, tijorat odatlari, ishbilarmonlik muomalasi va korporativ qoidalar
- Xorijiy davlatlarning ichki qonunlari, xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari va nodavlat birlashmalarining qarorlari
To‘g‘ri javob: Prezident Farmonlari, Oliy Majlis qarorlari, Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari, mahalliy hokimiyat hujjatlari. Qonun kuchiga ega hujjatlarga Farmonlar, Oliy Majlis qarorlari, Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari va mahalliy hokimiyat hujjatlari kiradi.
Fuqarolik kodeksi qaysi hujjat bilan amalga joriy etilgan?
- Prezidentning 1997-yil 1-martdagi Farmoni bilan
- Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 21-dekabrdagi qarori bilan
- Oliy Kengashning 1994-yil 22-sentabrdagi Qarori bilan
- Oliy Majlisning 1996-yil 29-avgustdagi Qarori bilan
To‘g‘ri javob: Oliy Majlisning 1996-yil 29-avgustdagi Qarori bilan. Kodeks Oliy Majlisning 1996-yil 29-avgustdagi Qarori bilan amalga joriy etilgan.
Fuqarolik kodeksi nechta bo‘lim, bob va moddadan iborat?
- 6 bo‘lim, 71 bob va 1199 modda
- 5 bo‘lim, 61 bob va 999 modda
- 8 bo‘lim, 71 bob va 1299 modda
- 6 bo‘lim, 81 bob va 1199 modda
To‘g‘ri javob: 6 bo‘lim, 71 bob va 1199 modda. Fuqarolik kodeksi 6 bo‘lim, 71 bob va 1199 moddadan iborat.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash