XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 10-sinf · Huquq asoslari · 13-§

Bitimlar va vakillik

IV-bo‘lim. Fuqarolik huquqi asoslari

BITIMLARGA QO‘YILGAN TALABLAR,

ULARNING TURLARI VA SHAKLLARI Shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan hamda fuqarolik huquqi bilan belgilangan harakatlar bitim deyiladi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq bitimlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

1. Qonuniylik. Qonunga zid harakatlar ta’qib qilinadi va jazolanadi. Misol uchun, giyohvandlik vositalari va qurol-yarog‘ bilan savdo qilishni qonuniy deb bo‘lmaydi. 2. Taraflarning yetarlicha huquqiy layoqati. Eslang, 18 yoshga to‘lmagan shaxslar to‘liq hajmda o‘z huquqlarini amalga oshirishi va yuridik burchlarga ega bo‘lishi mumkm emas. Demak, bitimlar aksariyat hollarda muomalaga to‘liq layoqatli shaxslar tomonidan tuziladi.

3. Ixtiyoriylik. Ixtiyoriylik qoidasi qo‘rqitish, yanglishish, aldash va zo‘rlik bilan tuzilgan bitimlarni taqiqlaydi. 4. Shaklga rioya qilish. Qonunlar bilan bitimlarning quyidagi shakllari belgilangan: og‘zaki yoki yozma (oddiy yoki notarial tasdiqlangan). Bitimlar qonunda ko‘rsatilgan hollarda yoki taraflardan birining talabi bo‘yicha notarial tarzda tasdiqlanadi. Ko‘chmas mulk ishtirokida tuzilgan bitimlar davlat tomonidan ro‘yxatga olinishi shart. Bitimlar bir taraflama (bu hollarda faqat bir tarafning xohishi zarur bo‘ladi — mulkni meros qoldirish, sovg‘a qilish), ikki taraflama yoki ko‘p taraflama (shartnomalar) bo‘ladi.

Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlariga aytiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,

BITIMLARNING HAQIQIY EMASLIGI

Haqiqiy bo‘lmagan bitim hech qanday yuridik oqibatlarga olib kelmaydi. Bitim haqiqiy bo‘lmaganida taraflarning har biri boshqasiga bitim bo‘yicha olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha qaytarib berish mumkin bo‘lmaganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilgan bo‘lmasa, uning qiymatini pul bilan to‘lashi shart.

Quyidagi hollarda bitimlar haqiqiy emas deb tan olinadi: — qonun talab qiladigan shakliga rioya etmaslik; — qonun hujjatlarining talablariga muvofiq bo‘lmagan; — o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxs tomonidan tuzilgan; — o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs tomonidan uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining roziligisiz tuzilgan;

BITIMLARNING HAQIQIY EMASLIGI

— ruhiy kasalligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan; — muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan homiysining roziligi- siz tuzilgan; — bitimni tuzish paytida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan; — yanglishish ta’sirida tuzilgan; — aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki og‘ir holatlar yuz berishi ta’sirida tuzilgan, ikkinchi taraf esa bundan foydalanib qolgan (asoratli bitim); — qalbaki va ko‘zbo‘yamachilik uchun, yuridik oqibatlar tug‘dirish niyati bo‘lmagan holda, nomigagina tuzilgan bitim (qalbaki bitim); — yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan, ya’ni yuridik shaxs tomonidan uning ustav maqsadlariga zid holda tuzilgan yoki tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lmagan yuridik shaxs tomonidan tuzilgan.

BITIMLARNING HAQIQIY EMASLIGI

VAKILLIK Vakillik — ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga yoki vakil qilingan davlat organining hujjatiga asoslangan vakolat bilan bir shaxs (vakil) tomonidan boshqa shaxs (vakolat beruvchi) nomidan tuzilgan bitimdir.

O‘z xarakteriga ko‘ra faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni vakil orqali tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Muomalaga layoqatsiz fuqarolar nomidan bitimlarni ularning ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va vasiylari tuzadilar.

Bitimlar ishonchnoma bo‘yicha tuzilishi ham mumkin. Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi.

BITIMLARNING HAQIQIY EMASLIGI

Ishonchnoma oddiy yozma shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtiriladi. Ishonchnoma ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonchnomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida o‘z kuchini saqlaydi. Berilgan sanasi ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.

Topshiriq.

Quyidagi masalalarni hal qiling.

1-vaziyat. A. va M. o‘zaro garov o‘ynashdi. Agar «Paxtakor» jamoasi yutib chiqsa, A. o‘zining mototsiklini M.ga beradi, yutqazib qo‘ysa, M. o‘z noutbukini A.ga beradi, deb kelishishdi. A. garovda yutqazdi, lekin garov o‘ynayotganida o‘z harakatlarini o‘ylamay qilganini sabab qilib, mototsiklni berishdan bosh tortdi.

BITIMLARNING HAQIQIY EMASLIGI

Savollar: Bunday bitim huquqiy jihatdan to‘g‘rimi? Yo‘q bo‘lsa, sababini ko‘rsating.

2-vaziyat. M. 15 yoshda. U rasm chizishga qiziqadi va chiroyli suratlar chizadi. Xorijiy sayyohlar uning suratlaridan birini sotib olish niyatini bildirishdi va bu masala bilan unga murojaat qilishdi.

M.ning ota-onasi nima qilishi kerak?

3-vaziyat. Siz do‘stingizga 5 ming so‘mni 10 kun muddatga qarzga ber- dingiz, biroq u pulni qaytarishni istamayapti.

Bilimingizni sinang!

Savollar: 1. Fuqarolar va yuridik shaxslarning qanday harakatlari bitim deb tan olinadi? 2. Qanday hollarda bitimlar haqiqiy emas deb tan olinadi? 3. Voyaga yetmaganlar qanday bitimlarni tuzishlari mumkinligini sanab o‘ting. 4. Bitimlar tuzilishida rioya etiladigan talablarni sanab o‘ting. 5. Bitim haqiqiqy emas deb topilganida taraflar qanday yo‘l tutishlari zarur?

Bilimingizni sinang

Fuqarolik huquqiga ko‘ra bitim deb nimaga aytiladi?
  1. Davlat organlari tomonidan chiqariladigan va barcha fuqarolar uchun majburiy bo‘lgan rasmiy buyruqlarga
  2. Sud tomonidan chiqarilgan va qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari hamda ajrimlarga
  3. Shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan hamda fuqarolik huquqi bilan belgilangan harakatlarga
  4. Faqat yozma shaklda tuzilib, notarius tomonidan tasdiqlangan shartnoma va kelishuvlarga

To‘g‘ri javob: Shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan hamda fuqarolik huquqi bilan belgilangan harakatlarga. Shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan va fuqarolik huquqi bilan belgilangan harakatlar bitim deyiladi.

Tadbirkor Zafar giyohvandlik vositalarini sotish bo‘yicha shartnoma tuzdi va shartnoma tuzilgani uchun «hammasi qonuniy» deb hisoblaydi. Bitimlarga qo‘yiladigan qaysi talab buzilgan?
  1. Qonuniylik: qonunga zid harakatlar ta’qib qilinadi va jazolanadi
  2. Ixtiyoriylik: bitim qo‘rqitish va zo‘rlik ishlatish bilan tuzilgan
  3. Shaklga rioya: bitim yozma shaklda tuzilmagan va notarial tasdiqlanmagan
  4. Layoqat: bitim tuzgan taraflar 18 yoshga to‘lmagan va vasiy roziligi yo‘q

To‘g‘ri javob: Qonuniylik: qonunga zid harakatlar ta’qib qilinadi va jazolanadi. Giyohvandlik vositalari bilan savdo qilishni qonuniy deb bo‘lmaydi – qonuniylik talabi buzilgan.

Bitimlar tuzilishida ixtiyoriylik qoidasi qaysi holatlarda tuzilgan bitimlarni taqiqlaydi?
  1. Faqat og‘zaki shaklda va guvohlarsiz tuzilgan bitimlarni
  2. Ikki taraf manfaatini ko‘zlab tuzilgan o‘zaro bitimlarni
  3. Ota-onaning roziligi va notarius guvohligida tuzilgan bitimlarni
  4. Qo‘rqitish, yanglishish, aldash va zo‘rlik bilan tuzilgan

To‘g‘ri javob: Qo‘rqitish, yanglishish, aldash va zo‘rlik bilan tuzilgan. Ixtiyoriylik qoidasi qo‘rqitish, yanglishish, aldash va zo‘rlik bilan tuzilgan bitimlarni taqiqlaydi.

Quyidagi bitimlardan qaysi biri bir taraflama bitimga misol bo‘ladi?
  1. Oldi-sotdi shartnomasi
  2. Mulkni meros qoldirish
  3. Ijara shartnomasi
  4. Qarz shartnomasi

To‘g‘ri javob: Mulkni meros qoldirish. Bir taraflama bitimda faqat bir tarafning xohishi zarur bo‘ladi – mulkni meros qoldirish, sovg‘a qilish.

Fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlari nima deb ataladi?
  1. Da’volar
  2. Vakolatlar
  3. Bitimlar
  4. Majburiyatlar

To‘g‘ri javob: Bitimlar. Fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlar bitimlar deyiladi.

Necha yoshga to‘lmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitim haqiqiy emas deb tan olinadi?
  1. O‘n olti yoshga
  2. O‘n to‘rt yoshga
  3. O‘n ikki yoshga
  4. O‘n besh yoshga

To‘g‘ri javob: O‘n to‘rt yoshga. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxs tuzgan bitim haqiqiy emas hisoblanadi.

Haqiqiy bo‘lmagan bitim qanday yuridik oqibatlarga olib keladi?
  1. Faqat bir tarafga yuridik oqibat keltiradi
  2. Hech qanday yuridik oqibatlarga olib kelmaydi
  3. Faqat jarima to‘lashga olib keladi
  4. Taraflarning mol-mulki davlatga o‘tadi

To‘g‘ri javob: Hech qanday yuridik oqibatlarga olib kelmaydi. Haqiqiy bo‘lmagan bitim hech qanday yuridik oqibatlarga olib kelmaydi.

Avtomobil oldi-sotdi bitimi haqiqiy emas deb topildi, biroq sotib oluvchi Alisher avtomobilni aslicha qaytarib bera olmaydi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra Alisher nima qilishi shart?
  1. Hech narsa to‘lamaydi, chunki bitim haqiqiy emas
  2. Avtomobilni sotuvchining ixtiyoriga qoldiradi
  3. Davlatga jarima to‘laydi
  4. Avtomobilning qiymatini pul bilan to‘lashi shart

To‘g‘ri javob: Avtomobilning qiymatini pul bilan to‘lashi shart. Aslicha qaytarib berish mumkin bo‘lmaganida olingan narsaning qiymati pul bilan to‘lanishi shart.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiO‘zbekiston Respublikasida Fuqarolik huquqiKeyingi →Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar