Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar
IV-bo‘lim. Fuqarolik huquqi asoslari
MULK HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI Atrofimizdagi narsalar — biror shaxs egalik qiladigan yoki foydalanadigan predmetlar, buyumlar, obyektlarning hammasi mulk demakdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (66-modda) har bir inson mulkka ega bo‘lish huquqi qayd qilingan.
Mulk huquqi shaxsning o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ihtiyoriga ko‘ra egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.
Mulkdan «foydalanish» undan foydali xossalarni olish (samarani olish, daromad topish) demakdir.
Mol-mulkka «egalik qilish» esa: uni sotish, almashtirish yoki sovg‘a qilish huquqiga; o‘zgartirish, ya’ni xossalarini yaxshilash yoki yomonlashtirish huquqiga; mol-mulkni yo‘q qilish huquqiga ega bo‘lishdir.
2-topshiriq. 1. Do‘stingizdan kompyuter sichqonchasini olib turdingiz. Endi siz ushbu jihozning egasi hisoblanasizmi? 2. Siz ofis ochish uchun ma’lum muddatga ijara shartnomasini tuzdingiz, amalda esa undan oilangiz bilan yashash uchun foydalanyapsiz. Bunday qilishga haqqingiz bormi? 3. Siz firma bilan paxta terish kombaynlarini ijaraga olish bo‘yicha shartnoma tuzdingiz. Vaqti kelib ularni sotib yuborishga qaror qildingiz. Bunga haqqingiz bormi?
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULK SHAKLLARI. MULK HUQUQINING SUBYEKTLARI VA OBYEKTLARI O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra mamlakatimizda mulk daxlsizdir. Har bir kishi mulkka egalik qilish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o‘sishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik bo‘lishiga ruxsat beriladi. Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz bo‘lishiga va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi.
Mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir.
O‘zbekiston Respublikasi mulkdorga qarashli bo‘lgan mol-mulkni saqlash va ko‘paytirib borish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi. Mulkka egalik huquqi daxlsizdir, uni qonun himoya qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida mulk xususiy mulk va jamoat mulki shakllarida bo‘ladi. Bunda xususiy mulk huquqining subyektlari fuqarolar hamda nodavlat yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin, jamoat mulki huquqi subyekti esa davlat hisoblanadi.
Mulk huquqining vujudga kelish asoslari quyidagilardan iborat: — mehnat faoliyati; — mol-mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyati, — shu jumladan mol-mulkni yaratish, ko‘paytirish, bitimlar asosida qo‘lga kiritish;
— davlat mol-mulkini xususiylashtirish; — meros qilib olish; — egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat; — qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa asoslar.
Mulk huquqi mulkdorning ixtiyoriy suratda majburiyatni bajarishi, mulkdorning mol-mulk taqdirini hal qiladigan bir tomonlama qaror qabul qilishi, sud qarori asosida mol-mulkni olib qo‘yish (sotib olish) yo‘li bilan, shuningdek mulk huquqini bekor qiluvchi qonun hujjatlariga asosan bekor bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,
197-modda.
Mol-mulkni yo‘q qilish (tugatish) natijasida mulk huquqini bekor qilishga qonunlarga zid bo‘lmagan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Mulkdor tomonidan tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki o‘zga madaniy qimmatga ega bo‘lgan mol-mulkning yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Alohida hollarda sud qarori bilan mazkur mol-mulk musodara qilinishi yoki agar u yo‘q qilingan bo‘lsa, uning qiymati undirib olinishi mumkin.
Mol-mulkni yuridik shaxsning balans hisobidan chiqarish natijasida mulk huquqining bekor qilinishi qonun hujjatlarida yoki ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
198-modda.
Bilimingizni sinang!
3 — Davlat va huquq asoslari, 10-sinf 65
Bilimingizni sinang
Shaxsning o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ihtiyoriga ko‘ra egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi nima deb ataladi?
- Garov huquqi
- Meros huquqi
- Mulk huquqi
- Ijara huquqi
To‘g‘ri javob: Mulk huquqi. Mulk huquqi shaxsning o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ihtiyoriga ko‘ra egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.
Mol-mulkdan foydali xossalarni olish, ya’ni samara olish yoki daromad topish nima deb ataladi?
- Garovga qo‘yish
- Foydalanish
- Egalik qilish
- Tasarruf etish
To‘g‘ri javob: Foydalanish. Mulkdan foydalanish — undan foydali xossalarni olish, ya’ni samara olish va daromad topish demakdir.
Mulk huquqi nimani anglatadi?
- Shaxsning boshqa shaxslarga tegishli mol-mulkdan davlat ruxsati bilan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini
- Davlatning barcha fuqarolar mol-mulkini o‘z ihtiyoriga ko‘ra taqsimlash, undan foydalanish va tasarruf etish huquqini
- Shaxsning o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ihtiyoriga ko‘ra egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini
- Shaxsning faqat meros yoki hadya yo‘li bilan mol-mulk olish, uni saqlash va boshqalarga qoldirish huquqini
To‘g‘ri javob: Shaxsning o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ihtiyoriga ko‘ra egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini. Mulk huquqi – shaxsning o‘z mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.
Konstitutsiyaning qaysi moddasida har bir inson mulkka ega bo‘lish huquqi qayd qilingan?
- 66-moddada
- 20-moddada
- 59-moddada
- 7-moddada
To‘g‘ri javob: 66-moddada. Konstitutsiyaning 66-moddasida har bir inson mulkka ega bo‘lish huquqi qayd qilingan.
Karim o‘z avtomobilini taksi sifatida ishlatib, undan daromad topmoqda. Mulk huquqining qaysi vakolati amalga oshirilmoqda?
- Mulkni tasarruf etish – uning taqdirini hal qilish
- Mulkka egalik qilish – uni batamom yo‘q qilib yuborish
- Mulkni olib qo‘yish – sud qarori asosida davlatga
- Mulkdan foydalanish – undan foydali xossalarni olish
To‘g‘ri javob: Mulkdan foydalanish – undan foydali xossalarni olish. Mulkdan foydalanish undan foydali xossalarni olish (samara, daromad topish) demakdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Mulkchilik to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra mamlakatimizda mulk qanday holatda?
- Davlat ixtiyori bilan cheklangan, faqat fuqarolar mulkka ega
- Daxlsiz, har bir kishi mulkka egalik qilish huquqiga ega
- Faqat jamoat mulki shaklida tan olingan
- Muayyan muddatga beriladi
To‘g‘ri javob: Daxlsiz, har bir kishi mulkka egalik qilish huquqiga ega. Mamlakatimizda mulk daxlsizdir va har bir kishi mulkka egalik qilish huquqiga ega.
Qonun mulkchilikning hamma shakllari uchun nimani kafolatlaydi?
- Faqat davlat mulkining ustuvorligini va boshqa mulk shakllarining cheklanishini
- Ularning daxlsizligini va rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishini
- Xususiy mulkning soliqdan va majburiy to‘lovlardan to‘liq ozod etilishini
- Jamoat mulkining barcha fuqarolar o‘rtasida majburiy xususiylashtirilishini
To‘g‘ri javob: Ularning daxlsizligini va rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishini. Qonun mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz bo‘lishiga va rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishiga kafolat beradi.
Xususiy mulk huquqining subyektlari kimlar bo‘lishi mumkin?
- Faqat davlat organlari
- Faqat davlat tashkil etgan yuridik shaxslar
- Faqat O‘zbekiston fuqarolari
- Fuqarolar hamda nodavlat yuridik shaxslar
To‘g‘ri javob: Fuqarolar hamda nodavlat yuridik shaxslar. Xususiy mulk subyektlari fuqarolar hamda nodavlat yuridik shaxslardir.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash