Fuqarolik-huquqiy shartnomalar shartlari
IV-bo‘lim. Fuqarolik huquqi asoslari
FUQAROLIK-HUQUQIY SHARTNOMALARNI TUZISHNING
ASOSIY SHARTLARI Fuqarolik-huquqiy shartnomalar hayotimizning barcha sohalarida, shu jumladan davlatlararo munosabatlarda ham keng qo‘llaniladi. Chunonchi, fuqarolar huquq munosabatlarini tartibga solishda shartnomalar asos bo‘lib xizmat qiladi. Jismoniy va yuridik shaxslar ularning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.
Shartnoma ishtirokchilar o‘rtasida har xil munosabatlar o‘rnatilishining samarali shakli hisoblanadi. U taraflar o‘zaro munosabatlari xususiyatlarini hisobga olish, har birining manfaatlarini kelishtirish imkonini beradi, shuningdek ishtirokchilarga yuridik kafolatlar taqdim etadi.
Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi.
FUQAROLIK-HUQUQIY SHARTNOMALARNI TUZISHNING
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,
353-modda.
Fuqarolik-huquqiy shartnomaning asosiy belgilari: — shartnoma ixtiyoriy asosda tuziladi; — shartnoma taraflari ikki yoki undan ortiq shaxs bo‘lishi mumkin; — shartnomalarda taraflarning bir-biriga nisbatan huquqlari va burchlari vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor qilinishi qayd etiladi; — taraflar taklif etgan barcha shartlar bo‘yicha kelishilganidan keyin shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Taraflar shartnoma tuzilishi uchun barcha asosiy shartlarni o‘z ichiga olgan takliflarni kiritadi. Odatda oferta (lotincha offertus — taklif qilingan) muayyan shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Noaniq shaxslar doirasiga yo‘naltirilgan oferta ommaviy deb ataladi, masalan, gazetada avtomobil, xonadon, mebel va hokazolarni sotish to‘g‘risida chop qilingan e’lon.
FUQAROLIK-HUQUQIY SHARTNOMALARNI TUZISHNING
Fuqarolik huquqida kontragentning shartnomani tuzish to‘g‘risidagi taklif bilan roziligi xat yoki telegramma, faks, SMS va boshqa shakllarda ifodalanadi.
Keyinchalik taraflar shartnoma shartlarini batafsil kelishib oladi.
SHARTNOMANI TUZISHNING ASOSIY QOIDALARI
Agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Shartnoma taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo‘llashi va ikkinchi taraf uni akseptlashi (taklifni qabul qilishi) yo‘li bilan tuziladi.
Muhim shartlarga birinchi navbatda shartnomaning predmeti to‘g‘risidagi shartlar kiritiladi. Shartnomalar aynan predmetiga ko‘ra bir-biridan ajratiladi. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi, ayirboshlash shartnomasi, mulk ijarasi shartnomasi, pudrat shartnomasi va hokazo.
Shartnoma taraflarning kelishuvi bo‘lib hisoblangani uchun, taraflar yoki ulardan birontasi u yoki bu masalada kelishuvga erishish zarurligini talab qilsa, bu ham shartnomaning muhim shartini tashkil etadi. Bunda tarafning bayon qilish shakli og‘zaki ham, yozma ravishda ham bo‘lishi mumkin.
SHARTNOMANI TUZISHNING ASOSIY QOIDALARI
Oferta yo‘llagan shaxs uning akseptini olgan paytda shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Agar qonunga muvofiq shartnoma tuzish uchun mol-mulkni topshirish ham zarur bo‘lsa, shartnoma tegishli mol-mulk topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Shartnomaning ijro muddati taraflar tomonidan kelishiladi va shartnomaning o‘zida qayd qilinadi. Bunda shartnomani bajarish muddatlari buzilsa. qo‘llaniladigan jazo choralari ham shartnomaga kiritilishi mumkin. Shartnoma mamlakat qonunlariga zid ravishda tuzilgan bo‘lsa yoki boshqa (bitim paytida kelishib ko‘rsatilgan) hollarda haqiqiy emas, deb topilishi mumkin.
SHARTNOMANI TUZISHNING ASOSIY QOIDALARI
1-vaziyat. N. tijorat do‘konidan tilla soat xarid qildi. Bir necha kundan keyin R. uning oldiga kelib, soat 3 oy oldin undan o‘g‘irlab ke- tilganini aytdi va qaytarib berishini talab qildi. Isboti sifatida soat pasporti va chekini ko‘rsatdi. N. R.dan tilxat olib, soatni unga qaytarib berdi, lekin bir oy o‘tgach, haqiqatan ham R.dan xuddi shunday soatni o‘g‘irlab ketgan o‘g‘ri ushlanganini eshitib qoldi.
Anglashilmovchilik yuz bergani aniq. N. bu vaziyatda qanday yo‘l tutishi kerak?
2- vaziyat. Xonadon boshqa shaharda ta’lim oladigan 18 va 20 yoshli bolalarning onasi, fuqaro N. mulki hisoblanadi. Xonadonni fuqaro M.ga sotayotganida fuqaro N. o‘z harakatlari uchun o‘g‘illarining roziligini olmadi.
HADYA VA XAYR-EHSON SHARTNOMALARI
Shubhasiz, har birimiz Yangi yilda, tug‘ilgan kun yoki shunchaki ota-ona mukofot puli olgani munosabati bilan sovg‘a (hadya) olganmiz. Sovg‘a olish hammaga ham yoqadi. Lekin sovg‘a olish ham fuqarolar huquqiga kiradimi? Albatta! Axir bunda sovg‘a (hadya)ga egalik qilish huquqi sovg‘a (hadya) beruvchidan uni oluvchiga o‘tadi.
Shuning uchun hadya shartnomasi predmeti har doim aniq belgilangan deyish mumkin. Bunda ko‘char va ko‘chmas mulk ishtirokidagi bitimlar haqidagi me’yorlar hadya shartnomasiga ham to‘liq taalluqli bo‘ladi.
Xayr-ehson shartnomasi hadya shartnomasiga yaqin turadi. Ular orasidagi farq quyidagilardir:
HADYA VA XAYR-EHSON SHARTNOMALARI
— xayr-ehson fuqarolar, shifoxonalar, tarbiya muassasalari, fondlar, muzeylar va hokazolarga, shuningdek davlatga umumfoydali maqsadlarda amalga oshiriladi; — xayr-ehsonni bekor qilish mumkin emas, uni olish uchun kimningdir roziligi shart emas; — merosxo‘rlik to‘g‘risidagi me’yorlar xayr-ehsonga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Xayr-ehson — muayyan shaxslar va tashkilotlar tomonidan o‘z istagi bilan bajarilgan bepul (badalsiz) harakatdir.
AYIRBOSHLASH (ALMASHISH) SHARTNOMASI
Bir necha asr avval ayirboshlash shartnomasi oddiy hol edi. Hozir ham ayirboshlash shartnomasi saqlanib qolgan, biroq muayyan sabablarga ko‘ra uning mohiyati o‘zgardi: birinchidan, ayirboshlanadigan tovarlar qiymati pul ko‘rinishida o‘lchanadi; ikkinchidan, ayirboshlash shartnomasiga nisbatan tegishli ravishda oldi-sotdi to‘g‘risidagi me’yorlar qo‘llaniladi.
Agar ayirboshlash shartnomasida boshqa shartlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ayirboshlanadigan tovarlar teng qiymatli deb taxmin qilinadi. Aks holda tovarlar narxidagi farq pul bilan qoplanadi.
Ayirboshlash shartnomasiga ko‘ra, taraflar o‘rtasida bir mol-mulk boshqasiga ayirboshlanadi.
AYIRBOSHLASH (ALMASHISH) SHARTNOMASI
Soat, marka, ya’ni ishtirokchilar egalik qiladigan barcha narsalar almashtirish-ayirboshlash shartnomasiga misol bo‘ladi. Ayirboshlash shartnomasi kuchga kirganidan keyin har bir taraf berilayotgan mulk uchun egalik huquqini yo‘qotadi va olingan mulk uchun xuddi shunday huquqqa ega bo‘ladi.
3-topshiriq. Qanday hollarda ayirboshlash shartnomasi qonunga muvofiq amalga oshirilgani, qanday hollarda esa fuqarolik qonunlari buzilganini ko‘rsating.
1-vaziyat. Ayirboshlash shartnomasiga ko‘ra, S. (12 yosh) I.ga (16 yosh) 5 ta multfilm yozilgan disk berdi. O‘z navbatida I. S.ga bir haftadan keyin videokliplar yozilgan 5 ta disk berishni va’da qildi, lekin bir oydan keyin, buning ustiga 5 ta emas, 4 ta disk berdi.
AYIRBOSHLASH (ALMASHISH) SHARTNOMASI
2-vaziyat. Ayirboshlash shartnomasiga ko‘ra fuqaro X. 3 xonali kvarti- rasini 4 xonali kvartiraga almashtirdi. Almashtirilgandan so‘ng 4 xonali kvartira yashash uchun yaroqsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi.
3-vaziyat. Ayirboshlash shartnomasiga ko‘ra 9 yoshli I. va 7 yoshli D. tilla sirg‘alarini almashtirishdi.
4-vaziyat. Ayirboshlash shartnomasiga ko‘ra «Turon» xususiy firmasi «Matiz» rusumidagi avtomobilini qo‘shma korxonaga tegishli «Damas» rusumidagi avtomobilga almashtirdi. Ayirboshlash shartnomasi yozma ravishda rasmiylastirilmadi.
Shartnoma shartlari namunasi Xizmatlar ko‘rsatishga (ishlarni bajarishga)
NAMUNAVIY SHARTNOMA
№ 200 y. " "
(shartnoma tuzilgan joy)
(fermer xo‘jaligi ustavi) asosida ish ko‘ruvchi, keyinchalik «Xo‘jalik» deb yuritiluvchi
(fermer xo‘jaligi nomi) nomidan fermer xo‘jaligi boshlig‘i (F.I.O.) bir tomondan, va (ustav, qaror, ishonchnoma) asosida ish ko‘ruvchi, keyinchalik «Bajaruvchi» deb yuritiluvchi
(korxona, tashkilot nomi) nomidan ish ko‘ruvchi (lavozimi, F.I.O.) ikkinchi tomondan mazkur shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:
I. SHARTNOMA MAVZUSI 1.1. Mazkur shartnoma bo‘yicha «Bajaruvchi» «Xo‘jalik»ka xizmatlar (keyingi o‘rinlarda — «Xizmatlar» deb yuritiladi) yetkazib berish, «Xo‘jalik» ushbu «Xizmatlar»ni qabul qilish va qiymatini to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. «Xizmatlar»ning aniq turlari, ularning soni, sifati va narxi, shuningdek ularni ko‘rsatish muddatlari mazkur shartnomaning tarkibiy qismi hisoblangan ilovada keltiriladi.
NAMUNAVIY SHARTNOMA
II. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI 2.1. «Xo‘jalik»ning huquqlari: — «Bajaruvchi»dan shartnomani bajarish uchun zarur bo‘lgan amaldagi davlat standartlari va boshqa normativ hujjatlar bilan ta’minlashni talab qilish; — «Bajaruvchi»dan «Xizmatlar» «Xo‘jalik»ning hisobiga transportda tashilganda transport xarajatlarini qoplashni talab qilish; — «Bajaruvchi»dan mazkur shartnomaga asosan beriladigan buyurtmano- maga muvofiq tegishli sifatga ega bo‘lgan «Xizmatlar» ko‘rsatilishini talab qilish;
— zarur sifatga ega bo‘lmagan «Xizmatlar» ko‘rsatilgan taqdirda o‘z tan- lashiga ko‘ra: — zarur sifatga ega bo‘lmagan «Xizmatlar» shunga o‘xshash «Xizmatlar» bilan almashtirilishini; — «Xizmatlar»ning kamchiliklari bepul bartaraf etilishini yoki kamchiliklar «Xo‘jalik» yoxud uchinchi shaxslar tomonidan to‘g‘rilani- shi xarajatlarini qoplashni; — bahosining mutanosib tarzda kamaytirilishini talab qilish; — shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zarar qoplanishini «Bajaruvchi»dan talab qilish. 2.2. «Xo‘jalik»ning majburiyatlari: — o‘z buyurtmanomasi bo‘yicha ko‘rsatilgan «Xizmatlar»ni mazkur shartnomaga muvofiq qabul qilish; — «Xizmatlar»ga mazkur shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan narx bo‘yicha, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangan paytdan boshlab kun mobaynida haq to‘lash. 2.3. «Bajaruvchi» quyidagilarga majbur: — «Xo‘jalik»ka «Xizmatlar»ni mazkur shartnomaga muvofiq yoki
NAMUNAVIY SHARTNOMA
«Xo‘jalik» tomonidan mazkur shartnomaning 4.8-bandida nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning buyurtmanomasiga muvofiq muddatlar, sifat va miqdorda ko‘rsatish; — agar «Xizmatlar»ni ko‘rsatish jarayonida «Bajaruvchi» shartnoma shartlari va normativlardan chekinishga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, «Xo‘jalik»ning talabi bilan aniqlangan barcha kamchiliklarni kun muddatda tekin tuzatib berish.
III. SHARTNOMANING BAHOSI VA HISOB-KITOB TARTIBI 3.1. Mazkur shartnomaning bahosi (summa raqamlar va harflar bilan yoziladi) so‘mni tashkil etadi.
IV. SHARTNOMANING BAJARILISHI 4.1. Shartnoma mazkur shartnoma va qonun hujjatlari shartlari va talablariga muvofiq zarur tarzda bajarilishi kerak.
NAMUNAVIY SHARTNOMA
4.2. Shartnoma bajarilishini bir tomonlama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarda belgilangan hollar bundan mustasno.
V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI 5.1. Ko‘rsatilayotgan «Xizmatlar» sifati, miqdori «Bajaruvchi» tomonidan noto‘g‘ri aniqlanishi, ularning qiymati noto‘g‘ri belgilanishi va undirilishi hollari aniqlangan taqdirda «Bajaruvchi» ko‘rsatilayotgan «Xizmatlar»ning sifatini, shuningdek ularning miqdorini hisobga olgan holda qayta hisob-kitob qiladi, hisoblab chiqilgan ushbu summadan tashqari xo‘jalikka noto‘g‘ri hisob-kitob qilingan summaning 20 foizi miqdorida jarima to‘laydi.
NAMUNAVIY SHARTNOMA
VI. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI 6.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda, tomonlar, qoidaga ko‘ra, mustaqil ravishda yoxud tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi ishtirokida ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radilar.
VII. SHARTNOMANING AMAL QILISHI 7.1. Mazkur shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab amalga kiradi va tomonlar ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajargunga qadar amal qiladi.
VIII. YAKUNIY QOIDALAR 8.1. Mazkur shartnoma tomonlarning kelishuviga ko‘ra yoki boshqa tomon shartnoma shartlarini jiddiy ravishda buzgan taqdirda, tomonlardan birining talabi bo‘yicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
IX. TOMONLARNING MANZILI VA BANK REKVIZITLARI:
(imzo) (F. I. Sh)
Bilimingizni sinang!
Bilimingizni sinang
Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi nima deyiladi?
- Da’vo
- Ishonchnoma
- Shartnoma
- Tilxat
To‘g‘ri javob: Shartnoma. Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi.
Fuqarolik huquqiga ko‘ra shartnoma deb nimaga aytiladi?
- Faqat bir shaxsning o‘z mol-mulkini tasarruf etish yoki yo‘q qilish haqida chiqargan bir taraflama irodaviy qaroriga
- Davlat organining fuqarolar va tashkilotlarga yuboradigan, bajarilishi majburiy bo‘lgan rasmiy ma’muriy ko‘rsatmasiga
- Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuviga
- Sud tomonidan taraflarga yuklanadigan va ularning irodasidan qat’i nazar bajarilishi shart bo‘lgan fuqarolik majburiyatiga
To‘g‘ri javob: Ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuviga. Ikki yoki bir necha shaxsning huquq va burchlarni vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi.
Fuqarolik-huquqiy shartnomalarning ishtirokchilari kimlar bo‘lishi mumkin?
- Jismoniy va yuridik shaxslar
- Faqat yuridik shaxslar
- Faqat davlat organlari
- Faqat O‘zbekiston fuqarolari
To‘g‘ri javob: Jismoniy va yuridik shaxslar. Jismoniy va yuridik shaxslar shartnomaning ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.
Fuqarolik kodeksining 353-moddasiga ko‘ra fuqarolik-huquqiy shartnomaning asosiy belgilaridan biri qaysi?
- Shartnoma faqat yozma shaklda tuziladi
- Shartnoma faqat davlat organi bilan tuziladi
- Shartnoma taraflari doim ikkita yuridik shaxs bo‘ladi
- Shartnoma ixtiyoriy asosda tuziladi
To‘g‘ri javob: Shartnoma ixtiyoriy asosda tuziladi. 353-moddada shartnoma ixtiyoriy asosda tuzilishi va taraflari ikki yoki undan ortiq shaxs bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.
Fuqarolik-huquqiy shartnoma qaysi paytda tuzilgan hisoblanadi?
- Taraflardan biri taklif yo‘llagan zahoti
- Taraflar taklif etgan barcha shartlar bo‘yicha kelishilganidan keyin
- Shartnoma matni bosib chiqarilgan paytda
- Shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan keyin uch kun o‘tgach
To‘g‘ri javob: Taraflar taklif etgan barcha shartlar bo‘yicha kelishilganidan keyin. Taraflar taklif etgan barcha shartlar bo‘yicha kelishilganidan keyin shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Gazetada avtomobil sotish haqida e’lon chop etildi. Bu e’lon qanday oferta hisoblanadi?
- Aksept, chunki u taklifni qabul qilishni bildiruvchi javob hisoblanadi
- Ommaviy oferta, chunki u noaniq shaxslar doirasiga yo‘naltirilgan
- Muayyan shaxsga qaratilgan oferta, chunki u bitta xaridorga yo‘llangan
- Shartnoma, chunki unda barcha shartlar oldindan kelishib bo‘lingan
To‘g‘ri javob: Ommaviy oferta, chunki u noaniq shaxslar doirasiga yo‘naltirilgan. Noaniq shaxslar doirasiga yo‘naltirilgan oferta ommaviy deb ataladi, masalan, gazetadagi sotish e’loni.
Odatda oferta kimga qaratilgan bo‘ladi?
- Noaniq shaxslar doirasiga
- Faqat davlat organiga
- Barcha jamoat birlashmalariga
- Muayyan shaxsga
To‘g‘ri javob: Muayyan shaxsga. Odatda oferta muayyan shaxsga qaratilgan bo‘ladi.
Zafar Alisherga SMS orqali shartnoma tuzish haqidagi taklifga rozi ekanini bildirdi. Fuqarolik huquqiga ko‘ra qanday xulosa to‘g‘ri?
- Rozilik SMS shaklida ham ifodalanishi mumkin
- Rozilik faqat notarial tasdiqlangan hujjat bilan ifodalanadi
- Rozilik faqat og‘zaki ifodalanadi
- SMS orqali bildirilgan rozilik yuridik ahamiyatga ega emas
To‘g‘ri javob: Rozilik SMS shaklida ham ifodalanishi mumkin. Kontragentning roziligi xat, telegramma, faks, SMS va boshqa shakllarda ifodalanadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash