XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 10-sinf · Huquq asoslari · 16-§

Iste’molchilar huquqlari va majburiyatlari

IV-bo‘lim. Fuqarolik huquqi asoslari

ISTE’MOLCHI Biror tovar xarid qilayotgan, shahar transporti xizmatidan foydalanayotgan, teatrga borayotgan va hokazolarni bajarayotgan odam tovarlar, xizmatlar iste’mol- chisi hisoblanadi. Shu tariqa, biz hammamiz — iste’molchi hisoblanamiz, chunki har kuni tovarlar xarid qilamiz hamda turli xizmatlardan foydalanamiz.

Oliy Majlis tomonidan 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunida iste’molchi shunday ta’riflanadi.

Iste’molchi — foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki xususiy xo‘jalikda foydalanish maqsadida tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo‘lgan fuqaro (jismoniy shaxs).

1-topshiriq. Yuqorida aytilgan ta’rifdan kelib chiqib, quyidagi shaxslar iste’molchilarmi yoki yo‘qligini ayting:

«Iste’molchilarning huquqlarini himoya

qilish to‘g‘risida»gi Qonun, 1-modda.

— oyoq kiyim xarid qilgan fuqaro; — do‘konga kirgan fuqaro; — Toshkentdan Samarqandga sayohatga ketayotgan xorijiy fuqaro; — kvartirasini ta’mirlash uchun xususiy shaxs bilan shartnoma tuzayotgan fuqaro; — keyinchalik sotish uchun tovar turkumini sotib olayotgan fuqaro; — keyinchalik bozorda sotish uchun dehqondan katta miqdorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilayotgan fuqaro.

«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun bozorni iste’molchilar, ya’ni hammamizning manfaatlarimizga bo‘ysundirish maqsadida qabul qilingan.

TOVAR HAQIDA AXBOROT OLISH HUQUQI Iste’molning eng keng tarqalgan sohalaridan biri — oldi-sotdi misolida O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan qoidalarning asosiy guruhlarini ko‘rib chiqamiz.

«Iste’molchilarning huquqlarini himoya

Kassa cheki — tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi to‘langanligini tasdiqlaydigan, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to‘langan sana va kassa apparatining raqami ko‘rsatilgan hujjat.

Tovar cheki — tovarning sotib olinganligini yoki ish (xizmat)ning haqi to‘langanligini tasdiqlovchi, tovar (ish, xizmat)ning bahosi, haq to‘langan sana hamda sotuvchining nomi va joylashgan manzili haqidagi ma’lumot ko‘rsatilgan hujjat.

Qonunga muvofiq («Tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumot» 6-moddasi) bu ma’lumotni sotuvchi berishi shart. Tovarlar haqidagi ma’lumotlarda quyidagilar ko‘rsatiladi:

— asosiy iste’mol xususiyatlari; — ishlab chiqarilgan sanasi; — ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyatlari; — xizmat qilish (yaroqlilik) muddati; — saqlash usuli hamda qoidalari; — ta’mirlash-tuzatish ishlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat ko‘rsata-

«Iste’molchilarning huquqlarini himoya

digan korxonalarning manzillari.

Sotuvchi — oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha iste’molchiga tovar realizatsiya qiladigan korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy tadbirkor.

TOVAR SERTIFIKATLANGANLIGI TO‘G‘RISIDAGI AXBOROTNI OLISH HUQUQI «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq iste’molchi uchun mo‘ljallangan barcha mahsulotlar baholanishi va mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangan taqdirda maxsus hujjat — muvofiqlik sertifikati berilishi kerak. Bunda iste’molchi sotuvchidan mahsulot sertifikatlanganligi to‘g‘risida axborot olish huquqiga ega. Mazkur belgi mahsulotda shtrix-kod yonida joylashgan bo‘lib, mahsulot odamlar hayoti va sog‘lig‘i hamda uning atrof muhiti uchun xavfsizlik talablari standartlariga javob berishini bildiradi.

«Iste’molchilarning huquqlarini himoya

«Muvofiqlik sertifikati» — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat.

Ishlab chiqaruvchi — iste’molchiga realizatsiya qilish uchun tovar ishlab chiqaradigan korxona, tashkilot, muassasa yoki xususiy tadbirkor.

XARID QILINGAN TOVARNI ALMASHTIRISH

YOKI QAYTARISH HUQUQI Past sifatli yoki nuqsonli tovar sotilgan taqdirda, iste’molchi o‘z xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qitishga haqli:

— tovarni ayni shunday rusumli (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish; — tovarni boshqa rusumdagi (modelli, artikulli) ana shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini qayta hisob-kitob qilish; — xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish; — shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni tiklash. Xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish shuni anglatadiki, agar siz biror nuqsoni bo‘lgan yozuv stolini xarid qilgan bo‘lsangiz, sotuvchi esa uni almashtirib berolmasa yoki nuqsonlarini bartaraf etolmasa, siz ushbu nuqsonlari bo‘lgani sababli xarid buyumining narxini pasaytirishga haqlisiz.

XARID QILINGAN TOVARNI ALMASHTIRISH

«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq xaridor 7 kunlik muddatda tovarni xuddi shunday tovarga almashtirishga haqli. Agar tovar boshqa rusumli xuddi shunday tovarga almashtirilayotgan bo‘lsa, narxlar orasida farq bo‘lgani uchun qayta hisob-kitob qilinishi kerak. Masalan, onangizning tug‘ilgan kuniga qora rangli sumkacha sotib oldingiz, lekin uning kiyimiga jigarrang sumkacha mos keladi. Bu holda uni sizga kerak bo‘lgan sumkachaga almashtirib berishlari mumkin. Lekin do‘konda sizga zarur sumkacha bo‘lmasa, siz xarid qilingan tovarni qaytarishingiz va unga to‘langan summani qaytarib olishingiz mumkin. Biroq shuni ham yodda tutish lozimki, xaridorning tovarni almashtirish yoki qaytarib berish talabi faqat tovar iste’molda bo‘lmagan, barcha xossalari va sifati saqlangan taqdirda hamda u aynan shu sotuvchidan xarid qilinganligi isbotlanganida (ya’ni do‘kon cheki bo‘lganidagina) qondiriladi.

XARID QILINGAN TOVARNI ALMASHTIRISH

ISTE’MOLCHILAR MAJBURIYATLARI O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 401-moddasiga muvofiq, xaridor almashtirishni talab qilishga yoki oldi-sotdi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqqi bo‘lgan holatlardan tashqari, unga sotuvchi tomonidan topshirilgan tovarni qabul qilishi shart.

Xaridor qonun hujjatlariga yoki oldi-sotdi shartnomasiga zid ravishda tovarni qabul qilishdan bosh tortsa, sotuvchi shartnoma shartlarini bajarishdan bosh tortishga va ko‘rilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.

Xaridorning talabi bilan tovar yangisiga qanday hollarda almashtirib berilishi shart?

1-vaziyat. Fuqaro planshet xarid qildi va o‘rovini ochmadi. Bir oydan keyin uni yanada qimmatiga almashtirib berishlarini so‘radi.

2-vaziyat. Fuqaro kafolat muddati 6 oylik fen xarid qildi. Fen nuqsonli detali bo‘lgani sababli 6,5 oydan keyin ishdan chiqdi.

3-vaziyat. Fuqaro elektr choynagini sotib oldi, 5 kun davomida undan foydalandi, keyin esa do‘kondan uni hushtagi bo‘lgan choynakka almashtirib berishlarini so‘radi.

2-topshiriq. Quyida keltirilgan vaziyat bilan tanishing va sotuvchining harakatlariga baho bering.

Fuqaro T. do‘kondan o‘ralgan rafinad qand pachkasini sotib oldi. Uni uyida ochganida qand o‘rniga yaxshi maydalanmagan tuzni ko‘rdi. Xaridor do‘konga qaytib, chek va ochilgan pach- kani ko‘rsatdi hamda pulini qaytarib berishni talab qildi. Biroq sotuvchi bu do‘konning aybi emasligini aytib, pulni qaytarib berishdan bosh tortdi.

Xaridorning talabi bilan tovar yangisiga qanday hollarda almashtirib berilishi shart?

Savollar: Bu holda sotuvchi iste’molchi huquqini buzdimi? Agar shunday bo‘lsa, T. o‘z huquqlarini qanday himoya qilishi mumkin?

Bilimingizni sinang!

Savollar: 1. Kim iste’molchi hisoblanadi? 2. «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning asosiy maqsadini ayting. 3. Tovar sotib olganlik yoki ish (xizmat) uchun haq to‘laganlik- ni tasdiqlaydigan hujjat qanday ataladi? 4. Tovarlar haqidagi axborotda qanday ma’lumotlar keltirilishi shart? 5. Qonunga muvofiq kim sotuvchi hisoblanadi? 6. Muvofiqlik sertifikati nimani tasdiqlaydi? 7. Sifati past yoki nuqsoni bo‘lgan tovar xarid qilgan iste’molchi nimani talab qilishga haqli?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Oliy Majlis tomonidan 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan va iste’molchi tushunchasini ta’riflaydigan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qanday nomlanadi?
  1. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida
  2. Reklama to‘g‘risida
  3. Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida
  4. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida

To‘g‘ri javob: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida. Iste’molchi tushunchasi Oliy Majlis tomonidan 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunda ta’riflanadi.

Foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol maqsadida tovar sotib oluvchi yoki xizmatga buyurtma beruvchi fuqaro kim deb ataladi?
  1. Ishlab chiqaruvchi
  2. Iste’molchi
  3. Ijrochi
  4. Sotuvchi

To‘g‘ri javob: Iste’molchi. Iste’molchi — shaxsiy iste’mol yoki xususiy xo‘jalikda foydalanish maqsadida tovar sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi fuqaro.

«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, iste’molchi kim?
  1. Tovarni qayta sotish va foyda olish maqsadida ulgurji miqdorda xarid qiluvchi tadbirkor yoki savdo korxonasi
  2. Do‘konga kirib tovarlarni ko‘zdan kechirgan va narxlarini so‘ragan har qanday shaxs, xarid qilmagan bo‘lsa ham
  3. Shaxsiy iste’mol yoki xususiy xo‘jalikda foydalanish maqsadida tovar sotib oluvchi, ish yoki xizmatga buyurtma beruvchi fuqaro
  4. Iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxona rahbari yoki unga tovar yetkazib beruvchi tashkilotning vakolatli xodimi

To‘g‘ri javob: Shaxsiy iste’mol yoki xususiy xo‘jalikda foydalanish maqsadida tovar sotib oluvchi, ish yoki xizmatga buyurtma beruvchi fuqaro. Qonunda iste’molchi foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki xususiy xo‘jalikda foydalanish maqsadida tovar sotib oluvchi fuqaro deb ta’riflanadi.

O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni qachon qabul qilingan?
  1. 1996-yil 26-aprelda
  2. 1996-yil 30-avgustda
  3. 1997-yil 26-aprelda
  4. 1995-yil 26-aprelda

To‘g‘ri javob: 1996-yil 26-aprelda. Qonun Oliy Majlis tomonidan 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan.

Fuqaro Sh. keyinchalik bozorda sotish uchun dehqondan katta miqdorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilmoqda. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Qonun nuqtai nazaridan qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Sh. iste’molchi hisoblanadi, chunki u fuqaro bo‘lib, tovarni haq to‘lab sotib olmoqda
  2. Sh. faqat tovar sertifikatlangan va kafolat muddati belgilangan bo‘lsa iste’molchi hisoblanadi
  3. Sh. iste’molchi hisoblanadi, chunki u tovarni naqd pulga olmoqda va shartnoma tuzmagan
  4. Sh. iste’molchi hisoblanmaydi, chunki tovar foyda chiqarib olish bilan bog‘liq maqsadda olinmoqda

To‘g‘ri javob: Sh. iste’molchi hisoblanmaydi, chunki tovar foyda chiqarib olish bilan bog‘liq maqsadda olinmoqda. Iste’molchi tovarni foyda chiqarib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadda sotib oladi; qayta sotish uchun xarid bu ta’rifga mos kelmaydi.

Tovar sotib olinganini tasdiqlaydigan, bahosi, to‘lov sanasi va kassa apparatining raqami ko‘rsatilgan hujjat nima deyiladi?
  1. Muvofiqlik sertifikati
  2. Tovar pasporti
  3. Kassa cheki
  4. Tovar cheki

To‘g‘ri javob: Kassa cheki. Kassa cheki tovar sotib olinganini yoki xizmat haqi to‘langanini tasdiqlaydi va unda narx, sana hamda kassa apparati raqami ko‘rsatiladi.

Tovar sotib olinganini tasdiqlovchi, bahosi, to‘lov sanasi hamda sotuvchining nomi va manzili ko‘rsatilgan hujjat nima deb ataladi?
  1. Kassa cheki
  2. Tovar cheki
  3. Muvofiqlik sertifikati
  4. Kafolat taloni

To‘g‘ri javob: Tovar cheki. Tovar chekida narx, to‘lov sanasi, sotuvchining nomi va joylashgan manzili haqidagi ma’lumot ko‘rsatiladi.

Kassa cheki tovar chekidan qaysi ma’lumot bilan farq qiladi?
  1. Unda sotuvchining nomi va joylashgan manzili ko‘rsatiladi
  2. Unda kassa apparatining raqami ko‘rsatiladi
  3. Unda tovarning bahosi ko‘rsatilmaydi
  4. Unda haq to‘langan sana ko‘rsatilmaydi

To‘g‘ri javob: Unda kassa apparatining raqami ko‘rsatiladi. Kassa chekida bahosi, haq to‘langan sana va kassa apparatining raqami, tovar chekida esa sana hamda sotuvchining nomi va manzili ko‘rsatiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiFuqarolik-huquqiy shartnomalar shartlariKeyingi →Ishlab chiqaruvchi tomonidan tovar sifatiga beriladigan kafolat