Ishlab chiqaruvchi tomonidan tovar sifatiga beriladigan kafolat
IV-bo‘lim. Fuqarolik huquqi asoslari
TOVARNING YAROQLILIK KAFOLATI VA MUDDATI O‘zbekiston Respublikasi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlar va xizmatlarga ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati belgilashi lozim. Kafolat muddati tovar iste’molchiga sotilgan yoki xizmat ko‘rsatilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tovar sotilgan kunni aniqlashning imkoni bo‘lmasa, bu muddat tovar ishlab chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) kafolat muddati mobaynida tovar (xizmat)ning, shu jumladan, butlovchi buyumlarning normal ishlashini (qo‘llanilishini, ulardan foydalanilishini) ta’minlashi shart. Butlovchi buyumlarning kafolat muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, asosiy buyumning kafolat muddatidan kam bo‘lmasligi lozim. Kafolat muddati tovar (xizmat)ning pasportida yoki tovarni sotish yoxud xizmat ko‘rsatish paytida tovar bilan birgalikda iste’molchiga beriladigan boshqa hujjatda ko‘rsatiladi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarda, oziq-ovqat va maishiy kimyo tovarlarida ularning ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati hamda ularni saqlash shartlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Sotuvchilarga ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni qabul qilish hamda realizatsiya qilish man etiladi.
TOVARNI QABUL QILISHDAGI MAJBURIYATLAR Sotuvchi sotib oluvchiga oldi-sotdi shartnomasining butlik to‘g‘risidagi shartlariga muvofiq bo‘lgan tovarni topshirishi shart. Oldi-sotdi shartnomasida tovarning butligi belgilanmagan hollarda sotuvchi sotib oluvchiga butligi ish muomalasi odatlari yoki odatda qo‘yiladigan boshqa talablar bilan belgilanadigan tovarni berishi shart. But bo‘lmagan tovar topshirilgan taqdirda, sotib oluvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra sotuvchidan xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni, tovarni oqilona muddatda butlashni talab qilish huquqiga ega.
Agar sotuvchi oqilona muddatda sotib oluvchining tovarni butlash to‘g‘risidagi talabini bajarmasa, sotib oluvchi o‘z ixtiyoriga ko‘ra butlanmagan tovarni but tovarga almashtirishni talab qilishga, oldi-sotdi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga va tovar uchun to‘langan pul summasini qaytarib berishni, shuningdek yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
TOVARNING NARXI VA SUG‘URTA QILINISHI Xaridor o‘z hisobidan to‘lovni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan amal- larni bajarishga, masalan, pullarni pochta orqali yuborish, pul mablag‘larini o‘tkazish bo‘yicha xarajatlar va hokazolarga majbur. Xarid narxini to‘lash majburiyati oldi-sotdi majburiyatining pulli xarakterga ega ekanligidan kelib chiqadi va sotuvchiga muayyan pul mablag‘ini berishda namoyon bo‘ladi.
Tovarning xarid narxi, ya’ni xaridor tomonidan sotuvchiga berilishi zarur bo‘lgan pul summasi odatda shartnoma taraflari tomonidan belgilanadi.
Tovarni sug‘urtalash majburiyati taraflar roziligi bilan oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan holda sotuvchiga ham, xaridorga ham yuklanishi mumkin. Bunda sug‘urtalash majburiyati shartnomada ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan shartlar sirasiga kirmaydi.
Agar shartnomada sotuvchi yoki sotib oluvchining tovarni sug‘urtalash majburiyati nazarda tutilgan bo‘lsa, biroq unda sug‘urtalash shartlari va tovar sug‘urtalanadigan eng kam summa belgilanmagan bo‘lsa, sug‘urtalash shartnomasida nazarda tutilgan sug‘urta puli tovar bahosidan kam bo‘lishi mumkin emas.
ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH
TO‘G‘RISIDAGI QONUNLAR Ba’zida hatto eng tajribali xaridor ham biror narsani xarid qilgach, muayyan muammolarga duch keladi: ko‘zga ko‘rinmas nuqsoni, estetik xususiyatga ega kamchiliklari va boshqalar aniqlanadi.
Bu holda xaridor vujudga kelgan muammolarni birinchi navbatda tovarni sotgan tashkilot bilan hal qilishga urinib ko‘rishi lozim. U iltimosni bajarishdan bosh tortganida xaridor o‘z huquqlarining o‘zgacha himoya qilinishiga erishishga haqli. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning turlicha yo‘llari mavjud. O‘zbekiston qonunlari sifatsiz tovar xarid qilinganida iste’molchilar huquqlari va manfaatlarining davlat tomonidan himoyasini ta’minlaydi.
ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH
Mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarining davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlaydigan idoralar mavjud:
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi; O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda “O‘zstandart” agentligi deb yuritiladi); O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi; iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiluvchi boshqa davlat boshqaruvi organlari.
ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH
Ular iste’molchilarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini кo‘rib chiqadilar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilib, sudlarga murojaat etadilar. Tovarlar xavfsiz bo‘lishiga va ularning sifatiga doir majburiy talablarni belgilaydilar hamda bu talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar, ishlab chiqaruvchilar tovarlar xavfsiz bo‘lishi va ularning sifatiga doir talablarni buzganlari taqdirda ularning ustidan sudlarda da’vo qo‘zg‘atadilar.
1-vaziyat. Xorijiy firma rahbariyati mahalliy bozorni uning markasi bilan chiqarilayotgan qalbaki tovardan himoya qilish, shuningdek kompaniya savdo markasini saqlash bo‘yicha choralar ko‘rilishini iltimos qildi.
ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH
2-vaziyat. Fuqaro S. do‘kon tomonidan hidlangan baliq konservalari turkumi sotilgani haqida shikoyat bilan murojaat qildi.
3-vaziyat. Fuqaro oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish va xarid qilingan nuqson bilan ishlab chiqarilgan kir yuvish mashinasi uchun to‘langan pullarini qaytarib berishdan bosh tortgan do‘kon ustidan shikoyat bilan murojaat qildi.
4-vaziyat. Qahvaxonaga kelganlar sifatsiz taomlar xususida shikoyat bilan murojaat qilishdi.
5-vaziyat. Fuqaro novvoyxonada yopilgan non mahsulotlari past sifatli- ligi uchun shikoyat bilan murojaat qildi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoat birlashmalariga murojaat qilish iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning yana bir yo‘lidir.
ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH
Iste’molchilar o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilish maqsadida ixtiyoriy ravishda iste’molchilar birlashmalarini tuzishlari mumkin.
Iste’molchilarning birlashmalari o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiruvchi jamoat birlashmalaridir.
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya
qilish to‘g‘risida»gi Qonun, 30-modda.
Bunday tashkilotlar qonunni aholiga tanishtirish va iste’molchilarga ularning qonuniy huquqlarini himoya qilishda ko‘maklashishlari shart. Hozirgi paytda Respublika iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati bunday vazifalarni amalga oshirmoqda.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida qonun bo‘lishiga qaramay, to‘g‘ri xarid qilish eng yaxshi himoya hisoblanadi. Tovarlar va xizmatlar bozorini o‘rganish, shuningdek o‘zining qonuniy huquqlari va ularni qanday qo‘llashni bilish biror tovarni xarid qilishdan keyin vujudga keladigan muammolardan qutulishning eng yaxshi usulidir.
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya
2-topshiriq. Siz turistik sayohatga chiqish uchun do‘stingiz bilan velosiped xarid qilmoqchi bo‘ldingiz. Xarid qilishdan avval axborotni qanday to‘playsiz?
ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI SUD ORQALI HIMOYA QILISH
Iste’molchi sudga murojaat qilib huquqlarini himoya qilishi mumkin. Sud barcha sohalar va avvalo savdoda iste’molchini uning huquqlari buzilishidan himoya qilishga majbur.
Shu tariqa, har bir iste’molchi o‘z manfaatlarini himoya qilish vositalariga ega. Faqat ularni bilish va ulardan foydalana olish darkor.
Vaziyatni o‘rganib, savollarga javob bering. Yusupovlar oilasi yangi rangli televizor xarid qildi. Bir necha haftadan keyin televizor tasviri umuman ko‘rinmay qoldi. Televizorni tuzatishga kelgan usta ekran kuygani va uni tuzatish ancha qimmatga tushishini aytdi. Keyingi kuni Yusupovlar do‘konga borib, tovarni bergan sotuvchiga murojaat qilishdi.
ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI SUD ORQALI HIMOYA QILISH
Iste’molchining huquqlari buzilgan taqdirda, u sudga murojaat qilishga haqlidir. Da’volar, agar qonunlarda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, javobgar, iste’molchi joylashgan yerdagi yoki zarar yetkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi.
Iste’molchilar o‘z huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq da’volar bo‘yicha, shuningdek, tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishi ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, iste’molchilarning jamoat birlashmalari iste’molchining (iste’molchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko‘zlab qo‘zg‘atiladigan da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinadilar.
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya
qilish to‘g‘risida»gi Qonun, 29-modda.
3-topshiriq. Kunduzi mavzedagi bir necha uyning elektr tarmog‘ida kuchlanish ko‘tarildi. Lampochkalar kuydi, televizorlar va boshqa maishiy texnika ishdan chiqdi. Odamlar ko‘chaga chiqish- sa — quvvatni taqsimlash shchitida ta’mirlash ishlari olib bori- layotganiga guvoh bo‘lishdi.
Bilimingizni sinang!
Bilimingizni sinang
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, kafolat muddati qaysi kundan boshlab hisoblanadi?
- Tovar ishlab chiqarilgan va omborga qabul qilingan kundan
- Tovar iste’molchi tomonidan birinchi marta ishlatilgan kundan
- Tovar iste’molchiga sotilgan yoki xizmat ko‘rsatilgan kundan
- Kafolat talonida sotuvchi tomonidan belgilangan kundan
To‘g‘ri javob: Tovar iste’molchiga sotilgan yoki xizmat ko‘rsatilgan kundan. Kafolat muddati tovar iste’molchiga sotilgan yoki xizmat ko‘rsatilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Tovar sotilgan kunni aniqlashning imkoni bo‘lmasa, kafolat muddati qaysi kundan hisoblanadi?
- Tovar ishlab chiqarilgan kundan
- Ishlab chiqaruvchi tovarni omborga qabul qilgan kundan
- Xaridor tovarni ishlata boshlagan kundan
- Kafolat muddati umuman belgilanmaydi
To‘g‘ri javob: Tovar ishlab chiqarilgan kundan. Sotilgan kunni aniqlashning imkoni bo‘lmasa, kafolat muddati tovar ishlab chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Kafolat muddati qayerda ko‘rsatiladi?
- Faqat do‘kon peshtaxtasi yonida osib qo‘yilgan, sotuvchi tomonidan tasdiqlangan va muhrlangan e’lon yozuvida
- Faqat sotuvchi korxonaning ichki buyrug‘ida va xodimlar uchun tuzilgan yo‘riqnomada, iste’molchiga berilmaydi
- Faqat kassa chekida, tovar yoki xizmat uchun to‘langan pul summasi bilan birga ko‘rsatilgan joyda
- Tovarni sotish yoki xizmat ko‘rsatish paytida iste’molchiga beriladigan boshqa hujjatda yoki tovarning pasportida
To‘g‘ri javob: Tovarni sotish yoki xizmat ko‘rsatish paytida iste’molchiga beriladigan boshqa hujjatda yoki tovarning pasportida. Kafolat muddati tovar (xizmat)ning pasportida yoki sotish paytida iste’molchiga beriladigan boshqa hujjatda ko‘rsatiladi.
Butlovchi buyumlarning kafolat muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida bo‘lmasa, qanday bo‘lishi lozim?
- Asosiy buyumning kafolat muddatidan uzoq bo‘lishi shart
- Asosiy buyumning kafolat muddatidan kam bo‘lmasligi lozim
- Har doim bir yil bo‘lishi lozim
- Sotuvchi xohlagan muddatda belgilanishi mumkin
To‘g‘ri javob: Asosiy buyumning kafolat muddatidan kam bo‘lmasligi lozim. Butlovchi buyumlarning kafolat muddati asosiy buyumning kafolat muddatidan kam bo‘lmasligi lozim.
Qonunga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi qanday tovarlar va xizmatlarga kafolat muddati belgilashi lozim?
- Faqat oziq-ovqat va tez buziladigan mahsulotlarga, boshqalarga emas
- Faqat import qilingan va xorijdan keltirilgan tovarlarga nisbatan
- Uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlar va xizmatlarga
- Faqat narxi yuqori bo‘lgan qimmatbaho tovarlar va xizmatlarga
To‘g‘ri javob: Uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlar va xizmatlarga. Kafolat muddati uzoq muddat foydalaniladigan barcha turdagi tovarlar va xizmatlarga belgilanadi.
Fuqaro Ergash do‘kondan fen sotib oldi, ammo chekni yo‘qotdi va sotilgan kunni aniqlab bo‘lmaydi. Kafolat muddati qaysi kundan hisoblanishi kerak?
- Fen ishlab chiqarilgan kundan
- Ergash fenni birinchi marta yoqqan kundan
- Ergash ariza yozgan kundan
- Do‘kon fenni omborga olgan kundan
To‘g‘ri javob: Fen ishlab chiqarilgan kundan. Sotilgan kunni aniqlashning imkoni bo‘lmasa, kafolat muddati tovar ishlab chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Sotuvchilarga qanday tovarlarni qabul qilish hamda realizatsiya qilish man etiladi?
- Ishlab chiqarilgan sanasi bir yildan oshgan, lekin yaroqlilik muddati hali o‘tmagan tovarlarni
- Kafolat muddati belgilanmagan, ammo yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan har qanday tovarlarni
- Chet eldan keltirilgan hamda yaroqlilik muddati va ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatilgan oziq-ovqat mahsulotlarini
- Ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni
To‘g‘ri javob: Ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni. Sotuvchilarga ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan yoki yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni qabul qilish va realizatsiya qilish man etiladi.
Do‘kon egasi yaroqlilik muddati kecha tugagan sut mahsulotini arzonlashtirilgan narxda sotmoqchi. Qonunga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Narxi arzonlashtirilgan bo‘lsa, yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotni ham sotish mumkin
- Sotish man etiladi, chunki yaroqlilik muddati o‘tgan tovarni realizatsiya qilish taqiqlanadi
- Faqat xaridor yaroqlilik muddati o‘tganidan xabardor bo‘lib rozi bo‘lsa, sotish mumkin
- Faqat ogohlantiruvchi yozuv osib qo‘yilsa, yaroqlilik muddati o‘tgan tovarni sotish mumkin
To‘g‘ri javob: Sotish man etiladi, chunki yaroqlilik muddati o‘tgan tovarni realizatsiya qilish taqiqlanadi. Yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni qabul qilish va realizatsiya qilish sotuvchilarga man etiladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash