Intellektual mulk huquqi
IV-bo‘lim. Fuqarolik huquqi asoslari
INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARI Har kuni yuz minglab odam o‘z fikrlarini badiiy yoki musiqiy asar sifatida ifodalash, tadqiqotlari formulalari yoki jadvallarini yozish, ixtirosi namunaviy nusxasining chizmalarini tayyorlash va boshqa maqsadlarda qo‘liga toza qog‘oz oladi. Bunday mehnat — ma’naviy mehnat, u bilan yaratilgan asarlar esa intellektual mulk deyiladi.
Dastlab intellektual mulk tushunchasi 1967-yilda Jahon intellektual mulk tashkilotini ta’sis etgan Konvensiyaga binoan joriy qilindi. O‘zbekiston ham mazkur tashkilot a’zosi hisoblanadi.
Xalqaro konvensiyalar va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq aqliy va ijodiy faoliyat natijalariga nisbatan alohida shaxsiy va mulkiy huquqlar majmuasi intellektual mulk deb nomlanadi.
MUALLIFLIK HUQUQI Mualliflik huquqi fuqarolik huquqining bir qismi bo‘lib, aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan fuqarolar huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan.
Mualliflik huquqi maqsadi, badiiy qadr-qimmati va ifodalanish usuli (nasr, nazm, audioyozuv va hokazo)dan qat’i nazar, chop etilgan hamda qo‘lyozma shaklidagi barcha asarlarga taalluqli bo‘ladi.
Uni yaratishda ijodiy mehnati singgan shaxs asar muallifi hisoblanadi. Asar hamkorlikdagi ijodiy mehnat mahsuli bo‘lsa, u barcha hammualliflarga ham tegishli bo‘ladi.
MUALLIFLIK HUQUQI VAZIFALARI: — mualliflarning mulkiy, shaxsiy nomulkiy va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish; — huquqiy vositalar yordamida ilmiy va badiiy asarlarni yaratish uchun eng maqbul sharoitlar yaratish.
Mualliflik huquqi — fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish va ulardan foydalanishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladigan fuqarolik huquqi me’yorlari majmuasi.
O‘rta maktabning 10-sinfi o‘quvchilari B. va N. bir yil davomida tarix o‘qituvchisi ma’ruzalari va seminar mashg‘ulotlari mav- zularini tirishqoqlik bilan konspekt qilishdi. O‘quv yili oxirida materialni biroz qisqartirib, uni lo‘ndaroq bayon qilib, matnni savollar va topshiriqlar bilan to‘ldirishdi hamda respublika oliy o‘quv yurtlariga kirayotganlar uchun qo‘llanma sifatida chop etishdi.
Biroq kitob nashr qilinganidan keyin bu shaxsiy ijod mahsuli emasligi va mualliflar hali 18 yoshga to‘lmagani sababli uni tarqatishga yo‘l qo‘yilmadi.
Asar kimning ijodiy mehnati bilan yaratilgan bo‘lsa, ana shu fuqaro asar muallif i deb e’tirof etiladi.
Fan, adabiyot va san’at asariga mualliflik huquqi uni yaratish fakti bo‘yicha yuzaga keladi. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun asarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.
Asarning asl nusxasida yoki nusxasida muallif sifatida ko‘rsatilgan shaxs, agar boshqacha hol isbotlanmagan bo‘lsa, asar muallifi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,
1046-modda.
MUALLIFLIK HUQUQI MANBALARI O‘zbekiston Respublikasida ilmiy yoki badiiy ijod sohasidagi munosabatlar Konstitutsiya, Fuqarolik kodeksi, «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida» (1996-yil 30-avgust), «Mulkchilik to‘g‘risida» (1990-yil), «Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida»gi (1995-yil) qonunlar, Soliq kodeksi (1997- yil) bilan tartibga solinadi.
Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi: — rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari; — rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar); — xalq ijodiyoti asarlari; — oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy voqealar haqidagi xabarlar; — insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati amalga oshirilmasdan, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar.
1044-modda.
2-topshiriq. Quyidagi vaziyatlarni hal qilish yo‘llarini topishga urinib ko‘ring:
1-vaziyat. Televideniye sharhlovchilari xorijdagi hodisalar haqida ular tayyorlagan axborotni efirga chiqarganligi uchun tijorat telekanali- ni mualliflik huquqini buzganlikda ayblab sudga berishdi.
Bu holda mualliflik huquqi buzilganmi? Ushbu materialni mualliflik huquqi obyekti deb hisoblash mumkinmi?
2-vaziyat. Olti yoshli S. bolalar bog‘chasi tarbiyachisi yordamida xalq ertaklariga rasmlar turkumini tayyorladi. Bunda tarbiyachining o‘zi rasm chizmay, rasm g‘oyasi va obrazlari, xususiyatlari va ranglarini aytib turdi. Keyin u mazkur rasmlarni o‘z ishiga qo‘shib nashr qildi hamda u o‘z yordamisiz S. hech narsa chiza olmas edi, deb o‘ylab, rasmlar muallifi sifatida uning nomini ko‘rsatmadi.
3-vaziyat. Nashriyot muallif N.ning romanini nashr qilish uchun qabul qildi. Qo‘lyozma matni musahhih tomonidan tekshirilib, imlo xa- tolari tuzatildi. Muallifning ruxsati bilan matn muharrir tomonidan qisqartirildi va rassom tomonidan rasmlar bilan bezatildi. Kitobning bosmadan chiqqan nusxalari muqovachi tomonidan muqovalandi. Romanning birinchi nashri tez sotilgani sababli nashriyot muallifga uni ingliz tiliga tarjima qilishni taklif etdi. Muallifning roziligi bilan roman tarjimon tomonidan ingliz tiliga tarjima qilindi.
Sanab o‘tilgan shaxslarning qaysi biri bajargan mehnatining natijasi uchun mualliflik huquqlariga ega bo‘ldi?
MUALLIFLIK HUQUQINING AMAL QILISH MUDDATI Mualliflik huquqining amal qilish muddati muallifning butun hayoti va u vafotidan so‘ng 70 yil davomida saqlanadi. Mualliflik ism-sharifiga bo‘lgan huquq va muallif obro‘sini himoya qilish huquqi bundan mustasno, bular muddatsiz muhofaza qilinadi. Hammualliflikda yaratilgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi hammualliflarning butun hayoti davomida va ular orasida eng uzoq umr ko‘rgan shaxs vafotidan keyin 70 yil davomida amal qiladi.
Mualliflik huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy mulkka aylanadi. Ijtimoiy mulk hisoblangan asardan har qanday shaxs mualliflik haqini to‘lamagan holda erkin foydalanishi mumkin.
Sanab o‘tilgan shaxslarning qaysi biri bajargan mehnatining natijasi uchun mualliflik huquqlariga ega bo‘ldi?
MUALLIFLIK SHARTNOMASI Muallif asarini tugatgach, uni keng ommaga tanishtirishga qaror qiladi va uni nashr qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oladigan korxona bilan shartnoma tuzadi.
Mualliflik shartnomasi shartlarida noshirga beriladigan aniq huquqlar, shartnomaning amal qilish muddati va to‘lanadigan haq (qalam haqi) miqdori ko‘rsatiladi. Bu shartlardan tashqari, muallif va nashriyot zarur deb hisoblagan boshqa shartlarni ham shartnomaga kiritishlari mumkin.
Mualliflik shartnomasi — tayyor asar yoki muallif belgilangan muddatda yaratishni o‘z zimmasiga olgan asardan foydalanish uchun muallif (hammualliflar) va nashriyot o‘rtasida tuzilgan shartnoma.
MUALLIFLIK HUQUQLARINING XALQARO MUHOFAZASI
O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasidagi munosabatlar xalqaro huquq me’yorlariga asoslangan holda hamda quyidagi hujjatlardan kelib chiqib tartibga solinadi:
— Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern Konvensiyasi bitimlari (24.07.1971-yil); — Mualliflik huquqi to‘g‘risida Butunjahon konvensiyasi bitimlari (1952); — MDH doirasida tuzilgan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish
haqidagi bitimlar (10.02.1995-yil).
Quyidagi elementlar mualliflik huquqlarini himoya qilish belgilari hisoblanadi:
1) aylana ichiga olingan lotincha «C» harfi — ©; 2) alohida mualliflik huquqlari egasining ismi (nomi); 3) asar birinchi marta e’lon qilingan yil. Mualliflik huquqlari bo‘yicha agentlik (O‘zRMHA) qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Bilimingizni sinang!
Muhim sanalar
- 1967-yilda — Dastlab intellektual mulk tushunchasi 1967-yilda Jahon intellektual mulk tashkilotini ta’sis etgan Konvensiyaga binoan joriy qilindi.
- 1971-yil — — Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern Konvensiyasi bitimlari (24.07.1971-yil); — Mualliflik huquqi to‘g‘risida Butunjahon konvensiyasi bitimlari (1952); — MDH doirasida tuzilgan mualliflik va…
- 1990-yil — MUALLIFLIK HUQUQI MANBALARI O‘zbekiston Respublikasida ilmiy yoki badiiy ijod sohasidagi munosabatlar Konstitutsiya, Fuqarolik kodeksi, «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida» (1996-yil 30-avgust),…
- 1995-yil — MUALLIFLIK HUQUQI MANBALARI O‘zbekiston Respublikasida ilmiy yoki badiiy ijod sohasidagi munosabatlar Konstitutsiya, Fuqarolik kodeksi, «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida» (1996-yil 30-avgust),…
- 1995-yil — haqidagi bitimlar (10.02.1995-yil).
- 1996-yil — MUALLIFLIK HUQUQI MANBALARI O‘zbekiston Respublikasida ilmiy yoki badiiy ijod sohasidagi munosabatlar Konstitutsiya, Fuqarolik kodeksi, «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida» (1996-yil 30-avgust),…
- 30-avgust — MUALLIFLIK HUQUQI MANBALARI O‘zbekiston Respublikasida ilmiy yoki badiiy ijod sohasidagi munosabatlar Konstitutsiya, Fuqarolik kodeksi, «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida» (1996-yil 30-avgust),…
Bilimingizni sinang
Xalqaro konvensiyalar va O‘zbekiston qonunlariga ko‘ra aqliy va ijodiy faoliyat natijalariga nisbatan alohida shaxsiy va mulkiy huquqlar majmuasi nima deb ataladi?
- Shaxsiy mol-mulk
- Intellektual mulk
- Davlat mulki
- Xususiy mulk
To‘g‘ri javob: Intellektual mulk. Aqliy va ijodiy faoliyat natijalariga nisbatan alohida shaxsiy va mulkiy huquqlar majmuasi intellektual mulk deb nomlanadi.
Xalqaro konvensiyalar va O‘zbekiston qonunlariga muvofiq intellektual mulk nima?
- Mulkdorning ko‘chmas mulk va uning hosilalariga nisbatan bo‘lgan mulkiy huquqlari majmuasi
- Faqat ixtirolar va sanoat namunalariga nisbatan bo‘lgan mulkiy huquqlar majmuasi
- Aqliy va ijodiy faoliyat natijalariga nisbatan alohida shaxsiy va mulkiy huquqlar majmuasi
- Korxonaning moliyaviy aktivlari, ustav kapitali va ishlab chiqarish vositalari majmuasi
To‘g‘ri javob: Aqliy va ijodiy faoliyat natijalariga nisbatan alohida shaxsiy va mulkiy huquqlar majmuasi. Aqliy va ijodiy faoliyat natijalariga nisbatan alohida shaxsiy va mulkiy huquqlar majmuasi intellektual mulk deb nomlanadi.
Intellektual mulk tushunchasi dastlab qaysi hujjatga binoan joriy qilingan?
- 1967-yilda Jahon intellektual mulk tashkilotini ta’sis etgan Konvensiyaga
- 1971-yildagi Adabiy asarlarni muhofaza qilish Bern Konvensiyasiga
- 1996-yilda qabul qilingan Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi Qonunga
- 1952-yilda qabul qilingan Mualliflik huquqi bo‘yicha Butunjahon konvensiyasiga
To‘g‘ri javob: 1967-yilda Jahon intellektual mulk tashkilotini ta’sis etgan Konvensiyaga. Intellektual mulk tushunchasi 1967-yilda Jahon intellektual mulk tashkilotini ta’sis etgan Konvensiyaga binoan joriy qilingan.
Mualliflik huquqi qanday asarlarga taalluqli bo‘ladi?
- Faqat chop etilgan, ya’ni nashriyot tomonidan ommaga tarqatilgan va badiiy qadr-qimmati e’tirof etilgan asarlarga
- Badiiy qadr-qimmati yuqori bo‘lgan hamda maqsadi va ifodalanish usuli aniq belgilangan chop etilgan asarlarga
- Faqat nasr yoki nazmda yozilgan, qo‘lyozma shaklida saqlanmagan va muallif tomonidan rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan asarlarga
- Maqsadi, badiiy qadr-qimmati va ifodalanish usulidan qat’i nazar, chop etilgan hamda qo‘lyozma shaklidagi barcha asarlarga
To‘g‘ri javob: Maqsadi, badiiy qadr-qimmati va ifodalanish usulidan qat’i nazar, chop etilgan hamda qo‘lyozma shaklidagi barcha asarlarga. Mualliflik huquqi maqsadi, badiiy qadr-qimmati va ifodalanish usulidan qat’i nazar barcha asarlarga taalluqli.
Ikki yozuvchi hamkorlikda roman yaratdi. Ulardan biri romanni yolg‘iz o‘z nomidan nashr qilmoqchi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Asar faqat ko‘proq bob yozgan muallifga tegishli bo‘ladi, shuning uchun u yolg‘iz o‘zi nashr qilishi mumkin
- Asar barcha hammualliflarga ham tegishli bo‘ladi, shuning uchun u yolg‘iz o‘zi egalik qila olmaydi
- Asar faqat nashriyotga tegishli bo‘ladi, shuning uchun hech bir muallif uni nashr qilish huquqiga ega emas
- Hammualliflik tan olinmaydi, shuning uchun asar uni birinchi bo‘lib nashr ettirgan yozuvchiga tegishli
To‘g‘ri javob: Asar barcha hammualliflarga ham tegishli bo‘ladi, shuning uchun u yolg‘iz o‘zi egalik qila olmaydi. Asar hamkorlikdagi ijodiy mehnat mahsuli bo‘lsa, u barcha hammualliflarga ham tegishli bo‘ladi.
Mualliflik huquqining vazifalaridan biri qaysi?
- Asarlarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning nusxalarini davlat arxiviga topshirish
- Nashriyotlarning daromadini kafolatlash va ularning tijoriy manfaatlarini muhofaza qilish
- Mualliflarning mulkiy, shaxsiy nomulkiy va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish
- Mualliflarni soliqdan butunlay ozod qilish va ularga davlat byudjetidan pensiya to‘lash
To‘g‘ri javob: Mualliflarning mulkiy, shaxsiy nomulkiy va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish. Mualliflik huquqi mualliflarning mulkiy, shaxsiy nomulkiy va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan.
Fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish va ulardan foydalanishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi fuqarolik huquqi me’yorlari majmuasi nima?
- Meros huquqi
- Mualliflik huquqi
- Patent huquqi
- Mulk huquqi
To‘g‘ri javob: Mualliflik huquqi. Mualliflik huquqi fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish va ulardan foydalanishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun nima talab qilinmaydi?
- Asarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish
- Asarni yaratish fakti, ya’ni uning biror ob’ektiv shaklda ifodalanishi
- Asar ustida olib borilgan ijodiy mehnat hamda uning muallifga xos original xususiyati
- Asarni ob’ektiv shaklda ifodalash va uning mazmunini muallifning o‘zi yaratgan bo‘lishi
To‘g‘ri javob: Asarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish. Mualliflik huquqi uchun asarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash