Fuqarolik ishining sudda ko‘rib chiqilishi bosqichlari
IV-bo‘lim. Fuqarolik huquqi asoslari
BOSQICHLARI
Mazkur darsni o‘rganib chiqish natijasida siz: — istalgan ish bo‘yicha fuqarolik sudlov jarayonining bosqichlari ketma- ketligini bilib olishingiz; — fuqarolik sudlov jarayoni ishtirokchilarining huquqlari va burchlari bilan tanishishingiz; — omma oldida so‘zlash bilim va ko‘nikmalaringizni takomillashtiri- shingiz; — olingan bilimlarni amalda qo‘llashga intilib ko‘rishingiz mumkin. Ishning sudda ko‘rilishi fuqarolik sudlov jarayoni asosiy bosqichi hisoblanadi, u aksariyat hollarda vujudga kelgan nizoni hal qilish bilan tugallanadi. Birinchi instansiyadagi sudlarda fuqarolik ishlarini sudyaning yakka o‘zi ko‘rib chiqadi.
BOSQICHLARI
Ushbu darsda siz fuqarolik ishining sudda ko‘rilishini eslatadigan jarayonda ishtirok etasiz.
Ish faktlaridan kelib chiqib, sizga taklif etilganiga qarab sudya, da’vogar, javobgar roliga kirishib ketishga harakat qiling hamda fuqarolik huquqi asoslari bo‘yicha olingan bilimlardan foydalangan holda, qonunga muvofiq va mavjud vaziyatni hisobga olib, huquq buzilishini oqilona hal etishga urinib ko‘ring.
Xaridor talabi bilan tovar boshqasiga almashtirib berilishi shart bo‘lgan hollarni ko‘rsating.
1-vaziyat. S. bog‘i bo‘lgan dala hovli sotib oldi. Biroq yetishtirilgan me- valardan tortib, hatto uy ichidagi buyumlar va mebelgacha muntazam o‘g‘irlanishi quvonishga yo‘l bermasdi.
BOSQICHLARI
Mavsum tugagach, S. uy oldiga katta yovvoyi hayvonga mo‘ljallangan qo‘lbola qopqon qo‘ydi, yerto‘lada esa olmalar solingan qutiga tekkan odam boshiga og‘ir xoda tushadigan maxsus qurilma o‘rnatdi.
Yanvar oyida S.ni ichki ishlar idorasiga chaqirishdi hamda voyaga yetmagan S. va D.ga yetkazilgan jarohatlarni tushuntirishni talab qilishdi. O‘smirlarning ota-onasi S.ni sudga berib, bolalarni davolashga sarflangan xarajatlarni qoplashni talab qilishdi.
S. qo‘shnilari uning hovlida tuzoq qo‘yish niyati bo‘lganligini tas- diqlashdi. S. aybini bo‘yniga oldi, lekin da’voni qondirishdan bosh tortdi.
Bu vaziyatda kim haq? Sud qanday qarorga kelishi kerak?
2-vaziyat. Erta bahorda S. qo‘shnisi I.ning uchastkasidan ajratib turadigan egat bo‘ylab 20 ta mevali daraxt o‘tqazdi. Bir necha yil o‘tgach, daraxtlar o‘sib, meva berdi.
Ana shunda ildizlari bir joyda, mevali shoxlari esa boshqa uchastkada bo‘lgan daraxtlarning mevalarini kim uzishi kerakligi xususida nizo chiqdi. I. mevalarni yig‘ishga haqqi borligini ta’kidladi, chunki daraxt shoxlari uning hududini to‘sib qo‘ygan, natijada bu yerda hech narsa o‘smayotgandi.
S. I.ning uchastkasiga kirib mevalarni yig‘ib olmoqchi bo‘lganida, haqoratlandi va uydan haydab chiqarildi.
Ikkala qo‘shni nizoni hal etishi uchun sudga murojaat etishdi va ma’naviy hamda moddiy zararni qoplashni talab qilishdi.
Bu vaziyatda kim haq? Sud qanday qarorga kelishi kerak?
YO‘L-YO‘RIQLAR
Ishda qatnashayotgan shaxslar quyidagilarga haqli: — ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish va nusxalar ko‘chirish; — ishda qatnashayotgan boshqa shaxslarga savollar bilan murojaat qilish; — sud ishi jarayonida vujudga keladigan barcha masalalar yuzasidan o‘z fikrini bildirish; — sud qaroridan norozi bo‘lib, shikoyat berish.
Da’vo ishida qatnashayotgan taraflar: — jarayonning istalgan bosqichida sud ishini to‘xtatish va uni tinch yo‘l bilan hal qilishga haqli, lekin javobgarning harakatlari qonunga zid bo‘lsa hamda uchinchi shaxslar manfaatlariga daxl etsa, sud ishni to‘xtatishga rozi bo‘la olmaydi.
YO‘L-YO‘RIQLAR
SUD MAJLISINI O‘TKAZISH TARTIBI — sudyalar majlislar zaliga kirib kelayotganida kelganlar o‘rnidan turadi;
sud qarori ham o‘rindan turgan holda tinglanadi; — ishda qatnashayotgan shaxslar sudga murojaat qilayotganda va ko‘rsatma berayotganda o‘rindan turadilar; — zaldagilarning hammasi sud raisi buyruqlarini so‘zsiz bajaradi; — har bir guvoh alohida so‘roqqa tutiladi, bunda hali so‘ralmaganlar ishtirok etmaydi; — raislik qiluvchi fuqarolik sudlov jarayonida qatnashayotganlardan hammaning oldida ovoz chiqarib, quyidagicha qasam qilishini talab qiladi: «Ish yuzasidan o‘zim bilgan barcha ma’lumotlarni sudga aytib berishga qasam ichaman. Faqat haqiqatni, bor haqiqatni va tanho haqiqatni aytaman».
SUD ISHI QATNASHCHILARI
Kotib: — sudga ushbu ish bo‘yicha chaqirilganlardan kimlar kelgani hamda boshqalarning kelmaganlik sabablarini aytadi; — sud ishi bayonnomasini yuritadi.
Sudya (raislik qiluvchi): — sud tarkibini e’lon qiladi, ishda qatnashayotgan shaxslarga ularning qarshilik bildirish huquqini tushuntiradi; — ishda qatnashayotgan shaxslarga ularning huquqlari va burchlarini tushuntiradi; — sudda so‘roq qilinayotganlarning shaxsini belgilaydi hamda ko‘rgaz- ma berishdan bosh tortganligi uchun javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiradi (yozma tarzda). Voyaga yetmaganlar bunday javobgarlik haqida ogohlantirilmaydi; — qatnashchilarning (so‘roq qilinishidan avval) da’vogar va javobgarga bo‘lgan munosabatini (qarindoshlik munosabatlari va hokazo) aniqlaydi;
SUD ISHI QATNASHCHILARI
— sud ishi jarayonida vujudga kelgan muammolarni hal qiladi, sud zalida tartib o‘rnatadi. Da’vogar: — buzilgan yoki nizoga sabab bo‘lgan huquqlarini himoya qilish uchun ko‘rgazmalar beradi.
Javobgar: — tushuntirishlar beradi, isbot-dalillar keltiradi, iltimosnomalar taqdim etadi; — shaxsan yoki advokat yordamida o‘zining himoya qilish huquqini amalga oshiradi; — sudga qo‘shimcha guvohlar chaqirilishini iltimos qilishga haqli.
Prokuror: — sud ishi vaqtida vujudga keladigan masalalar bo‘yicha xulosa chiqaradi.
Ekspert: — o‘z xulosasini yozma ravishda taqdim etishi kerak; — agar sud ekspertizani sifatsiz deb topsa, takror ekspertiza o‘tkazilishini tayinlashi mumkin.
SUD ISHI QATNASHCHILARI
Guvohlar: — har biri alohida so‘roq qilinadi, so‘roq qilingan guvohlar ish tugashiga
qadar majlislar zalida qoladi;
— sud ishida tekshirilayotgan holatlar bo‘yicha ularga ma’lum bo‘lgan barcha ma’lumotlarni berishga majbur, bunda buzib кo‘rsatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi; — agar guvoh 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, o‘qituvchi, zarurat bo‘lganda
esa ota-onasi ham qatnashishi kerak.
FUQAROLIK ISHINI SUDDA KO‘RISH BOSQICHLARI
1. Sud jarayonini ochish (sudya). 2. Jarayon ishtirokchilari kelganini tekshirish (kotib). 3. Sud majlisi zalidan guvohlarni chiqarib yuborish (kotib). 4. Sud tarkibini e’lon qilish va qarshilik bildirish huquqini tushuntirish (sudya). 5. Ishda qatnashayotgan shaxslarga ularning huquq va burchlarini tushuntirish (sudya). 6. Raislik qiluvchining ish mazmunini bayon etishi (da’vogarga talablarini himoya qilayotganini; javobgarga da’vogar talablarini tan olganligini hamda ikkala tarafga ishni tinch yo‘l bilan tugatishni istayotganini so‘rab murojaat qilish bilan tugallanadi). 7. Da’vogarning tushuntirishi. 8. Prokurorning nutqi (da’vogar talablari qonuniyligini rad etadi yoki yoqlaydi). 9. Guvohlarni so‘roq qilish. 10. Ekspertdan so‘rash. 11. Ishni ko‘rib chiqish tugallanishi (raislik qiluvchi ishda qatnashayot- ganlardan ish materiallarini biror narsa bilan to‘ldirishni istashlari yoki yo‘qligi xususida so‘raydi). 12. Sud muzokaralari (prokuror, da’vogar, javobgarning chiqishlari). 13. Prokuror xulosasi. 14. Sudning qaror chiqarish uchun maslahat xonasiga chiqib ketishi. 15. Sud qarorini o‘qib eshittirish (raislik qiluvchi qaror ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntiradi va ushbu ish bo‘yicha sud majlisini yopiq deb e’lon qiladi).
SUD HUKMI BO‘YICHA SHIKOYATLAR BERISH TARTIBI
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik-protsessual kodeksiga muvofiq birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan sud tomonidan ajrim topshirilgan yoki yuborilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar apellatsiya instansiyasi sudiga sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan hollarda sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat berishi, prokuror esa protest keltirishi mumkin.
Apellatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyat yoki xususiy protestni ko‘rib chiqib:
SUD HUKMI BO‘YICHA SHIKOYATLAR BERISH TARTIBI
1) ajrimni o‘zgarishsiz qoldirishga, shikoyat yoki protestni esa qanoatlan- tirmaslikka; 2) ajrimni bekor qilishga va ishni mazmunan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga; 3) ajrimni butunlay yoki qisman o‘zgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga haqli. Qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarorlari ustidan ular qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar kassatsiya tartibida shikoyat berishi va prokuror protest keltirishi mumkin.
Bilimingizni sinang!
Bilimingizni sinang
Birinchi instansiyadagi sudlarda fuqarolik ishlarini kim ko‘rib chiqadi?
- Uch sudyadan iborat hay’at
- Prokuror
- Sudyaning yakka o‘zi
- Sudya va ikki xalq maslahatchisi
To‘g‘ri javob: Sudyaning yakka o‘zi. Birinchi instansiyadagi sudlarda fuqarolik ishlarini sudyaning yakka o‘zi ko‘rib chiqadi.
Fuqarolik sudlov jarayonining asosiy bosqichi qaysi?
- Ishning sudda ko‘rilishi
- Da’vo arizasini yozish
- Hal qiluv qarorini ijro etish
- Apellatsiya shikoyatini berish
To‘g‘ri javob: Ishning sudda ko‘rilishi. Ishning sudda ko‘rilishi fuqarolik sudlov jarayoni asosiy bosqichi hisoblanadi va aksariyat hollarda nizoni hal qilish bilan tugallanadi.
Fuqarolik ishi vaziyatida S. qo‘shnisi I.ning uchastkasidan ajratib turadigan egat bo‘ylab nechta mevali daraxt o‘tqazdi?
- 20 ta
- 15 ta
- 30 ta
- 10 ta
To‘g‘ri javob: 20 ta. Vaziyatga ko‘ra S. erta bahorda egat bo‘ylab 20 ta mevali daraxt o‘tqazgan.
Ishda qatnashayotgan shaxslar quyidagilardan qaysi huquqqa ega?
- Sudya o‘rniga qaror chiqarish va sud majlisi bayonnomasini o‘zlari tasdiqlash
- Sud majlisini o‘zlari xohlagan vaqtda to‘xtatish va ishni keyinga qoldirish
- Guvohlarni so‘roq qilishni o‘zlari boshqarish hamda ular uchun savollar belgilash
- Ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish va nusxalar ko‘chirish
To‘g‘ri javob: Ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish va nusxalar ko‘chirish. Ishda qatnashayotgan shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ko‘chirmalar olish va nusxalar ko‘chirish huquqiga ega.
Da’vo ishida qatnashayotgan taraflar sud ishini to‘xtatish va tinch yo‘l bilan hal qilishga jarayonning qaysi bosqichida haqli?
- Faqat jarayon boshlanishida
- Jarayonning istalgan bosqichida
- Faqat sud muzokaralarida
- Faqat guvohlar so‘roqidan keyin
To‘g‘ri javob: Jarayonning istalgan bosqichida. Taraflar jarayonning istalgan bosqichida sud ishini to‘xtatish va tinch yo‘l bilan hal qilishga haqli.
Taraflar ishni tinch yo‘l bilan hal qilmoqchi, lekin javobgarning harakatlari qonunga zid va uchinchi shaxslar manfaatlariga daxl qiladi. Sud qanday yo‘l tutadi?
- Faqat prokuror rozi bo‘lsa to‘xtatadi
- Ishni albatta to‘xtatadi
- Ishni to‘xtatishga rozi bo‘la olmaydi
- Faqat da’vogarning roziligi bilan to‘xtatadi
To‘g‘ri javob: Ishni to‘xtatishga rozi bo‘la olmaydi. Javobgarning harakatlari qonunga zid bo‘lsa va uchinchi shaxslar manfaatiga daxl etsa, sud ishni to‘xtatishga rozi bo‘la olmaydi.
Sud majlisida guvohlar qanday tartibda so‘roq qilinadi?
- Har bir guvoh alohida, hali so‘ralmaganlar ishtirok etmaydi
- Hamma guvohlar birgalikda, bir vaqtda zalda so‘roq qilinadi
- Faqat da’vogar guvohlari, javobgar guvohlari so‘roqqa tutilmaydi
- Faqat yozma tarzda, sud majlisida ishtirok etmagan holda
To‘g‘ri javob: Har bir guvoh alohida, hali so‘ralmaganlar ishtirok etmaydi. Har bir guvoh alohida so‘roqqa tutiladi, bunda hali so‘ralmaganlar ishtirok etmaydi.
Sud majlisi tartibiga ko‘ra, sud qarori qanday tinglanadi?
- Hamma o‘tirgan holda
- Zaldan tashqarida
- Faqat sudyalar turgan holda
- O‘rindan turgan holda
To‘g‘ri javob: O‘rindan turgan holda. Sudyalar kirib kelganida kelganlar o‘rnidan turadi va sud qarori ham o‘rindan turgan holda tinglanadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash