Mehnatga oid munosabatlar
V-bo‘lim. Mehnat huquqi asoslari
MEHNAT MUNOSABATLARINING ASOSLARI Mehnat huquqi huquqning eng muhim tarmoqlaridan biridir. U ishchilar va ish beruvchilar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solishda muhim o‘rin tutadi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari va Jo‘qorg‘i Kenges qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir.
4 — Davlat va huquq asoslari, 10-sinf 97
Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
42-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga ko‘ra barcha fuqarolar mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ulardan foydalanishda teng imkoniyatlarga egadir. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik qobiliyat- lariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnatga oid munosabatlar sohasida har qanday cheklashlarga yoki imtiyozlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi.
Mehnat sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksiga muvofiq mehnatni huquqiy tartibga solishning quyidagi tamoyillari belgilangan:
— har bir shaxs mehnat qilish; — erkin ish tanlash; — haqqoniy mehnat shartlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish; — o‘z mehnati uchun haq olish; — muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasb- lar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish orqali ta’minlanadigan dam olish; — xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda mehnat qilish; — kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; — ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar- ning o‘rnini qoplash;
— kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish; — qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish; — o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish; — jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash huquqiga egadir.
Ko‘plab ming yilliklar davomida insoniyat moddiy va ma’naviy boyliklar yaratar ekan, o‘z faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘lini bosib o‘tdi. Mehnat tufayli insonda o‘zining niyat va xohishlarini amalga oshirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topish, shaxs sifatida o‘z mavqeyini aniqlab olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Mehnat qilar ekan, insonda o‘z-o‘zini intizomlash, uyushqoqlik, boshqa odamlar bilan hamkorlik qilish qobiliyati kabi foydali si- fatlar hosil bo‘ladi.
Mehnat huquqi — mehnat faoliyati jarayonida vujudga keladigan odamlar orasidagi munosabatlarni tartibga soladigan huquq sohasidir.
Mehnatga oid munosabatlar — kishilar orasidagi munosabatlar bo‘lib, mehnat faoliyati jarayonida yuzaga keladi va belgilangan mehnat tartibiga bo‘ysunishga asoslanadi.
MEHNAT TO‘G‘RISIDAGI QONUNLARNING VAZIFALARI
Odamlar hayoti va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hamma narsa mehnat bilan yaratiladi. Bundan jamiyat va alohida har bir insonning hayotida mehnatga oid munosabatlar o‘ynaydigan rol yaqqol namoyon bo‘ladi. Mehnat jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solmay, mehnat unumdorligini hamda ishlayotganlarning moddiy va madaniy darajasini oshirib bo‘lmaydi. Shunday qilib, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari:
xodimlar mehnat huquqlari va erkinliklarining, shu jumladan mehnat qilishga, erkin ish tanlashga, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga hamda ishsizlikdan himoyalanishga bo‘lgan huquqining davlat kafolatlarini belgilash;
MEHNAT TO‘G‘RISIDAGI QONUNLARNING VAZIFALARI
ish beruvchilarning kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va samarali mehnat jarayonini tashkil etish sohasidagi huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash;
mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni rag‘batlantirish va rivojlantirish; xodimlar va ish beruvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
mehnat bozorining samarali faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish
MEHNAT QONUN HUJJATLARINING MANBALARI
Mehnat huquqining negiz bo‘luvchi manbalari Konstitutsiya va Mehnat kodeksi, ularning amal qilishi butun O‘zbekiston Respublikasi hududiga tatbiq etiladi hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (23-modda), Xalqaro Mehnat Tashkilotining konvensiyasi (2-modda), respublika Prezidenti farmonlari, qonunlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, bosh, sohaviy va boshqa kelishuvlar hamda jamoa shartnomalari hisoblanadi.
Mehnat huquqining xususiyati shundan iboratki, amalda har qanday masala, agar bunday qaror Mehnat kodeksi qoidalariga zid bo‘lmasa va xodimning ahvolini yomonlashtirmasa, mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida hal etilishi mumkin. Aks holda kontrakt noqonuniy hisoblanadi. Misol uchun, aksiyadorlik jamiyatida 9 soat davom etadigan ish kuni belgilangan bo‘lsa, bu mehnat to‘g‘risidagi qonunlarning buzilishi hisoblanadi.
MEHNAT QONUN HUJJATLARINING MANBALARI
MEHNATGA OID MUNOSABATLAR SUBYEKTLARI Mehnatga oid munosabatlar ishtirokchilari (subyektlari) quyidagilardir: — xodim: 16 yoshga to‘lgan, mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; — ish beruvchi: mulkchilik shaklidan qat’i nazar har qanday korxona hamda 18 yoshga to‘lgan shaxslar; — mehnat jamoasi: mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan korxona xodimlari; — xodimlar va ish beruvchilarning vakillik idoralari: kasaba uyushmalari va ularning korxonalardagi saylab qo‘yiladigan idoralari.
Har kim mehnat huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda teng imkoniyatlarga ega.
MEHNAT QONUN HUJJATLARINING MANBALARI
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,
4-modda Har bir shaxsning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlanadi, bu himoya mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
8-modda
MEHNAT HUQUQINING ASOSIY TAMOYILLARI Huquqning boshqa sohalarida bo‘lganidek mehnat huquqida ham ish beruvchilar va xodimlar amal qilishi majburiy bo‘lgan mehnatga oid munosabatlarning asosiy tamoyillari belgilangan:
— Mehnat erkinligi tamoyili: majburiy mehnatni taqiqlash, u har bir shaxs o‘zining mehnatga layoqatidan foydalanish huquqiga egaligini, ya’ni fuqarolarning mehnat qilish burchi qonunda nazarda tutilmasligi- ni anglatadi.
— Mehnat qilish huquqini ta’minlash, ishsizlikdan muhofaza qilish tamoyili: davlat idoralari uni olishga xohish bildirgan hammaga maqbul ishni taqdim etish uchun barcha choralarni ko‘rishga majbur. Ish qidirish vaqtida ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lanadi. — Mehnatda va bandlikda tenghuquqlilikni ta’minlash tamoyili:
8-modda
mehnatda diskriminatsiya qilishga, ayollar va erkaklarga haq to‘lashda, irqiy alomatlarga ko‘ra, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga qaraganda mamlakatning ishlayotgan fuqarolariga ko‘proq huquqlar berish va hokazoni taqiqlash. — Dam olish, mehnatni muhofaza qilish huquqini ta’minlash tamoyi- li: mehnat qonun hujjatlarida fuqarolarning dam olish huquqi ko‘zda tutilgan, unga muvofiq ularga ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda yillik ta’tillar beriladi. — Mehnat huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilish huquqini ta’minlash tamoyili va hokazo.
user 2022-01-08 18:46:49 -------------------------------------------- Umid Shomurodov 903231527
8-modda
Mehnat kodeksiga muvofiq quyidagi hollarda ishlash majburiy hisoblanmaydi:
— harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tash davrida; — favqulodda holat sharoitlarida; — sud hukmi kuchga kirishi asosida.
Quyidagi masalalarni hal eting: 1-vaziyat Boshidan jarohatlangandan keyin ishchi M. tez-tez bosh og‘rib turishi dardiga mubtalo bo‘ldi va shu vaqtda ishlay olmasdi. Bu haqda uning tibbiy kartasida batafsil yozilgan edi. Biroq bu yozuv M.ning hayotida salbiy rol o‘ynadi: unga g‘amxo‘rlik qilayotganlarini ro‘kach qilib, hech qayerga ishga olishmadi.
8-modda
2-vaziyat. Avtomobil haydovchisi sifatida muqobil xizmatni o‘tash vaqtida serjant M. o‘zi xizmat o‘tayotgan korxonaning ko‘makchi hovlisi hududini tozalashdan bosh tortdi. Korxona direktori M.da bungacha ishga doir tanbeh bo‘lmaganiga qaramay, M.ni chorak uchun mukofotdan mahrum qilish to‘g‘risida buyruq chiqardi.
Bilimingizni sinang!
Bilimingizni sinang
Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash huquqiga ega ekanligi qaysi hujjatning 42-moddasida mustahkamlangan?
- O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi
- O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi
- O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Munosib mehnat qilish va kasbni erkin tanlash huquqi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga ko‘ra, har kim quyidagi huquqlardan qaysi biriga ega?
- Mehnat shartnomasi tuzmasdan ham ish beruvchi topshirig‘ini bajarish va buning uchun haq olishga
- Ish beruvchining mol-mulkini boshqarish va undan olingan foydadan o‘z ulushini olishga
- Mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olishga
- Mehnat nizolarini hal qilish uchun o‘zi sudya tayinlash va qaror chiqarish huquqiga
To‘g‘ri javob: Mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olishga. Konstitutsiyaning 42-moddasi kamsitishlarsiz va eng kam miqdordan kam bo‘lmagan adolatli haq olish huquqini kafolatlaydi.
Konstitutsiyaning 42-moddasiga muvofiq, ishsizlikdan himoyalanish qaysi tartibda amalga oshiriladi?
- Qonunda belgilangan tartibda
- Faqat ish beruvchi xohishiga ko‘ra
- Faqat sud qarori bilan
- Faqat jamoa shartnomasi asosida
To‘g‘ri javob: Qonunda belgilangan tartibda. Har kim ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.
Quyidagilardan qaysi alomatlarga qarab mehnat munosabatlari sohasida cheklashlar belgilash kamsitish hisoblanadi?
- Xodimning ish staji, uning kasbiy tajribasi va mehnat faoliyatidagi uzluksiz davomiyligi
- Xodimning ishchanlik qobiliyati, kasbiy tayyorgarligi va mehnatining natijalari
- Xodimning malakasi, kasbiy ko‘nikmalari, ma’lumoti va lavozimga mos bilim darajasi
- Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqeyi
To‘g‘ri javob: Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqeyi. Jinsi, yoshi, irqi, millati va boshqa sanalgan alomatlarga qarab cheklash yoki imtiyoz belgilash kamsitish hisoblanadi; ishchanlik qobiliyati va natijalarga aloqador alomatlar kamsitish emas.
Kompaniya e’lon joylashtirdi: «Faqat 25 yoshgacha bo‘lgan erkaklar ishga qabul qilinadi». Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Bu kompaniyaning erkin kadr siyosati bo‘lib, hech qanday buzilish mavjud emas
- Yosh va jins bo‘yicha cheklash kamsitish hisoblanadi va yo‘l qo‘yilmaydi
- Yosh bo‘yicha cheklash faqat 30 yoshdan keyin kamsitish hisoblanadi
- Bunday cheklash faqat ayollarga nisbatan qo‘llanganda kamsitish bo‘ladi
To‘g‘ri javob: Yosh va jins bo‘yicha cheklash kamsitish hisoblanadi va yo‘l qo‘yilmaydi. Jinsi va yoshiga qarab mehnat munosabatlari sohasida cheklashlar belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi va bular kamsitish deb hisoblanadi.
Mehnat sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs qayerga murojaat qilishi mumkin?
- Faqat o‘z ish beruvchisiga
- Faqat Prezidentga
- Sudga
- Faqat prokuraturaga
To‘g‘ri javob: Sudga. Kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitishni bartaraf etish va zararni qoplash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Bahrom nogironligi sababli ishga olinmadi, bunga hech qanday asos ko‘rsatilmadi. U o‘zini kamsitilgan deb hisoblaydi. Bahrom nima qilishi mumkin?
- Sudga ariza berib, kamsitishni bartaraf etish va moddiy hamda ma’naviy zararni qoplashni talab qilishi mumkin
- Faqat shikoyat yozmasdan, ish beruvchi o‘zi qaror o‘zgartirguncha kutishi va sudga murojaat qilmasligi kerak
- Faqat ish beruvchi bilan yarashishi shart, sudga murojaat qilish va zararni qoplashni talab qilish mumkin emas
- Faqat qo‘shni korxonaga ishga kirishi mumkin, chunki ish beruvchi ishga olmaslikka erkin haqli
To‘g‘ri javob: Sudga ariza berib, kamsitishni bartaraf etish va moddiy hamda ma’naviy zararni qoplashni talab qilishi mumkin. Kamsitilgan shaxs kamsitishni bartaraf etish hamda yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Konstitutsiya va Mehnat kodeksiga muvofiq mehnat huquqiy tartibga solishning tamoyillaridan biri qaysi?
- Faqat davlat xodimlariga kasaba uyushmalariga birlashish va boshqa huquqlarni berish
- Kasaba uyushmalariga hamda xodimlar manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish
- Majburiy mehnatni joriy qilish va xodimlarni mehnat jamoalariga majburan birlashtirish
- Ish haqini ish beruvchi xohishiga bog‘lash va kasaba uyushmalari faoliyatini cheklash
To‘g‘ri javob: Kasaba uyushmalariga hamda xodimlar manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish. Tamoyillar qatorida kasaba uyushmalariga va xodimlar hamda mehnat jamoalari manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish huquqi ko‘rsatilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash