XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 10-sinf · Huquq asoslari · 21-§

Ishga qabul qilish

V-bo‘lim. Mehnat huquqi asoslari

MEHNATGA OID MUNOSABATLAR SOHASIDA XODIMLAR MANFAATLARINING DAVLAT TOMONIDAN HIMOYA QILINISHI

Bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida mehnat shartnomasini tuzayotgan taraflarning har biri korxona faoliyatini yaxshilashdan manfaatdor, chunki bunda har bir xodimning farovonligi ham oshadi. Shu bilan birga mehnat faoliyati jarayonida mehnat huquqining alohida norma(me’yor)larini qo‘llash saba- biga ko‘ra kelishmovchilik va nizolar kelib chiqishi mumkin.

Mehnat kodeksiga muvofiq (21-modda) mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini himoya qilishni korxonadagi kasaba uyushmalari, ularning saylab qo‘yiladigan idoralari (kasaba uyushmasi qo‘mitalari) mehnat nizolari komissiyalari hamda tuman va shahar sudlari amalga oshirishi mumkin. Korxonada xodimlar manfaatlarini ifoda etayotgan tashkilotlar faoliyati faqat ularni saylagan xodimlarning qaroriga binoan, shuningdek, amaldagi qonunlarga zid harakatlar amalga oshirilganida — sud tomonidan tugatilishi mumkin.

MEHNAT SHARTNOMASI

Ishchi va ish beruvchining o‘zaro huquq va majburiyatlarini aniqlashda kollektiv va yakka tartibdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) muhim o‘rin tutadi. U mehnat munosabatlarining vujudga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Mehnat shartnomasi — ichki tartibga rioya etish bilan birgalikda muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishlarni bajarish to‘g‘risida tomonlarning kelishuvi bilan belgilangan shartlarda xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuv.

MEHNAT SHARTNOMASI SHARTLARI Agar taraflar ularning huquq va burchlarini belgilab beradigan shartlarga doir kelishuvga erishgan bo‘lishsa, mehnat shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.

MEHNAT SHARTNOMASI

Taraflar tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar ko‘p sonlidir, shu munosabat bilan mehnat qonunlari ikki guruhdagi shartlarni кo‘rib chiqadi: asosiy va qo‘shimcha. Qo‘shimcha shartlar to‘liq kelishayotgan taraflarga bog‘liq va qonun tomonidan cheklanmaydi.

Quyidagilar ish beruvchilar bo‘lishi mumkin: — korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo‘linmalari o‘z rahbarlari timsolida; — mulkdorning o‘zi ayni bir vaqtda rahbar bo‘lgan xususiy korxonalar; — o‘n sakkiz yoshga to‘lgan ayrim shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda. — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar. Har bir xodim: — o‘z mehnati uchun qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilanganidan oz bo‘lmagan miqdorda haq olish; — muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‘rnatish, bir qator kasb- lar va ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari, shuningdek haq to‘lanadigan yillik ta’tillar berish orqali ta’minlanadigan dam olish; — kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; — ish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘iga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar- ning o‘rnini qoplash; — kasaba uyushmalariga hamda xodimlar va mehnat jamoalarining manfaatlarini ifoda etuvchi boshqa tashkilotlarga birlashish; — qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish; — o‘zining mehnat huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali himoya qilish va malakali yuridik yordam olish; — jamoalarga doir mehnat nizolarida o‘z manfaatlarini quvvatlash huquqiga egadir.

MEHNAT SHARTNOMASI

Ish beruvchi: — korxonani boshqarish va o‘z vakolatlari doirasida mustaqil qarorlar qabul qilish; — qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish; — mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni lozim darajada bajarishni xodimdan talab qilish; — o‘z manfaatlarini himoyalash uchun boshqa ish beruvchilar bilan birga jamoat birlashmalari tuzish va bunday birlashmalarga a’zo bo‘lish huquqiga egadir. Mehnat shartnomasi tuzilganidan keyin buyruq chiqariladi, u xodimga imzo chektirib, ma’lum qilinadi. Ishga qabul qilish shartnomada ko‘rsatilgan kundan e’tiboran hisoblanadi.

MEHNAT SHARTNOMASI

MEHNAT SHARTNOMASI: — nomuayyan muddatga; — uch yildan ko‘p bo‘lmagan muayyan muddatga (muddatli mehnat shartnomasi) tuzilishi mumkin; Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati shartlashilmagan bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonun hujjatlariga muvofiq insonning mehnatga layoqati (ya’ni mehnatga bo‘lgan o‘z huquqini amalga oshirish qobiliyati) 16 yoshda boshlanadi.

Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.

MEHNAT SHARTNOMASI

1-topshiriq. O‘zaro rollarni (xodim va ish beruvchi) bo‘lishib oling va voyaga yetmaganni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi mehnat shartnomasi matnini tuzing. Bunday yoshda ishning xususiyatlariga e’tibor bering.

Mehnat shartnomasi bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada yozma shaklda tuzilib, ularning har biri

taraflar tomonidan imzolanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,

106-modda.

2-topshiriq. Maslahatlashib, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi nizoni hal etishga doir o‘z variantingizni taklif eting. Vujudga kelgan nizoning oldini qanday qilib olish mumkinligini ham belgilang.

Vaziyat. Zavod direktori sobiq sinfdoshi, endilikda yuqori malakali mutaxassisni xursandlik bilan kutib oldi. Uning maktabni bitirganidan keyingi hayoti to‘g‘risida so‘rab-surishtirib, maktab yillari, institutdagi o‘qish davrini eslab, direktor A.ni darhol ishga qabul qilishni buyurdi.

MEHNAT SHARTNOMASI

— Rasmiyatchiliklar keyinroq, — deb qo‘lini siltadi xodimlar bo‘limi boshlig‘iga...

Bir oydan so‘ng sobiq do‘stlar mehnat haqi miqdori, ish vaqti va shartlarini aniqlash chog‘ida tamoman urishib qolishdi. Oxir- oqibat A. o‘z xohishiga binoan ishdan ketdi. Sobiq do‘stlar dushman bo‘lib ayrilishdi.

Savollar: Xo‘sh, voqealar bunday tugashining oldini qay tarzda olish mumkin bo‘lar edi? Korxonaga ishga tushar ekan, A. qanday xatolarga yo‘l qo‘ydi?

Bilimingizni sinang!

Savollar: 1. Xodimlar manfaatlarini qaysi tashkilotlar himoya qiladi? 2. Mehnat shartnomasiga qanday shartlar kiritilishi shart? 3. Mehnat shartnomasi qanday muddatga tuziladi? 4. Xodimlarni necha yoshdan va qanday shartlarda ishga jalb qilish mumkin? 5. Mehnat shartnomasiga qanday qo‘shimcha shartlar kiritilishi mumkin?

Bilimingizni sinang

Mehnat kodeksining 21-moddasiga muvofiq, xodimlar manfaatlarini himoya qilishni quyidagilardan qaysi biri amalga oshirishi mumkin?
  1. Soliq inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari
  2. Faqat prokuratura va uning tuman hamda shahar bo‘limlari
  3. Mehnat nizolari komissiyalari hamda tuman va shahar sudlari
  4. Faqat Markaziy saylov komissiyasi va uning hududiy komissiyalari

To‘g‘ri javob: Mehnat nizolari komissiyalari hamda tuman va shahar sudlari. Xodimlar manfaatlarini kasaba uyushmalari, ularning saylab qo‘yiladigan idoralari, mehnat nizolari komissiyalari hamda tuman va shahar sudlari himoya qila oladi.

Korxonada xodimlar manfaatlarini ifoda etayotgan tashkilotlar faoliyati qachon tugatilishi mumkin?
  1. Faqat ularni saylagan xodimlar qaroriga binoan, shuningdek qonunlarga zid harakatlar amalga oshirilganida — sud tomonidan
  2. Ish beruvchi qaroriga ko‘ra istalgan vaqtda, ularni saylagan xodimlarning fikri hisobga olinmagan holda ham
  3. Faqat Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan, shuningdek qonunlarga zid harakatlar amalga oshirilganida — prokuror tomonidan
  4. Faqat prokuror ko‘rsatmasi bilan, ularni saylagan xodimlar qarori esa tugatish uchun huquqiy kuchga ega emas

To‘g‘ri javob: Faqat ularni saylagan xodimlar qaroriga binoan, shuningdek qonunlarga zid harakatlar amalga oshirilganida — sud tomonidan. Bunday tashkilotlar faoliyati faqat ularni saylagan xodimlarning qaroriga binoan yoki qonunlarga zid harakatlar uchun sud tomonidan tugatilishi mumkin.

Ichki tartibga rioya etish bilan birga muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishlarni bajarish to‘g‘risida xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuv nima deyiladi?
  1. Jamoa kelishuvi
  2. Pudrat shartnomasi
  3. Mehnat shartnomasi
  4. Mualliflik shartnomasi

To‘g‘ri javob: Mehnat shartnomasi. Xodim va ish beruvchi o‘rtasida ish bajarish shartlari bo‘yicha tomonlar kelishuvi mehnat shartnomasi deb ataladi.

Mehnat shartnomasi nima?
  1. Faqat ish haqi to‘g‘risidagi buyruq bo‘lib, uni ish beruvchi xodimning roziligisiz va ichki tartibga rioya etishsiz chiqaradi
  2. Davlat organining ruxsatnomasi bo‘lib, uning asosida muayyan mutaxassislik bo‘yicha ishlarni bajarishga ruxsat beriladi, taraflar kelishuvi talab etilmaydi
  3. Faqat xodimning arizasi bo‘lib, unda u muayyan lavozim va malaka bo‘yicha ishlash istagini ish beruvchiga bildiradi, kelishuv talab qilinmaydi
  4. Ichki tartibga rioya etish bilan birga muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishlarni bajarish to‘g‘risida tomonlarning kelishuvi

To‘g‘ri javob: Ichki tartibga rioya etish bilan birga muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishlarni bajarish to‘g‘risida tomonlarning kelishuvi. Mehnat shartnomasi — xodim va ish beruvchi o‘rtasida ichki tartibga rioya etish bilan birga muayyan ishlarni bajarish bo‘yicha tomonlar kelishuvi.

Mehnat shartnomasi qachon tuzilgan hisoblanadi?
  1. Faqat xodim ishga kelgan kuni, taraflar kelishuvga erishgan-erishmaganidan qat’i nazar
  2. Taraflar huquq va burchlarini belgilovchi shartlarga doir kelishuvga erishgan bo‘lsa
  3. Faqat sudda tasdiqlangandan keyin, taraflar kelishuvga erishgan bo‘lsalar ham
  4. Faqat kasaba uyushmasi imzolagandan keyin, taraflar kelishuvidan qat’i nazar

To‘g‘ri javob: Taraflar huquq va burchlarini belgilovchi shartlarga doir kelishuvga erishgan bo‘lsa. Taraflar ularning huquq va burchlarini belgilab beradigan shartlarga doir kelishuvga erishgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Mehnat shartnomasi shartlari qanday guruhlarga bo‘linadi va qo‘shimcha shartlar haqida nima deyiladi?
  1. Qo‘shimcha shartlar taqiqlangan, faqat asosiy shartlar qonun bilan belgilanadi va o‘zgarmaydi
  2. Faqat asosiy shartlar bo‘lishi mumkin, qo‘shimcha shartlar mehnat shartnomasiga kiritilmaydi
  3. Qo‘shimcha shartlarni faqat davlat belgilaydi, taraflar ularni kelishib o‘zgartira olmaydi
  4. Asosiy va qo‘shimcha; qo‘shimcha shartlar taraflarga bog‘liq va qonun tomonidan cheklanmaydi

To‘g‘ri javob: Asosiy va qo‘shimcha; qo‘shimcha shartlar taraflarga bog‘liq va qonun tomonidan cheklanmaydi. Shartlar asosiy va qo‘shimcha guruhlarga bo‘linadi; qo‘shimcha shartlar to‘liq kelishayotgan taraflarga bog‘liq va qonun tomonidan cheklanmaydi.

Har bir xodim o‘z mehnati uchun qancha miqdorda haq olish huquqiga ega?
  1. Ish beruvchi xohlagan miqdorda, yagona tarif setkasi bilan chegaralanmagan holda
  2. Yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilanganidan oz bo‘lmagan miqdorda
  3. Yagona tarif setkasining uchinchi razryadi bo‘yicha belgilanganidan oz bo‘lmagan miqdorda
  4. Faqat natijaga qarab, yagona tarif setkasi bo‘yicha hech qanday kafolatsiz miqdorda

To‘g‘ri javob: Yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilanganidan oz bo‘lmagan miqdorda. Xodim qonun hujjatlarida yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilanganidan oz bo‘lmagan miqdorda haq olish huquqiga ega.

Quyidagilardan qaysi biri ish beruvchi bo‘lishi mumkin?
  1. Faqat davlat organlari hamda ularning tizimidagi davlat muassasalari va korxonalari
  2. Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar
  3. Faqat 25 yoshga to‘lgan fuqarolar, ularga xodim yollash tartibi esa belgilanmagan
  4. Faqat jamoat birlashmalari hamda ularning tizimidagi notijorat tashkilotlari va fondlari

To‘g‘ri javob: Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar. Ish beruvchilar qatorida Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar ham sanalgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMehnatga oid munosabatlarKeyingi →Mehnatni muhofaza qilish