Ishga qabul qilinayotganda hujjatlarni rasmiylashtirish
V-bo‘lim. Mehnat huquqi asoslari
ISHGA JOYLASHISH UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLAR
Mehnat qonunlari bilan ishga qabul qilishda ma’muriyat talab etishi shart bo‘lgan hujjatlar aniq ro‘yxati belgilangan. Ish beruvchiga ishga qabul qilishda qonunda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish qat’iyan man etiladi.
Ishga qabul qilish ma’muriyat buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi, buyruq albatta xodimga ma’lum qilinib, bu haqda tilxat olinadi. Buyruqda shtat jadvaliga muvofiq xodim qabul qilingan lavozimning aniq nomi ko‘rsatilishi lozim. Buyruqqa binoan mehnat daftarchasiga ham yozib qo‘yiladi. Ishning boshlanishi odatda mehnat shartnomasini tuzishda ma’muriyat bilan kelishuvga binoan belgilanadi. Biroq qachon buyruq chiqqani yoki mehnat shartnomasi rasmiylashtirilganidan qat’i nazar, haqiqatda ishga tushish paytidan e’tiboran mehnat vazifalari bajara boshlangan hisoblanadi.
ISHGA JOYLASHISH UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLAR
Shunday qilib, ish beruvchi xodimdan quyidagi hujjatlarni talab qilishga majbur:
15 dan 16 yoshgacha: — ota-onasidan yoki vasiylardan birining yozma roziligi; — o‘quv maskani ma’lumotnomasi (u haqiqatan ham mazkur maktab o‘quvchisi ekanligi haqida, o‘quv vaqti ko‘rsatilgan holda); — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnoma; — sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida ma’lumotnoma;
16 dan 18 yoshgacha: — yashash joyidan ma’lumotnoma yoki pasport (doimiy yoki vaqtinchalik qayd etilganlik belgisi bilan); — armiyaga chaqiriluvchining qayd guvohnomasi (mudofaa bo‘limida); — ma’lumot yoki mavjud mutaxassislik to‘g‘risida hujjat; — sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida ma’lumotnoma;
ISHGA JOYLASHISH UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLAR
18 yoshdan: — pasport (doimiy yoki vaqtinchalik qayd etilganlik yoxud turish joyi bo‘yicha hisobga o‘tganlik belgisi bilan); — mehnat daftarchasi (birinchi marotaba ishga kirayotganlar — oxirgi mashg‘uloti to‘g‘risida yashash joyidan ma’lumotnoma);
— harbiy bilet yoki qayd guvohnomasi (harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar uchun); — oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini tamomlagani to‘g‘risidagi diplom yoki muayyan ishni bajarish huquqini beradigan guvohnoma.
Ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxsdan ushbu Kodeksda, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
ISHGA JOYLASHISH UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLAR
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,
124-modda
O‘spirinlar faqat oldindan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ishga qabul qilinadi, keyinchalik ular 18 yoshga to‘lguncha bunday ko‘rikdan har yili o‘tkaziladi. Bu bajarilayotgan ishning ularning sog‘lig‘iga ehtimol bo‘lgan salbiy ta’sirini tekshirish zaruriyati bilan bog‘liq. Voyaga yetgan xodimlar, agar ular og‘ir ishlarda yoki zararli yoxud xavfli ish sharoitlari bilan mashg‘ul bo‘lsalar, shu maqsadda har yilgi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi. Tibbiy ko‘rik oziq- ovqat mahsulotlari, insonlarni davolash, bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bilan mashg‘ul bo‘lgan xodimlar uchun ham majburiydir. Bu bilan ular xizmat ko‘rsatayotgan tashrifchilar xavfsizligi kafolatlanadi.
124-modda
Ish beruvchi quyidagi toifalarga mansub xodimlardan sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida ma’lumotlarni talab qilishga majbur:
— 18 yoshga to‘lmaganlar; — 60 yoshga to‘lgan erkaklar, 55 yoshga to‘lgan ayollar; — nogironlar; — zararli mehnat sharoiti, shuningdek transport bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlar; — bolalarni davolash, tarbiyalash va ta’lim berish bilan mashg‘ul bo‘lganlardan.
Ko‘rsatilgan hollarda, ish beruvchi tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan shaxsni ishga qabul qilishga, ishga kirayotgan odam esa undan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas.
MEHNAT DAFTARCHASI
Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir. Mehnat daftarchasi: — ishga birinchi marotaba kirishda — ish boshlanganidan 5 kundan kechiktirmasdan to‘ldiriladi; — yo‘qolganda — nusxasi yozib beriladi (keyinroq ilgarigi yozuvlari tiklanadi). Unga quyidagi yozuvlar kiritiladi: ishga qabul qilish sanasi, mutaxassisligi, lavozimi, rag‘batlantirishlar, ishdan bo‘shash sanasi ko‘rsatiladi.
5 — Davlat va huquq asoslari, 10-sinf 113
SINOV MUDDATI
Ish beruvchining qaroriga ko‘ra xodimning topshirilayotgan ishga la- yoqatliligini tekshirish uchun u sinov to‘g‘risidagi shart bilan ishga rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda aniq sinov muddati belgilanadi. Qonun hujjatlari tomonidan eng ko‘p muddat — 3 oy belgilangan. Sinovga bardosh bermagan shaxslar ishdan bo‘shatiladi. Agar xodim mehnat shartnomasini sinov muddati sharti bilan tuzishdan voz kechsa, unda ish beruvchi uni ishga qabul qilishni rad etishga haqli.
Sinov muddati nafaqat xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish, balki unga mazkur ish to‘g‘ri kelishiga ishonch hosil qilish uchun ham tayinlanadi. Agar bu ish unga to‘g‘ri kelmasligini bilsa, u shaxsiy tashabbusiga ko‘ra, ish beruvchini uch kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, ishni to‘xtatishi mumkin.
SINOV MUDDATI
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 129-moddasi binoan, ish beruvchi quyidagi toifaga mansub shaxslarga nisbatan sinov muddati belgilashga haqli emas:
homilador ayol, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki uch yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);
zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;
davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran uch oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
SINOV MUDDATI
tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran bir yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
o‘zi bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar;
ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;
ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar;
SINOV MUDDATI
jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim uzrli sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi.
Agar dastlabki sinov muddati tugagunga qadar taraflardan birortasi ham mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilmagan bo‘lsa, shartnomaning amal qilishi davom etadi va bundan keyin uni bekor qilishga umumiy asoslarda yo‘l qo‘yiladi.
Bilimingizni sinang
Mehnat kodeksiga ko‘ra, ish beruvchi ishga qabul qilishda xodimdan qanday hujjatlarni talab qilishi mumkin?
- O‘zi zarur deb hisoblagan istalgan hujjatlarni
- Faqat pasport va diplomni, boshqa hujjatlarni talab qilish mumkin emas
- Faqat qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlarni
- Ichki tartib qoidalarida ko‘rsatilgan har qanday hujjatlarni
To‘g‘ri javob: Faqat qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlarni. Kodeksda va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, ishga qabul qilish qanday tartibda rasmiylashtiriladi?
- Ma’muriyat buyrug‘i bilan; buyruq xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi
- Faqat xodimning arizasi asosida, buyruq chiqarilmasdan
- Faqat mehnat daftarchasiga yozuv kiritish yo‘li bilan
- Hududiy mehnat organining yo‘llanmasi asosida, xodimga tilxat olinmasdan
To‘g‘ri javob: Ma’muriyat buyrug‘i bilan; buyruq xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. Ishga qabul qilish ma’muriyat buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi, buyruq xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.
Ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqda lavozim qanday ko‘rsatilishi lozim?
- Xodim o‘zi tanlagan lavozim nomi bilan, shtat jadvalidan qat’i nazar
- Faqat xodimning mutaxassisligi ko‘rsatiladi, lavozim ko‘rsatilmaydi
- Lavozim buyruqda emas, faqat mehnat shartnomasida yoziladi
- Shtat jadvaliga muvofiq xodim qabul qilingan lavozimning aniq nomi bilan
To‘g‘ri javob: Shtat jadvaliga muvofiq xodim qabul qilingan lavozimning aniq nomi bilan. Buyruqda shtat jadvaliga muvofiq xodim qabul qilingan lavozimning aniq nomi ko‘rsatilishi lozim.
Quyidagi hukmlardan qaysi biri Mehnat kodeksiga ko‘ra to‘g‘ri?
- Mehnat vazifalari faqat buyruq chiqqan kundan boshlab bajarila boshlangan hisoblanadi, haqiqatda ishga tushgan kun ahamiyatga ega emas
- Buyruq chiqqan yoki shartnoma rasmiylashtirilgan paytdan qat’i nazar, haqiqatda ishga tushgan paytdan mehnat vazifalari bajara boshlangan hisoblanadi
- Mehnat vazifalari faqat mehnat daftarchasiga yozuv kiritilgan kundan boshlab bajarila boshlangan hisoblanadi, haqiqiy ishga tushish ahamiyatsiz
- Ishning boshlanish kunini faqat ma’muriyat bir tomonlama belgilaydi, xodim bilan kelishilmaydi va haqiqiy ishga tushish hisobga olinmaydi
To‘g‘ri javob: Buyruq chiqqan yoki shartnoma rasmiylashtirilgan paytdan qat’i nazar, haqiqatda ishga tushgan paytdan mehnat vazifalari bajara boshlangan hisoblanadi. Haqiqatda ishga tushish paytidan e’tiboran mehnat vazifalari bajara boshlangan hisoblanadi.
Mehnat kodeksiga ko‘ra, 15 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxs ishga kirishda qaysi hujjatni taqdim etishi shart?
- Armiyaga chaqiriluvchining qayd guvohnomasini
- Ota-onasidan yoki vasiylardan birining yozma roziligini
- Harbiy bilet yoki qayd guvohnomasini
- Oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtini tamomlagani haqidagi diplomni
To‘g‘ri javob: Ota-onasidan yoki vasiylardan birining yozma roziligini. 15 dan 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun birinchi hujjat sifatida ota-onasi yoki vasiylardan birining yozma roziligi talab qilinadi.
Aziz 17 yoshda va birinchi marta ishga kirmoqchi. Ish beruvchi undan qaysi hujjatni talab qilishga majbur?
- Armiyaga chaqiriluvchining qayd guvohnomasini
- Ota-onasining yozma roziligini va o‘quv maskani ma’lumotnomasini
- Oliy o‘quv yurtini tamomlagani haqidagi diplomni
- Harbiy xizmatga majburlar uchun harbiy biletni
To‘g‘ri javob: Armiyaga chaqiriluvchining qayd guvohnomasini. 16 dan 18 yoshgacha bo‘lganlardan armiyaga chaqiriluvchining qayd guvohnomasi (mudofaa bo‘limida) talab qilinadi.
Birinchi marotaba ishga kirayotgan 18 yoshdan oshgan shaxs mehnat daftarchasi o‘rniga nimani taqdim etadi?
- Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani va o‘quv maskani ma’lumotnomasini
- Ota-onasining yozma roziligini
- Armiyaga chaqiriluvchining qayd guvohnomasini
- Oxirgi mashg‘uloti to‘g‘risida yashash joyidan ma’lumotnomani
To‘g‘ri javob: Oxirgi mashg‘uloti to‘g‘risida yashash joyidan ma’lumotnomani. Birinchi marta ishga kirayotganlar mehnat daftarchasi o‘rniga oxirgi mashg‘uloti haqida yashash joyidan ma’lumotnoma beradi.
O‘spirinlar ishga qabul qilinganidan keyin necha yoshga to‘lguncha har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi?
- 21 yoshga
- 18 yoshga
- 16 yoshga
- 20 yoshga
To‘g‘ri javob: 18 yoshga. O‘spirinlar oldindan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va 18 yoshga to‘lguncha har yili ko‘rikdan o‘tkaziladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash