XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 10-sinf · Huquq asoslari · 24-§

Mehnatga haq to‘lash va intizom

V-bo‘lim. Mehnat huquqi asoslari

MEHNAT HAQI MIQDORINI BELGILASH

Mehnat shartnomasi shartlari va mehnat qonun hujjatlariga binoan har bir xodimning mehnat haqi uning shaxsiy mehnat hissasi va sifatiga bog‘liq. Bunda jinsi, yoshi, irqi, millati va hokazolarga qarab mehnat haqi miqdorlarini har qanday pasaytirish taqiqlanadi.

Ishlayotgan malakasi yoki uning lavozimi har bir kimsaning aniq hissasini to‘liq qayd qila olmaydi. Shu sababli mehnat uchun mukofotlarning aniq individual miqdorlari ish haqining turli tizimlari yordamida belgilanadi.

Ish haqi — xodimga bajarilgan ish uchun mukofot sifatida muntazam to‘lanadigan, mehnat shartnomasida kelishilgan pul summasidir.

O‘zbekiston Respublikasida mehnatga haq to‘lashning ikki asosiy shakli qo‘llanadi — vaqtbay va ishbay.

MEHNAT HAQI MIQDORINI BELGILASH

Vaqtbay tizimdan ko‘pincha ish haqi ishlagan vaqtidan kelib chiqib va lavozim maoshiga binoan yoziladigan xizmatchilar mehnatini baholashda foydalaniladi.

Ishbay tizimda ishchilar mehnatini baholashda har bir tayyorlangan mahsulot birligining sifatiga binoan to‘lanadigan haq tushuniladi.

Mehnat haqining miqdori ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunda muayyan davr uchun ish vaqti me’yorini ishlab bergan va mehnat vazifalarini to‘liq bajargan xodimning mehnat haqi mehnat qonunlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas va eng ko‘p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi.

MEHNAT HAQI MIQDORINI BELGILASH

Mehnatga haq to‘lash muddatlari mehnat shartnomasini imzolashda kelishib olinadi, biroq har yarim oyda bir martadan kam bo‘lmasligi shart.

Mehnat haqining eng kam miqdoriga qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar hamda mukofotlar va rag‘batlantirish tarzidagi boshqa to‘lovlar qo‘shilmaydi.

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida haq to‘lash, xuddi ish vaqti davomiyligi to‘liq bo‘lganda xodimlarning tegishli toifalari uchun to‘lanadigan miqdorda amalga oshiriladi.

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatiga vaqtbay haq to‘lashda har kungi ishning to‘liq davomiyligida tegishli toifadagi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash darajasiga qadar qo‘shimcha haq to‘lanadi.

MEHNAT HAQI MIQDORINI BELGILASH

Ishbay ishlarga qo‘yilgan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan xodimlar mehnatiga katta yoshdagi xodimlar uchun belgilangan ishbay narxlar bo‘yicha haq to‘lanib, bunda o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning har kungi ish vaqti davomiyligi o‘n sakkiz yoshga to‘lgan xodimlarning har kungi ish vaqti davomiyligiga nisbatan qisqartirilgan vaqt uchun tarif stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha haq to‘lanadi.

O‘quv yili davomida o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlayotgan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatiga ishlagan vaqtidan kelib chiqib yoki ishlab chiqarish natijasiga qarab haq to‘lanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,420-modda

№ Mutaxassislik Haq to‘lash tizimi Dalillar vaqtbay ishbay 1 O‘qituvchi 2 Ofitsiant 3 Quruvchi 4 Qorovul 5 Uchuvchi 6 Tadbirkor 7 Korxona rahbari 8 Oshpaz 9 Ichki ishlar xodimi

BAYRAM KUNLARIDAGI ISHLAR UCHUN HAQ TO‘LASH-

NING XUSUSIYATLARI Mehnat qonunlariga binoan bayram kunlarida ishlash qat’iyan taqiqlanadi. Biroq ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari xodimlarni ishga jalb etish zarur bo‘lgan vaziyatlar tug‘iladi: tabiiy ofat yoki ishlab chiqarish faloka- tining oldini olish yoki tugatish; baxtsiz hollar yoki mol-mulk yo‘qolishining oldini olish zaruriyati; korxonaning kelajak ishi uchun zarur bo‘lgan tezkor ishni bajarish, masalan, elektr uzatish liniyasining uzilishi, elektrotransformatorni almashtirish zarurati, neft quvuri yoki gaz quvurining teshilishi, yo‘ldagi o‘piri- lish va hokazo.

Ish haqi quyidagi hollarda ikki hissa miqdorida to‘lanadi: — ish vaqtidan tashqari; — dam olish kunlari; — bayram kunlari; — yoki boshqa dam olish kunini (otgul) berish bilan qoplanishi mumkin.

BAYRAM KUNLARIDAGI ISHLAR UCHUN HAQ TO‘LASH-

MEHNAT INTIZOMI Korxonada mehnat intizomini ta’minlashning zaruriy sharti mehnat jamoasi tasdiqlagan Ichki tartib qoidalari belgilaydigan aniq mehnat tartibini o‘rnatish hisoblanadi. Shunga binoan har bir xodim ishga tushishdan oldin o‘z huquq va majburiyatlari bilan tanishtirilishi kerak.

Asosan mehnat intizomi mehnatga ongli munosabatda bo‘lish bilan asoslanadi, biroq mehnat qonun hujjatlari nopok xodimlarga nisbatan intizomiy ta’sir choralari belgilanishining zarurligini ham hisobga oladi.

Intizomni buzganlik uchun ish beruvchi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli. Uni qo‘llashdan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim. Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya xatti-harakat aniqlanganidan keyin, ammo bu harakat aniqlangan kundan boshlab uzog‘i bilan 1 oy ichida qo‘llanadi. Moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijalariga binoan — sodir etilgan kundan boshlab ikki yildan kechikmasligi lozim.

BAYRAM KUNLARIDAGI ISHLAR UCHUN HAQ TO‘LASH-

Intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312-moddasi Mehnat intizomini buzgandagi jazo turlari:

— xayfsan; — jarima — o‘rtacha oylik ish haqining 30% idan ortiq bo‘lmagan miqdorda (ichki tartib qoidalariga muvofiq bundan ham katta jarima nazarda tutilishi mumkin, lekin u o‘rtacha oylik ish haqining 50% idan oshmasligi shart); — mehnat shartnomasini bekor qilish.

INTIZOMIY JAZONING AMAL QILISH MUDDATI Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kundan boshlab bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim bir yil davomida yangidan intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazoni olmagan hisoblanadi.

BAYRAM KUNLARIDAGI ISHLAR UCHUN HAQ TO‘LASH-

— Jazoning amal qilish muddati — 1 yil (bir yil o‘tganidan keyin o‘z-o‘zidan olib tashlanadi); — jazoni muddatidan oldin olib tashlash ham mumkin; — jazo mehnat daftarchasiga hamda xodimning shaxsiy kartochkasiga kiritilmaydi; — har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun nojo‘ya xatti- harakat aniqlanganidan keyin uzog‘i bilan bir oy ichida faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin; — intizomiy jazo qo‘llangani to‘g‘risidagi buyruq xo-

dimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.

Intizomiy jazo mehnat daftarchasiga kiritilmaydi, korxonada ishdan bo‘shaganidan keyin xodimning yangi ish joyiga berilmaydigan shaxsiy ishida qayd etiladi. Ish beruvchi yil davomida o‘z tashabbusi bilan, xodimning yoki mehnat jamoasining iltimosiga binoan intizomiy jazoni olib tashlashga haqli.

BAYRAM KUNLARIDAGI ISHLAR UCHUN HAQ TO‘LASH-

Mehnat kodeksida nazarda tutilmagan intizomiy jazolarni qo‘llanish taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi,

MEHNAT SHARTNOMASI TARAFLARINING

MODDIY JAVOBGARLIGI Xodim quyidagi hollarda ish beruvchiga unga bevosita yetkazgan zararlarni to‘liq miqdorda qoplashga majbur:

— maxsus yozma shartnoma asosida unga ishonib topshirilgan qimmatbaho buyumlar saqlanishini ta’minlamaganligi uchun; — bir gallik hujjat asosida olingan qimmatbaho buyumlarning saqlanishini ta’minlamaganligi uchun; — qasddan zarar yetkazilganda; — alkogolli ichimliklar yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida zarar yetkazganda; — xodimning sud hukmi bilan aniqlangan jinoiy harakatlari natijasida za-

rar yetkazilganda; — tijorat sirlari oshkor etilganda.

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar faqat qasddan yetkazilgan zarar uchun, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida yoki jinoyat sodir etish natijasida yetkazilgan zarar uchun to‘liq moddiy javobgar bo‘ladilar.

MEHNAT SHARTNOMASI TARAFLARINING

MEHNAT UCHUN RAG‘BATLANTIRISHLAR Mehnatga ijodiy munosabatda bo‘lganligi va ishdagi yuqori ko‘rsatkichlari uchun xodimga quyidagi rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi mumkin:

— tashakkurnoma e’lon qilish; — mukofot berish; — qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlash; — davlat mukofotiga taqdim etish; — mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa rag‘bat turlari.

MEHNATDAGI YUTUQLAR UCHUN DAVLAT MUKOFOTLARI

«Shuhrat» medali bilan respublika iqtisodiyoti, fani va madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishida o‘zining halol mehnati bilan katta yutuqlarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar mukofotlanadilar.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni,

1994-yil 5-may «Mehnat shuhrati» ordeni bilan O‘zbekistonda iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun mu- kafotlanaditar.

1995-yil 30-avgust

Vazifalarni bo‘lib oling: xodim, usta, ustaxona boshlig‘i, mehnat nizolari komissiyasi. Bir-biringizni taraflarning har birining qarori qonuniy ekanligiga ishontiring.

Ustaning ruxsati bilan ishchi N. tushlik tanaffusdan keyin ishga chiqmadi. U a’zo bo‘lgan ishlab chiqarish brigadasi o‘z topshirig‘ini bajarmadi. Korxona buyrug‘iga binoan N. oy yakunlari bo‘yicha mukofotdan mahrum etildi.

Bilimingizni sinang!

Savollar: 1. O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning qaysi asosiy tizimlari mavjud? Ular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? 2. Eng kam ish haqi miqdorini belgilashda qanday cheklashlar mavjud? 3. Dam olish va bayram kunlaridagi ishga haq qanday to‘lanadi? 4. Mehnat qonunlarida mehnat uchun qanday rag‘batlantirishlar nazarda tutilgan? 5. Mehnat intizomini buzganda xodimga qanday jazo turlari qo‘llaniladi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Xodimga bajarilgan ish uchun mukofot sifatida muntazam to‘lanadigan, mehnat shartnomasida kelishilgan pul summasi nima deb ataladi?
  1. Stipendiya
  2. Ish haqi
  3. Nafaqa
  4. Kompensatsiya

To‘g‘ri javob: Ish haqi. Bajarilgan ish uchun muntazam to‘lanadigan, mehnat shartnomasida kelishilgan pul summasi ish haqi deyiladi.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, ish haqi nima?
  1. Ish beruvchi tomonidan xodimga faqat yil yakunida beriladigan va natijaga bog‘liq bo‘lgan rag‘batlantirish puli
  2. Xodimga bajarilgan ish uchun mukofot sifatida muntazam to‘lanadigan, mehnat shartnomasida kelishilgan pul summasi
  3. Davlat tomonidan barcha xodimlarga bir xil miqdorda belgilanadigan va byudjetdan to‘lanadigan pul summasi
  4. Xodimga ish jarayonida yetkazilgan zararni qoplash uchun bir martalik tartibda to‘lanadigan pul summasi

To‘g‘ri javob: Xodimga bajarilgan ish uchun mukofot sifatida muntazam to‘lanadigan, mehnat shartnomasida kelishilgan pul summasi. Ish haqi bajarilgan ish uchun muntazam to‘lanadigan, mehnat shartnomasida kelishilgan pul summasidir.

O‘zbekiston Respublikasida mehnatga haq to‘lashning qaysi ikki asosiy shakli qo‘llanadi?
  1. Mukofotli va jarimali
  2. Kunbay va oybay
  3. Tarifli va tarifsiz
  4. Vaqtbay va ishbay

To‘g‘ri javob: Vaqtbay va ishbay. Mehnatga haq to‘lashning ikki asosiy shakli — vaqtbay va ishbay.

Quyidagi hukmlardan qaysi biri vaqtbay va ishbay haq to‘lash tizimlariga nisbatan to‘g‘ri?
  1. Vaqtbay tizim xizmatchilar mehnatini baholashda, ishbay tizim esa ishchilar mehnatini tayyorlangan mahsulot birligi sifatiga qarab baholashda qo‘llanadi
  2. Vaqtbay tizim faqat ishchilar mehnatini, ishbay tizim esa faqat xizmatchilar mehnatini tayyorlangan mahsulot sifatiga qarab baholashda qo‘llanadi
  3. Ikkala tizimda ham haq faqat tayyorlangan mahsulot soniga qarab to‘lanadi, lavozim maoshi, ish vaqti va xizmat staji hisobga olinmaydi
  4. Ishbay tizimda haq xizmatchilarning lavozim maoshiga binoan, vaqtbay tizimda esa ishchilar tayyorlagan mahsulot sifatiga binoan yoziladi

To‘g‘ri javob: Vaqtbay tizim xizmatchilar mehnatini baholashda, ishbay tizim esa ishchilar mehnatini tayyorlangan mahsulot birligi sifatiga qarab baholashda qo‘llanadi. Vaqtbay tizim lavozim maoshi va ishlagan vaqtga, ishbay tizim esa mahsulot birligining sifatiga asoslanadi.

Mehnat haqining miqdori bo‘yicha qaysi hukm to‘g‘ri?
  1. Mehnat haqining eng ko‘p miqdori qonun bilan cheklanadi, eng kam miqdori esa cheklanmaydi va ish beruvchi tomonidan shartnomada erkin belgilanadi
  2. Ish vaqti me’yorini ishlab bergan va vazifalarni to‘liq bajargan xodimning haqi eng kam miqdordan oz bo‘lmaydi, eng ko‘p miqdori esa qonun bilan qat’iy cheklanadi
  3. Ish vaqti me’yorini ishlab bergan va vazifalarni to‘liq bajargan xodimning haqi eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas, eng ko‘p miqdori esa cheklanmaydi
  4. Mehnat haqining eng kam miqdori xodim va ish beruvchi kelishuviga qarab o‘zgarishi mumkin, eng ko‘p miqdori esa qonun bilan qat’iy belgilanadi

To‘g‘ri javob: Ish vaqti me’yorini ishlab bergan va vazifalarni to‘liq bajargan xodimning haqi eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas, eng ko‘p miqdori esa cheklanmaydi. Eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas, eng ko‘p miqdori esa biron bir tarzda cheklanmaydi.

Mehnatga haq to‘lash muddatlari mehnat shartnomasida kelishiladi. Biroq mehnat haqi har yarim oyda kamida necha marta to‘lanishi shart?
  1. Ikki martadan
  2. To‘rt martadan
  3. Uch martadan
  4. Bir martadan

To‘g‘ri javob: Bir martadan. Mehnatga haq to‘lash muddatlari shartnomada kelishiladi, lekin har yarim oyda bir martadan kam bo‘lmasligi shart.

Qaysi yoshgacha bo‘lgan xodimlarning qisqartirilgan ish vaqtidagi mehnatiga to‘liq ish vaqtidagi miqdorda haq to‘lanadi?
  1. O‘n olti yoshgacha
  2. O‘n besh yoshgacha
  3. O‘n sakkiz yoshgacha
  4. O‘n to‘qqiz yoshgacha

To‘g‘ri javob: O‘n sakkiz yoshgacha. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarga qisqartirilgan ish vaqtida ham to‘liq ish vaqtidagi miqdorda haq to‘lanadi.

Qaysi yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatiga vaqtbay haq to‘lashda tegishli toifadagi xodimlarning haq darajasiga qadar qo‘shimcha haq to‘lanadi?
  1. O‘n besh yoshgacha
  2. Yigirma yoshgacha
  3. O‘n olti yoshgacha
  4. O‘n sakkiz yoshgacha

To‘g‘ri javob: O‘n sakkiz yoshgacha. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarga vaqtbay haq to‘lashda to‘liq kun uchun belgilangan daraja bo‘yicha qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiIshga qabul qilinayotganda hujjatlarni rasmiylashtirishKeyingi →Ish vaqti va dam olish vaqti. mehnat shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish