Nikoh tuzish tartibi va shartlari
I bo‘lim. Oila huquqi
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
• Nikoh tushunchasi. Nikoh tuzish tartibi.
• Nikoh tuzishning ixtiyoriyligi. Nikoh yoshi. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar. Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.
Nikoh tushunchasi. Nikoh tuzish tartibi
Nikoh – erkak bilan ayolning teng huquqli, erkin va ixtiyoriy ittifoqi bo‘lib, u fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi va oila tuzish maqsadiga xizmat qiladi.
Nikoh oilaning vujudga kelishi uchun birdan-bir asosdir. Nikoh ahdi insonlarga mas’uliyat yuklaydi. Chunki oilada erning ham, ayolning ham o‘z vazifasi bor, ulardan har biri o‘z vazifasini to‘la ado etishga mas’uldirlar. Nikoh tufayli yangi oilalar vujudga keladi.
Nikoh tuzish shunchaki rasmiyatchilik emas, uning davlat tomonidan qayd etilishi yuridik faktdir.
Aynan ro‘yxatga olingan (qayd etilgan) nikoh yuridik nikoh deb hisoblanadi va faqat ugina er-xotinlik huquqlari va majburiyatlarini yuzaga keltiradi. Ro‘yxat- siz (qaydsiz) nikoh haqiqiy emas.
Nikoh tushunchasi. Nikoh tuzish tartibi
Nikoh davlat va jamiyat manfaatlarini ko‘zlab, er, xotin va bolalarning shaxsiy va mulkiy huquqlari hamda manfaatlarini muhofaza etish maqsadida qayd etiladi.
Nikohni qayd etishda guvohlarning soni ikki kishidan kam bo‘lmasligi kerak.
Faqatgina diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.
Nikoh tuzishning ixtiyoriyligi. Nikoh yoshi. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar
Nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikoh tuzish uchun bo‘lajak er-xotin o‘z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. Amaldagi qonun hujjatlarida nikoh yoshi belgilab qo‘yilgan. Qonunga binoan erkaklar 18 yoshdan, ayollar esa 17 yoshdan nikoh tuzishlari mumkin.
Fuqarolik qonunlariga asosan voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro to‘la hajmdagi muomala layoqatiga ega bo‘ladi. Nikoh tuzish natijasida ega bo‘lgan muomala layoqati 18 yoshga to‘lmasdan turib nikohdan ajratilgan taqdirda ham to‘la saqlanib qoladi. Nikoh haqiqiy emas, deb topilganida sud voyaga yetmagan er (xotin) sud belgilagan paytdan boshlab to‘la muomala layoqatini yo‘qotganligi haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Nikoh tuzishning ixtiyoriyligi. Nikoh yoshi. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar
Nikoh yoshiga amal qilmasdan, g‘ayriqonuniy ravishda nikoh munosabatlarida bo‘lish har xil huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday nikoh haqiqiy emas, deb topilib, oila qonunlarida belgilangan tegishli shaxsiy va mulkiy huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
Nikoh tuzilishiga monelik qiladigan holatlar. 1. Loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzilishi mumkin emas.
Respublikamizda har bir fuqaro faqat yakka nikohda bo‘lishi mumkin. Yakka nikohlik tamoyili bizning jamiyatimizda mavjud bo‘lgan yuksak axloqiy qoida-
Nikoh yoshi erkaklar uchun o‘n sakkiz yosh, ayollar uchun o‘n yetti yosh etib belgilanadi.
Nikoh tuzishning ixtiyoriyligi. Nikoh yoshi. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar
Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga yetmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining
Oila kodeksi,
15-modda
Nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan tuzilgan nikoh hali nikoh yoshiga yetmay nikohga kirgan shaxsning manfaatlari talab qilgan hollarda haqiqiy emas deb topilishi mumkin...
O‘zbekiston Respublikasining
Oila kodeksi,
51-modda
lardan kelib chiqadi. Bu qoidaning buzilishi nikohni haqiqiy emas deb topilishiga asos bo‘ladi.
2. Nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida nikoh tuzilishiga ruxsat berilmaydi.
Qonun hujjatlarida yaqin, to‘g‘ri, yon shajara, yot aralashmagan va yot aralashgan qarindosh tushunchalari mavjud. Biri boshqasidan yoki umumiy ajdoddan dunyoga kelgan shaxslar yaqin qarindoshlar hisoblanadi.
Biri boshqasidan dunyoga kelgan shaxslar, ya’ni bobo-ota, o‘g‘il-nevara-evara-chevara-dubora to‘g‘ri shajaradagi qarindoshlar deb yuritiladi. Aka-uka va opa-singil yon shajaradagi qarindosh deyiladi. Yot aralashmagan qarindosh deb umumiy ota yoki onaga ega bo‘lishlik, yot aralashgan qarindosh deb turli ota yoki onadan tug‘ilgan o‘gay aka-ukalar va opa-singillar tushuniladi.
51-modda
Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni qonun yo‘li bilan taqiqlash axloqiy qoida hamda biologik nuqtayi na- zarga, tibbiyot fani yutuqlari va xulosalariga asoslanadi.
Boshqa qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish qonun bilan taqiqlanmaydi. Shuning uchun yon shajara bo‘yicha qarindosh bo‘lgan, tog‘avachcha, amakivachcha,
Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan aybdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 473-moddasi va Jinoyat kodeksi 1251-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
xolavachchalar va boshqa uzoq qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish mumkin.
Aka-ukalar hamda opa-singillar farzandlarining o‘zaro nikoh tuzishlari maqsadga muvofiq emas. Qarindoshlik nikohi tufayli ko‘pincha nimjon, jismonan nosog‘lom, nuqsonli, mayib bolalar dunyoga keladi. Qarindoshlar o‘rtasida tuzilgan nikoh hatto farzandsizlikka olib kelishi ehtimoldan xoli emas.
51-modda
3. Loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bunday shaxslar o‘z qilmishlarining oqibatiga to‘liq javob bera olmaydilar va nikoh tuzishga ongli ravishda o‘z xohishlarini izhor eta olmaydilar. Bu qoida nikohlanuvchilarning ixtiyoriy va o‘z xohishiga ko‘ra nikoh tuzish tamoyilidan kelib chiqadi. Shaxsning ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilishi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga ariza topshirganidan so‘ng, nikohni qayd etish muddatigacha yuz bergan bo‘lsa ham, nikohdan o‘tishga monelik qiladi.
Nikoh haqida milliy qadriyatlardan
Sizlar uchun (bu gap erkaklarga aytilyapti) onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolala ringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringiz ning qizlari, emizgan onalaringiz, emishgan opa- singillaringiz, qaynonalaringiz, nikohingizda bo‘lgan xotinlaringizning tarbiyangizda bo‘lgan qizlari – mana shu sanab o‘tilgan ayollarga uylanish harom qilindi.
Qur’oni karim, Niso surasi, 23-oyat
Ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash — eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat kodeksi,
Ijodiy faoliyat
Nikohlanuvchi shaxslar davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida bepul asosda tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish hajmi va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi...
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi,
17-modda
Aziza kasb-hunar kollejining 2-bosqichida o‘qiydi. Mart oyida u 17 yoshga to‘ladi. Uyidan sovchilarning ham oyog‘i arimay qoldi. Oilada 80 yoshlarni qoralab qolgan buvisi bor. Har gal sovchi kelganida, «Menga sening to‘ying nasib qilarmi- kan?» deb o‘ksinib qo‘yadi. Bu gapni eshitgan Azi- zaning otasi: «Siqilmang, onajon, yozga chiqib to‘y qilamiz», deb yupatadi. Onasi bo‘lsa: «Hali qizimiz yosh, oila qurishga tayyor emas», deb sovchilarga rad javobi berib yuboradi.
Savol va topshiriqlar
Bilimingizni sinang
Oila kodeksiga ko‘ra nikoh nima?
- Erkak bilan ayolning teng huquqli, erkin va ixtiyoriy ittifoqi bo‘lib, FHDYO organlarida tuziladi va oila tuzish maqsadiga xizmat qiladi
- Er va xotinning mulkiy munosabatlarini belgilovchi yozma shartnoma bo‘lib, notarial tartibda tasdiqlanadi va oila tuzish maqsadiga xizmat qilmaydi
- Ota-onalar kelishuviga asoslangan, diniy marosimda tasdiqlanadigan va FHDYO organlarida ro‘yxatga olinishi shart bo‘lmagan ittifoq
- Ikki fuqaroning birga yashash va umumiy ro‘zg‘or yuritish haqidagi og‘zaki kelishuvi bo‘lib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab etilmaydi
To‘g‘ri javob: Erkak bilan ayolning teng huquqli, erkin va ixtiyoriy ittifoqi bo‘lib, FHDYO organlarida tuziladi va oila tuzish maqsadiga xizmat qiladi. Nikoh erkak va ayolning teng huquqli, erkin va ixtiyoriy ittifoqi bo‘lib, FHDYO organlarida tuziladi.
Qaysi nikoh yuridik nikoh hisoblanadi va er-xotinlik huquq hamda majburiyatlarini yuzaga keltiradi?
- Faqat diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilib, ro‘yxatdan o‘tmagan nikoh
- Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida ro‘yxatga olingan nikoh
- Ikki guvoh huzurida og‘zaki kelishilgan va jamoatchilikka e’lon qilingan nikoh
- Mahalla yig‘inida e’lon qilinib, qo‘shnilar guvohligida tasdiqlangan nikoh
To‘g‘ri javob: Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organida ro‘yxatga olingan nikoh. Faqat ro‘yxatga olingan (qayd etilgan) nikoh yuridik nikoh hisoblanadi, ro‘yxatsiz nikoh haqiqiy emas.
Nikohni qayd etishda guvohlarning soni qancha kishidan kam bo‘lmasligi kerak?
- uch kishidan
- to‘rt kishidan
- bir kishidan
- ikki kishidan
To‘g‘ri javob: ikki kishidan. Nikohni qayd etishda guvohlar soni ikki kishidan kam bo‘lmasligi kerak.
Nikohni qayd etishda guvohlarning soni kamida nechta bo‘lishi kerak?
- Bir kishi yetarli
- Uch kishidan kam bo‘lmasligi kerak
- Ikki kishidan kam bo‘lmasligi kerak
- To‘rt kishidan kam bo‘lmasligi kerak
To‘g‘ri javob: Ikki kishidan kam bo‘lmasligi kerak. Nikohni qayd etishda guvohlar soni ikki kishidan kam bo‘lmasligi kerak.
Anvar va Sevinch faqat diniy marosimda nikoh o‘qitib, FHDYO organida ro‘yxatdan o‘tmay birga yashayapti. Sevinch «biz qonuniy er-xotinmiz» deydi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Diniy nikoh ham ro‘yxatga olingan nikoh kabi huquqiy kuchga ega va er-xotinlik huquqlarini yuzaga keltiradi
- Nikoh ikki guvoh bo‘lsa, ro‘yxatsiz ham huquqiy kuchga ega va er-xotinlik majburiyatlarini yuzaga keltiradi
- Bunday nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas va er-xotinlik huquq-majburiyatlarini yuzaga keltirmaydi
- Nikoh birga yashagan muddat uzaygan sayin avtomatik ravishda yuridik nikohga aylanadi va ro‘yxatga olinadi
To‘g‘ri javob: Bunday nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas va er-xotinlik huquq-majburiyatlarini yuzaga keltirmaydi. Faqat diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan, ro‘yxatdan o‘tmagan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas.
Qonunga binoan erkaklar necha yoshdan nikoh tuzishlari mumkin?
- 21 yoshdan
- 18 yoshdan
- 16 yoshdan
- 20 yoshdan
To‘g‘ri javob: 18 yoshdan. Erkaklar 18 yoshdan, ayollar 17 yoshdan nikoh tuzishlari mumkin.
Qonunga binoan ayollar necha yoshdan nikoh tuzishlari mumkin?
- 19 yoshdan
- 15 yoshdan
- 16 yoshdan
- 17 yoshdan
To‘g‘ri javob: 17 yoshdan. Ayollar 17 yoshdan nikoh tuzishlari mumkin.
Nikoh natijasida ega bo‘lingan to‘la muomala layoqati necha yoshga to‘lmasdan nikohdan ajratilgan taqdirda ham saqlanib qoladi?
- 16 yoshga
- 18 yoshga
- 21 yoshga
- 17 yoshga
To‘g‘ri javob: 18 yoshga. Nikoh orqali olingan muomala layoqati 18 yoshga to‘lmasdan ajralilganda ham to‘la saqlanadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash