XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 11-sinf · Davlat va huquq asoslari · 4-§

Er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari

I bo‘lim. Oila huquqi

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

• Er-xotin huquq va majburiyatlarining vujudga kelishi. • Oilada er va xotinning teng huquqliligi.

• Er va xotinning familiya tanlash huquqi.

• Er-xotinning bolalar tarbiyasi va oila turmushi masalalarini hal qilishi.

Er-xotin huquq va majburiyatlarining vujudga kelishi

Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab nikohni tuzganlar er-xotin hisoblanadilar va ular o‘rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlari vujudga keladi. Endi ular o‘rtasidagi munosabatlar axloq-odob qoidalarigina bilan emas, balki qonunlar va huquqiy qoidalar bilan ham tartibga solinadi. Bunda ayollar siyosiy jihatdan erkaklar bilan teng huquqqa ega bo‘lganlaridek, oilada ham

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. Siz nima deb o‘ylaysiz, oilada er va xotinning majburiyatlari tengmi? 2. «Oilada ayollarga nisbatan ko‘proq huquq berilgan», degan fikrga qanday qaraysiz? 3. «Oilani boshqarishda erkak kishi ustun bo‘lishi kerak», «Oilani asosan erkak kishi ta’minlashi zarur, ayol kishi o‘zi topgan mablag‘ni o‘z ehtiyojiga sarflasa bo‘ladi», «Oilada kim ko‘p mablag‘ topsa, o‘sha bosh bo‘ladi», kabi fikrlarga o‘z munosabatingizni bildiring.

barcha shaxsiy va mulkiy masalalarda ular bilan teng huquqlardan foydalanadilar va bab-baravar majburiyatlarga egadirlar.

Fuqarolar oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan huquqlarini o‘z xohishlariga ko‘ra tasarruf etadilar. Oila a’zolarining o‘z huquqlarini amalga oshirishlari hamda o‘z majburiyatlarini bajarishlari oilaning boshqa a’zolari va o‘zga shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi shart.

O‘zbekiston Respublikasining

Oila kodeksi,

Er va xotinning familiya tanlash huquqi

Nikoh asosida ikki xil — shaxsiy va mulkiy munosabatlar kelib chiqadi. Shaxsiy munosabatlarga er-xotinning familiya tanlash huquqi, bolalar tarbiyasi va oila-turmush masalalarni hal etish, kasb va turar joy tanlash huquqlari kiradi. Bunday holatlarda ularning mehnati va fuqarolik huquqi muomala layoqatining elementi bo‘lib, oila huquqi sohasi hisoblanmaydi.

Nikohga kirish vaqtida o‘z familiyasini o‘zgartirgan er (xotin) nikohdan ajratilgandan keyin ham shu familiyada qolishga haqli yoxud sud tomonidan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi qaror chiqarilayotganda uning xohishiga binoan unga nikohgacha bo‘lgan familiyasi qaytarilishi mumkin.

Er-xotinning bolalar tarbiyasidagi ishtiroki va turmush masalalarini hal qilishi

Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega. Ota-ona bolaning tarbiyasiga yoki manfaatlariga salbiy ta’sir qiladigan harakatlarni bajarsalar, ota-onalik huquqidan mahrum etiladilar.

Ota-ona bolalar tarbiyasiga bir xilda mas’uldir- lar. Bola o‘z ota-onasi tomonidan tarbiyalanish, manfaat ko‘rish, har taraflama kamol topish, insoniy qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega. Bolaning ota-onasi bo‘lmaganda yoki ular ota-onalik huquqidan mahrum qilinganida va bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan boshqa hollarda uning oilada tarbiyalanishi huquqiy vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi. Ota-onasi nikohining bekor qilinishi yoki haqiqiy emas deb topilishi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi.

Er-xotinning bolalar tarbiyasidagi ishtiroki va turmush masalalarini hal qilishi

Ota-ona voyaga yetmagan farzandlarning qonuniy vakili hisoblanadi, chunki ular o‘z huquqi va majburiyatlarini mustaqil himoya qila olmaydilar. Ota-ona nafaqat teng huquqlidir, balki bolalarni moddiy jihatdan ta’minlash, jismonan, ruhan va axloqiy sog‘lom qilib tarbiyalash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash borasida ham bir xil majburiyatga egadirlar.

Afsuski, ba’zida ota-onalar o‘z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortadilar. Bolalarga shafqatsiz munosabatda bo‘ladilar, ularni tahqirlaydilar, ichkilik yoki giyohvandlik moddalari iste’moliga surunkali beri- ladilar yoki boshqa amallari bilan ota-onalik huquqini suiiste’mol qiladilar. Bunday hollar aniqlangudek bo‘lsa, ular sud qaroriga asosan ota-onalik huquqidan mahrum etiladilar. Ota-ona huquqidan mahrum qilishga doir ishlar prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida ko‘rib chiqiladi.

Er-xotinning bolalar tarbiyasidagi ishtiroki va turmush masalalarini hal qilishi

Sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda bolani moddiy juhatdan ta’minlash uchun ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onadan (yoki ularning biridan) aliment undirish haqida qaror qabul qiladi.

Sud bolaning manfaatlarini hisobga olgan holda ota-onalik huquqidan mahrum qilmay turib, bolani ota-onadan (ularning biridan) olish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishi (ota-onalik huquqini cheklashi) mumkin.

Nikoh yoshi turli davlatlarda turlicha belgilangan. Masalan, Bolga riyada har ikki jins vakillariga ham – 18 yosh, Angliyada – 16 yosh, AQShda – 16 yoshdan 21 yoshgacha, Fransiya va Ven- griyada erkaklar uchun – 18 yosh, ayollar uchun – 16 yoshdir. Rossiya Federatsi- yasida belgilangan nikoh yoshini (18) ikki yoshga kamaytirish vakolati qonunda ko‘rsatilgan tegishli idoralarga berilgan.

Ijodiy faoliyat

Ota-onaning bolalarga ta’lim-tarbiya berishga oid huquq va majburiyatlari Ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona o‘z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o‘z bolalarining sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishlari shart. Ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalashda boshqa barcha shaxslarga nisbatan ustun huquqqa ega...

73-moddasidan

1-vaziyat. Gulnoza bilan Anvar turmush qurish uchun fuqarolik holatlarini qayd etish organiga ariza berishdi. Gulnoza o‘zining familiyasida qolmoqchi bo‘ldi. Anvar Gulnozaning bu fikridan qaytarishga urindi, ammo Gulnoza o‘z fikrida turib oldi.

Savollar: Savol: Gulnoza turmushga chiqqanida o‘z familiyasida qolishi mumkinmi? Yoki aksincha Anvar Gulnozaning famiyalisini qabul qilishi mumkinmi?

2-vaziyat. Bir yildan so‘ng ularning oilasida farzand dunyoga keldi. Ular farzandiga bobosining ismini familiya qilib berishga qaror qilishdi. Endi ularning oilasida uch xil familiya.

Topshiriq: Bu holatga qonuniy baho bering.

Savol va topshiriqlar

Savollar: 1. Er-xotin huquq va majburiyatlari nimalarni o‘z ichiga oladi? 2. Er-xotin huquq va majburiyatlari qachondan boshlab vujudga keladi? 3. Ota-ona huquqidan mahrum qilishga doir ishlar kimlarning ishtirokida ko‘rib chiqiladi? Fikringizni asoslang. 4. Voyaga yetmagan farzandlarning qonuniy vakili kimlar bo‘lishi mumkin va nima uchun?

Bilimingizni sinang

Er-xotinlik huquq va majburiyatlari qachondan vujudga keladi?
  1. Nikoh FHDYO organlarida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab
  2. To‘y marosimi o‘tkazilgan kundan boshlab, ro‘yxatdan qat’i nazar
  3. Nikoh uchun ariza topshirilgan va qabul qilingan paytdan boshlab
  4. Birga yashay boshlagan va ro‘zg‘or yuritgan paytdan boshlab

To‘g‘ri javob: Nikoh FHDYO organlarida ro‘yxatga olingan paytdan boshlab. Nikoh qayd etilgan paytdan boshlab nikohni tuzganlar er-xotin hisoblanadi va ular o‘rtasida huquq-majburiyatlar vujudga keladi.

Nikoh asosida qanday ikki xil munosabat kelib chiqadi?
  1. Fuqarolik va mehnat munosabatlari
  2. Shaxsiy va mulkiy munosabatlar
  3. Ma’muriy va jinoiy munosabatlar
  4. Moddiy va ma’naviy-axloqiy munosabatlar

To‘g‘ri javob: Shaxsiy va mulkiy munosabatlar. Nikoh asosida shaxsiy va mulkiy munosabatlar kelib chiqadi.

Nikohga kirishda familiyasini o‘zgartirgan er (xotin) nikohdan ajratilgandan keyin qanday huquqqa ega?
  1. Faqat nikohgacha bo‘lgan familiyasiga qaytishga majbur bo‘ladi, yangi familiyada qolishga esa umuman haqli emas
  2. Faqat sobiq turmush o‘rtog‘ining roziligi bilan familiyasini saqlab qolishga yoki nikohgacha bo‘lgan familiyaga qaytishga
  3. Shu familiyada qolishga yoki sud qarori chiqarilayotganda xohishiga ko‘ra nikohgacha bo‘lgan familiyasini qaytarib olishga
  4. Faqat yangi familiyada qolishga, nikohgacha bo‘lgan familiyasini esa hech qanday holatda qaytarib olish mumkin emas

To‘g‘ri javob: Shu familiyada qolishga yoki sud qarori chiqarilayotganda xohishiga ko‘ra nikohgacha bo‘lgan familiyasini qaytarib olishga. Familiya o‘zgartirgan shaxs ajralgandan keyin ham shu familiyada qolishi yoki sud orqali oldingi familiyasini qaytarishi mumkin.

Malika nikohga kirishda eri Anvarning familiyasini olgan edi. Sud ularni nikohdan ajratmoqda. Anvar «ajralgach familiyamni olib tashla», deydi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
  1. Malika xohlasa shu familiyada qolishi yoki sud qarori chiqarilayotganda nikohgacha bo‘lgan familiyasini qaytarishni so‘rashi mumkin
  2. Malika ajralgandan keyin albatta nikohgacha bo‘lgan oldingi familiyasiga qaytishi shart, Anvar talab qilsa uni saqlay olmaydi
  3. Familiyani saqlash uchun Anvarning roziligi zarur bo‘lib, rozilik bo‘lmasa Malika oldingi familiyasiga qaytishi lozim
  4. Malika familiyasini faqat nikoh davom etayotgan paytda saqlay oladi, ajralgach esa uni saqlash huquqi umuman yo‘qoladi

To‘g‘ri javob: Malika xohlasa shu familiyada qolishi yoki sud qarori chiqarilayotganda nikohgacha bo‘lgan familiyasini qaytarishni so‘rashi mumkin. Nikohda familiyasini o‘zgartirgan shaxs ajralgandan keyin ham shu familiyada qolishga yoki oldingisini qaytarishga haqli.

Ota-onasi nikohining bekor qilinishi yoki haqiqiy emas deb topilishi bolaning huquqlariga qanday ta’sir qiladi?
  1. Bola huquqlari faqat bitta ota-onaga nisbatan saqlanadi
  2. Bolaning huquqlari cheklanadi
  3. Bolaning huquqlari ota-onaning kelishuviga qarab qayta belgilanadi
  4. Ta’sir qilmaydi

To‘g‘ri javob: Ta’sir qilmaydi. Ota-ona nikohining bekor qilinishi yoki haqiqiy emas deb topilishi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi.

Ota-ona voyaga yetmagan farzandlarning kimi hisoblanadi?
  1. Qonuniy vakili
  2. Vasiysi
  3. Homiysi
  4. Ishonchli vakili

To‘g‘ri javob: Qonuniy vakili. Ota-ona voyaga yetmagan farzandlarning qonuniy vakili hisoblanadi.

Quyidagilardan qaysi biri ota-onaning bolalarga nisbatan majburiyatlariga kiradi?
  1. Bolalarni faqat moddiy jihatdan ta’minlash, tarbiya va ta’lim masalalari esa davlat zimmasida bo‘ladi
  2. Bolalarni moddiy ta’minlash, jismonan, ruhan va axloqiy sog‘lom tarbiyalash hamda mustaqil hayotga tayyorlash
  3. Bolalar tarbiyasi va moddiy ta’minoti uchun faqat ota mas’ul bo‘lishi, onaning majburiyatlari esa nazarda tutilmaydi
  4. Bolalarni faqat maktab ta’limiga yo‘naltirish va ularni boshqa tarbiya masalalaridan ozod qilish

To‘g‘ri javob: Bolalarni moddiy ta’minlash, jismonan, ruhan va axloqiy sog‘lom tarbiyalash hamda mustaqil hayotga tayyorlash. Ota-onalar bolalarni moddiy ta’minlash, sog‘lom tarbiyalash va mustaqil hayotga tayyorlash majburiyatiga ega.

Quyidagilardan qaysi biri ota-onalik huquqidan mahrum etishga olib keladigan holat sifatida ko‘rsatilgan?
  1. Bolani boshqa shaharda o‘qishga yuborish va uni ijaraga joylashtirish
  2. Ota-onaning ish bilan uzoq safarda bo‘lishi va vaqt ajratolmasligi
  3. Bolalarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish va ularni tahqirlash
  4. Ota-ona nikohining bekor qilinishi va ular alohida yashashi

To‘g‘ri javob: Bolalarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish va ularni tahqirlash. Bolalarga shafqatsiz munosabatda bo‘lish, tahqirlash kabi hollarda ota-ona sud qaroriga asosan mahrum etiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiNikoh tuzish tartibi va shartlariKeyingi →Er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari