Er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari
I bo‘lim. Oila huquqi
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
• Er va xotinning umumiy mulki.
• Er va xotinning umumiy mol-mulkka egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi. • Er va xotinlardan har birining mulki.
• Er va xotinning shaxsiy foydalanishidagi buyumlar.
• Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish.
• Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishda ulushlarni aniqlash.
Er va xotinning umumiy mulki
Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari jumlasiga (er va xotinning umumiy mol-mulkiga) ulardan har birining mehnat faoliyatidan, tadbirkorlik faoliyatidan va intellektual faoliyat natijalaridan orttirgan daromadlari, ular tomonidan olingan pensiyalar, nafaqalar, shuningdek, maxsus maqsadga mo‘ljallanmagan boshqa pul to‘lovlari (moddiy yordam summasi, mayib bo‘lish yoki salomatligiga boshqacha zarar yetkazish oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash tarzida to‘langan summalar va boshqalar) kiradi.
Er va xotinning shaxsiy foydalanishidagi buyumlar
Qimmatbaho buyumlar va zebu-ziynatlardan boshqa shaxsiy foydalanishdagi buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shu kabilar), garchi nikoh davomida er va xotinning umumiy mablag‘i hisobiga olingan bo‘lsa ham, ulardan foydalanib kelgan er va xotinning xususiy mulki hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining
Oila kodeksi,
26-modda
Er va xotinning umumiy daromadlari hisobiga olingan ko‘chimli va ko‘chmas ashyolar, qimmatli qog‘ozlar, omonatlar, kredit muassasalariga yoki boshqa tijorat tashkilotlariga kiritilgan kapitaldagi ulushlari hamda er va xotinning nikoh davomida orttirgan boshqa har qanday mol-mulklari, ular er yoki xotindan birining nomiga rasmiylashtirilgan yoxud pul mablag‘lari kimning nomiga yoki er va xotinning qaysi biri tomonidan kiritilgan bo‘lishidan qat’i nazar, ular ham er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi.
Er va xotindan biri uy-ro‘zg‘or ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga ega bo‘lmagan taqdirda ham er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega bo‘ladi.
26-modda
Er va xotin ularning birgalikdagi umumiy mulki bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishda teng huquqlarga egadir.
Er va xotinlardan har birining mulki
Er va xotinning nikohga qadar o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining shaxsiy mulki hisoblanadi.
Nikoh davomida er-xotinning umumiy mulki, ulardan har birining mol-mulki yoxud er va xotindan birining mehnati hisobiga mol-mulkning qiymati ancha oshishiga olib kelgan mablag‘lar (kapital ta’mirlash, qayta qurish, qayta jihozlash va boshqalar) qo‘shilgani aniqlansa, er yoki xotindan har birining mol-mulki ularning birgalikdagi mulki deb topilishi mumkin.
Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish
Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish er va xotindan birining talabiga ko‘ra, ular nikohda bo‘lgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin ham, shuningdek, kreditor er va xotindan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga undiruvni qaratish uchun umumiy mol-mulkni bo‘lish talabi bilan arz qilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Er va xotinning umumiy mol-mulki er va xotin o‘rtasida o‘zaro kelishuv asosida bo‘lib olinishi mumkin. Er va xotinning xohishi bilan ularning umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi o‘zaro kelishuvi notarial tartibda tasdiqlanadi.
Nizo tug‘ilgan hollarda er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish, shuningdek, er va xotinning bu mol-mulkdagi ulushini aniqlash sud tartibida amalga oshiriladi.
Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish
Oilaviy munosabatlar tugatilganda sud er va xotin alohida yashagan davrda orttirgan mol-mulkni ulardan har birining shaxsiy mulki deb topishi mumkin.
Voyaga yetmagan bolalar ehtiyojini qondirish uchun olingan buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal, maktab va sport jihozlari, musiqa asboblari, bolalar kutubxonasi va boshqalar) bo‘linmaydi hamda bolalar er va xotindan qaysi biri bilan yashasa, unga kompensatsiyasiz beriladi.
Er va xotinning umumiy mol-mulki hisobidan o‘rtadagi voyaga yetmagan bolalar nomiga qo‘yilgan omonatlar o‘sha bolalarga tegishli hisoblanib, er-xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish paytida e’tiborga olinmaydi.
Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lish
Er va xotinning umumiy mol-mulki ular nikohda turgan davrda bo‘lingan taqdirda, er va xotin mol- mulkining bo‘linmay qolgan qismi, shuningdek, er va xotin tomonidan ular nikohda turgan davrda orttirilgan mol-mulk keyinchalik ularning birgalikdagi umumiy mulkini tashkil qiladi.
Huquq tarixidan
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida 1994-yildan boshlab, har yili 15-may kunini Xalqaro Oila kuni sifatida nishon- lashga qaror qilindi. Bu qarorni qabul qilishdan maqsad barcha taraqqiyparvar va tinchlikparvar insoniyat diqqatini inson o‘z umrini o‘tkazadigan, o‘z orzu umidlari, baxt-u saodatini hamda tinchligini ta’minlaydigan maskan — oilaning mustahkam bo‘lishiga qaratishdir.
Ijodiy faoliyat
M. turmush o‘rtog‘i T. bilan nikohdan ajratish va ularning birgalikdagi mol-mulklarini bo‘lib berish haqida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qiladi. М. o‘z arizasida keltirilgan mol-mulklar ro‘yxati qatorida ularga nikoh to‘ylariga T.ning ota-onasi tomonidan sovg‘a qilingan yumshoq mebellar to‘plami va gilam borligini ko‘rsatadi.
Hadya shartnomasi tuzilmagan bo‘lsa-da, T. ota-onasi tomonidan to‘ylariga sovg‘a qilingan buyumlarni o‘ziniki, deb qarshilik bildirdi.
Fermer xo‘jaligi yoki dehqon xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi mulki bo‘lgan mol-mulkka nisbatan er va xotinning egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlari «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi va «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunlar bilan tartibga solinadi.
Ijodiy faoliyat
Nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi talablariga nisbatan uch yillik da’vo muddati qo‘llaniladi.
Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo‘lishda hamda ularning shu mol-mulkdagi ulushlarini aniqlashda, agar er va xotin o‘rtasidagi nikoh shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, er va xotinning ulushlari teng deb hisoblanadi.
Savol va topshiriqlar
Muhim sanalar
- 1993-yil — Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida 1994-yildan boshlab, har yili 15-may kunini Xalqaro Oila kuni sifatida nishon- lashga qaror qilindi.
- 1994-yilda — Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida 1994-yildan boshlab, har yili 15-may kunini Xalqaro Oila kuni sifatida nishon- lashga qaror qilindi.
- 15-may — Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida 1994-yildan boshlab, har yili 15-may kunini Xalqaro Oila kuni sifatida nishon- lashga qaror qilindi.
Bilimingizni sinang
Oila kodeksiga ko‘ra, quyidagilardan qaysi biri nikoh davomida orttirilgan er va xotinning umumiy mol-mulkiga kiradi?
- Ulardan har birining mehnat faoliyatidan orttirgan daromadi
- Nikohgacha ularning biriga tegishli bo‘lgan avtomobil va uy-joy
- Nikoh davomida ulardan biriga meros tariqasida o‘tgan mol-mulk
- Nikoh davomida ulardan biriga alohida hadya qilingan mol-mulk
To‘g‘ri javob: Ulardan har birining mehnat faoliyatidan orttirgan daromadi. Mehnat, tadbirkorlik va intellektual faoliyatdan orttirilgan daromadlar umumiy mol-mulkka kiradi.
Er va xotin tomonidan olingan pensiya va nafaqalar kimning mulki hisoblanadi?
- Olgan shaxsning shaxsiy mulki hisoblanadi
- Er va xotinning umumiy mol-mulkiga kiradi
- Faqat voyaga yetmagan bolalar mulki hisoblanadi
- Nikoh tugagach davlatga qaytariladi
To‘g‘ri javob: Er va xotinning umumiy mol-mulkiga kiradi. Pensiyalar, nafaqalar va maxsus maqsadga mo‘ljallanmagan pul to‘lovlari umumiy mol-mulkka kiradi.
Qaysi buyumlar shaxsiy foydalanishdagi buyumlar qatoriga kirmaydi va umumiy mulk bo‘lib qoladi?
- Kiyim-bosh, poyabzal va bosh kiyim
- Shaxsiy gigiena buyumlari va kosmetika
- Qimmatbaho buyumlar va zeb-ziynatlar
- Kundalik shaxsiy foydalanish buyumlari
To‘g‘ri javob: Qimmatbaho buyumlar va zeb-ziynatlar. Qimmatbaho buyumlar va zeb-ziynatlardan boshqa shaxsiy foydalanish buyumlari xususiy mulk hisoblanadi.
Er va xotinning umumiy daromadlari hisobiga olingan ko‘chmas ashyo er yoki xotindan birining nomiga rasmiylashtirilgan. U kimning mulki hisoblanadi?
- Nomiga rasmiylashtirilgan shaxsning shaxsiy mulki
- Mablag‘ni ko‘proq kiritgan shaxsning mulki
- Ularning ota-onalarining mulki
- Er va xotinning umumiy mol-mulki
To‘g‘ri javob: Er va xotinning umumiy mol-mulki. Mol-mulk kimning nomiga rasmiylashtirilganidan qat’i nazar umumiy mol-mulk hisoblanadi.
Er yoki xotindan biri uy-ro‘zg‘or ishlari va bola parvarishi bilan band bo‘lib, daromadga ega bo‘lmasa, u umumiy mol-mulkka nisbatan qanday huquqqa ega?
- Teng huquqqa
- Faqat foydalanish huquqiga
- Daromad topgan tomonning roziligi bilan huquqqa
- Umumiy mol-mulkka huquqi yo‘q
To‘g‘ri javob: Teng huquqqa. Daromadga ega bo‘lmagan taqdirda ham er va xotin umumiy mol-mulkka teng huquqqa ega bo‘ladi.
Alisher nikoh davomida o‘z ish haqi hisobiga bank omonati ochib, uni faqat o‘z nomiga rasmiylashtirdi. Ajralishda xotini Dildora omonatni bo‘lishni talab qildi, Alisher esa «omonat mening nomimda, demak meniki» dedi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Omonat faqat Alisherning shaxsiy mulki, chunki u uning nomiga va ish haqi hisobiga ochilgan
- Omonat faqat daromadi ko‘proq bo‘lgan tomonga tegishli bo‘lib, ikkinchi tomon uni talab qila olmaydi
- Omonat er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi, kimning nomiga ochilgani ahamiyatga ega emas
- Omonat umumiy mulk bo‘lmaydi, chunki u pul shaklida bo‘lib, mol-mulk hisoblanmaydi va bo‘linmaydi
To‘g‘ri javob: Omonat er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi, kimning nomiga ochilgani ahamiyatga ega emas. Omonatlar nikoh davomida orttirilgan umumiy mol-mulk bo‘lib, kimning nomiga rasmiylashtirilganidan qat’i nazar umumiydir.
Nikoh davomida meros tariqasida olingan mol-mulk kimning mulki hisoblanadi?
- Er va xotinning birgalikdagi umumiy mulki
- Uni olgan er yoki xotinning shaxsiy mulki
- Meros qoldiruvchining qarindoshlari mulki
- Nikoh besh yildan oshgan bo‘lsa, umumiy mulk
To‘g‘ri javob: Uni olgan er yoki xotinning shaxsiy mulki. Nikoh davomida hadya yoki meros tariqasida olingan mol-mulk shaxsiy mulk hisoblanadi.
Qaysi holatda er yoki xotinning shaxsiy mol-mulki ularning birgalikdagi mulki deb topilishi mumkin?
- Nikoh o‘n yildan oshganda, er-xotin uzoq muddat birga yashagani sababli shaxsiy mol-mulk umumiy bo‘ladi
- Oilada bola tug‘ilganda, farzand manfaati uchun shaxsiy mol-mulk avtomatik umumiy mulkka aylanadi
- Umumiy mulk yoki birining mehnati hisobiga mol-mulk qiymati ancha oshirilganda (masalan, kapital ta’mirlash)
- Er-xotin bir uyda yashaganda, bunda mol-mulk qiymati oshgan yoki oshmaganidan qat’i nazar umumiy bo‘ladi
To‘g‘ri javob: Umumiy mulk yoki birining mehnati hisobiga mol-mulk qiymati ancha oshirilganda (masalan, kapital ta’mirlash). Mol-mulk qiymatini ancha oshirgan mablag‘lar yoki mehnat qo‘shilsa, u birgalikdagi mulk deb topilishi mumkin.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash