XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 11-sinf · Davlat va huquq asoslari · 6-§

Er va xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi

I bo‘lim. Oila huquqi

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

• Nikoh shartnomasi.

• Nikoh shartnomasi shakli va mazmuni.

• Nikohning tugatilish asoslari.

• Nikohdan ajratish tartibi

Nikoh shartnomasi

Nikoh shartnomasi – nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi.

Nikoh shartnomasi er va xotin mulkining shartnomaviy rejimi hisoblanadi. Nikoh shartnomasi yoki kontrakt – oddiy bitim bo‘lib, sud jarayonida bu bitimga nisbatan

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha nikoh shartnomalarining qonunga muvofiqligiga e’tiroz bildirish, nikoh shartnomasini to‘liq yoki qisman haqiqiy emas, deb e’tirof qilish mumkin. Shartnoma shartlari O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 31-moddasi talablariga zid bo‘lgan taqdirda, sud er-xotindan birining talabi bo‘yicha nikoh shartnomasini to‘liq yoki qisman haqiqiy emas, deb e’tirof qilishi mumkin. Er-xotin qonunda yo‘l qo‘yiladigan barcha mulkiy-shartnomaviy munosabatlarga o‘zaro kirishishga haqlidir. Er-xotindan birining huquqlarini cheklab qo‘yishga qaratilgan shartnomalar haqiqiy emas.

Nikoh shartnomasi

Nikohni tegishli tartibda qayd et- tirmasdan turib, er-xotin bo‘lib yashash ularning mulkini er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki deb topish uchun asos bo‘lmaydi.

uni tuzgan shaxslar tomonidan ham, boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan ham e’tiroz bildirilishi mumkin.

Nikoh shartnomasida er-xotin oila xarajatlarini birgalikda ta’minlash va amalga oshirish, bir-birining daromadlarida ishtirok qilish bo‘yicha o‘z huquqlari va majburiyatlarini belgilab olish, nikoh bekor qilingan taqdirda er-xotinning har biriga beriladigan mulkni tayinlash, shuningdek, nikoh shartnomasiga er-xotinning mulkiy munosabatlariga taalluqli boshqa qoidalarni kiritish huquqiga egalar.

Nikoh shartnomasi

Nikoh shartnomasi faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlar tarkibiga kiradi, shartnoma vakillar orqali tuzilishi mumkin emas.

Nikoh shartnomasi — nikoh bekor qilingandan so‘ng kimga qanday mulk tegishli bo‘lishini aniq belgilab beradi. Unda er-xotin o‘rtasida birgalikda orttirilgan mulk chegaralari belgilanadi, nikoh bekor qilingandan so‘ng do‘stona munosabatlar imkoniyati saqlanib qoladi.

Nikoh shartnomasining shakli va mazmuni

Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuzilishi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.

Ijodiy faoliyat

Aziz «Damas» rusumli avtomashinasining sotilganligini rasmiylashtirish uchun notariusga bordi. Notarius mashinaning hujjatlari va Azizning pasportini varaqlar ekan, avtomashinani sotishga rafiqasining roziligi kerakligini tushuntirdi.

Aziz: «Bu mening avtomashinam, mening nomimga olingan, o‘z mablag‘imga olganman. Xotinim ishlamaydi, uyda o‘tiradi», — deb tushuntirishiga qaramay, notarius oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishdan bosh tortdi.

Savollar: Notarius nima uchun shartnomani rasmiylashtirmadi?

Er va xotin nikoh shartnomasiga ko‘ra birgalikdagi umumiy mulkning qonunda belgilangan tartibini o‘zgartirishga, er va xotinning barcha mol-mulkiga, uning ayrim turlariga yoxud er va xotindan har birining mol-mulkiga nisbatan birgalikdagi, ulushli yoki alohida egalik qilish tartibini o‘rnatishga haqlidir.

Ijodiy faoliyat

Nikoh shartnomalari, odatda, davlat ro‘yxatidan yoki boshqa maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mulklarga nisbatan tuziladi. Nikoh shartnomasida qayd qilinmagan mulklarga nisbatan umumiy birgalikdagi mulk rejimi saqlanib qoladi. Nikoh shartnomasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar muayyan muddat bilan cheklanishi yoki muayyan shart-sharoitning yuzaga kelishini ham nazarda tutishi mumkin.

Notarial shakl shartnomaning ishonchliligini anglatadi, taraflarning o‘zaro munosabatlariga aniq-ravshan- lik kiritadi, nikoh shartnomasi tuzilganligi fakti va uning mazmuni bo‘yicha nizolar vujudga kelishi imkoniyatini istisno etadi. Nikoh shartnomasini tasdiqlashdan oldin notarius yuridik faktlarning zaruriy tarkibini tekshiradi.

Ijodiy faoliyat

U tomonlarning shaxsi, huquq layoqati, muomala layoqatini, ularning biridan ikkinchisiga o‘tayotgan

Nikoh shartnomasini notarial tasdiqlash uning qonuniyligini kafolatlaydi.

Huquq tarixidan

Nikoh shartnomasi ko‘p asrlardan beri xorijiy va milliy amaliyotda amal qilib kelmoqda. Qadimgi Rimdayoq bo‘lg‘usi er-xotinlarning mol-mulkiga oid bitimlar tuzilgan. Sharqiy va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida XVI- XIX asrlarda aholining turli qatlamlari o‘rtasida nikohdan oldingi kelishuvlar keng tarqalgan. Er-xotin mol-mulkining shartnomaviy rejimini tartibga soluvchi huquqiy vosita sifatida nikoh kontrakti institutining shakllanishi XVIII asrning oxiri–XIX asrning boshlarida Fransiya, Angliya, Germaniya, Avstriya va boshqa davlatlarda boshlangan.

Ijodiy faoliyat

Savollar: Aziz va Shohista turmush davrida nikoh shartnomasini rasmiylashtir moqchi bo‘ldilar. Ular nikoh shartnomasi tuzayotgani to‘g‘risida o‘z kreditorini (kreditorlarini) xabardor qilishlari shartmi?

subyektiv huquqlarga egaligini aniqlashi lozim. Guvohlantirilgan nikoh shartnomasi notarial idoraning ish hujjatlarida saqlanishi ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi va agar taraflarga berilgan nusxalar yo‘qotilsa, ular o‘zlarining huquqlarini tasdiqlash uchun notarial arxivga murojaat qilishlari va nikoh shartnomasining dublikatini olishlari mumkin.

Er va xotinning mol-mulki huquqiy tartibini belgilaydigan nikoh shartnomasining shartlari uning mazmunini tashkil qiladi. Nikoh shartnomasi shartlarida tomonlarning nikohda va u bekor bo‘lganida er va xotin mulkiy munosabatlarining muhim jihatlari bo‘yicha nizomlar qayd etiladi. Qoidaga ko‘ra, nikoh shartnomasi er va xotinning mavjud mol-mulkiga nisbatan ham, bo‘lg‘usi mol-mulkiga nisbatan ham tuzilishi mumkin. Nikoh shartnomasiga er va xotin quyidagi qoidalarni kiritishga haqlidirlar:

Ijodiy faoliyat

• o‘zaro moddiy ta’minot berish;

• oila xarajatlarini taqsimlash;

• bir-birining daromadida ishtirok etish;

• boshqa shaxslar bilan mulkiy shartnomalar tu zish; • birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini belgilab olish; • nikohdan ajralganda er va xotindan har biriga beriladigan mol-mulkni aniqlab olish; • er va xotinning mulkiy munosabatlariga oid boshqa qoidalar. Nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuvi bilan istalgan vaqtda o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Nikoh shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uning o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi ham shunday shaklda amalga oshiriladi. Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. Nikoh shartnomasi er-xotindan birining talabi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida belgilangan asoslar va tartibda sudning hal qiluv qarori bilan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Nikohning tugatilish asoslari. Nikohdan ajratish tartibi

Qonun hujjatlarida nikohni tugatish, bekor qilish va nikohdan ajratish to‘g‘risida normalar mavjud. Bunda nikohni tugatish umumiy va keng ma’no kasb etadi. Nikohning tugatilishi deganda ma’lum yuridik faktlar tufayli er-xotin o‘rtasida vujudga kelgan nikoh huquqiy munosabatlarining tugallanishi tushuniladi. Nikoh tugatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining amal qilishi ham tugaydi. Agar nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular yuridik kuchini yo‘qotmaydi. Vafot etish yuridik fakt bo‘lib, er-xotin o‘rtasidagi nikoh munosabatini bekor qiladi. Er-xotindan biri vafot etgan yoki sud tartibida vafot etgan deb e’lon qilingan hollarda ular o‘rtasidagi nikohning huquqiy munosabati tugallanadi.

Nikohning tugatilish asoslari. Nikohdan ajratish tartibi

Oila kodeksida nikohdan ajralish uchun aniq asoslar ko‘rsatilmagan va buning iloji ham yo‘q, chunki er yoki xotin keltirgan asos ayrim hollarda nikohdan ajratish uchun yetarli deb topilsa, boshqa hollarda ajratish uchun asos bo‘la olmaydi. Shuning uchun Oila kodeksida nikohdan ajralishning sud amaliyoti quyidagicha belgilangan: «Agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi».

Oila kodeksining 43-moddasiga muvofiq, agar er-xotindan biri: – sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb topilsa; – sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb aniqlansa; – sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, o‘rtada voyaga yetmagan bolalari bor- yo‘qligidan qat’i nazar, er-xotindan birining arizasiga ko‘ra ular fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohdan ajratiladi.

Nikohning tugatilish asoslari. Nikohdan ajratish tartibi

Nikohdan ajralish ariza beruvchilarning yashash joyidagi Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga ariza berilgan kundan boshlab uch oy muddat o‘tgach qayd etiladi.

Nikohdan sud tartibida ajratish. Oila kodeksi nikohdan ajralishning asosiga qarab, buning quyidagi tartibini belgilaydi:

1) er-xotinlar o‘rtasidagi mulkiy nizolar mavjud bo‘lgan hollarda (masalan, mol-mulkni bo‘lish, er-xotinlar o‘rtasidagi hamda voyaga yetmagan bolalarga moddiy ta’minot bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar yuzasidan (aliment undirish masalasida) va boshqalar) sud tartibida ajratiladi;

2) nizo bo‘lmagan taqdirda, jumladan, agar: a) er-xotin o‘rtasida voyaga yetmagan farzandlari bo‘lmasa va ular ajralishga o‘zaro rozi bo‘lgan;

Nikohning tugatilish asoslari. Nikohdan ajratish tartibi

b) taraflar (er yoki xotin) sud tomonidan bedarak yo‘qolgan, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan;

d) sodir etgan jinoyati uchun eri yoki xotini uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qi-

Ijodiy faoliyat

Z. va A. erta turmush qurishdi. Nikohga kirishish vaqtida ikkovi 17 yoshda bo‘lishgan. Z. 16 yoshligidan emansipatsiyaga ega bo‘lib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelar edi. Shu sababli Z. nikohga kirishish vaqtida A.ga nikoh shartnomasi tuzishni taklif qildi.

Z. va A. nikoh shartnomasi tuzish va uni rasmiylashtirish maqsadida notarial idoraga murojaat qilganla- rida, notarius ularning hali voyaga yetmaganlikla- rini, notarial tasdiqlangan bitim tuzish uchun ular hali yoshligini, yana ikki yildan so‘ng kelishlari mumkinligini ta’kidlab, nikoh shartnomasini no-

tarial tasdiqlashni rad etdi.

Savollar: Notariusning harakatlari to‘g‘rimi?

Ijodiy faoliyat

lingan taqdirda, Oila kodeksining 42-43-moddalarida belgilanganidek, ma’muriy tartibda (FHDY organi orqali) nikohdan ajratiladi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohdan ajratish. Nikohdan ajralishning sud bilan birga ma’muriy tartibi mavjud. Mazkur tartib er-xotinlik munosabatlarini bekor qilishning nisbatan oddiy va soddalashtirilgan tartibi hisoblanadi. Bunda nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida ajratiladi va sud jarayoni bo‘lmaydi.

Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi arizani qabul qilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari ariza berilgan kundan uch oy o‘tgandan keyin ajralishni rasmiylashtiradi va ularga nikohdan ajralish to‘g‘risidagi guvohnomani beradi. Shu vaqtdan boshlab nikoh tugallangan hisoblanadi va sobiq er-xotin yangi nikohdan o‘tish huquqini oladi. Uch oylik muddat er-xotinning yarashib ketishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida belgilanadi.

Savol va topshiriqlar

Savollar: 1. Nikoh shartnomasini fuqarolik huquqidagi boshqa shartnomalar bilan taqqoslang va nikoh shartnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan hamda kiritilishi mumkin bo‘lmagan shartlarning o‘zaro farqini tahlil qiling. 2. Nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr nazarda tutiladimi? 3. Nikohni tegishli tartibda qayd qilmay turib er-xotin bo‘lish mumkinmi? 4. Nima uchun nikoh shartnomasi faqat shaxsan tuzilishi zarur bo‘lgan bitimlar tarkibiga kiradi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Nikoh shartnomasi nima?
  1. Nikohlanuvchi shaxslar yoki er va xotinning nikoh davrida va (yoki) nikohdan ajratilgan taqdirda mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi
  2. Er va xotinning shaxsiy nomulkiy munosabatlarini (familiya, tarbiya) belgilovchi hamda nikoh davrida va undan keyin amal qiluvchi kelishuvi
  3. Nikoh yoshini kamaytirish haqida nikohlanuvchilar bilan tuman hokimi va FHDYO organi o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama yozma kelishuv
  4. Nikohga rozilik bildiruvchi ota-onalar o‘rtasida bo‘lajak yosh oilaning mulkiy hamda tarbiyaviy masalalari bo‘yicha tuzilgan kelishuv

To‘g‘ri javob: Nikohlanuvchi shaxslar yoki er va xotinning nikoh davrida va (yoki) nikohdan ajratilgan taqdirda mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi. Nikoh shartnomasi — er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilovchi kelishuvdir.

Nikoh shartnomasi er va xotin mulkining qanday rejimi hisoblanadi?
  1. Qonuniy rejimi
  2. Shartnomaviy rejimi
  3. Birgalikdagi umumiy rejimi
  4. Majburiy davlat rejimi

To‘g‘ri javob: Shartnomaviy rejimi. Nikoh shartnomasi er va xotin mulkining shartnomaviy rejimi hisoblanadi.

Shartnoma shartlari Oila kodeksining 31-moddasi talablariga zid bo‘lsa, nikoh shartnomasini kim haqiqiy emas deb e’tirof etishi mumkin?
  1. Notarius, o‘z tashabbusi bilan, arizasiz
  2. Hokim, prokuror talabi bilan, sud ishtirokisiz
  3. FHDYO organi, mahalla yig‘ini talabi bilan
  4. Sud, er-xotindan birining talabi bo‘yicha

To‘g‘ri javob: Sud, er-xotindan birining talabi bo‘yicha. Sud er-xotindan birining talabi bo‘yicha shartnomani to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb e’tirof etishi mumkin.

Doniyor va Sabina nikoh shartnomasida «Sabina Doniyor ruxsatisiz ishlay olmaydi va hech qanday daromadga ega bo‘lmaydi» deb yozishdi. Keyinchalik Sabina bu shartni bekor qilishni so‘radi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
  1. Shart kuchda, chunki taraflar uni o‘z xohishlari bilan imzolagan va unga bevosita roziligini bildirgan
  2. Shart kuchda, chunki u notarial tasdiqlangan bo‘lsa, erkin shartnoma tamoyiliga muvofiq hisoblanadi
  3. Shartni faqat ota-onalar bekor qilishi mumkin, chunki ular er-xotin nikohining kafili hisoblanadi
  4. Bu shart haqiqiy emas, chunki er-xotindan birining huquqlarini cheklashga qaratilgan shartnomalar haqiqiy emas

To‘g‘ri javob: Bu shart haqiqiy emas, chunki er-xotindan birining huquqlarini cheklashga qaratilgan shartnomalar haqiqiy emas. Er-xotindan birining huquqlarini cheklashga qaratilgan shartnomalar haqiqiy emas.

Nikohni tegishli tartibda qayd ettirmasdan er-xotin bo‘lib yashash mulkni birgalikdagi umumiy mulk deb topish uchun asos bo‘ladimi?
  1. Asos bo‘lmaydi
  2. Asos bo‘ladi, agar bir yildan ortiq yashagan bo‘lsa
  3. Asos bo‘ladi, agar bola tug‘ilgan bo‘lsa
  4. Asos bo‘ladi, agar ikki guvoh tasdiqlasa

To‘g‘ri javob: Asos bo‘lmaydi. Nikohni qayd ettirmasdan er-xotin bo‘lib yashash mulkni umumiy deb topishga asos bo‘lmaydi.

Nikoh shartnomasiga kimlar e’tiroz bildirishi mumkin?
  1. Faqat uni tuzgan er-xotin, boshqa shaxslar emas
  2. Faqat notarius va uni tasdiqlagan idora xodimlari
  3. Uni tuzgan shaxslar ham, boshqa manfaatdor shaxslar ham
  4. Faqat prokuror va vasiylik hamda homiylik organi

To‘g‘ri javob: Uni tuzgan shaxslar ham, boshqa manfaatdor shaxslar ham. Nikoh shartnomasiga uni tuzganlar ham, boshqa manfaatdor shaxslar ham e’tiroz bildirishi mumkin.

Nikoh shartnomasi qanday tuzilishi mumkin?
  1. Ishonchnoma asosida tasdiqlangan vakil orqali
  2. Ota-onalar nomidan va ularning vakillik huquqi asosida
  3. Faqat shaxsan, vakillar orqali tuzilishi mumkin emas
  4. Notarius ishtirokisiz telefon yoki elektron aloqa orqali

To‘g‘ri javob: Faqat shaxsan, vakillar orqali tuzilishi mumkin emas. Nikoh shartnomasi faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlar tarkibiga kiradi.

Nikoh shartnomasi qaysi shaklda tuzilishi lozim?
  1. Og‘zaki shaklda, ikki guvoh ishtirokida va kelishuv asosida
  2. Oddiy yozma shaklda, hech qanday notarial tasdiqsiz
  3. Faqat FHDYO organida ro‘yxatdan o‘tkazilishi bilan
  4. Yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlanishi

To‘g‘ri javob: Yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlanishi. Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuzilishi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiEr-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlariKeyingi →Jinoyat huquqining maqsadi, vazifasi va tamoyillari