Jinoyat huquqining maqsadi, vazifasi va tamoyillari
II bo‘lim. Jinoyat huquqi
Ijodiy faoliyat
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida kafolatlangan fuqarolarning huquq va manfaatlarini, ularning himoya qilinishi va amalga oshirilishi mexanizmini aniqlang. Bu jarayonning buzilishi qanday huquqiy oqibatlarga olib kelishini O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi asosida aniqlab ko‘ring.
• O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jinoyat huquqining asosiy manbayi. • O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi.
Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jinoyat huquqining asosiy manbayi
Jinoyat hamda konstitutsiyaviy huquqlarning o‘zaro bog‘liqligi shubhasizdir. Jinoyat huquqining konstitutsiyaviy qonun-qoidalar bilan o‘zaro aloqadorligi va bog‘liqligi ko‘p qirrali bo‘lib, u Konstitutsiyada mustahkamlangan hamda jinoyat qonunining asosiy vazifalarini o‘z ichiga oladi.
Jinoyat huquqi prinsiplari xalq hokimiyatchiligi, qonun ustunligi, ijtimoiy adolatlilik, insonparvarlik, demokratizm, fuqarolar tengligi, umuminsoniy qadriyatlar hamda umum e’tirof etilgan xalqaro huquq normalarining ustunligi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan boshqa shu kabi prinsiplarga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasida jinoyat huquqi prinsip larining asosini Konstitutsiyada mustahkamlangan qonuniylik va fuqarolarning tengligi prinsipi tashkil etadi (O‘zR Konstitutsiyasining 14, 15, 18-m.). So‘ngra jinoiy javobgarlik, jazo tayinlash va uni ijro etish, jazo- dan ozod qilish kabi qoidalarni o‘zida mujassamlashtir- gan prinsiplar aks ettirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jinoyat huquqining asosiy manbayi
Mazkur tizimga kiritilgan barcha prinsiplar o‘zaro teng qimmatlidir, zero, ularning har biri mustaqil mohiyatga ega bo‘lib, davlatning jinoyat huquqiga oid siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bir qator vazifalarni bajaradi.
Jinoyat huquqiga oid ko‘rsatmalarni qo‘llash vakolatlariga ega bo‘lgan davlat idoralarining mansabdor shaxslariga normativ prinsiplarning ta’siri ularning faoliyatida Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan qoidalarni aniq va to‘g‘ri qo‘llashni, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida kafolatlangan fuqarolarning huquq va manfaatlariga barcha choralar bilan rioya qilishni, o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishda shaxsiy mas’uliyat va ta- labchanlik tuyg‘ularini oshirishni taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jinoyat huquqining asosiy manbayi
Jinoyat qonunchiligining asosiy vazifalari sifatida shaxs, uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, xususiy mulk, tabiiy muhit, tinchlik- osoyishtalik hamda insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash nazarda tutilgan.
Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir.
Ana shu vazifalarni amalga oshirish uchun kodeks javobgarlikning asoslari va prinsiplarini, qanday ijtimoiy xavfli qilmishlar jinoyat ekanligini aniqlaydi, ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 2-modda
Aybsizlik prezumpsiyasi- ning ikki jihati mavjud, birinchidan, muayyan jinoyat tarkibini aniqlash va shaxsni uni sodir etganlikda aybdor deb topish qonunga muvofiq ravishda amalga oshirilishi shart va, ikkinchidan, faqat sud hukmiga ko‘ra, shaxs aybdor deb topilib, Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan jinoiy javobgarlikka, jazoga yoki boshqa huquqiy ta’sir choralariga tortilishi mumkin.
Jinoyat qonunlarining vazifalari qatoriga jinoyatlarning oldini olish kiradi. Ushbu vazifalar jinoyat huquqiga oid taqiqdan kelib chiqadi hamda ba’zi toifadagi shaxslarni jinoyat sodir etishdan qaytarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Jinoyat qonuni vazifalarini bajarish quyidagilar orqali amalga oshiriladi: javobgarlik asoslari va prinsiplarini aniqlash; jinoyat toifasiga kiritilgan qilmishlar doirasini aniqlash; jinoiy jazo choralarini tayinlash; jazodan tashqari huquqiy ta’sir choralarini tayinlash va hokazo. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda Jinoyat kodeksi qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplariga asoslanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 2-modda
Mazkur tizimga kiritilgan barcha prinsiplar o‘zaro teng qimmatlidir. Ularning har biri mustaqil mohiyatga ega bo‘lib, davlatning jinoyat huquqiga oid siyosatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bir qator vazifalarni bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining asosiy prinsiplariga:
• qonuniylik — sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy oqibatlari faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi. Hech kim sud hukmi bo‘lmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emas; • fuqarolarning qonun oldida tengligi — jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega;
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 2-modda
• demokratizm — jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etgan shaxslarni ahloqni tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilishlari mumkin; • insonparvarlik — jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamasligi; • odillik — jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi; • shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo‘lishligi; • javobgarlikning muqarrarligi — qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shartligi kiradi. Jinoyat huquqi huquqning boshqa sohalaridan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 2-modda
birinchidan, jinoyat sodir etilishi munosabati bilan vujudga kelgan jinoiy-huquqiy munosabatlarda, bir tomonidan jamiyat, davlat, ikkinchi tomonidan esa jinoyat sodir etgan shaxs subyekt bo‘ladi;
ikkinchidan, jinoiy-huquqiy norma bilan belgilab qo‘yilgan taqiqlarni buzganlik uchun sud davlat nomidan belgilangan jinoiy jazoni tayinlaydi.
Jinoiy huquq normalari o‘z mazmuniga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi. Ulardan biri jinoyat huquqining umumiy o‘rnini, qoida va tartibini belgilab beradi. Ikkinchisi esa aniq jinoyatlar belgilarini ta’riflab, mazkur jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llani-
Ijodiy faoliyat
Huquq tarixidan
O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunlari kodifikatsiya qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining asosiy jinoyat qonuni 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan hamda 1995-yil 1-apreldan kuchga kirgan Jinoyat kodeksi hisoblanadi.
ladigan jazolarni aniqlaydi. Birinchi normalar jinoyat huquqining umumiy qismini, ikkinchi normalar esa maxsus qismini tashkil etadi.
Jinoyat huquqida jinoiy qilmishni aniqlash ham muhim rol o‘ynaydi. Jinoiy qilmish — bu jinoyat qonunlari bilan muhofaza qilinuvchi ijtimoiy munosabatlarga tahdid qiluvchi jamiyatga qarshi va inson ahloq qoidalaridan chetga chiquvchi harakatdir. Jinoiy qilmish o‘zining obyektiv xossalariga ko‘ra jamiyat uchun xavfli harakat yoki harakatsizlik, subyektiv xossalariga ko‘ra esa hamisha muayyan maqsad va sabablarga ko‘ra sodir etilgan aybli amal hisoblanadi.
Huquq tarixidan
Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan har qanday ijtimoiy munosabat jinoyatning obyekti hisoblanishi mumkin. Har qanday ong bilan boshqarilgan qilmish ichki va tashqi mohiyatdan iborat bo‘lib, uning ichki mohiyati subyektiv tomoni, tashqi mohiyati esa obyektiv tomoni deb ataladi. Jinoyatning obyektiv tomoni ijtimoiy xavfli qilmishning tashqi tomoni sifatida jinoyatning qanday sodir etilganligini aniqlaydi.
Savol va topshiriqlar
Muhim sanalar
- 1994-yil — O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunlari kodifikatsiya qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining asosiy jinoyat qonuni 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan hamda 1995-yil 1-apreldan kuchga kirgan Jinoyat…
- 1995-yil — O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunlari kodifikatsiya qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining asosiy jinoyat qonuni 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan hamda 1995-yil 1-apreldan kuchga kirgan Jinoyat…
- 1-apreldan — O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunlari kodifikatsiya qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining asosiy jinoyat qonuni 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan hamda 1995-yil 1-apreldan kuchga kirgan Jinoyat…
Bilimingizni sinang
Jinoyat huquqi prinsiplarining sanab o‘tilgan qatoriga qaysi javob to‘g‘ri kiradi?
- Xalq hokimiyatchiligi, qonun ustunligi, ijtimoiy adolatlilik, insonparvarlik, demokratizm, fuqarolar tengligi
- Qasos olish, jazoning ustunligi, mansabdorlar daxlsizligi, sinfiy yondashuv, jamoaviy javobgarlik va jazoning yashirinligi
- Ma’muriy buyruqbozlik, jamoaviy javobgarlik, jazoning yashirinligi, qarindoshlik ustunligi va mahalliychilik
- Mahalliychilik, qarindoshlik ustunligi, jazoning cheklanmaganligi, mansabdor shaxslarning daxlsizligi va sinfiy yondashuv
To‘g‘ri javob: Xalq hokimiyatchiligi, qonun ustunligi, ijtimoiy adolatlilik, insonparvarlik, demokratizm, fuqarolar tengligi. Prinsiplar qatoriga xalq hokimiyatchiligi, qonun ustunligi, ijtimoiy adolatlilik, insonparvarlik, demokratizm, tenglik kiradi.
Jinoyat kodeksining vazifalari nimalardan iborat?
- Shaxs va jamiyat manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, jinoyatlarning oldini olish va fuqarolarni qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalash
- Faqat jinoyatchilarni jazolash va ularni jamiyatdan uzoq muddatga ajratib qo‘yish, jinoyatlarning oldini olishni esa nazarda tutmaslik
- Jinoyatlarni faqat ochish va tergov qilish tartibini belgilash, sud jarayonini tashkil etish va hukmlarni ijro etish qoidalarini o‘rnatish
- Faqat davlat mulkini muhofaza qilish va ma’muriy javobgarlikni belgilash hamda ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish va nazorat qilish
To‘g‘ri javob: Shaxs va jamiyat manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, jinoyatlarning oldini olish va fuqarolarni qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalash. Kodeks shaxs, jamiyat, davlat manfaatlarini qo‘riqlash, jinoyatlarning oldini olish va fuqarolarni tarbiyalash vazifalarini bajaradi.
Aybsizlik prezumpsiyasining ikkinchi jihati nimadan iborat?
- Gumon qilingan shaxs tergovchi qaroriga ko‘ra aybdor topilishi va jazoga tortilishi mumkin
- Shaxs o‘z aybsizligini o‘zi isbotlashi shart, isbotlay olmasa aybdor deb topiladi
- Prokuror xulosasi bilan shaxs aybdor deb topilib, jinoiy jazoga tortilishi mumkin
- Shaxs faqat sud hukmiga ko‘ra aybdor deb topilib, jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin
To‘g‘ri javob: Shaxs faqat sud hukmiga ko‘ra aybdor deb topilib, jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra shaxs faqat sud hukmi bilan aybdor deb topilib, javobgarlikka tortiladi.
Jinoyat huquqidagi qonuniylik prinsipiga ko‘ra qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi nima bilan belgilanadi?
- Sud amaliyoti bilan
- Faqat Jinoyat kodeksi bilan
- Prokuratura ko‘rsatmalari bilan
- Mahalliy hokimiyat qarorlari bilan
To‘g‘ri javob: Faqat Jinoyat kodeksi bilan. Qonuniylik prinsipiga ko‘ra qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi faqat Jinoyat kodeksi bilan belgilanadi.
Jinoyat huquqidagi fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi nimani anglatadi?
- Mansabdor shaxslar jinoyat sodir etganda ularning javobgarligi yengillashtiriladi va jazosi kamaytiriladi
- Jazo shaxsning ijtimoiy kelib chiqishiga va mavqeyiga qarab tabaqalashtirilib, boylarga yengilroq tayinlanadi
- Jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, millati, e’tiqodi, mavqeyidan qat’i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega
- Xotin-qizlar uchun javobgarlik jinsi sababli doimo yengilroq belgilanadi, erkaklarga esa og‘irroq tayinlanadi
To‘g‘ri javob: Jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, millati, e’tiqodi, mavqeyidan qat’i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega. Tenglik prinsipiga ko‘ra jinoyat sodir etganlar ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar bir xil huquq va majburiyatlarga ega.
Tergovchi Sodiq Jasurni o‘g‘irlikda gumon qilib, sud hukmi chiqmagan holda «aybdor» deb e’lon qildi va unga jazo chorasi qo‘llamoqchi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Sodiqning harakati qonunga zid: sud hukmisiz hech kim jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi mumkin emas
- Tergovchi gumon asosida shaxsni aybdor deb e’lon qilishga va unga jazo qo‘llashga haqli, sud hukmi shart emas
- Aybli deb topish uchun prokuror xulosasi yetarli bo‘lib, sud hukmi bo‘lmasa ham jazo qo‘llash mumkin
- Jasur o‘z aybsizligini isbotlamaguncha aybdor hisoblanadi, shuning uchun tergovchi jazo chorasini qo‘llashi mumkin
To‘g‘ri javob: Sodiqning harakati qonunga zid: sud hukmisiz hech kim jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi mumkin emas. Hech kim sud hukmisiz jinoyat sodir qilishda aybli deb topilib, jazoga tortilishi mumkin emas.
Hokim yordamchisi Bahodir o‘g‘irlik jinoyatini sodir etdi va «mansabdorman, men uchun javobgarlik yengilroq bo‘lishi kerak», deydi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Mansabdor shaxsga jazo har doim yengilroq tayinlanadi, chunki uning mavqei javobgarlikni yengillashtiradi
- Bahodir ham boshqalar kabi bir xil huquq va majburiyatlarga ega, mavqei javobgarlikni yengillashtirmaydi
- Mansabdor shaxs sud hukmisiz ham javobgarlikdan ozod, chunki u davlat xizmatida bo‘lgan shaxs hisoblanadi
- Javobgarlik faqat oddiy fuqarolarga nisbatan qo‘llanadi, mansabdor shaxslarga esa intizomiy choralar ko‘riladi
To‘g‘ri javob: Bahodir ham boshqalar kabi bir xil huquq va majburiyatlarga ega, mavqei javobgarlikni yengillashtirmaydi. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipiga ko‘ra ijtimoiy mavqeyi javobgarlikka ta’sir qilmaydi.
Jinoyat huquqidagi demokratizm prinsipi nimani bildiradi?
- Jinoyat ishlari xalq referendumi orqali hal qilinadi, bunda jinoyat sodir etgan shaxsning aybdorligi va jazosi ommaviy ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi
- Jazoni jamoa ovoz berib tayinlaydi, jamoat birlashmalari va o‘zini-o‘zi boshqarish organlari esa hukm chiqarishda sudyalar o‘rnida bevosita ishtirok etadi
- Sudyalarni aholi umumiy saylov orqali saylaydi, jamoat birlashmalari esa jinoyat sodir etgan shaxslarni ahloqni tuzatish ishiga hech qachon jalb qila olmaydi
- Jamoat birlashmalari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etganlarni ahloqni tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilishi mumkin
To‘g‘ri javob: Jamoat birlashmalari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari yoki jamoalar jinoyat sodir etganlarni ahloqni tuzatish ishiga qonunda nazarda tutilgan hollarda jalb qilishi mumkin. Demokratizm prinsipiga ko‘ra jamoat birlashmalari va jamoalar jinoyat sodir etganlarni ahloqni tuzatish ishiga jalb qilishi mumkin.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash