Jinoyat belgilari
II bo‘lim. Jinoyat huquqi
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
• Jinoyat belgilari. Ayb, ayb shakllari, qasd.
• Qilmishning jinoiyligini istisno etadigan holatlar.
• Ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etish va uning oqibatlari.
Jinoyat boshqa qonunbuzarliklardan o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Bu qilmishning ijtimoiy xavfliligidir. Chunki jinoyat natijasida jamiyat va shaxs uchun ham moddiy, ham ma’naviy zarar yetkaziladi. Shuning uchun jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi jinoiy oqibatda aks etadi.
Jinoyatning qonunga xilofligi uning yuridik huquqiy belgisidir. Bundan tashqari, jinoyat sodir etgan shaxsning aybdor deb topilishi jinoyatning muhim belgilaridan biridir. Shundagina unga nisbatan jinoiy jazo qo‘llaniladi. Ijtimoiy xavfli qilmish faqat qonunda
Ijodiy faoliyat
8-sinfda «O‘zbekiston davlati va huquqi asoslari» fanidan olgan bilimlaringizga tayanib, quyidagi savollarga javob berishga harakat qilib ko‘ring.
uchun uning ota-onasi javobgarlikka tortildi. B. Z. ismli 7-sinf o‘quvchisi qo‘shni hovlida o‘g‘rilik sodir etilayot- ganini bilgan bo‘lsa-da, bu haqida hech kimga xabar bermadi. C. K. ismli fuqaro ifloslantiruvchi moddalarni ikki chelakda olib chiqib, uyi oldidan oqib o‘tayotgan kanalga to‘kib yubordi.
Ijodiy faoliyat
Jinoyat kodeksiga binoan ushbu kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi.
ko‘rsatilgan jinoyat belgilari mavjud bo‘lgan taqdirda, ya’ni uning tarkibi aniqlanganida jinoyat deb topiladi.
Jinoyat tarkibi jinoyat to‘g‘risidagi qonunlarda aniq bir ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb ta’riflovchi eng kam va yetarli obyektiv va subyektiv belgilar yig‘indi- sidir. Jinoyat tarkibining obyektiv va subyektiv belgilari o‘rtasida o‘zaro aloqa va uzviy bog‘liqlik mavjud.
Jinoyat tarkibi tuzilishi bo‘yicha to‘rt elementdan iborat: obyekt, obyektiv tomon, subyekt va subyektiv tomon.
Ijodiy faoliyat
Obyektiv, ya’ni tashqi belgilar jinoyatning obyekti va obyektiv tomonini ta’riflaydi.
Subyektiv (ichki) belgilar jinoyatning subyekti va subyektiv tomonini aniqlaydi.
Har bir belgi boshqalari bilan birgalikda mavjud va ajralmas bir butunlikning zaruriy qismini tashkil qiladi.
Jinoyat tarkibining birinchi elementi jinoyat obyektidir. Bu jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar bo‘lib, jinoiy tajovuzlar shularga qaratiladi. Qasddan odam o‘ldirishda jinoyat obyekti boshqa shaxsning hayoti, o‘g‘rilikda esa o‘zgalar mulki bo‘ladi va hokazo.
Ijodiy faoliyat
1. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Hamroh ko‘chasi 4-uy oldida turgan «Vagon Depo» AJga tegishli «Damas» rusumli avtomobilda elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in natijasida avtomobil butkul yonib bitdi. Yong‘in o‘chirish vaqtida avtomobil haydovchisi J.S.ning tani kuyib, shifoxonaga joylashtirildi.
2. Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida yashovchi A.T.ning ochiq qolgan eshigi orqali uyiga noma’lum shaxslar kirib, 25.000.000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketdilar.
Jinoyat tarkibining ikkinchi elementi jinoyatning obyektiv tomonidir. Jinoyatning obyektiv tomonini atrof muhitda biron muayyan o‘zgarishga olib keladigan va sabab bo‘ladigan shaxsning aqliy va irodaviy xatti-harakati tashkil qiladi. Ushbu elementning zaruriy belgisi qilmish (harakat yoki harakatsizlik) hisoblanadi. Qilmish orqali jinoyat sodir etiladi.
Ijodiy faoliyat
Jinoyat tarkibining uchinchi elementi jinoyat subyekti, ya’ni jinoyat sodir etgan jismoniy shaxsdir. Jinoyat subyekti faqat qilmish uchun javob bera oladigan, ya’ni jinoyat to‘g‘risidagi qonunlarda ko‘rsatilgan ma’lum yoshga yetgan va aqli raso shaxs bo‘lishi mumkin.
Jinoyat tarkibining to‘rtinchi elementi jinoyatning subyektiv tomonidir. Jinoyatning subyektiv tomoni shaxsning sodir etayotgan jinoyatiga nisbatan ruhiy munosabati hisoblanadi. Subyektiv tomon belgilariga ayb, motiv va maqsad kiradi.
Jinoyat tarkibi deb topilishi uchun ko‘rsatib o‘tilgan to‘rtta elementning barchasi mavjud bo‘lishi shart. Umumiy jinoyat tarkibida barcha belgilar asosiy va fakultativ belgilarga ajratiladi.
Ijodiy faoliyat
Jinoyat — jazoga loyiq qilmish. Shunga ko‘ra, qilmishning jinoyat sifatidagi eng muhim belgisi uning jazoga loyiqligidir. Jinoyat boshqa huquqbuzarliklardan quyidagi belgilari bilan farqlanadi: 1) obyekti; 2) ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyati; 3) g‘ayriqonuniy- lik ko‘rinishi.
Huquq tarixidan
«Jinoyat» tushunchasi ilk marotaba G‘arbiy Yevropa davlatlarining jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida keltirilgan. Bu tushuncha birinchi marotaba Fransiyaning 1791-yildagi Jinoyat kodeksida uchraydi.
Jinoyat huquqi tarixida jinoyatga ta’rifni birinchi marta 1919-yilda Rossiya qonunshunoslari berishdi: «Jinoyat — jinoyat huquqi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar tartibining buzi- lishidir».
Barcha jinoyatlarning umumiy obyekti jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarning umumiy yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Umumiy obyekt hamma jinoyatlar uchun birdir, sababi har qanday jinoyat u yoki bu ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazadi.
Huquq tarixidan
Jinoyatning subyektiv tomoni faqat ayb shakllari, ya’ni qasd va ehtiyotsizlik bilan cheklanib qolmaydi, u motiv va maqsadlarni ham o‘z ichiga oladi. Lekin subyektiv tomonning ajralmas belgilari bo‘lmish qasd va ehtiyotsizlikdan farqli o‘laroq, motiv va maqsad ikkinchi darajali belgilarga kiradi.
Jinoyat sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunga qaramay, uni sodir etishni istagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi.
Jinoyat qonunchiligida to‘g‘ri yoki egri qasd degan tushunchalar mavjud. Shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishidan bosh tortmagan bo‘lsa, bunday jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etilgan deyiladi.
Huquq tarixidan
Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi. O‘z-o‘ziga ishonish yoki beparvolik oqibatida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish — ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan jinoyat deb topiladi.
Ijodiy faoliyat
Mazkur vaziyatda jinoyat obyektini aniqlang. Toshkent viloyatining Toshkent tumani «Ko‘kterak» qishlog‘i fuqarolar yig‘ini hududidagi xonadonlarning biriga yuziga niqob kiygan noma’lum shaxs bostirib kirdi. Shu vaqtda uyda yolg‘iz bo‘lgan xonadon egasining qizini pichoq bilan qo‘rqitib, 300 AQSh dollari va ikki xil zargarlik buyumlarini olib ketdi. Olib borilgan tezkor tadbir natijasida, ushbu bosqinchilik jinoyatini sodir etgan 1994-yilda tug‘ilgan A.N. qo‘lga olindi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati
Ijodiy faoliyat
Qilmishda Jinoyat kodeksda nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy yoki aybli bo‘lmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb topiladi. Ya’ni kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish; buyruq yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik; jismoniy yoki ruhiy majburlash yohud qo‘rqitish natijasida qilmish sodir etish jinoyatni istisno qiluvchi holatlar deb topiladi.
Savol va topshiriqlar
2) Bir qiz ishdan qaytayotgan paytda noma’lum shaxs qo‘lidagi sumkani yulib olib qochgan. Sumka ichida esa oziq-ovqatlar va uyali telefon bo‘lgan.
3) Xususiy korxonaga qarashli ko‘piklangan polietilen ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layot- ganligi haqida habar kelib tushgan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida xususiy korxona ishchisining jasadi topilgan. Yong‘inni bartaraf etishga 19 ta yong‘inni o‘chirish texnikasi jalb etilgan.
Savol va topshiriqlar
Subyektiv tomonning mazmunida jinoyat motivi va maqsadlari alohida o‘rin tutadi. Motiv va u bilan bog‘liq maqsad aybdor shaxs xatti-harakatini boshqaruvchi butun irodaviy jarayonga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shaxs uchun u sodir etgan qilmish qanday ma’no va ahamiyatga ega ekanligi aynan motivga bog‘liq.
Muhim sanalar
- 1791-yilda — Bu tushuncha birinchi marotaba Fransiyaning 1791-yildagi Jinoyat kodeksida uchraydi.
- 1919-yilda — Jinoyat huquqi tarixida jinoyatga ta’rifni birinchi marta 1919-yilda Rossiya qonunshunoslari berishdi: «Jinoyat — jinoyat huquqi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar tartibining buzi- lishidir».
- 1994-yilda — Olib borilgan tezkor tadbir natijasida, ushbu bosqinchilik jinoyatini sodir etgan 1994-yilda tug‘ilgan A.N. qo‘lga olindi.
Bilimingizni sinang
Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi nimada aks etadi?
- Jinoyat sodir etgan shaxsning yoshida
- Jinoyat sodir etilgan joyning nomida
- Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan kunda
- Jinoiy oqibatda
To‘g‘ri javob: Jinoiy oqibatda. Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi jinoiy oqibatda aks etadi.
Jinoyat tarkibi tuzilishiga ko‘ra qaysi elementlardan iborat?
- Obyekt, subyekt, motiv va maqsad
- Qilmish, oqibat, sabab-oqibat aloqasi va ayb
- Obyekt, obyektiv tomon, subyekt va subyektiv tomon
- Ijtimoiy xavflilik, g‘ayriqonuniylik, ayb va jazoga loyiqlik
To‘g‘ri javob: Obyekt, obyektiv tomon, subyekt va subyektiv tomon. Jinoyat tarkibi to‘rt elementdan iborat: obyekt, obyektiv tomon, subyekt va subyektiv tomon.
Qisqa tutashuv natijasida avtomobil yonib ketdi va haydovchi kuyib jarohat oldi. Yong‘in chiqishida hech kimning harakati yoki harakatsizligi aybli deb topilmagan. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Jinoyat belgilari bor, chunki zarar yetkazilgan va oqibat yuz bergan
- Jinoyat belgilari yo‘q, chunki aybli ijtimoiy xavfli qilmish mavjud emas
- Jinoyat belgilari bor, chunki avtomobil egasi tashkilot hisoblanadi
- Jinoyat belgilari bor, chunki haydovchining sog‘lig‘iga ziyon yetgan
To‘g‘ri javob: Jinoyat belgilari yo‘q, chunki aybli ijtimoiy xavfli qilmish mavjud emas. Jinoyat aybli ijtimoiy xavfli qilmishni talab qiladi; oqibatning o‘zi, aybli qilmishsiz, jinoyat bo‘lmaydi.
Jinoyat obyekti jinoyat tarkibining nechanchi elementi hisoblanadi?
- Birinchi element
- Uchinchi element
- To‘rtinchi element
- Ikkinchi element
To‘g‘ri javob: Birinchi element. Jinoyat tarkibining birinchi elementi jinoyat obyekti, ya’ni jinoyat qonuni qo‘riqlaydigan ijtimoiy munosabatlardir.
Jinoyat obyekti deganda nima tushuniladi?
- Jinoyat sodir etgan shaxsning o‘z qilmishiga bo‘lgan ruhiy munosabati va uning aybi shakli
- Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan va jinoiy tajovuz qaratilgan ijtimoiy munosabatlar
- Jinoyat sodir etishda foydalanilgan qurol yoki vosita hamda uni tayyorlash usullari
- Jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zararning miqdori va uning baholanish tartibi
To‘g‘ri javob: Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan va jinoiy tajovuz qaratilgan ijtimoiy munosabatlar. Jinoyat obyekti — jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar bo‘lib, jinoiy tajovuzlar shularga qaratiladi.
O‘g‘rilik jinoyatida jinoyat obyekti nima hisoblanadi?
- Boshqa shaxsning hayoti
- Shaxsning ozodligi va sha’ni
- Jamoat xavfsizligi
- O‘zgalar mulki
To‘g‘ri javob: O‘zgalar mulki. O‘g‘rilikda jinoyat obyekti o‘zgalar mulki, qasddan odam o‘ldirishda esa boshqa shaxsning hayoti bo‘ladi.
Karim A.ning ochiq qolgan eshigi orqali uyiga kirib, 25 million so‘m pulini o‘g‘irlab ketdi. A. «eshikni yopmagan o‘zim ham aybdorman» deb o‘ylaydi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Jinoyat yo‘q, chunki uyning eshigi ochiq qoldirilgan va A. ham ehtiyotsizlik ko‘rsatgan
- Jinoyat yo‘q, chunki pul egasining o‘z e’tiborsizligi tufayli yo‘qolgan va hech kim aybdor emas
- Jinoyat obyekti bu holda shaxsning hayoti va sog‘lig‘i hisoblanadi, chunki uyga kirilgan
- Karimning qilmishida jinoyat belgilari bor: obyekt o‘zgalar mulki, qilmish esa uning aybli harakati
To‘g‘ri javob: Karimning qilmishida jinoyat belgilari bor: obyekt o‘zgalar mulki, qilmish esa uning aybli harakati. O‘g‘rilikda jinoyat obyekti o‘zgalar mulki bo‘ladi, o‘g‘irlash esa Karimning aybli harakatidir.
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida yashovchi A.T.ning ochiq qolgan eshigi orqali uyiga kirgan noma’lum shaxslar qancha pulni o‘g‘irlab ketishgan?
- 35.000.000 so‘m
- 25.000.000 so‘m
- 20.000.000 so‘m
- 15.000.000 so‘m
To‘g‘ri javob: 25.000.000 so‘m. Vaziyatga ko‘ra noma’lum shaxslar A.T.ning uyidan 25.000.000 so‘m pulni o‘g‘irlab ketishgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash