XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 11-sinf · Davlat va huquq asoslari · 15-§

Boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar

II bo‘lim. Jinoyat huquqi

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

• Korrupsiya va uning belgilari.

• Korrupsiyaga olib keladigan holatlar: pora olish va berish, pora olish va berishda vositachilik qilish.

Asosiy Qonunimiz konstitutsiyaviy tuzum asoslarini mustahkamlagan holda O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati Prezident, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda respublika sudlari tomonidan amalga oshirilishini belgilab bergan. Davlat hokimiyatining oliy organlari esa joylardagi hokimiyat organlarini shakllantiradi.

O‘zbekistonda davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘lingan holda amalga oshiriladi.

Davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslarla- ridan tashqari mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa va tashkilotlarda o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning nojo‘ya xatti-harakatlari ham jinoyatga tortilishi mumkin.

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

Korxona, muassasa va tashkilotlardagi mansabdor shaxslarning faoliyati boshqaruv funksiyasi berib qo‘yilgan ichki organlar doirasida ham olib boriladi.

Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish jinoyatining obyekti davlat hokimiyati, boshqaruv va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan ijtimoiy muno-

Hokimiyat deganda ma’lum bir vositalar – iroda, nufuz, huquq, majburlov, siyosiy hukmronlik, davlat organlari tizimi orqali insonlar faoliyatiga, xulq-atvoriga ta’sir etish qobiliyati va imkoniyati tushuniladi.

Hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ziyon yetkazi lishdir.

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

sabatlar, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari hisoblanadi.

Jinoyat obyektiv tomondan quyidagi uch muqarrar belgidan iborat:

• shaxsning o‘z mansab vakolatidan foydalanishi ko‘rinishidagi qilmish; • fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy zarar yetkazish shaklidagi jinoiy oqibatlar; • qilmish hamda kelib chiqqan jinoiy oqibatlar o‘rtasida sababiy bog‘lanishning mavjudligi. Mansabdor shaxsning o‘z mansab vakolatidan foydalanishi ikki shaklda:

• hokimiyat vakolatini;

• mansab vakolatini suiiste’mol qilish shakllarida namoyon bo‘ladi. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilishning subyektiv tomoni qasddan sodir etilishi bilan tavsiflanadi.

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

Jinoyat motivlari qilmishning huquqiy baholanishi- ga va jinoiy javobgarlikka o‘z ta’sirini ko‘rsatmaydi.

Mansabdor shaxsning mansab mavqeyidan kelib chiqqan va bu shaxs egallagan lavozimi vakolatiga berilgan huquq va majburiyatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq, biroq o‘z mazmuni bo‘yicha tegishli organning faoliyat olib borishidan ko‘zlangan maqsad va vazifalarga zid keluvchi harakatlari mansab vakolatini suiiste’mol qilish deb tavsiflanadi.

2003-yil Nyu-Yorkda qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi muqaddimasida korrupsiya jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat ekanligi hamda u demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlari buzilishiga olib kelishi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilishi, hayot sifatini yomonlashtirishi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib berishi ta‘kidlanadi.

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

Obyektiv tomondan pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishida ifodalanadi.

Jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Korrupsiya – hokimiyat va boshqaruv asoslarini yemiradigan, uning aholi oldidagi obro‘siga putur yetkazadigan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlariga daxl qiladigan xavfli jinoiy hodisaning nisbatan ko‘p tarqalgan va o‘ziga xos hodisasi hisoblanadi.

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

Jinoyat obyekti – davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining o‘rnatilgan tartibi.

Qonun sharhlanayotgan jinoyat predmetini mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan

Mansabdor shaxsning o‘z mansab mavqeyidan fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlariga qarshi qasddan foydalanishi hokimiyat vakolatini suiiste’mol qilish deb ataladi.

Pora faqat no- haqlig-u zolimlar- ga yordam beruv chidir.

Mahmud Zamaxshariy

Davlat hokimiyati organlarining normal faoliyatini buzish orqali aybdor shaxs davlat hokimiyatiga tajovuz qilgan hisoblanadi.

Pora o‘nglanib ketgan ishlarni buzadi, bitayot- gan ishlarni barbod qiladi.

Hojib

harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy naf ko‘rish tushuniladigan «pora» atamasi bilan belgilaydi.

Har qanday moddiy qimmatliklar: pul, xorijiy valyuta, qimmatbaho buyumlar, qimmatli qog‘ozlar, oziq- ovqat yoki sanoat mahsulotlari va boshqalar pora predmeti bo‘lishi mumkin.

Pora olishning subyektiv tomoni – to‘g‘ri qasd: aybdor (pora oluvchi) moddiy qimmatliklar yoki mulkiy foyda unga o‘zining xizmat mavqeyidan kelib chiqib pora beruvchi manfaatida biror-bir harakatni sodir etish yoki etmaslik uchun pora sifatida berilayotganligini anglaydi va buni xohlaydi.

Hojib

Pora berish jinoyatining obyekti va predmeti pora olish jinoyati tarkibi belgilari bilan bir xil.

Jinoyat obyektiv tomondan mansabdor shaxsga bevosita yoki vositachi orqali pora berishda ifodalanadi.

Pora berish, mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatini ko‘zlab bajarishi yoki uning mulkiy manfaatdor etilishida ifodalanadi.

Yolg‘on vositachi, ya’ni mansabdor shaxsga pora berish zarurligini ro‘kach qilib, birorta odamdan pora olgan, biroq aldash yo‘li bilan uni o‘zlashtirgan shaxs firibgarlik uchun javobgarlikka tortiladi. Pora bergan shaxsning harakatlari pora berishga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinadi.

Hojib

Pora berish orqali harakat yoki harakatsizlikka erishish uchun boshqa shaxsga pora taklif etgan shaxs pora beruvchi sifatida javobgarlikka tortiladi. Pora evaziga ma’lum harakatlarni bajarishga kelishgan shaxs va pora- ni topshirgan shaxs pora berishda ishtirokchilar sifatida javobgarlikka tortiladi.

Pora oluvchi va beruvchidan farqli ravishda, vositachi moddiy qimmatliklar va boshqalar evaziga o‘z manfaatlari yo‘lida mansabdor shaxs bilan bir harakatni bajarish yoki bajarmaslik uchun harakat qilmaydi, balki faqatgina pora oluvchi ko‘rsatmasi bilan pora predmetini bevosita beradi. Pora olish-berishni tashkil etuvchi shaxs, dalolatchilik yoki yordamchilik qilib, bir vaqtning o‘zida vositachilik qilsa, pora bergan yoki olganlikda ishtirokchilik qilganligi uchun javobgarlikka tortiladi.

Hojib

Subyektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi. Aybdor uning harakatlari pora olish-berish haqidagi kelishuvga erishish hamda pora oluvchi va beruvchining topshirig‘i bilan pora berishga yo‘naltirilganligini biladi hamda buni xohlaydi.

Savol va topshiriqlar

Savollar: 1. Mansabdor shaxsning o‘z vakolatlaridan qonunga xilof tarzda foydalanishi qanday harakatlarda ifodalanadi? 2. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish bilan mansab vakolatini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish jinoyati o‘rtasida qanday farqlar bor? 3. Pora berish va pora olishning qanday umumiy tomonlari mavjud? 4. Pora berishning xizmatchini pora evaziga og‘dirishdan farqi nimada?

Pora – pora beruvchi manfaatlarida muayyan harakatlar sodir etish uchun berilgan g‘ayriqonuniy mukofot bo‘lib hisoblanadi.

Mansabdor shaxs tomonidan o‘z mansab mavqeyidan foydalanish deganda nafaqat mansabdor shaxs vakolatiga kiradigan harakatlarni sodir etish, balki pora beruvchi manfaatlarida boshqa mansabdor shaxslarga ta’sir etish orqali ularning vakolatlaridan foydalangan holda muayyan harakatlar sodir etish ham tushuniladi.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra, davlat hokimiyati qaysi organlar tomonidan amalga oshiriladi?
  1. Prezident, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda prokuratura organlari
  2. Prezident, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda respublika sudlari
  3. Prezident, hokimliklar, Vazirlar Mahkamasi hamda sudlar
  4. Oliy Majlis, Markaziy bank, Vazirlar Mahkamasi hamda sudlar

To‘g‘ri javob: Prezident, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda respublika sudlari. Asosiy Qonunga ko‘ra davlat hokimiyati Prezident, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda respublika sudlari tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda davlat hokimiyati qanday tarmoqlarga bo‘lingan holda amalga oshiriladi?
  1. Markaziy va mahalliy
  2. Qonun chiqaruvchi va sud
  3. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
  4. Ijro etuvchi, nazorat qiluvchi va ma’muriy

To‘g‘ri javob: Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud. Davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘lingan holda amalga oshiriladi.

Mansabdor shaxslarning nojo‘ya xatti-harakatlari bo‘yicha qaysi hukm to‘g‘ri?
  1. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa va tashkilotlardagi mansabdor shaxslarning nojo‘ya xatti-harakatlari ham jinoyatga tortilishi mumkin
  2. Faqat davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslari jinoiy javobgarlikka tortiladi, nodavlat tashkilotlardagi mansabdor shaxslar esa tortilmaydi
  3. Nodavlat korxona mansabdor shaxslari jinoiy javobgarlikka tortilmaydi, ularning nojo‘ya harakatlari faqat fuqarolik yoki intizomiy tartibda ko‘riladi
  4. Faqat byudjet tashkilotlari mansabdorlari javobgar bo‘ladi, xususiy va aksiyadorlik korxonalaridagi mansabdorlar jinoiy javobgarlikka tortilmaydi

To‘g‘ri javob: Mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa va tashkilotlardagi mansabdor shaxslarning nojo‘ya xatti-harakatlari ham jinoyatga tortilishi mumkin. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxona, muassasa va tashkilotlardagi mansabdor shaxslarning nojo‘ya xatti-harakatlari ham jinoyatga tortilishi mumkin.

Iroda, nufuz, huquq, majburlov, siyosiy hukmronlik va davlat organlari tizimi orqali insonlar faoliyatiga ta’sir etish qobiliyati va imkoniyati nima deb ataladi?
  1. Hokimiyat
  2. Mansab
  3. Vakolat
  4. Suverenitet

To‘g‘ri javob: Hokimiyat. Hokimiyat deganda turli vositalar orqali insonlar faoliyati va xulq-atvoriga ta’sir etish qobiliyati va imkoniyati tushuniladi.

Hokimiyat deganda nima tushuniladi?
  1. Faqat davlat organlarining tuzilishi va ular o‘rtasidagi vakolat taqsimoti hamda mansabdor shaxslarning rasmiy ierarxiya tizimi tartibi
  2. Faqat majburlov choralari, ya’ni davlat organlari tomonidan qo‘llaniladigan jazo va huquqiy ta’sir choralari majmui hamda ularni ijro etish usullari
  3. Saylov natijalari, ya’ni xalq ovoz berish orqali o‘z vakillarini saylashi va saylangan shaxslarning vakolat muddati hamda ularning faoliyati
  4. Iroda, nufuz, huquq, majburlov, siyosiy hukmronlik, davlat organlari tizimi orqali insonlar faoliyati va xulq-atvoriga ta’sir etish qobiliyati va imkoniyati

To‘g‘ri javob: Iroda, nufuz, huquq, majburlov, siyosiy hukmronlik, davlat organlari tizimi orqali insonlar faoliyati va xulq-atvoriga ta’sir etish qobiliyati va imkoniyati. Hokimiyat — ma’lum vositalar orqali insonlar faoliyati va xulq-atvoriga ta’sir etish qobiliyati va imkoniyatidir.

Hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish nima?
  1. Mansabdor shaxsning o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi, bu fuqarolarning huquqlariga, qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ziyon yetkazishi
  2. Mansabdor shaxsning vakolatini qonuniy ravishda amalga oshirishi, bunda fuqarolarning huquqlariga yoki davlat manfaatlariga hech qanday ziyon yetkazilmasligi va qonun talablariga rioya etilishi
  3. Mansabdor shaxsning ta’tilga chiqishi yoki xizmat safariga ketishi, bunda vakolatlari vaqtincha boshqa mansabdor shaxsga topshirilishi va fuqarolarning huquqlariga ta’sir qilmasligi
  4. Faqat pora olishning bir ko‘rinishi bo‘lib, mansabdor shaxsning moddiy qimmatliklar olishi evaziga qonunga zid harakat sodir etishi va undan shaxsiy manfaat ko‘rishi hamda javobgarlikka tortilishi

To‘g‘ri javob: Mansabdor shaxsning o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi, bu fuqarolarning huquqlariga, qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ziyon yetkazishi. Bu mansabdor shaxsning o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi bo‘lib, fuqarolar, davlat yoki jamoat manfaatlariga ziyon yetkazilishidir.

Quyidagilardan qaysi biri hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish jinoyati obyektiv tomonining muqarrar belgilaridan biri?
  1. Jabrlanuvchining roziligi va uning yozma ravishda ruxsat bergani mavjudligi
  2. Qilmish va kelib chiqqan jinoiy oqibatlar o‘rtasida sababiy bog‘lanishning mavjudligi
  3. Mansabdor shaxsning shaxsiy mulki va uni xizmat maqsadida ishlatish holati
  4. Jinoyatning tunda sodir etilishi va uning guvohlar bo‘lmagan vaqtda amalga oshirilishi

To‘g‘ri javob: Qilmish va kelib chiqqan jinoiy oqibatlar o‘rtasida sababiy bog‘lanishning mavjudligi. Muqarrar belgilar: mansab vakolatidan foydalanish, ko‘p miqdorda yoki jiddiy zarar va ular o‘rtasida sababiy bog‘lanish.

Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilishning subyektiv tomoni qanday?
  1. Ehtiyotsizlik bilan sodir etiladi
  2. Xo‘jasizlik bilan sodir etiladi
  3. Qasddan sodir etilishi bilan tavsiflanadi
  4. Faqat ehtiyotsizlik yoki beparvolik bilan

To‘g‘ri javob: Qasddan sodir etilishi bilan tavsiflanadi. Suiiste’molning subyektiv tomoni qasddan sodir etilishi bilan tavsiflanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiIqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarKeyingi →Jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar