XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 11-sinf · Davlat va huquq asoslari · 17-§

Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar

II bo‘lim. Jinoyat huquqi

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

• Axborotdan erkin foydalanish huquqi.

• Axborotlashtirish qoidalarini buzish. Kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish. • Kompyuter tizimidan qonunga xilof ravishda

(ruxsatsiz) foydalanish uchun maxsus vositalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab tayyorlash yoxud o‘tkazish va tarqatish.

Axborotdan erkin foydalanish huquqi

Hozirgi kunda axborot jamiyat hayotini tashkil etishning zaruriy omillaridan biriga aylanib bormoqda. Binobarin, inson faoliyatining axborot olish va uni qayta ishlash jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lmagan biror bir tarmog‘i qolmagan. Tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi dunyoda fuqarolarning yangi sharoitlarga moslashishlariga ko‘maklashish, ularga bo‘layotgan voqealar, jarayonlar, hodisalar to‘g‘risida axborot berib borish, shuningdek, fuqarolar, ijtimoiy institutlar va davlat hokimiyati organlari o‘rtasida samarali munosabatlar tizimini o‘rnatishga sharoit yaratishda, eng avvalo, fuqarolarning axborotdan foydalanish bilan bog‘liq konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish va kafolatlash masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Axborotdan erkin foydalanish huquqi

Axborot nafaqat muayyan ma’lumotlardan iborat obyekt, masalan, maqola yoki xabar sifatida, balki

O‘zbekiston Respublikasining «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunini diqqat bilan o‘qib chiqing va undagi «axborot erkinligi» tushunchasiga e’tibor qarating.

Axborot – inson o‘z sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha signallar majmuasi demak.

Axborotdan erkin foydalanish huquqi insonning dunyoga kelishi bilan unga beriladigan, qonun bilan taqiqlanmagan har qanday axborotni olish, saqlash, tarqatish, yangilash mumkin bo‘lgan harakatlarning fundamental hamda kompleks huquqidir. Tabiiyki, bunday holat boshqa shaxslar, davlat va jamiyatning axborot bo‘yicha xavfsizligiga zarar yetkazmasligi zarur.

Axborotdan erkin foydalanish huquqi

subyektning o‘zi o‘rganayotgan obyekt bilan o‘zaro aloqa qilish jarayoni sifatida ham tushunilishi lozim.

XX asrning oxirlariga kelib, axborot jamiyatda tabiiy, moliyaviy, mehnat va boshqa resurslarga nisbatan ham kuchli va sezilarli mustaqil ijtimoiy-siyosiy hodisa sifatida namoyon bo‘la boshladi.

Axborot «kim», «qachon», «nima», «qayerda», «qancha», degan so‘zlar bilan boshlanuvchi savollarga javob ko‘rinishida ifoda etiladi.

Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir...

29-moddasidan

Bilim esa o‘z navbatida, «qanday» degan so‘z bilan boshlanadigan savollarga javob ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Demak, axborotdan foydalanish bilim olishning o‘zgargan shaklidir.

Axborotlashtirish qoidalarini buzish

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolarning axborotga bo‘lgan huquqlarini e’tirof etgan holda, uning asosiy mazmunini bir qancha normalarda belgilab beradi. Lekin ba’zida berilgan huquqdan to‘g‘ri foydalanmaslik oqibatida ham huquqiy javobgarliklar kelib chiqadi. Masalan, kompyuter tizimidan foydalanishga ruxsati bo‘lgan shaxs tomonidan ushbu tizimdan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida kompyuterdagi axborot yo‘qolsa, to‘sib qo‘yilsa, kompyuter uskunasining ishi buzilsa, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1551-moddasiga ko‘ra javobgarlikka tortiladi. Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish esa

Xalqaro huquq

Hech kim insonning shaxsiy yoki oilaviy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashishi, insonning uy-joyi daxlsizligiga, uning xatlaridagi sirlarga yoki or-nomu- si va sha’niga o‘zboshimchalik bilan tajovuz qilishi mumkin emas. Har bir inson ana shunday aralashish yoki tajovuzdan qonun yo‘li bilan himoyalanish huquqiga egadir.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi,

12-modda

Axborot – bu bizning tashqi dunyoga moslashish jarayonida undan oladigan ma’lumotlarni o‘zida ifoda etadigan tushunchadir.

N. Viner, Kibernetika fanining asoschi-

laridan biri

Sir tutiladigan fan-texnika, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid yoki boshqa shu kabi axborotni egasining roziligisiz oshkor qilish yoki undan foydalanish maqsadida har qanday usulda to‘plash ham jinoiy javobgarlikka tortilish uchun asos bo‘lishi mumkin.

155-modda. Axborotdan foydalanish qoidalarini buzish Axborot tizimidan foydalanish maqsadida unga ruxsatsiz kirib olishda ifodalangan axborot va axborot tizimlaridan foydalanish qoidalarini buzish — fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

12-modda

Axborot tizimlarining ishini buzishga olib kelgan xuddi shunday huquqbuzarlik, xuddi shuningdek kirish cheklangan axborot tizimlarini axborot-hisoblash tarmoqlariga ulash chog‘ida tegishli himoya choralarini ko‘rmaganlik — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yuridik va jismoniy shaxslarning axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga qonunga xilof ravishda ulash, bu tarmoqlarga tegishli himoya choralarini ko‘rmasdan ulanish, xuddi shuningdek ulardan ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda olish — fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

12-modda

O‘zganing elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturi yoki ma’lumotlar bazasini o‘z nomidan chiqarish yoxud qonunga xilof ravishda undan nusxa olish yoki bunday asarlarni tarqatish — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks

jinoiy javobgarlikka tortishga asos bo‘lishi mumkin. Axir bunday jinoyat faqat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning sodir etilish motivi va bundan ko‘zlangan maqsad uning kvalifikatsiyasi uchun ahamiyatga ega emas. Mazkur jinoyatning obyekti fuqarolarning xat-yozishmalari, telefondagi so‘zlashuvlari, telegraf

Ijodiy faoliyat

Savollar: 1. Quyidagi voqeani o‘qing. Voqea ishtirokchilarining faoliyatiga huquqiy baho bering. 2. Kimning qanday huquqlari buzilgan? 3. Siz ana shunday voqeaga guvoh bo‘lsangiz, qanday yo‘l tutardingiz? Katta tanaffus vaqtida Nodira o‘zining «Adabiyot» darsligi uyda qolib ketganligi sababli dugonasi Gul- noradan darsligini berib turishni so‘radi. Gulnora osh xonaga ketayotganligini aytib, darslikni sumkasidan olishga ruxsat berdi. Nodira dugonasining sumkasidagi chiroyli bezatilgan daftarni ko‘rib qoldi va uni olib o‘qidi. Bu daftar dugonasining yon daftarchasi bo‘lib, unga u o‘zining kechinmalari va she’rlarini yozardi. Gulnora oshxonadan qaytganida, sinfdagi hamma qizlar bir bo‘lib nimanidir o‘qishar, ba’zilari masxaromuz kulishar, boshqalari esa: «Voy, zo‘r she’r yozar ekan», – deb qo‘yishar edi. Gulnora qizlarga yaqinlashar ekan, ularning qo‘lida o‘zining yon daftarchasini ko‘rdi.

Ijodiy faoliyat

Uning yuzlari qizarib, lovullab yona boshladi, yura gi tez-tez urib, oyog‘ida majoli qolmadi. Qo‘li bilan yuzini berkitsa, xuddi hammasi o‘tib ketadigandek, qo‘lini beixtiyor yuziga olib bordi. Gulnora chuqur bir nafas oldi. Oyoqlariga birdan jon bitib, uni Nodira tomonga boshladi. Gulnora dugonasining qo‘lidagi darslikni tortib olar ekan, yuziga tarsaki toritib yubordi-da: «Uyatsiz, men senga ishonibman-a!» – dedi...

yoki boshqa xabarlarining sir saqlanishiga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlari hisoblanadi.

Obyektiv tomondan jinoyat shaxslarning pochta-telegraf xabarlari yoki telefonda so‘zlashuvining mazmuni bilan g‘ayriqonuniy tanishuvida yoxud fuqarolarning xatlari, telegrammalari, telefaks, elektron pochta va boshqalar orqali yuborilayotgan ma’lumotlarni shu axborotlar egasining roziligisiz oshkor etilishida ifodalanadi.

Savol va topshiriqlar

Savollar: 1. Xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish deganda nimani tushundingiz? 2. Berilgan rasmlarda axborot turlari ifodalangan. Ulardan qaysilari qonun tomonidan himoyalanadi? 3. Axborotlarni ijobiy va salbiylarga ajratish mumkinmi? Fikringizni asoslang. 4. Axborot xavfsizligi masalasi va globallashish o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor? 5. Axborot «huruji»dan siz qanday himoyalan- gansiz? 6. Oilangizga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar himoya qilinishi shart deb hisoblaysizmi? Nima uchun? 7. Sizga bir tanishingizdan xat keldi. Xatni ol- ganingizda konvert kim tomonidandir ochil- ganligini bilib qoldingiz. Qanday yo‘l tutar edingiz? 8. Sizga kimdandir xat kelibdi. Lekin pochtachi manzilni adashtirib xatni sizning pochta qu- tingizda qoldiribdi. Siz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

O‘zbekiston Respublikasining qaysi qonunida «axborot erkinligi» tushunchasi bayon etilgan?
  1. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida
  2. Kiberxavfsizlik to‘g‘risida
  3. Axborotlashtirish to‘g‘risida
  4. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida

To‘g‘ri javob: Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida. Axborot erkinligi tushunchasi «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunda yoritiladi.

Inson o‘z sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha signallar majmuasi nima deb ataladi?
  1. Xabar
  2. Axborot
  3. Bilim
  4. Tajriba

To‘g‘ri javob: Axborot. Axborot inson o‘z sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha signallar majmuasidir.

Axborotdan erkin foydalanish huquqi nimani anglatadi?
  1. Insonning dunyoga kelishi bilan unga beriladigan, qonun bilan taqiqlanmagan har qanday axborotni olish, saqlash, tarqatish, yangilash mumkin bo‘lgan harakatlarning fundamental hamda kompleks huquqi
  2. Faqat davlat xodimlariga beriladigan imtiyoz bo‘lib, uni davlat organlari xodimlari xizmat vazifasini bajarishda qonun asosida amalga oshiradi va boshqa shaxslarga umuman berilmaydi
  3. Faqat o‘n sakkiz yoshga to‘lgach, ya’ni fuqaroning to‘liq muomala layoqati vujudga kelgan paytdan boshlab yuzaga keladigan hamda sud tomonidan alohida tasdiqlanadigan huquq
  4. Faqat ommaviy axborot vositalari xodimlariga tegishli bo‘lib, ular jurnalistlik faoliyati doirasida axborot olish, saqlash va tarqatish huquqidan foydalanadi, boshqa fuqarolar esa bu huquqqa ega emas

To‘g‘ri javob: Insonning dunyoga kelishi bilan unga beriladigan, qonun bilan taqiqlanmagan har qanday axborotni olish, saqlash, tarqatish, yangilash mumkin bo‘lgan harakatlarning fundamental hamda kompleks huquqi. Bu huquq insonning dunyoga kelishi bilan unga beriladigan, taqiqlanmagan axborotni olish, saqlash, tarqatish va yangilash mumkin bo‘lgan fundamental va kompleks huquqdir.

Axborotdan erkin foydalanish huquqi amalga oshirilganda qanday talabga rioya etilishi zarur?
  1. Axborot faqat davlat organlari ruxsati bilan olinishi va ularning nazorati ostida tarqatilishi
  2. Axborot faqat yozma shaklda tarqatilishi va uning nusxalari rasman ro‘yxatdan o‘tkazilishi
  3. Boshqa shaxslar, davlat va jamiyatning axborot bo‘yicha xavfsizligiga zarar yetkazilmasligi
  4. Axborot faqat bepul olinishi va tarqatilishi, hech qanday to‘lov undirilmasligi

To‘g‘ri javob: Boshqa shaxslar, davlat va jamiyatning axborot bo‘yicha xavfsizligiga zarar yetkazilmasligi. Bunday holat boshqa shaxslar, davlat va jamiyatning axborot bo‘yicha xavfsizligiga zarar yetkazmasligi zarur.

Quyidagilardan qaysi biri axborotning ta’rifi sifatida berilgan?
  1. Faqat matbuotda e’lon qilingan xabarlar va gazeta materiallari majmuasi
  2. Faqat kompyuter xotirasida saqlanadigan fayllar va raqamli ma’lumotlar majmuasi
  3. Inson o‘z sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha signallar majmuasi
  4. Faqat rasmiy hujjatlarda mustahkamlangan ma’lumotlar va yozishmalar majmuasi

To‘g‘ri javob: Inson o‘z sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha signallar majmuasi. Axborot — inson o‘z sezgi organlari orqali qabul qiladigan barcha signallar majmuasi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasiga ko‘ra, o‘zi istagan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga qaysi axborot mustasno?
  1. Faqat davlat idoralari haqidagi axborot va ularning ichki faoliyatiga doir rasmiy hujjatlar bundan mustasno
  2. Amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar
  3. Faqat internetdan olingan axborot hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilgan ma’lumotlar bundan mustasnodir
  4. Oila hayotiga oid har qanday axborot va fuqarolarning shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlar bundan mustasnodir

To‘g‘ri javob: Amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar. Amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bu huquqdan mustasno.

Bilim qaysi so‘z bilan boshlanadigan savollarga javob ko‘rinishida namoyon bo‘ladi?
  1. «Qanday»
  2. «Kim»
  3. «Qachon»
  4. «Qancha»

To‘g‘ri javob: «Qanday». Bilim «qanday» degan so‘z bilan boshlanadigan savollarga javob ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, axborot esa «kim», «qachon», «nima», «qayerda», «qancha» savollariga javobdir.

Kompyuter tizimidan foydalanishga ruxsati bo‘lgan shaxs tizimdan foydalanish qoidalarini buzishi oqibatida kompyuterdagi axborot yo‘qolsa, u qaysi norma bo‘yicha javobgar bo‘ladi?
  1. Jinoyat kodeksining 155-moddasiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortiladi
  2. Mehnat kodeksining 15-moddasiga ko‘ra intizomiy javobgarlikka tortiladi
  3. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1551-moddasiga ko‘ra
  4. Fuqarolik kodeksining 55-moddasiga ko‘ra moddiy javobgar bo‘ladi

To‘g‘ri javob: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1551-moddasiga ko‘ra. Bunday shaxs Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1551-moddasiga ko‘ra javobgarlikka tortiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiJamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarKeyingi →O‘zbekistonda moliya-kredit tizimi