O‘zbekistonda moliya-kredit tizimi
III bo‘lim. Moliya huquqi
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
• Konstitutsiya moliya-kredit huquqining asosiy manbayi. • Moliya va davlat moliyaviy faoliyati.
Konstitutsiya moliya-kredit huquqining asosiy manbayi
Moliya huquqi mustaqil huquq tarmog‘i hisoblanadi. Moliya huquqi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli sohasi sifatida qayd etiladi. Moliya huquqiy normalari yordamida davlat tomonidan moliyaviy tizim harakatga keltiriladi va undan foydalaniladi. Bu soha turli huquq sohalari bilan tartibga solinadi.
Moliya – pul mablag‘lari jamg‘armalarini yaratish va ulardan foydalanish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriyadir.
Huquq tarixidan
Moliyaning vujudga kelishi tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi va davlatning o‘z funksiyalarini bajarishining moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoji bilan bog‘liq. Dastlab bu atama XII-XV asrlarda Italiyada paydo bo‘ldi, Genuya, Venetsiya, Florensiya kabi shaharlar savdo, pul hisob-kitoblari va banklarining faoliyatida muomalaga kiritildi. Keyinchalik uni davlat tomonidan o‘z vazifalarini hal qilish uchun yo‘naltiriladigan pul munosabatlari tizimi, pul jamg‘armalarini hosil qilish bilan bog‘liq tushuncha sifatida qo‘llay boshladilar.
Moliya umumdavlat ehtiyojlarini moliyalash uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari jamg‘armalarini yaratish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar tizimidir.
Huquq tarixidan
Davlat moliyaviy faoliyati deganda markazlashgan va markazlash- magan pul jamg‘armalarni maqsadga muvofiq va rejali tashkil etish, uni taqsimlash va foydalanishni tushunamiz.
Moliya sohasi moliya huquqini butunlay qamrab olsa ham, moliyaviy tizimning turli pog‘onalarida uning normalari turlicha qo‘llaniladi. Xullas, moliya huquqi predmetini davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarining mo- liyasi tashkil etadi. Moliya huquqi moliyaviy tizimning boshqa bo‘g‘inlari bilan chambarchas bog‘liq.
Moliya tushunchasi juda keng bo‘lib, o‘z mohiyatiga ko‘ra, iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. Bunday kategoriyalarga «pul», «foyda», «tannarx» kabi boshqa iqtisodiy tushunchalar ham kiradi. Bular kate- goriyaning mohiyatini va jamiyat rivojlanishidagi rolini belgilovchi turlicha vazifalarini bajaradi.
Huquq tarixidan
Davlat va mahalliy hokimiyat organlari pul jamg‘ar- malarida mablag‘larni yig‘ish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar moliya huquqi bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moliyaviy qonun hujjatlarining negizini tashkil etadi. Davlat moliyaviy munosabatlar va faoliyatini huquqiy tartibga solishning asoslari Konstitutsiyaning XXV «Moliya va kredit» bobida mustahkamlangan.
O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimi quyidagi bo‘g‘inlardan tarkib topgan:
a) davlat byudjeti, uning tuzilmasiga kiruvchi respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar;
Huquq tarixidan
b) davlat maqsadli jamg‘armalari va byudjetdan tashqari jamg‘armalar;
d) xo‘jalik yurituvchi subyektlar va iqtisodiyot tarmoqlari moliyasi;
e) kredit (davlat krediti va bank krediti); f) mulkni sug‘urta qilish va shaxsiy sug‘urta.
Davlat moliyaviy faoliyati
Davlat o‘z oldida turgan vazifalarni bajarish jarayonida ma’lum bir faoliyat turini amalga oshiradi. Moliyaviy faoliyat jarayonida yuzaga keluvchi huquqiy munosabatlarni moliya huquqi tartibga soladi.
Mazkur munosabatlarni quyidagi guruhlarga taqsimlash mumkin:
1) davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning byudjet sohasidagi faoliyati; 2) davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning soliq sohasidagi faoliyati; 3) davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning kredit sohasidagi faoliyati; 4) davlat va mahalliy korxonalarning moliyaviy faoliyati; 5) majburiy sug‘urta sohasidagi davlat faoliyati; 6) davlat va mahalliy organlarning byudjetdan tashqari jamg‘armalar sohasidagi faoliyati. Davlatning moliyaviy faoliyati davlat zimmasidagi funksiyalarning bajarilishini ta’min etish yo‘lida pul mablag‘larini to‘plash, taqsimlash (qayta taqsimlash) sohasidagi tadbirlardan iborat. Bu faoliyat moliyaviy mablag‘larni to‘plash va sarflash orqali amalga oshiriladi.
Davlat moliyaviy faoliyati
Moliyaviy mablag‘larni sarflash uchun moliyalashtirish va kreditlashtirish usullari qo‘llaniladi.
Moliyalashtirish asosida asosan byudjet tashkilotlariga davlat byudjetidan pul mablag‘lari qaytarib bermaslik sharti bilan ajratiladi.
Kreditlashtirish asosida ajratilgan pul mablag‘lari korxona, tashkilot va fuqarolar tomonidan muayyan vaqtgacha qaytarilishi lozim. Pul mablag‘i ma’lum muddatga, ma’lum summada qaytarish sharti bilan ajratiladi.
Markazlashgan fondlar respublika, viloyatlar, tumanlar fondlaridan iborat bo‘lib, ulardan faqat shu hududlarning ehtiyojlari uchungina foydalaniladi.
Markazlash- magan fondlar korxona va tashkilotlar pul fondlari bo‘lib, ular ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy maqsadlarga ishlatiladi.
Ijodiy faoliyat
Davlatning moliyaviy faoliyati quyidagi bir necha prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
• qonuniylik prinsipi;
• demokratik prinsip;
• fuqarolarning va mehnat jamoalarining ishtiroki prinsipi; • milliy siyosat prinsipi. O‘zbekiston davlatining moliyaviy faoliyati — bu respublikada ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi vazifalarni amalga oshirish, davlatning xavfsizligi va mudofaasini ta’minlash maqsadida pul jamg‘armalarini rejali tashkil etish, uni taqsimlash va undan maqsadga muvofiq foydalanishdir.
Savol va topshiriqlar
Muhim sanalar
- XII-XV asrlarda — Dastlab bu atama XII-XV asrlarda Italiyada paydo bo‘ldi, Genuya, Venetsiya, Florensiya kabi shaharlar savdo, pul hisob-kitoblari va banklarining faoliyatida muomalaga kiritildi.
Bilimingizni sinang
Moliya huquqining huquq tizimidagi o‘rni haqida qaysi hukm to‘g‘ri?
- Moliya huquqi mustaqil huquq tarmog‘i hisoblanadi
- Moliya huquqi jinoyat huquqining bir bo‘limi hisoblanadi
- Moliya huquqi faqat fuqarolik huquqining institutidir
- Moliya huquqi mustaqil tarmoq emas, faqat ma’muriy huquq qismidir
To‘g‘ri javob: Moliya huquqi mustaqil huquq tarmog‘i hisoblanadi. Moliya huquqi mustaqil huquq tarmog‘i hisoblanadi.
Moliya nima?
- Faqat davlat byudjetining daromadlari, ya’ni soliq va yig‘imlardan tushadigan mablag‘lar va ularni hisobga olish tartibi
- Banklarda saqlanadigan barcha mol-mulk va qimmatbaho buyumlar hamda ularni saqlash bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish munosabatlari
- Pul mablag‘lari jamg‘armalarini yaratish va ulardan foydalanish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriya
- Faqat soliq va yig‘imlar yig‘indisi, ya’ni davlatga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar va ularning umumiy miqdori hamda hisobi
To‘g‘ri javob: Pul mablag‘lari jamg‘armalarini yaratish va ulardan foydalanish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriya. Moliya — pul mablag‘lari jamg‘armalarini yaratish va ulardan foydalanish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi iqtisodiy kategoriyadir.
Moliya atamasi dastlab qayerda va qachon paydo bo‘lgan?
- Fransiyada XVIII asrda
- Italiyada XII–XV asrlarda
- Angliyada XVII asrda
- Germaniyada XIX asrda
To‘g‘ri javob: Italiyada XII–XV asrlarda. Moliya atamasi dastlab XII–XV asrlarda Italiyada paydo bo‘lgan; Genuya, Venetsiya, Florensiya shaharlarida muomalaga kiritilgan.
Moliyaning vujudga kelishi nima bilan bog‘liq?
- Sud tizimining shakllanishi va sudlar faoliyatini ta’minlashga bo‘lgan ehtiyoj hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan
- Fuqarolik jamiyati institutlarining paydo bo‘lishi va ularning jamoat faoliyatini mustaqil moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyoji bilan
- Armiya sonining ko‘payishi va davlatning harbiy xarajatlarga bo‘lgan ehtiyojlari hamda mudofaa tizimining kengayishi bilan
- Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi va davlatning o‘z funksiyalarini bajarishining moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoji bilan
To‘g‘ri javob: Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi va davlatning o‘z funksiyalarini bajarishining moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoji bilan. Moliyaning vujudga kelishi tovar-pul munosabatlari rivoji hamda davlatning funksiyalarini bajarish uchun moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoji bilan bog‘liq.
Moliya bilan bir qatorda qaysi tushunchalar iqtisodiy kategoriyalarga kiradi?
- «Aybdorlik», «jazo», «javobgarlik»
- «Pul», «foyda», «tannarx»
- «Qonun», «farmon», «qaror»
- «Saylov», «referendum», «mandat»
To‘g‘ri javob: «Pul», «foyda», «tannarx». Moliya iqtisodiy kategoriya bo‘lib, «pul», «foyda», «tannarx» kabi tushunchalar ham shunday kategoriyalarga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXV bobi qanday nomlanadi, unda davlat moliyaviy munosabatlarini huquqiy tartibga solish asoslari mustahkamlangan?
- Jamiyatning iqtisodiy negizlari
- Mulk va tadbirkorlik
- Byudjet va soliqlar
- Moliya va kredit
To‘g‘ri javob: Moliya va kredit. Davlat moliyaviy munosabatlarini huquqiy tartibga solish asoslari Konstitutsiyaning XXV «Moliya va kredit» bobida mustahkamlangan.
Davlat moliyaviy munosabatlar va faoliyatini huquqiy tartibga solishning asoslari Konstitutsiyaning qaysi bobida mustahkamlangan?
- XXIV «Davlat hokimiyati» bobida
- XXVI «Mahalliy boshqaruv» bobida
- XXV «Moliya va kredit» bobida
- XXII «Mulk» bobida
To‘g‘ri javob: XXV «Moliya va kredit» bobida. Moliyaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solish asoslari Konstitutsiyaning XXV «Moliya va kredit» bobida mustahkamlangan.
Davlat byudjetining tuzilmasiga qaysilar kiradi?
- Respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar
- Faqat respublika byudjeti va Qoraqalpog‘iston byudjeti, mahalliy byudjetlar esa kirmaydi
- Faqat mahalliy byudjetlar va banklar kapitali hamda davlat korxonalari byudjeti
- Respublika byudjeti, mahalliy byudjetlar va xususiy korxonalar byudjeti hamda banklar byudjeti
To‘g‘ri javob: Respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar. Davlat byudjetining tuzilmasiga respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar kiradi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash