Moliyaviy-huquqiy munosabatlar
III bo‘lim. Moliya huquqi
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
• Moliyaviy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. • Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning turlari.
• Moliya huquqi subyektlari tushunchasi va tizimi.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar huquqiy munosabatlarning muayyan bir turini tashkil etadi. Shuning uchun har qanday huquqiy munosabatga xos bo‘lgan umumiy narsalar unga ham xosdir.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar ayrim o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega bo‘lib, bu xususiyatlar ularni huquqiy munosabatlarning boshqa turlaridan ajratish uchun imkon beradi.
Ushbu xususiyatlar ularning yuzaga kelish sohasi (davlat moliyaviy faoliyati), moliyaviy-huquqiy tartibga solishning o‘ziga xosligi (davlat moliyaviy faoliyatini amalga oshiruvchi organ xohish-irodasining imperativli- gi va bir tomonlamaligi), huquqiy tartibga solish obyekti kabilar bilan belgilanadi.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
Moliyaviy munosabatlarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iboratdir:
— birinchidan, moliyaviy-huquqiy munosabatlar faqat davlat pul jamg‘armalarini rejali yaratish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga keladi;
— ikkinchidan, moliyaviy-huquqiy munosabatlar ko‘pincha mulkiy munosabatlarning turlaridan hisobla-
Moliyaviy- huquqiy munosabat – bu davlat moliyaviy faoliyatida yuzaga keladigan, mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan moliyaviy-huquqiy norma bilan tartibga solingan ijtimoiy munosa- batdir.
Moliyaviy- huquqiy munosabatlar hamma vaqt pul mablag‘lari sababli yuzaga keladi.
Moliyaviy- huquqiy munosabatlarni belgilovchi xususiyati shundan iboratki, ular asosan davlat va ijtimoiy hayotning maxsus sohasida, ya’ni davlatning aynan moliyaviy faoliyati sohasida tarkib topadi.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
nadi, chunki ushbu munosabatlar obyekti sifatida pul mablag‘lari qatnashadi;
— uchinchidan, moliyaviy-huquqiy munosabatlar tomonlaridan biri sifatida hamma vaqt davlat yoki uning vakolatli organi qatnashadi.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning turlari. Moliya huquqi subyektlari tushunchasi va tizimi
Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning bir qancha turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Masalan, moliya tizimining tegishli bo‘g‘iniga qarab, byudjet, soliq, davlat kreditini tashkil etish bo‘yicha, sug‘urta, pul muomalasi va hisob-kitoblar, valyutani tartibga solish kabi huquqiy munosabatlar va hokazo.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlarni moddiy va protsessual huquqiy munosabatlarga ajratish qabul qilingan.
Moddiy moliyaviy-huquqiy munosabatlar moliya huquqi subyektlarining moliyaviy-huquqiy normalar materiallarida mustahkamlangan huquq va majburiyatlarini amalga oshirish vositasi hisoblanadi.
Ijodiy faoliyat
Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning asosiy obyekti hisoblangan moliyaviy faoliyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita davlatning xohish-irodasi va manfaatlarini ifodalaydi.
Protsessual moliyaviy-huquqiy munosabatlar davlat pul jamg‘armalarini taqsimlash tartibi, ulardan foydalanishni nazorat qilish shakl va uslublarini belgilash munosabati bilan yuzaga keladi.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar o‘z obyektlariga ega. Bu obyektlar, eng avvalo, pul va pul majburiyat- laridir, ammo faqat bu bilan kifoyalanmay, ularga pul mablag‘larining to‘planishi va sarflanishini ta’minlovchi tartib-qoidalar, moliyaviy munosabat ishtirokchilarining qonun doirasidagi xatti-harakati ham kiritilishi mumkin.
Ijodiy faoliyat
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar ikki tomonlama munosabat bo‘lib, unda majburiyatlarning bajarilishini hammadan va har doim talab qilish vakolatiga ega bo‘lgan davlat (uning moliya, soliq, kredit muassasalari), ikkinchi tomondan esa moliyaviy-huquqiy normalar qaratilgan boshqa shaxslar (davlat va jamoat idoralari, yuridik va jismoniy shaxslar) ishtirok etadi.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar – munosabat obyekti, munosabat subyekti, munosabat mazmunini tashkil etadi.
Moliya huquqi normalari talablari moliyaviy- huquqiy munosabatlarning ko‘p turliligi orqali ro‘yobga chiqib, ushbu munosabatlarning tegishli subyektlarisiz yoki qatnashchilarisiz ularning mavjud bo‘lishi mumkin emas.
Ijodiy faoliyat
Moliya huquqida an’anaviy ravishda moliya huquqiy subyektlarining uchta asosiy guruhi ajratiladi.
Pul munosabatlari markazlashtirilgan va markazlashti rilmagan pul mablag‘lari jamg‘armalarini yaratish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq holda yuzaga keladi.
Moliyaviy- huquqiy munosabatlar davlat hokimiyati xusu- siyatisiz mavjud bo‘lishi mumkin emas.
1. Ijtimoiy-hududiy tuzilmalar — O‘zbekiston Respublikasi va uning ma’muriy hududiy birliklari. Shu o‘rinda ular moliyaviy-huquqiy qobiliyat egalari hisoblanadi.
Ijodiy faoliyat
Mazkur birliklar moliya huquqi subyekti sifatida ko‘proq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Byudjet tizimi to‘g‘risida»gi va «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunlarda mustahkamlangan byudjet munosabatlari sohasidagi vakolatlarni amalga oshirishda namoyon bo‘ladi.
Shu tariqa aynan shu subyektlarga davlat va mahalliy byudjet huquqi mustahkamlab berilgan.
Ayrim huquqiy munosabatlarda faqat davlatning o‘zi moliya huquqiy subyekti sifatida qatnashishi mumkin.
2. Jamoa subyektlari — davlat moliyaviy faoliyati sohasida tegishli yuridik majburiyatlar va huquqlar majmuyini olish qobiliyatiga ega bo‘lgan hamda ularning amalga oshirilishi uchun mas’ul hisoblangan odamlarning tashkiliy va alohida ajratilgan turli xil birikma- laridir. Ular qatoriga, odatda, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlar (korxonalar, muassasalar) kiradi.
Ijodiy faoliyat
Davlat organlari moliya huquqi subyektlari jumlasiga kiradi, chunki ularning ishtirokisiz huquqiy munosabatlar amalda yuzaga kelishi mumkin emas.
Demak, davlat organlari moliyaviy-huquqiy munosabatlarning majburiy qatnashchilari qatoriga kirib, bu moliyaviy faoliyatning davlat-hokimiyat xususiyati va uning huquqiy tartibga solish uslubining o‘ziga xosligi bilan belgilanadi.
Moliya huquqi jamoa subyektlarining eng ko‘p sonli guruhini ijroiya hokimiyati davlat organlari tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100- va 122-moddalarini o‘qing va berilgan matn bilan muvofiqlashti ring.
3. Individual subyektlar — O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lib, ular teng moliyaviy-huquqiy subyektlikka ega va shu munosabat bilan qonunlarda jismoniy shaxslar sifatida belgilanadi. Moliya huquqi subyektlarining ushbu toifasi asosan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashga doir munosabatlarda ishtirok etadi. Shu tariqa jismoniy shaxslar daromad solig‘i, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lovchilar hisoblanadi.
Ijodiy faoliyat
Davlat ijroiya organlari ro‘yxatini shakllantirishga harakat qiling.
Savol va topshiriqlar
Bilimingizni sinang
Moliyaviy-huquqiy munosabat nima?
- Davlat moliyaviy faoliyatida yuzaga keladigan, mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan moliyaviy-huquqiy norma bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabat
- Faqat ikki xususiy shaxs o‘rtasidagi qarz munosabati bo‘lib, davlat ishtirok etmaydigan va mulkiy xususiyatga ega fuqarolik-huquqiy munosabat
- Mehnat shartnomasi bo‘yicha yuzaga keladigan munosabat bo‘lib, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat-huquqiy normalar bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabat
- Siyosiy partiyalar o‘rtasida yuzaga keladigan, davlat moliyaviy faoliyatiga aloqador bo‘lmagan va siyosiy norma bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabat
To‘g‘ri javob: Davlat moliyaviy faoliyatida yuzaga keladigan, mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan moliyaviy-huquqiy norma bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabat. Moliyaviy-huquqiy munosabat — davlat moliyaviy faoliyatida yuzaga keladigan, mulkiy xususiyatli, moliyaviy-huquqiy norma bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatdir.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlarning birinchi xususiyati qaysi?
- Ular faqat xususiy tadbirkorlar o‘rtasida, davlat ishtirokisiz pul mablag‘larini yaratish va ulardan foydalanishda yuzaga keladi
- Ular faqat davlat pul jamg‘armalarini rejali yaratish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga keladi
- Ular faqat natura shaklida bajariladi, ya’ni pul emas, tovar va xizmat ko‘rinishida davlat bilan hisob-kitob qilinadi
- Ular tomonlarning to‘liq tengligiga asoslanadi, bunda davlat va xususiy shaxs bir xil huquqiy maqomda bo‘ladi
To‘g‘ri javob: Ular faqat davlat pul jamg‘armalarini rejali yaratish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga keladi. Birinchi xususiyat: munosabatlar faqat davlat pul jamg‘armalarini rejali yaratish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga keladi.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar nima uchun ko‘pincha mulkiy munosabatlarning turlaridan hisoblanadi?
- Chunki ularda tomonlar mulkdor bo‘lishi va mulk topshirishi shart
- Chunki ular faqat ko‘chmas mulk va yer bilan bog‘liq munosabatlardir
- Chunki ularda faqat natura shaklidagi to‘lov va tovar almashinuvi bo‘ladi
- Chunki ushbu munosabatlar obyekti sifatida pul mablag‘lari qatnashadi
To‘g‘ri javob: Chunki ushbu munosabatlar obyekti sifatida pul mablag‘lari qatnashadi. Moliyaviy-huquqiy munosabatlar obyekti sifatida pul mablag‘lari qatnashgani uchun ular mulkiy munosabatlar turlaridan hisoblanadi.
Kazus. Ikki xususiy kompaniya o‘rtasida o‘zaro pul qarzi to‘g‘risida shartnoma tuzildi. Bu munosabatda davlat yoki uning vakolatli organi ishtirok etmaydi. Mutaxassis uni moliyaviy-huquqiy munosabat deb baholadi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Baho to‘g‘ri, chunki munosabatda pul mablag‘lari qatnashadi va shartnoma tuzilgan, davlat ishtiroki esa mutlaqo shart emas
- Baho to‘g‘ri, chunki shartnoma tuzilgan va u pul qarziga oid bo‘lib, ikkala tomon ham yuridik shaxs maqomida, shuning uchun davlat ishtiroki shart emas
- Baho to‘g‘ri, chunki ikkala tomon yuridik shaxs bo‘lib, ular o‘rtasida pul bilan bog‘liq munosabat vujudga kelgan, davlat ishtiroki shart emas
- Baho noto‘g‘ri, chunki moliyaviy-huquqiy munosabatda tomonlaridan biri sifatida hamma vaqt davlat yoki uning vakolatli organi qatnashadi
To‘g‘ri javob: Baho noto‘g‘ri, chunki moliyaviy-huquqiy munosabatda tomonlaridan biri sifatida hamma vaqt davlat yoki uning vakolatli organi qatnashadi. Moliyaviy-huquqiy munosabatlar tomonlaridan biri sifatida hamma vaqt davlat yoki uning vakolatli organi qatnashadi.
Quyidagilardan qaysi biri moliya tizimining bo‘g‘iniga qarab ajratiladigan moliyaviy-huquqiy munosabatlar turlaridan biri?
- Valyutani tartibga solish bo‘yicha munosabatlar
- Nikoh va oilaviy majburiyatlar bo‘yicha munosabatlar
- Mehnat shartnomasi bo‘yicha munosabatlar
- Saylov va referendum huquqiy munosabatlari
To‘g‘ri javob: Valyutani tartibga solish bo‘yicha munosabatlar. Byudjet, soliq, davlat krediti, sug‘urta, pul muomalasi va hisob-kitoblar, valyutani tartibga solish bo‘yicha munosabatlar moliya tizimining bo‘g‘iniga qarab ajratiladi.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar qaysi ikki turga ajratiladi?
- Ichki va tashqi
- Moddiy va protsessual
- Jinoiy va fuqarolik
- Xususiy va jamoat
To‘g‘ri javob: Moddiy va protsessual. Moliyaviy-huquqiy munosabatlarni moddiy va protsessual huquqiy munosabatlarga ajratish qabul qilingan.
Moddiy moliyaviy-huquqiy munosabatlar nima?
- Davlat pul jamg‘armalarini nazorat qilish shakllari va uslublarini belgilash hamda ularni tartibga solish munosabatlari
- Faqat moddiy zarar qoplanishi bo‘yicha munosabatlar, ya’ni zarar yetkazgan shaxsning javobgarlikka tortilishi vositasi
- Moliya huquqi subyektlarining moliyaviy-huquqiy normalarda mustahkamlangan huquq va majburiyatlarini amalga oshirish vositasi
- Faqat jismoniy shaxslarning mol-mulk munosabatlari va ularning shaxsiy xo‘jaligi bilan bog‘liq huquq hamda majburiyatlari
To‘g‘ri javob: Moliya huquqi subyektlarining moliyaviy-huquqiy normalarda mustahkamlangan huquq va majburiyatlarini amalga oshirish vositasi. Moddiy munosabatlar subyektlarning normalarda mustahkamlangan huquq va majburiyatlarini amalga oshirish vositasi hisoblanadi.
Protsessual moliyaviy-huquqiy munosabatlar qanday munosabat bilan yuzaga keladi?
- Soliq stavkalarini tasdiqlash va ularni belgilangan muddatlarda undirish munosabati bilan, ya’ni moddiy mazmundagi munosabat sifatida
- Bank hisobraqamlarini ochish va ularda pul mablag‘larini saqlash hamda hisob-kitob qilish tartibini belgilash munosabati bilan
- Mol-mulkni sotib olish va uni boshqa shaxsga sotish yoki ayirboshlash munosabati bilan, ya’ni fuqarolik-huquqiy tartibda
- Davlat pul jamg‘armalarini taqsimlash tartibi, ulardan foydalanishni nazorat qilish shakl va uslublarini belgilash munosabati bilan
To‘g‘ri javob: Davlat pul jamg‘armalarini taqsimlash tartibi, ulardan foydalanishni nazorat qilish shakl va uslublarini belgilash munosabati bilan. Protsessual munosabatlar pul jamg‘armalarini taqsimlash tartibi va ulardan foydalanishni nazorat qilish shakl va uslublarini belgilash munosabati bilan yuzaga keladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash