O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjet huquqi
III bo‘lim. Moliya huquqi
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
Byudjet huquqi – moliya huquqining bir qismi davlatning byudjet tuzilishini, turli darajadagi byud- jetlarni, ularning daromad qismini shakllantirish va byudjet mablag‘larining sarflanishi, shuningdek umuman davlatning byudjet-moliya siyosatini shakllantirish va amalga oshirish tartibini belgilovchi huquqiy normalar majmuyi.
• Byudjet tushunchasi va huquqi.
• Davlat byudjeti va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.
Byudjet tushunchasi va huquqi
Byudjet huquqini davlat byudjeti mablag‘larini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish bo‘yicha yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi moliyaviy-huquqiy normalar majmuyi sifatida belgilash mumkin.
Davlat byudjet tashkilotlari o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun kerak bo‘lgan barcha mablag‘larni byudjetning tegishli xarajatlar qismidan oladilar.
Byudjet davlat hokimiyati organlari funksiyalarini ta’minlash maqsadida pul mablag‘larini tashkil etish va xarajat qilish shaklidir.
Byudjetning asosiy vazifalari:
• milliy daromadni qayta taqsimlash;
• iqtisodiyotni tartibga solish;
• byudjet sohasini moliyaviy ta’minlash va davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish; • markazlashgan pul mablag‘lari jamg‘armalarini tashkil etish va foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish. Byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, ularning boshqa qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan normalari Byudjet kodeksiga muvofiq bo‘lishi kerak. Agar davlatimiz tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalarda byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Davlat byudjeti va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
Davlat byudjeti har yili tasdiqlanadi va u 1-yanvardan 31-dekabrga qadar amalda bo‘ladi.
Davlatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi jarayonida byudjetdan foydalanish natijasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar alohida guruhga ajratiladi hamda moliya qonun hujjatlarining asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lgan byudjet qonunlarini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
• byudjet tizimining yagonaligi;
• byudjet tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi; • byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o‘zaro bog‘liqligi;
Huquq tarixidan
Byudjet so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, «g‘azna» degan ma’noni anglatadi. Byudjet XVII asrning ikkinchi yarmida Fransiyadagi burjua revolyut- siyasidan keyin o‘rnatilgan. XIX asrning ikkinchi yarmida byudjet atamasi Yevropa mamlakatlarida tarqaldi va XX asrdan deyarli barcha mamlakatlarda byudjet kategoriyasi foydalanila boshlandi.
Byudjet jarayoni — byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosini nazorat qilish, turli byud- jetlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar jarayoni.
Huquq tarixidan
Byudjet jarayoni ishtirokchilari — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat moliyaviy nazorat organlari, byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilar.
Byudjet tashkiloti – davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilotdir.
• byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish; • byudjet tizimi byudjetlari mablag‘laridan foydalanishning aniq yo‘naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati; • byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi;
Huquq tarixidan
• byudjet tizimi byudjetlari mablag‘laridan foyda-
lanishning natijadorligi; • kassaning yagonaligi;
• byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi;
• ochiqlik.
O‘zbekistonning Davlat byudjeti tuzilmasi
Davlat byudjeti quyidagi darajadagi byudjetlardan iborat:
z z O‘zbekiston Respublikasining byudjeti;
z z Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyat- lar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari. Davlat byudjeti daromadlari:
• soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
• davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan olingan daromadlar;
Huquq tarixidan
Moliya yili — 1-yanvardan 31-dekabr oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oluvchi davr.
2013-yil 26-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi mablag‘larini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish va byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilishga oid munosabatlarni tartibga soluvchi «O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi.
• meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; • yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari; • rezident-yuridik shaxslarga berilgan byudjet ssudalarini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar; • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar
Huquq tarixidan
hisobidan shakllantiriladi.
Savol va topshiriqlar
O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini toping va quyidagi savollarga javob bering.
Hududiy moliya organlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari.
Savol va topshiriqlar
Moliyaviy majburiyatlar — byudjet tashkilotlarida va byudjet mablag‘lari oluvchilarda ularga pul mablag‘larini o‘tkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan, ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar.
1 Moliya yili a — byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosini nazorat qilish, byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar jarayoni; 2 Byudjet jarayoni b — davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat moliyaviy nazorat organlari, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar; 3 Byudjet jarayoni ishtirokchilari c — byudjet tashkilotlarida va byudjet mablag‘lari oluvchilarda ularga pul mablag‘larini o‘tkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar. 4 Moliyaviy d – davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot. 5 Byudjet tashkiloti
Savol va topshiriqlar
e — 1-yanvardan 31-dekabr kuni oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oluvchi davr.
Muhim sanalar
- 2013-yil — 2013-yil 26-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi mablag‘larini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish va byudjet to‘g‘risidagi…
- 1-yanvardan — Davlat byudjeti har yili tasdiqlanadi va u 1-yanvardan 31-dekabrga qadar amalda bo‘ladi.
- 31-dekabrga — Davlat byudjeti har yili tasdiqlanadi va u 1-yanvardan 31-dekabrga qadar amalda bo‘ladi.
- XVII asrning — Byudjet XVII asrning ikkinchi yarmida Fransiyadagi burjua revolyut- siyasidan keyin o‘rnatilgan.
- XIX asrning — XIX asrning ikkinchi yarmida byudjet atamasi Yevropa mamlakatlarida tarqaldi va XX asrdan deyarli barcha mamlakatlarda byudjet kategoriyasi foydalanila boshlandi.
- XX asrdan — XIX asrning ikkinchi yarmida byudjet atamasi Yevropa mamlakatlarida tarqaldi va XX asrdan deyarli barcha mamlakatlarda byudjet kategoriyasi foydalanila boshlandi.
- 1-yanvardan — Moliya yili — 1-yanvardan 31-dekabr oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oluvchi davr.
- 31-dekabr — Moliya yili — 1-yanvardan 31-dekabr oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oluvchi davr.
- 26-dekabrda — 2013-yil 26-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi mablag‘larini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish va byudjet to‘g‘risidagi…
- 1-yanvardan — e — 1-yanvardan 31-dekabr kuni oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oluvchi davr.
Bilimingizni sinang
Byudjet huquqi qanday normalar majmuyi sifatida belgilanadi?
- Davlat byudjeti mablag‘larini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanishdagi munosabatlarni tartibga soluvchi moliyaviy-huquqiy normalar majmuyi
- Soliq to‘lovchilarning huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek soliq undirish tartibini belgilovchi moliyaviy-huquqiy normalar majmuyi
- Banklar faoliyatini litsenziyalash, nazorat qilish va ularning kredit hamda valyuta siyosatini yuritishini tartibga soluvchi normalar majmuyi
- Davlat xizmatchilarining mehnat munosabatlarini, shuningdek ularning mansab maoshi va ta’tillarini tartibga soluvchi normalar majmuyi
To‘g‘ri javob: Davlat byudjeti mablag‘larini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanishdagi munosabatlarni tartibga soluvchi moliyaviy-huquqiy normalar majmuyi. Byudjet huquqi byudjet mablag‘larini tashkil etish, taqsimlash va foydalanish bo‘yicha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi moliyaviy-huquqiy normalar majmuyidir.
Maktab direktori yangi o‘quv yili uchun zarur mablag‘lar o‘z faoliyatidan tushgan daromad hisobidan qoplanishi kerak, deb hisoblaydi. Davlat byudjeti tashkiloti sifatida maktab mablag‘ni qaerdan oladi?
- Faqat o‘quvchilar ota-onalaridan yig‘ilgan badallardan
- Soliq organlarining maxsus jamg‘armasidan
- Faqat xorijiy kreditlar hisobidan
- Byudjetning tegishli xarajatlar qismidan
To‘g‘ri javob: Byudjetning tegishli xarajatlar qismidan. Davlat byudjet tashkilotlari kerakli barcha mablag‘ni byudjetning tegishli xarajatlar qismidan oladi.
Agar O‘zbekiston imzolagan xalqaro shartnomada byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid qoida belgilangan bo‘lsa, qaysi qoidalar qo‘llaniladi?
- Byudjet kodeksi qoidalari
- Moliya vazirligi ko‘rsatmalari
- Xalqaro shartnoma qoidalari
- Mahalliy hokimlik qarorlari
To‘g‘ri javob: Xalqaro shartnoma qoidalari. Zid qoidalar bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Quyidagilardan qaysi biri byudjetning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi?
- Milliy daromadni qayta taqsimlash
- Sud hukmlarini ijro etish
- Fuqarolik holati dalolatnomalarini yuritish
- Saylovlarni o‘tkazish
To‘g‘ri javob: Milliy daromadni qayta taqsimlash. Byudjetning vazifalari qatorida milliy daromadni qayta taqsimlash va iqtisodiyotni tartibga solish bor.
Mahalliy byudjet bo‘yicha xodim Zafar xalqaro shartnomada Byudjet kodeksiga zid qoida borligini aytdi, hamkasbi Dilnoza esa «baribir kodeks qo‘llanadi» dedi. Byudjet huquqiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Dilnozaning fikri to‘g‘ri, kodeks har doim ustun turadi
- Zafarning fikri qisman to‘g‘ri, hal qilishni hokimlik belgilaydi
- Zafarning fikri to‘g‘ri, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi
- Zid qoidalarni Moliya vazirligi o‘zi tanlab qo‘llaydi
To‘g‘ri javob: Zafarning fikri to‘g‘ri, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Imzolangan xalqaro shartnomada byudjet qonun hujjatlariga zid qoida bo‘lsa, shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti qaysi muddat davomida amalda bo‘ladi?
- 1-iyuldan 30-iyungacha
- 1-yanvardan 31-dekabrga qadar
- 1-sentabrdan 31-avgustgacha
- 1-apreldan 31-martgacha
To‘g‘ri javob: 1-yanvardan 31-dekabrga qadar. Davlat byudjeti har yili tasdiqlanadi va 1-yanvardan 31-dekabrga qadar amalda bo‘ladi.
Buxgalter Sardor 2026-yil davlat byudjeti 1-aprelda kuchga kirib, keyingi yil 31-martgacha amal qiladi, degan fikrni bildirdi. Byudjet huquqiga ko‘ra uning fikri qanday baholanadi?
- Noto‘g‘ri, byudjet 1-yanvardan 31-dekabrga qadar amalda bo‘ladi
- To‘g‘ri, agar hokimlik shunday qaror qilsa, byudjet aprelda boshlanadi
- To‘g‘ri, chunki byudjet chorak asosida tasdiqlanadi va yangilanadi
- Noto‘g‘ri, byudjet faqat bir oy amal qiladi va har oy yangilanadi
To‘g‘ri javob: Noto‘g‘ri, byudjet 1-yanvardan 31-dekabrga qadar amalda bo‘ladi. Davlat byudjeti har yili tasdiqlanadi va 1-yanvardan 31-dekabrgacha amal qiladi.
«Byudjet» so‘zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
- Fransuz tilidan, «soliq»
- Ingliz tilidan, «g‘azna»
- Nemis tilidan, «hisobot»
- Lotin tilidan, «qonun»
To‘g‘ri javob: Ingliz tilidan, «g‘azna». Byudjet so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, «g‘azna» degan ma’noni anglatadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash