XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 11-sinf · Davlat va huquq asoslari · 21-§

Davlat daromadlarini huquqiy tartibga solish

III bo‘lim. Moliya huquqi

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

• Davlat daromadlari.

• Soliqlar tushunchasi va funksiyalari.

• Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari.

Davlat o‘z oldida turgan vazifa va funksiyalarini amalga oshirishi uchun ma’lum bir moliyaviy resurslarga ega bo‘lishi lozim. Shu sababli turli pul to‘lovlari va ajratmalar ko‘rinishidagi mamlakat milliy daromadining bir qismi uning ehtiyojlariga yo‘naltiriladi.

Natijada u o‘z daromadlariga, ya’ni davlat daromadlariga ega bo‘ladi. Bu daromad davlat egaligida bo‘lib, tegishli davlat hokimiyati organlari tomonidan tasarruf qilinadi.

Davlat daromadlarining manbasi va tizimi, shuningdek ulardan har birining ahamiyati davlat iqtisodiy tizimiga bog‘liq bo‘ladi.

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

Davlat daromadlari yagona tizimdan iborat bo‘lib, uning elementlari pul mablag‘lari ayrim turlarining muayyan majmuyini tashkil etadi. Davlat daromadlarining yagona tizimi shu bilan izohlanadiki, amaldagi qonun hujjatlari davlat tomonidan o‘zining barcha daromadlarini shakllantirish uchun foydalaniladigan pul mablag‘larining aynan bir turini belgilaydi.

Davlat daromadlarining yagona tizimi ular mohiyatining eng muhim xususiyatlarini aks ettiradigan belgilarga qarab har xil turlar bo‘yicha tasniflanadi.

Davlat daromadlari – bu davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini amalga oshirish, mamlakat mudofaasi va xavfsizligini, shuningdek, davlat organlari faoliyatini ta’minlash bo‘yicha masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan moliya bazasini yaratishga qaratilgan mamlakat milliy daromadining bir qismi.

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

Markazlashgan daromadlar deganda yagona umumdavlat jamg‘armasiga, ya’ni mamlakatning davlat byudjetiga kelib tushadigan moliyaviy resurslar tushuniladi.

Davlatning markazlashtiril magan daromadlariga davlat korxonalarining daromadlari kirib, bu daromadlar qonunlarda belgilangan tartibda korxonalar ixtiyoriga kelib tushadi va ular tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlar uchun foydalaniladi.

Shakllanish va foydalanish tartibiga qarab barcha davlat daromadlari markazlashtirilgan va markazlashti- rilmagan daromadlarga bo‘linadi.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘laganidan keyin korxonalar olgan foyda va ular ixtiyorida bo‘lgan boshqa daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etishi mumkin.

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

Davlat daromadlari va ular o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar qonun hujjatlari me’yorlari, O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, Soliq kodeksi va boshqa qonunlar va qonunosti hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Davlat daromadlari hududiylik xususiyatiga ko‘ra, respublika va mahalliy daromadlarga bo‘linadi.

Davlat daromadlari yuridik xususiyati va shakliga ko‘ra soliq to‘lovlari va soliqsiz tushumlarga bo‘linadi.

Soliqlarga majburiylik va individual qaytarib bermaslik xususiyatlari xosdir.

Soliqsiz to‘lovlar majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Majburiy soliqsiz to‘lovlar davlat tomonidan ma’lum bir yuridik ahamiyatli xizmatlarni ko‘rsatish, bir faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish orqali undiriladi. Bunday to‘lovlarda ikki tomon ham huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi.

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

Davlat daromadlari to‘plash usuliga ko‘ra majburiy to‘lovlar va ixtiyoriy to‘lovlarga bo‘linadi.

Davlat va mahalliy organlarning ixtiyoriga kelib tushadigan daromadlarning katta qismini majburiy to‘lovlar tashkil qiladi. Bularga soliqlar, bojxona va boshqa to‘lovlar, turli xildagi jarimalar va moliyaviy sanksiyalar kiradi.

Ixtiyoriy to‘lovlar esa lotereya o‘yinlari o‘tkazishdan, turli aksiyalardan, yuridik va jismoniy shaxslarning xayr-ehsonlaridan, davlat qimmatli qog‘ozlarini sotishdan tashkil topadi.

Mulkka bo‘lgan munosabatni hisobga olgan holda, daromadlarni qaytarib berilmaydigan daromadlarga, vaqtincha foydalaniladigan va qaytarib beriladigan daromadlarga bo‘lish mumkin. Masalan, soliqlar, bojlar, yig‘imlar, davlat mulkini xususiylashtirishdan kelib tushadigan to‘lovlar va boshqa majburiy to‘lovlar qaytarib bermaslik sharti bilan davlat daromadlariga to‘planadi hamda davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulki hisoblanadi.

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

Vaqtincha foydalaniladigan daromadlar esa davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning daromadiga kiritilmagan bo‘lib, ular obligatsiyalar, zayomlarni tarqa- tishdan, banklar tomonidan byudjetdan tashqari mablag‘larni to‘ldirish uchun beriladigan kreditlardan hosil bo‘ladigan daromadlar va boshqalar.

Davlat byudjetida to‘planadigan markazlashtirilgan daromadlar mamlakat xarajatlarini qoplanishining asosiy manbayi hisoblanadi, ular bevosita va bilvosita soliqlar asosida shakllantiriladi.

«Iqtisodiy bilim asoslari» darslarida olgan bilimlaringizga tayanib, «bevosita soliq» va «bilvosita soliq» tushunchalariga ta’rif bering.

Soliqlar tushunchasi va funksiyalari

Davlatning eng muhim belgilaridan biri unda soliqlarning joriy qilinganligidir. Moliya huquqining huquqiy institutlaridan biri soliq huquqi bo‘lib, u soliq to‘lovlarini joriy etish va undirib olish vaqtida yuzaga keladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi.

Soliqlarga quyidagilar kiradi:

• yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;

• jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

• qo‘shilgan qiymat solig‘i;

Soliqlar ularni to‘lovchi shaxslar uchun qullik emas, balki ozodlik alomatidir.

A. Smit, soliq solish nazariyasining

asoschisi

Soliqlar davlat hokimiyatining ajralmas qismlari bo‘lgan armiya, sud, davlat apparati faoliyatini hamda davlatning boshqa ehtiyojlarini moddiy jihatdan ta’minlash uchun zarur.

Soliqlar tushunchasi va funksiyalari

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari quyidagilardir:

9 9 soliq solish obyekti; 9 9 soliq solinadigan baza; 9 9 stavka; 9 9 hisoblab chiqarish tartibi; 9 9 soliq davri; 9 9 soliq hisobotini taqdim etish tartibi; 9 9 to‘lash tartibi.

• aksiz solig‘i;

• yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar; • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

• mol-mulk solig‘i;

• yer solig‘i;

• benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq. Boshqa majburiy to‘lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

• davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar:

9 9 yagona ijtimoiy to‘lov; 9 9 byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga fuqarolarning sug‘urta badallari; 9 9 davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar; 9 9 Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar; • davlat boji;

Soliqlar tushunchasi va funksiyalari

• bojxona to‘lovlari;

• ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im.

Huquq tarixidan

Soliq huquqining ilk yozma me’yorlari Hammurapi qonunlarida (er. avv. XVIII asr) ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, birinchidan, soliqlarning ikki ko‘rinishi: podsho xazinasiga to‘lanadigan markazlashgan soliqlar va mahalliy oqsuyaklar xazinasiga to‘lanadigan mahalliy soliqlar; ikkinchidan, soliq subyektlari; uchinchidan, soliq obyektlari; to‘rtinchidan, soliqlarni undirish tartibi; beshinchidan, javobgarlik choralari va boshqalar mustahkamlab qo‘yilgan.

Yurtimiz hududida Soliq kodeksida belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan tartibida quyidagi soliqlar to‘lanilishi mumkin:

• yagona soliq to‘lovi;

Huquq tarixidan

• yagona yer solig‘i;

• tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq. Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli jamg‘armalar tashkil etilishi mumkin bo‘lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to‘lovlar belgilanadi.

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari

Jismoniy shaxslarning soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun javobgarligi o‘n olti yoshdan boshlab vujudga keladi.

Soliq yoki boshqa majburiy to‘lov to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida uni to‘lovchilar, shuningdek uni hisoblab chiqish va to‘lash uchun zarur elementlar belgilab qo‘yilgan taqdirdagina ushbu soliq yoki to‘lov belgilangan deb hisoblanadi.

Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda soliq yoki boshqa majburiy to‘lov belgilanayotganda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida soliq imtiyozlari, shuningdek ularning soliq to‘lovchi tomonidan qo‘llanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin.

Qonun qudratli, biroq ehtiyoj yanada kuchliroq

Gyote

Soliq sohasidagi huquqiy munosabatlar – soliq huquqi me’yorlari bilan tartibga solingan ijtimoiy moliyaviy munosabatlar bo‘lib, bu munosabatlar soliqlarni joriy etish, yuridik va jismoniy shaxslardan, soliq to‘lovchilarning boshqa toifalaridan soliqlarni undirish jarayonida yuzaga keladi.

Soliq to‘lovchilar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari har bir soliq yoki boshqa majburiy to‘lovga tatbiqan belgilanadi.

Soliq huquqi munosabatlari quyidagi xususiyatlarga ega:

birinchidan, soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘rnatish va undirishga qaratilgan davlat faoliyati jarayonida yuzaga keladi;

ikkinchidan, maqsadli tizimga ega, ya’ni soliq sohasidagi huquqiy munosabatlarning tizimi ma’lum bir maqsadga – soliqlarni o‘rnatish va undirishga qaratilgan;

Gyote

uchinchidan, ma’lum bir subyektlar o‘rtasida bo‘ladigan aniq aloqalarni tartibga soladi;

to‘rtinchidan, davlatning majburlov kuchi bilan himoya qilinadi, ya’ni soliq qonunlari buzilganda davlatning majburlov choralari harakatga keladi.

Savol va topshiriqlar

Savollar: 1. O‘zbekiston Respublikasining Soliq, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat ko- dekslarini toping. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi- dan soliq to‘lovchilarning huquq va majburiyatlari belgilangan qoidalarni o‘qing va tushuntirib bering. Mazkur majburiyatlarni bajarmaganlik uchun qonunda qanday jazolar belgilanishi mumkinligini O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat kodekslaridan aniqlang. 2. O‘zbekiston Respublikasi hududida Soliq kodeksida nazarda tutilgan qanday soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Davlat daromadlari nima?
  1. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini, mudofaa va xavfsizligini, davlat organlari faoliyatini ta’minlash uchun zarur moliya bazasini yaratishga qaratilgan milliy daromadning bir qismi
  2. Fuqarolarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, xususiy tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish va bozor raqobatini ta’minlash uchun jamg‘arilgan aholi omonatlari va jamg‘armalarining yig‘indisi
  3. Faqat xorijiy davlatlar va xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilingan, davlat xarajatlarini qoplash uchun qaytarish sharti bilan olinadigan qarz mablag‘lari hamda grantlarning umumiy hajmi
  4. Tijorat banklari va boshqa moliya institutlarining yillik faoliyati natijasida olingan sof foyda hamda ularning ustav kapitalidan davlat ulushiga to‘g‘ri keladigan dividendlarning umumiy summasi

To‘g‘ri javob: Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini, mudofaa va xavfsizligini, davlat organlari faoliyatini ta’minlash uchun zarur moliya bazasini yaratishga qaratilgan milliy daromadning bir qismi. Davlat daromadlari milliy daromadning moliya bazasini yaratishga qaratilgan qismidir.

Yagona umumdavlat jamg‘armasiga, ya’ni mamlakatning davlat byudjetiga kelib tushadigan moliyaviy resurslar qanday daromadlar deb ataladi?
  1. Markazlashgan daromadlar
  2. Vaqtincha foydalaniladigan daromadlar
  3. Soliqsiz daromadlar
  4. Markazlashmagan daromadlar

To‘g‘ri javob: Markazlashgan daromadlar. Markazlashgan daromadlar deganda davlat byudjetiga tushadigan moliyaviy resurslar tushuniladi.

Markazlashgan davlat daromadlari deganda nima tushuniladi?
  1. Davlat korxonalari va tashkilotlarining o‘z ixtiyorida qoladigan hamda ehtiyojlariga sarflanadigan foyda
  2. Yagona umumdavlat jamg‘armasiga, ya’ni davlat byudjetiga kelib tushadigan moliyaviy resurslar
  3. Mahalliy hokimliklar ixtiyoridagi byudjetdan tashqari xayr-ehsonlar va homiylik badallari tushumlari
  4. Banklar tomonidan byudjetdan tashqari fondlarni to‘ldirish uchun ajratiladigan kreditlar summasi

To‘g‘ri javob: Yagona umumdavlat jamg‘armasiga, ya’ni davlat byudjetiga kelib tushadigan moliyaviy resurslar. Markazlashgan daromadlar yagona umumdavlat jamg‘armasi — davlat byudjetiga tushadigan resurslardir.

Davlatning markazlashtirilmagan daromadlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  1. Davlat boji va bojxona to‘lovlari hamda boshqa umumdavlat tushumlar
  2. Barcha soliqlar va yig‘imlardan tushadigan, byudjetga kiradigan mablag‘lar
  3. Davlat korxonalarining daromadlari, ular korxonalar ixtiyoriga tushadi
  4. Yagona ijtimoiy to‘lov va jarimalar, ular umumiy byudjetga tushadi

To‘g‘ri javob: Davlat korxonalarining daromadlari, ular korxonalar ixtiyoriga tushadi. Markazlashtirilmagan daromadlarga davlat korxonalarining daromadlari kirib, ular korxonalar ixtiyoriga tushadi.

Davlat korxonasi barcha soliq va majburiy to‘lovlarni to‘lagach, qolgan foydani qanday tasarruf etadi?
  1. Butunlay davlat byudjetiga topshiradi
  2. Faqat hokimlik ruxsati bilan tasarruf etadi
  3. Foydani mustaqil ravishda tasarruf etishi mumkin
  4. Soliq organi ko‘rsatmasi bilan sarflaydi

To‘g‘ri javob: Foydani mustaqil ravishda tasarruf etishi mumkin. Soliqlarni to‘laganidan keyin korxonalar foyda va boshqa daromadlarni mustaqil tasarruf etadi.

Davlat korxonasi direktori korxona daromadlari qonunlarda belgilangan tartibda korxona ixtiyoriga tushishini va ularni ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflashini aytdi. Bu daromadlar qaysi turga kiradi?
  1. Markazlashgan daromadlar
  2. Soliqsiz majburiy to‘lovlar
  3. Markazlashtirilmagan daromadlar
  4. Jarimalar

To‘g‘ri javob: Markazlashtirilmagan daromadlar. Davlat korxonalari daromadlari markazlashtirilmagan bo‘lib, korxona ixtiyoriga tushadi.

Davlat daromadlari hududiylik xususiyatiga ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?
  1. Majburiy va ixtiyoriy daromadlarga
  2. Soliq to‘lovlari va soliqsiz tushumlarga
  3. Qaytariladigan va qaytarilmaydigan daromadlarga
  4. Respublika va mahalliy daromadlarga

To‘g‘ri javob: Respublika va mahalliy daromadlarga. Hududiylik bo‘yicha daromadlar respublika va mahalliy daromadlarga bo‘linadi.

Soliqlarga qaysi xususiyatlar xos?
  1. Majburiylik va individual qaytarib bermaslik
  2. Ixtiyoriylik va qaytarib berish
  3. Vaqtinchalik foydalanish va qaytarib berish
  4. Ixtiyoriylik va maqsadlilik

To‘g‘ri javob: Majburiylik va individual qaytarib bermaslik. Soliqlarga majburiylik va individual qaytarib bermaslik xosdir.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiO‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti va byudjet huquqiKeyingi →Davlat kreditining huquqiy asoslari