Davlat kreditining huquqiy asoslari
III bo‘lim. Moliya huquqi
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
• Davlat krediti tushunchasi.
• Davlat qarzi.
Davlat krediti
Qo‘shimcha pul mablag‘larini yaratish maqsadida davlat ularni jalb etishning ixtiyoriy usullarini qo‘llashi mumkin. Shu asosda moliyaviy munosabatlarning maxsus tizimi – davlat krediti vujudga keladi.
Davlat kreditida kredit munosabatlari subyektlari, bir tomondan — davlat, ikkinchi tomondan – yuridik va jismoniy shaxslar bo‘ladi. Bunda davlat ushbu munosabatlarda ko‘rsatilgan subyektlarning vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini qarzga oluvchi sifatida qatnashadi.
Davlat krediti bo‘yicha yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar har qanday moliyaviy-
Kredit (lot. creditium – ssuda) – pul yoki tovarlarni, odatda, foizlar to‘lab, qaytarish sharti bilan berish bo‘lib, kreditor bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Davlat krediti
Davlat krediti – davlat tomonidan mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim masalalari hamda byudjet tanqisligini qoplash uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha moliyaviy resurslarni yo‘naltirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini qaytarishlik, muddatlilik, g‘arazlilik va ixtiyoriylik prinsiplariga asosan jalb etish bo‘yicha moliya huquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlardir.
Kredit summasi – bu qarzga beriladigan pul birligining hajmi.
Kredit mexanizmi – kredit munosabatlarini tashkil qilishda qo‘llaniladigan elementlar maj muasidir.
Kredit obyekti – vaqtincha bo‘sh turgan, berilishi mumkin bo‘lgan pullar va tovarlardir.
Davlat krediti
Kredit subyektlariga korxona, firma, tashkilot, davlat va turli toifadagi aholi kiradi.
huquqiy munosabatlarga xos bo‘lgan barcha belgilarga egadir. Bu, xususan, ularning obyektiga, davlat yoki u tomonidan vakolat berilgan organning ushbu munosabatlar majburiy subyekti sifatida mavjud bo‘lishiga, davlat krediti sohasidagi huquqiy munosabatlarning davlat-hukmronlik xususiyatiga tegishlidir. Moliyaviy huquqiy munosabatlar, ma’lumki, mulkiy xususiyatga ega, chunki ular pul mablag‘lari sababli yuzaga keladi. Biroq davlat krediti bo‘yicha ushbu munosabatlar obyekti har qanday pul mablag‘lari emas, balki yuridik va jismoniy shaxslarning faqat vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lari bo‘lishi mumkin.
Davlat krediti
Davlat krediti sohasida nafaqat davlat qarz majburiyatlari bo‘yicha munosabatlar, balki davlat qarzi ishlashiga vositachilik qiluvchi huquqiy munosabatlar ham yuzaga keladi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
• Hukumat bilan Markaziy bank o‘rtasida kelgusi moliya yilida kreditlashning ichki va tashqi manbalaridan qarz olish rejalari to‘g‘risida maslahatlashish vaqtida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar; • O‘zbekiston Respublikasi davlat qarz majburiyatlarini chiqarish shartlari, davlat zayomlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va ularni muomalaga chiqarish tartibini belgilash; • davlat qisqa muddatli obligatsiyalari bozorida dilerlik funksiyalarini bajarish uchun shartnomalar tuzish, shuningdek, davlat zayomlari obligatsiyalarini joylashtirish va muomalaga chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish vaqtida Markaziy bank bilan tashkilotlar o‘rtasida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar va h.k.
Davlat qarzi
Davlat qarzi – davlatning tashqi va ichki kredit operatsiyalari bo‘yicha qarzdorlik summasi. Davlat zayomlari kredit munosabatlarining bir turi bo‘lib, unda davlat yoki uning mahalliy organlari qarz oluvchi yoxud qarz beruvchi sifatida amal qiladi.
Xarajatlarni o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirish maqsadida davlat zayomlar va moliya bozoridan mablag‘larni jalb etadi.
Pul mablag‘larini jalb qilish davlatning moliya bozoridagi faoliyatining passiv shakli sifatida tavsiflanadi. Davlat pul mablag‘larini qarzga berishi uning moliya bozoridagi harakatining faol shakli sifatida qaraladi.
Davlat qarzi – O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi mablag‘larni jalb qilish natijasida vujudga kelgan majburiyatlari.
Savol va topshiriqlar
Berilgan matnni o‘qing va savollarga javob bering. Xalqaro valyuta jamg‘armasi eng yuqori davlat (ichki) qarzi mavjud bo‘lgan jahon- ning 20 ta mamlakatini belgilab berdi. Ushbu ro‘yxatda Yaponiya yetakchilik qilmoqda. 1990-yillarning boshidan Yaponiya uzluksiz turg‘unlikni boshidan kechirdi. Hozir Yaponiya hukumati mamlakatdagi soliq tushumlarining deyarli yarmini katta hajmdagi qarzni to‘lashga sarflamoqda. Shunga qaramay, 10 yillik yapon obligatsiyalari bo‘yicha daromadlilik 1%dan past darajada qolmoqda.
Savol va topshiriqlar
a – vaqtincha bo‘sh turgan, berilishi mumkin bo‘lgan pullar va tovarlar 2 Kredit obyekti b – bu qarzga beriladigan pul birligining hajmi 3 Kredit summasi c – davlatning tashqi va ichki kredit operatsiyalari bo‘yicha qarzdorlik summasi. 4 Davlat qarzi d – korxona, firma, tashkilot, davlat va turli toifadagi aholi
Muhim sanalar
- 1990-yillarning — 1990-yillarning boshidan Yaponiya uzluksiz turg‘unlikni boshidan kechirdi.
Bilimingizni sinang
Moliya huquqida «kredit» (lot. creditium – ssuda) nimani ifodalaydi?
- Pul yoki tovarlarni, odatda foizlar to‘lab, qaytarish sharti bilan berish
- Pulni qaytarmaslik sharti bilan, odatda foizlarsiz hadya tarzida berish
- Soliq to‘lovlarini muddatidan oldin, odatda foizlar hisoblab undirish
- Davlat mulkini, odatda auksion orqali, xususiylashtirish sharti bilan berish
To‘g‘ri javob: Pul yoki tovarlarni, odatda foizlar to‘lab, qaytarish sharti bilan berish. Kredit – pul yoki tovarlarni, odatda foizlar to‘lab, qaytarish sharti bilan berishdir.
Davlat kreditida davlat qanday sifatda qatnashadi?
- Faqat soliq va bojlarni undiruvchi hamda byudjetga majburiy tushumlarni yig‘uvchi sifatida
- Yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini qarzga oluvchi sifatida
- Yuridik va jismoniy shaxslarga vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini qarzga beruvchi sifatida
- Yuridik shaxslarning qarz majburiyatlari bo‘yicha faqat kafil sifatida qatnashuvchi tomon
To‘g‘ri javob: Yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini qarzga oluvchi sifatida. Davlat kredit munosabatlarida bo‘sh turgan mablag‘larni qarzga oluvchi sifatida qatnashadi.
Qarzga beriladigan pul birligining hajmi kredit munosabatlarida nima deb ataladi?
- Kredit muddati
- Kredit mexanizmi
- Kredit obyekti
- Kredit summasi
To‘g‘ri javob: Kredit summasi. Kredit summasi qarzga beriladigan pul birligining hajmidir.
Kredit munosabatlarini tashkil qilishda qo‘llaniladigan elementlar majmui nima deb ataladi?
- Kredit summasi
- Kredit subyekti
- Kredit mexanizmi
- Kredit obyekti
To‘g‘ri javob: Kredit mexanizmi. Kredit mexanizmi kredit munosabatlarini tashkil qilishda qo‘llaniladigan elementlar majmuidir.
Davlat krediti qaysi prinsiplarga asosan jalb etiladi?
- Majburiylik, qaytarilmaslik, g‘arazsizlik va muddatsizlik
- Ommaviylik, qaytarilmaslik, tekinlik va muddatsizlik
- Qaytarishlik, muddatlilik, g‘arazlilik va ixtiyoriylik
- Qaytarishlik, majburiylik, g‘arazsizlik va muddatsizlik
To‘g‘ri javob: Qaytarishlik, muddatlilik, g‘arazlilik va ixtiyoriylik. Davlat krediti qaytarishlik, muddatlilik, g‘arazlilik va ixtiyoriylik prinsiplariga asoslanadi.
Kredit summasi nima?
- Kredit obyektining nomi
- Kredit bo‘yicha to‘lanadigan jarima
- Qarz oluvchining yillik daromadi
- Qarzga beriladigan pul birligining hajmi
To‘g‘ri javob: Qarzga beriladigan pul birligining hajmi. Kredit summasi – qarzga beriladigan pul birligining hajmi.
Kredit obyekti deb nima tushuniladi?
- Vaqtincha bo‘sh turgan, berilishi mumkin bo‘lgan pullar va tovarlar
- Kredit shartnomasini tuzgan va uni rasmiylashtirgan davlat organlari
- Qarz sifatida beriladigan pul hajmi va u bo‘yicha hisoblangan foiz
- Qarz oluvchi korxonalar, tashkilotlar va ularning kafillari ro‘yxati
To‘g‘ri javob: Vaqtincha bo‘sh turgan, berilishi mumkin bo‘lgan pullar va tovarlar. Kredit obyekti – vaqtincha bo‘sh turgan, berilishi mumkin bo‘lgan pullar va tovarlar.
Kredit munosabatlarida korxona, firma, tashkilot, davlat va turli toifadagi aholi nima hisoblanadi?
- Kredit summasi
- Kredit obyektlari
- Kredit mexanizmi
- Kredit subyektlari
To‘g‘ri javob: Kredit subyektlari. Kredit subyektlariga korxona, firma, tashkilot, davlat va turli toifadagi aholi kiradi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash