XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 11-sinf · Davlat va huquq asoslari · 23-§

Tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari

IV bo‘lim. Ekologiya huquqi

Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:

• O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ekologiya huquqining asosiy manbayi. • Ekologiya huquqining maqsad-vazifalari va asosiy tamoyillari.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ekologiya huquqining asosiy manbayi

Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.

O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasi,

50-modda

Ekologiya huquqining manbalari deganda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladigan qonun hujjatlari tushuniladi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ekologiya huquqining asosiy manbayi hisoblanadi.

Konstitutsiyamizda shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarning ijtmoiy, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-ma’rifiy sohalaridagi asoslari mustahkamlangan bo‘lib, u atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat-huquqiy mexanizmini shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega.

50-modda

Shuning uchun ham Konstitutsiyada belgilangan qoidalar orqali jismoniy va yuridik shaxslar ekologiya huquqi, burchlari va erkinliklarini ifoda etadilar.

Konstitutsiyamizda fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlari majburiyat sifatida qayd etiladi. Bu ekologiyaga nisbatan oqilona munosabatda bo‘lish davlat siyosati darajasida qayd etilganidan dalolat beradi.

Konstitutsiyaning «Jamiyatning iqtisodiy negizlari» bobining moddalarida mulk huquqining mazmuni e’tirof etilishi bilan bir qatorda, mulkdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik va ishlab chiqarish jarayonida atrof muhitga ziyon yetkazmasligi, ya’ni ularning ekologik majburiyatlari mustahkamlanadi.

50-modda

Konstitutsiyaning 55-moddasida berilgan qoidaning ahamiyati shundaki, birinchidan, mustaqilligi- mizning moddiy asosini tashkil etuvchi tabiiy boyliklari xalqimizning boyligi, mulki ekanligi, ikkinchidan, tabiiy resurslardan faqat oqilona foydalanish zarurligi, uchinchidan, respublikamiz tabiati davlat muhofazasiga olinganligi, ya’ni ekologik-huquqiy munosabatlarning davlat tomonidan kafolatlanishi kabi muhim tamoyillar- ni mustahkamlaydi.

Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

Hozirgi kunda jahonning ko‘plab hududlarida toza ichimlik suvi tanqis bo‘lib bormoqda. Albatta, bularning bari suv havzalari ifloslanishi, ekologik me’yorlar buzilishi tufayli suv zaxiralari sifatining yomonlashuvi oqibatida yuz berayotgani bugun hech birimizga sir emas. Aytish joizki, sanoat chiqindilari va o‘g‘itlardan intensiv foydalanish ko‘pgina hollarda suvda zararli kimyoviy moddalarning ortishiga sabab bo‘lib, noto‘g‘ri sug‘orishlar tuproq sho‘rla- nishi va suvning bug‘lanish darajasini kuchayishiga olib keladi.

O‘zbekiston Respublikasining

Konstitutsiyasi,

55-modda

Savollar: Ekologik tahdid deganda nimani tushunasiz?

Ekologiya huquqining maqsad-vazifalari va asosiy tamoyillari

Ekologiya huquqi tabiat va jamiyat tizimida paydo bo‘ladigan ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan keng qamrovli va ko‘p tarmoqli huquq sohalaridan biri bo‘lib, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishni o‘rganuvchi fandir.

Ekologik munosabatlar tizimida tabiiy resurslar, ya’ni yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosidan foydalanish keng va muhim o‘rinni egallaydi.

Tabiiy resurslardan nooqilona foydalanish oqibatida tabiatda turli ekologik muammolar paydo bo‘ladi va ekologik inqiroz keskinlashadi. Ekologiya huquqining tamoyillari tabiat-jamiyat tizimidagi o‘zaro munosabat-

Huquq tarixidan

Respublikamiz bir qator tabiatni asrash sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlar, masalan, 1992-yildagi «Biologik xilma-xillik to‘g‘risida»gi Rio-de- Janeyro Konvensiyasi, 1972-yildagi «Dunyoning madaniy va tabiiy merosini himoya qilish to‘g‘risida»gi Konvensiya, 1995-yil 16-iyundagi «Osiyo va Afrika botqoqliklarida yashovchi va ko‘chib yuruvchi qushlarni himoya qilish to‘g‘risida»gi shartnoma, 1973-yil 3-martdagi «Yo‘qolish arafasidagi yovvoyi flora va fauna turlari bilan xalqaro savdo-sotiq qilish to‘g‘risida»- gi Konvensiya, 1976-yil 10-dekabrdagi Atrof-muhitga nisbatan harbiy yoki boshqa zarar yetkazuvchi vositalar ishlatilishining oldini olishga doir Konvensiya, 1992-yil 9-maydagi BMT Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi Doiraviy konvensiyasi, 1985-yil 22-martdagi «Ozon qatlamini saqlash to‘g‘risida»- gi Vena Konvensiyasi, «Ozon qatlamini buzuvchi moddalar to‘g‘risida»gi Monreal protokoli, YXHTning 1991-yil 17-dekabrdagi «Energetik xartiyasi», 1994-yil 17-iyundagi «Qattiq qurg‘oqchilikni boshdan kechirayotgan va/yoki cho‘lga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa Afrikada cho‘lga aylanib borishlarga qarshi kurash to‘g‘risida» Konvensiya va boshqalarga qo‘shilgan.

Huquq tarixidan

lar yo‘nalishi, chegaralarini belgilab berishda, ekologik-huquqiy mexanizmning barqarorligini kafolatlashda va qonunlar qoida-talablarining ekologik munosabatlarini tartibga solishda muhim ahamiyatga egadir.

Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar juda xilma-xil va murakkab bo‘lganligi uchun ham ekologiya huquqining tamoyillarini quyidagi tizimlarga bo‘lishadi:

• davlat va huquqning umumiy tamoyillari;

• atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga oid tamoyillar; • tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan tamoyillar. Ekologiya huquqi huquq tizimining sohasi sifatida ekologik munosabatlarni tartibga solishda qonuniylik, ijtimoiy adolat, oshkoralik, ishontirish va majburlov choralarining kombinatsiyasi, shaxslar huquq va burchlarining birligi va boshqalardan foydalanadi.

Savol va topshiriqlar

Savollar: 1. Matnni o‘qing va ekologik halokatning jamiyatga ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ta’sirlarini izohlang. Orol dengizining halokatga uchrashi tabiatga ham katta zarar yetkazmoqda. Mintaqada hayvonot va o‘simliklar olami genofondining deyarli yarmidan ko‘pi, ya’ni baliqlarning 11 ta, sut emizuvchilarning 12 ta, qushlarning 26 ta va o‘simliklarning 11 ta turi yo‘q bo‘lib ketgan. 2. Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlarini to‘plang va tanishib chiqing. Mazkur hujjatlarning qabul qilinishidan ko‘zlangan asosiy maqsadlarni aniqlang. 3. O‘zingiz atrof-muhitni, tabiatni muhofaza qilishda qanday ishtirok etasiz?

Savol va topshiriqlar

Orol dengizi tarixidan XX asrning 60-yillarida Amudaryo va Sirdaryodan Orol dengiziga har yili 56 kub. km suv quyilgan. Aholining sezilarli tarzda ko‘payishi, urbanizatsiya, yerlarning shiddat bilan o‘zlashtirilishi, ekologik oqibatlarni o‘ylamasdan Orol dengizi havzasida yirik gidrotexnik va irrigatsiya inshootlarining qurilishi sayyoradagi eng chiroyli havzaning qurishiga olib keldi.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Konstitutsiyaga ko‘ra, fuqarolar atrof tabiiy muhitga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishga majbur?
  1. Faqat xohishiga qarab
  2. Foyda keltirgan holda xohlagancha foydalanishga
  3. Ehtiyotkorona munosabatda
  4. Befarq munosabatda

To‘g‘ri javob: Ehtiyotkorona munosabatda. Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.

Talaba Kamol «atrof tabiiy muhitga ehtiyot bo‘lish faqat xohishga bog‘liq, majburiyat emas» dedi. Konstitutsiyaga ko‘ra uning fikri qanday baholanadi?
  1. To‘g‘ri, bu ixtiyoriy qoida bo‘lib, fuqarolar xohishiga qarab amal qiladi
  2. To‘g‘ri, bunday majburiyat faqat yuridik shaxslarga nisbatan belgilangan
  3. Noto‘g‘ri, fuqarolar ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar
  4. Noto‘g‘ri, bunday majburiyat faqat davlat organlari zimmasida bo‘ladi

To‘g‘ri javob: Noto‘g‘ri, fuqarolar ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar. Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.

Ekologiya huquqining manbalari deganda nima tushuniladi?
  1. Atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari
  2. Faqat O‘zbekiston ratifikatsiya qilgan xalqaro konvensiyalar va shartnomalar matnlari, ularning ichki qonunchilikka ta’sirini belgilovchi umumiy huquqiy hujjatlar to‘plami
  3. Mahalliy sud organlari tomonidan chiqarilgan hamda ekologik nizolar bo‘yicha qabul qilingan qarorlar, ularning sharhlari va amaliyotga oid tushuntirishlar yig‘indisi
  4. Davlat byudjetini shakllantirish, soliq tushumlarini taqsimlash va tabiiy resurslardan olinadigan to‘lovlarni byudjetga yo‘naltirishga oid qonun hujjatlari yig‘indisi

To‘g‘ri javob: Atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari. Manbalar atrof muhitni muhofaza qilish, resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi qonun hujjatlaridir.

Ekologiya huquqining asosiy manbayi nima hisoblanadi?
  1. Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari
  2. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
  3. Mahalliy kengashlarning ekologik ko‘rsatmalari
  4. Viloyat hokimliklarining hududiy qarorlari

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Konstitutsiya ekologiya huquqining asosiy manbayi hisoblanadi.

Konstitutsiyaning qaysi bobi moddalarida mulk huquqining mazmuni e’tirof etilib, mulkdan foydalanuvchilarning atrof muhitga ziyon yetkazmaslik majburiyatlari mustahkamlanadi?
  1. Davlat hokimiyatining tashkil etilishi
  2. Moliya va kredit
  3. Jamiyatning iqtisodiy negizlari
  4. Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari

To‘g‘ri javob: Jamiyatning iqtisodiy negizlari. Mulk huquqi va ekologik majburiyatlar Konstitutsiyaning «Jamiyatning iqtisodiy negizlari» bobi moddalarida mustahkamlanadi.

Mulkdan foydalanish huquqiga ega jismoniy va yuridik shaxslarning ekologik majburiyati nimada?
  1. Mulk solig‘ini o‘z vaqtida to‘lash va soliq hisobotlarini topshirishda
  2. Mulkni foydalanish muddati tugagach, to‘liq davlat ixtiyoriga topshirishda
  3. Faqat yillik ekologik hisobotni davlat organlariga o‘z vaqtida topshirishda
  4. Xo‘jalik va ishlab chiqarish jarayonida atrof muhitga ziyon yetkazmaslikda

To‘g‘ri javob: Xo‘jalik va ishlab chiqarish jarayonida atrof muhitga ziyon yetkazmaslikda. Mulkdan foydalanuvchilarning ekologik majburiyati atrof muhitga ziyon yetkazmaslikdir.

Yuridik shaxs «Agro-Nur» o‘z yerida paxta yetishtirish jarayonida kimyoviy chiqindilarni daryoga tashlab, atrof muhitga ziyon yetkazdi va «mulkim, xohlaganimcha foydalanaman» dedi. Ekologiya huquqiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Mulk egasi sifatida «Agro-Nur» o‘z yerida xohlagancha foydalanishga haqli va ekologik talablar unga tegishli emas
  2. Mulkdan foydalanuvchilar xo‘jalik jarayonida atrof muhitga ziyon yetkazmaslik ekologik majburiyatini bajarishi shart
  3. Ekologik majburiyat faqat jismoniy shaxslarga tegishli, yuridik shaxslar xo‘jalik jarayonida unga rioya qilmasligi mumkin
  4. Atrof muhitga ziyon yetkazmaslik majburiyati faqat davlat organlari zimmasida bo‘lib, xo‘jalik yurituvchilarga tegishli emas

To‘g‘ri javob: Mulkdan foydalanuvchilar xo‘jalik jarayonida atrof muhitga ziyon yetkazmaslik ekologik majburiyatini bajarishi shart. Mulkdan foydalanuvchi shaxslarning xo‘jalik jarayonida atrof muhitga ziyon yetkazmasligi ekologik majburiyat sifatida mustahkamlangan.

Konstitutsiyaning 55-moddasida berilgan qoidaning ahamiyati qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  1. Tabiiy boyliklar xalq mulki, oqilona foydalanish zarurligi va tabiat davlat muhofazasida ekanligi
  2. Tabiiy boyliklar xususiy mulk ekanligi, ulardan cheklovsiz foydalanish mumkinligi va muhofaza shart emasligi
  3. Tabiat faqat mahalliy hokimliklar mulki ekanligi va muhofaza faqat hududiy darajada ta’minlanishi
  4. Tabiiy resurslarni xohlagancha sarflash mumkinligi, ular davlat muhofazasida emasligi

To‘g‘ri javob: Tabiiy boyliklar xalq mulki, oqilona foydalanish zarurligi va tabiat davlat muhofazasida ekanligi. 55-modda tabiiy boyliklarning xalq mulki ekanligi, oqilona foydalanish va davlat muhofazasi tamoyillarini mustahkamlaydi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiDavlat kreditining huquqiy asoslariKeyingi →Ekologik huquqbuzarlik uchun javobgarlik