Ekologik huquqbuzarlik uchun javobgarlik
IV bo‘lim. Ekologiya huquqi
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
Ekologiya huquqi – tabiat bilan jamiyat o‘rtasida paydo bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishni o‘rganuvchi fandir. Ekologiya huquqi bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining huquq tizimida o‘z o‘rni va salohiyatiga ega, alohida yo‘nalish va xususiyatlardan tarkib topgan huquq sohasi hisoblanadi.
• Ekologik javobgarlik tushunchasi, mohiyati va turlari. • O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni. • Ekologik huquqbuzarlik uchun javobgarlik.
Ekologik javobgarlik deganda axloqiy qadriyatlar, milliy va xalqaro huquq normalari tomonidan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish maqsadida o‘rnatilgan qoida va me’yorlarning biron-bir davlat, yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan buzilishi oqibatida ularga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari tushuniladi.
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
Ekologik javobgarlik mazmun va mohiyatiga ko‘ra uch ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
- – ekologik-ijtimoiy javobgarlik; – ekologik-iqtisodiy javobgarlik; – ekologik-huquqiy javobgarlik. Ekologik-ijtimoiy javobgarlik kishilarning jamoatchilik oldidagi javobgarligidir.
Ekologik-iqtisodiy javobgarlik esa iqtisodiy- huquqiy javobgarlikning bir turi bo‘lib, milliy yoki xalqaro huquq normalarida belgilangan qoida va me’yorlarni buzganlik uchun iqtisodiy javobgarlik choralarini o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy javobgarlik sifatida tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitni ifloslantirish uchun to‘lovlar qo‘llaniladi.
Ekologik-huquqiy javobgarlikka milliy va xalqaro huquq normalarida belgilangan ekologik munosabat qatnashchilari uchun majburiy kuchga ega bo‘lgan qoida va me’yorlarni buzganlar uchun yuridik tusdagi jazo choralari qo‘llanilishi kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni tabiiy muhit sharoitlarini saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Qonunning maqsadi inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘unlikda rivojlanishini, ekologiya tizimlari, tabiat komplekslari va ayrim obyektlar muhofaza qilinishini ta’minlashdan, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlashdan iboratdir.
Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik
Ekologik javobgarlik ekologik xavfsiz muhitni ta’minlashdagi davlat, jamiyat va shaxslarning hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi burchlari va majburiyatlari hamda ularni bajarmasligi tufayli yuzaga keladigan ijtimoiy- iqtisodiy va yuridik xarakterdagi oqibatlardir.
Tabiatni muhofaza qilishning standartlari, normalari, qoidalari va boshqa normativ-texnik talablarini buzishda, shu jumladan:
• korxonalar, inshootlar, transport vositalari va boshqa obyektlarni rejalashtirish, qurish, tiklash va ta’mirlash, ulardan foydalanish yoki ularni tugatish chog‘ida, ekologiya nuqtayi nazaridan xavfli mahsulotlarni chet ellarga chiqarish va chet ellardan olib kelishda hududning belgilab qo‘yilgan ekologiya sig‘imini, ekologiya normalari, qoidalarini buzishda; • tabiiy boyliklardan o‘zboshimchalik bilan foydalanishda, davlat ekologiya ekspertizasi talablarini bajarmaganlikda;
Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik
Ekologik jinoyatlar – atrof tabiiy muhitga ijtimoiy xavfli zarar yetkazadigan ijtimoiy xavfli qilmishlar yig‘indisi.
O‘tgan asrning o‘rtalarida atmosfera tarkibida CO2 ning miqdori 0,02% bo‘lsa, hozirgi vaqtda bu raqam 0,03% gacha oshgan. Tashqi muhitga chiqariladigan CO2 ning 31% ni AQSh, 18% ni MDH mamlakatlari, 7% ni Xitoy, 5,4% ni Germaniya, 4,7% ni Yaponiya, 3% ni Fransiya chiqarib tashlamoqda. Qolgan 31% esa boshqa mamlakatlarning hisobiga to‘g‘ri keladi.
• tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun belgilangan to‘lovni, shuningdek atrof muhitni ifloslantirganlik va unga zararli ta’sir ko‘rsatishning boshqa turlari uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lashdan bosh tortganlikda; • tabiatni muhofaza qilish obyektlarini qurish rejalarini, tabiatni muhofaza qilishga doir boshqa tadbirlarni bajarmaslikda; • atrof tabiiy muhitni tiklash, unga bo‘ladigan zararli ta’sir oqibatlarini bartaraf etish va tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish choralarini ko‘rmaganlikda;
Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik
12-modda. Insonning yashash uchun qulay atrof tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqi va bu muhitni saqlab qolish borasidagi burchi
O‘zbekiston Respublikasi aholisi o‘z salomatligi va kelajak avlodning salomatligi uchun qulay tabiiy muhitda yashash, o‘z salomatligini atrof muhitning zararli ta’siridan muhofaza qilish huquqiga ega.
Ana shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi aholisi tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoat tashkilotlariga birlashish, atrof tabiiy muhitning ahvoli hamda uni muhofaza qilish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga doir axborotlarni talab qilish va olish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi aholisi tabiiy resurslardan oqilona foydalanishi, tabiat boyliklariga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lishi, ekologiya talablariga rioya etishi shart.
O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni
• tabiatni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirayotgan idoralarning ko‘rsatmalarini bajarmaganlikda; • tabiatni muhofaza qilish obyektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning huquqiy rejimini buzganlikda; • atrof tabiiy muhitga zararli ta’sirni hisobga olish qoidalarini buzganlikda; • chiqindilarni, kimyolashtirish vositalarini, shuningdek radioaktiv va zararli kimyoviy moddalarni saqlash, tashish, ulardan foydalanish, ularni zararsizlantirish va ko‘mib yuborish vaqtida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzganlikda; • atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning obyektlarga borishiga, ayrim shaxslar va tabiatni muhofaza qilish jamoat tashkilotlariga esa o‘z huquq va vazifalarini ro‘yobga chiqarishlariga to‘sqinlik qilganlikda; • atrof tabiiy muhitning holati va uning resurslari- dan foydalanish to‘g‘risida o‘z vaqtida va to‘g‘ri axborot berishdan bosh tortganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga binoan intizomiy, ma’muriy, jinoiy va boshqa yo‘sindagi javobgarlikka tortiladilar.
Savol va topshiriqlar
1. A., K. va B. ismli shaxslar (barchasi 16 yosh) o‘rmonga dam olishga chiqdilar. Ular gulxan yoqishdi va unga ko‘plab yangi kesilgan daraxt shoxlarini tashlashdi. Tez orada olovni boshqarib bo‘lmay qoldi va shamol ta’sirida u o‘rmon sathida tez tarqala boshladi. Buning natijasida tabiatga ko‘p miqdorda zarar yetkazildi.
Savol va topshiriqlar
2. Voyaga yetmagan N. ismli shaxs ishlab chiqarish korxonasidan chiqarilgan chiqindilarni belgilangan o‘raga to‘kmasdan, yaqin yerdagi suv havzasiga to‘kib yuborishi qishloqda odamlar orasida yuqumli kasallik epidemiyasining tarqalishiga sabab bo‘ldi, shuningdek chorva mollarining ham kasallanishiga olib keldi.
Bilimingizni sinang
Tabiat bilan jamiyat o‘rtasida paydo bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tomondan tartibga solishni o‘rganuvchi fan qanday ataladi?
- Yer huquqi
- Fuqarolik huquqi
- Ma’muriy huquq
- Ekologiya huquqi
To‘g‘ri javob: Ekologiya huquqi. Ekologiya huquqi tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishni o‘rganadi.
Kishilarning jamoatchilik oldidagi javobgarligi ekologik javobgarlikning qaysi ko‘rinishi hisoblanadi?
- Ekologik-intizomiy javobgarlik
- Ekologik-ijtimoiy javobgarlik
- Ekologik-iqtisodiy javobgarlik
- Ekologik-huquqiy javobgarlik
To‘g‘ri javob: Ekologik-ijtimoiy javobgarlik. Ekologik-ijtimoiy javobgarlik kishilarning jamoatchilik oldidagi javobgarligidir.
Iqtisodiy javobgarlik sifatida tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitni ifloslantirish uchun to‘lovlar qo‘llanilishi ekologik javobgarlikning qaysi ko‘rinishiga kiradi?
- Ekologik-ijtimoiy javobgarlik
- Ekologik-iqtisodiy javobgarlik
- Ekologik-huquqiy javobgarlik
- Ekologik-intizomiy javobgarlik
To‘g‘ri javob: Ekologik-iqtisodiy javobgarlik. Ekologik-iqtisodiy javobgarlik iqtisodiy choralarni, jumladan, resursdan foydalanish va ifloslantirish uchun to‘lovlarni o‘z ichiga oladi.
Milliy va xalqaro huquq normalarida belgilangan majburiy qoidalarni buzganlarga yuridik tusdagi jazo choralari qo‘llanilishi ekologik javobgarlikning qaysi ko‘rinishiga kiradi?
- Ekologik-ijtimoiy javobgarlik
- Ekologik-iqtisodiy javobgarlik
- Ekologik-huquqiy javobgarlik
- Ekologik-axloqiy javobgarlik
To‘g‘ri javob: Ekologik-huquqiy javobgarlik. Yuridik tusdagi jazo choralarini qo‘llash ekologik-huquqiy javobgarlikka kiradi.
Ekologik javobgarlik mazmun va mohiyatiga ko‘ra qanday ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi?
- Ekologik-ijtimoiy, ekologik-iqtisodiy va ekologik-huquqiy javobgarlik
- Ekologik-huquqiy, ekologik-siyosiy va ekologik-harbiy javobgarlik
- Intizomiy, ma’muriy va moddiy hamda jinoiy javobgarlik turlari
- Ekologik-axloqiy, ekologik-diniy va ekologik-ma’naviy javobgarlik
To‘g‘ri javob: Ekologik-ijtimoiy, ekologik-iqtisodiy va ekologik-huquqiy javobgarlik. Ekologik javobgarlik uch ko‘rinishda: ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy.
Ekologik-ijtimoiy javobgarlik nima?
- Faqat davlat organlarining javobgarligi
- Kishilarning jamoatchilik oldidagi javobgarligi
- Iqtisodiy jarimalarni to‘lash majburiyati
- Jinoiy jazo qo‘llanilishi
To‘g‘ri javob: Kishilarning jamoatchilik oldidagi javobgarligi. Ekologik-ijtimoiy javobgarlik kishilarning jamoatchilik oldidagi javobgarligidir.
Ekologik-iqtisodiy javobgarlik sifatida nima qo‘llaniladi?
- Ozodlikdan mahrum qilish va axloq tuzatish ishlariga jalb qilish tarzidagi jazolar
- Mansabdan chetlatish va intizomiy tanbeh berish tarzidagi ta’sir choralari
- Tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitni ifloslantirish uchun to‘lovlar
- Jamoatchilik tanbehi va ommaviy axborot vositalarida qoralash choralari
To‘g‘ri javob: Tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-muhitni ifloslantirish uchun to‘lovlar. Iqtisodiy javobgarlik sifatida resurslardan foydalanish va ifloslantirish uchun to‘lovlar qo‘llaniladi.
Ekologik-huquqiy javobgarlikka nima kiradi?
- Faqat axloqiy qoralash va jamoatchilik fikri ta’sirida o‘z-o‘zidan tarbiyalash choralarini qo‘llash
- Faqat iqtisodiy to‘lovlar va kompensatsiyalar undirish hamda ularning miqdorini belgilash choralari
- Jamoat ishlariga jalb qilish va tushuntirish ishlari kabi yuridik kuchga ega bo‘lmagan choralar
- Majburiy kuchga ega qoida va me’yorlarni buzganlarga yuridik tusdagi jazo choralarini qo‘llash
To‘g‘ri javob: Majburiy kuchga ega qoida va me’yorlarni buzganlarga yuridik tusdagi jazo choralarini qo‘llash. Majburiy qoidalarni buzganlarga yuridik tusdagi jazo choralari qo‘llanilishi ekologik-huquqiy javobgarlikka kiradi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash