Jinoyat-protsessual qonun hujjatlari
V bo‘lim. Protsessual huquq
Bugun darsda quyidagilar bilan tanishasiz:
• O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi protsessual huquqning asosiy manbayi. • Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip larining protsessual qonunchilikda e’tirof etilishi. Aybsizlik prezumpsiyasi. • Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vazifalari.
• O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protses-
sual va Jinoyat protsessual kodekslari.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi protsessual huquqning asosiy manbayi
Jinoyat-protsessual huquq — sudda ishlarning yuritilishi, shuningdek, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida ishtirokchilar va boshqa manfaatdor shaxslarning huquqlarini nazarda tutadi. Protsessual huquq O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan shaxsiy huquq va erkinliklarni zaruratsiz va asossiz cheklanmasligiga xizmat qiladi.
Protsessual huquqlar demokratik xarakterda bo‘lib, da’vo va nizolarni, huquqbuzarlik, shu jumladan, ji-
O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi...
O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi,
26-modda
noyat ishlarining tez va to‘g‘ri tekshirilishi, asosli, qonuniy va odilona hal qilinishini kafolatlaydi.
Protsessual huquq yuridik shaxslarning manfaatlarini himoyalashga ham xizmat qiladi. Jinoyat ishida gumon qilinuvchi shaxs va ayblanuvchining tegishli eng muhim protsessual huquqi himoyalanish va himoyachining yordamidan foydalanishdan iborat.
Umumqabul qilingan xalqaro huquq prinsiplarining protsessual qonun hujjatlarida e’tirof etilishi
Insonlarning siyosiy huquq va erkinliklarini ta’minlovchi muhim xalqaro huquqiy hujjat 1966-yil 16-dekabrda BMT tomonidan qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt hisoblanadi. Mazkur Pakt 5 qism, 53 moddani o‘z ichiga oladi.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt birinchi navbatda barcha fuqarolarning siyosiy huquqlarini, davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirokini ta’minlab beradi.
Mazkur Paktning 14-moddasi uchinchi qismi hamda Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa Konvensiyasining 6-moddasi
Xalqaro huquq
Barcha odamlar qonun oldida tengdir va hech bir tafovutsiz qonun bilan teng himoya qilinish huquqiga egadir. Barcha odamlar ushbu Deklaratsiyaga zid bo‘lgan har qanday kamsitishdan va shunday kamsitishga undaydigan har qanday gij-gijlashdan teng himoya qilinish huquqiga egadir.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 7-moddasidan
uchunchi qismiga muvofiq jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsning sud ishi asossiz kechiktirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ayblanuvchining bu huquqi ado- latning asosiy kafolatlaridan birini o‘zida ifodalaydi. Sud tomonidan jinoyat ishining qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun qaytarilishi esa ushbu kafolatga ziddir.
Aybsizlik prezumpsiyasi
Aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra aybdorning jinoyati qonuniy tartibda isbot qilinmaguncha u aybsiz deb hisoblanadi. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyatda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va sud hukmi bilan qonuniy kuchga kirgunga qadar aybsizdir. U o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emas. Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyati bo‘lmasa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham ayblanuvchining, sudlanuvchining foydasiga hal qilinadi.
Aybsizlik prezumpsiyasi
23-modda. Aybsizlik prezumpsiyasi Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi.
Xalqaro huquq
1. Jinoyat sodir etganlikda ayblangan har bir inson himoya uchun barcha imkoniyatlar ta’minlangan holda, ochiq sud majlisi yo‘li bilan uning aybi qonuniy tartibda aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanishga haqlidir.
2. Hech kim, sodir etilgan vaqtda milliy qonunlar yoki xalqaro huquqlarga ko‘ra jinoyat deb topilmagan xatti-harakati yoki faoliyatsizligi uchun jazoga hukm qilinishi mumkin emas. Shuningdek, jinoyat sodir etilgan vaqtda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan jazoga nisbatan og‘irroq jazo berilishi mumkin emas.
Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vazifalari
Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi,
44-modda
Jinoyat-protsessual qonun hujjatlarining vazifalari jinoyatlarni tez va to‘la ochishdan, jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi uchun aybdorlarni fosh etishdan hamda qonunning to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlashdan iboratdir.
Jinoyat ishlarini yuritishning jinoyat-protsessual qonunlarda belgilangan tartibi qonuniylikni mustahkamlashga, jinoyatlarning oldini olishga, shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya etishga yordam qilmog‘i lozim.
Jinoyat protsessi — protsess ishtirokchilarining muayyan jinoyat protsessual faoliyati hamda shu faoliyatga tegishli bo‘lgan huquqiy munosabatlar tizimini tashkil qiladi.
44-modda
Jinoyat protsessining vazifalari — jinoyatlarni ochish, aybdorlarni adolatli jazolash, shuningdek boshqa jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni qonuniylikka rioya etish ruhida tarbiyalashdan iborat.
Jinoyat protsessining ajralmas xususiyatini uning huquqiy tabiati — mazkur faoliyat va tegishli ijtimoiy munosabatlarning qonun jihatdan qat’iy tartibga solishi tashkil etadi.
Jinoyat protsessual qonuni muayyan protsessual harakatlarni rasmiylashtiradigan tegishli hujjatlar: surishtiruv va dastlabki tergov bosqichida — qarorlar va bayonnomalar, sud muhokamasi bosqichida — ajrimlar, hukmlar va boshqalarni nazarda tutadi.
Savol va topshiriqlar
Mashinasida shifoxona eshigigacha kelgan Sh. ismli shaxs orqa o‘rindiqda o‘tirgan, boshidan qon sizib chiqayotgan, kiyimlari chang, oyoq-qo‘li shilingan, o‘zi bemajol 10 yoshlardagi bir qizchani dast ko‘tarib oldi-da, yugurganicha qabulxonaga shoshildi. Yoshi qirqlardan oshgan o‘rta bo‘yli vrachning: «Nima bo‘ldi?» — deb bergan savoliga: «Bilmayman, ko‘chadan shu ahvolda topdim», — deb javob berdi. Vrach qizchani ko‘zdan kechirib, hamshiraga uni zudlik bilan rentgen xonasiga olib borishni buyurdi.
O‘zi esa Sh. ismli shaxsdan voqea tafsilotini so‘rab, navbatchilik daftariga qayd etib borarkan: «Hammangiz shunaqa deysiz. Qilg‘ilikni qilgandan keyin javobini ham berish kerak-da, uka! — deb qo‘ydi. — Biz ichki ishlar organlariga xabar beramiz. Mana bu yerga imzo qo‘ying. Mashinangiz va telefoningiz raqamini yozishni unutmang. Hech qayerga ketib qolmang, men qizchadan xabar olaman».
Savol va topshiriqlar
Vrach qizchaning oldidan qaytganida Sh. ismli shaxs allaqachon ketib ulgurgan edi. «Bu bola g‘irt jinoyatchi ekan-ku, qochib ketdi», — degan fikr o‘tdi vrachning ko‘nglidan. Shu payt eshikdan ichki ishlar xodimlari kirib kelishdi. Ular bir odam mashina urib ketgan qizchani bu yerga olib kelganligi haqida xabar berganini aytishdi. Voqea joyidagi video yozuvidan aniqlanishicha, «Lasetti» rusumli oq mashina qizchani urib, voqea joyidan yashiringan. Orqasidan kelayotgan «Matiz» avtomashinasi haydovchisi esa qizchani kasalxonaga olib kelgan. Ichki ishlar xodimlari oq «Lasetti» egasini topishganini ham aytib o‘tishdi. Vrach begunoh yigitni asossiz ayblagani uchun tilini tishlab qoldi.
Savol va topshiriqlar
Muhim sanalar
- 1966-yil — Insonlarning siyosiy huquq va erkinliklarini ta’minlovchi muhim xalqaro huquqiy hujjat 1966-yil 16-dekabrda BMT tomonidan qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt hisoblanadi.
- 16-dekabrda — Insonlarning siyosiy huquq va erkinliklarini ta’minlovchi muhim xalqaro huquqiy hujjat 1966-yil 16-dekabrda BMT tomonidan qabul qilingan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt hisoblanadi.
Bilimingizni sinang
Konstitutsiyaga ko‘ra jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxsning ishi qanday ko‘rib chiqiladi?
- Sudda qonuniy tartibda, oshkora
- Yopiq tarzda, istalgan tartibda
- Faqat tergovchi tomonidan
- Faqat ma’muriy tartibda
To‘g‘ri javob: Sudda qonuniy tartibda, oshkora. Ayblanayotgan shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqiladi.
Jinoyat ishida gumon qilinuvchi va ayblanuvchining eng muhim protsessual huquqi nimadan iborat?
- Tergovchini o‘zi xohlagancha tanlash va almashtirish
- Himoyalanish va himoyachining yordamidan foydalanish
- Jazoni o‘zi belgilash va uni sud bilan kelishish
- Dalillarni yashirish va ularni tergovga bermaslik
To‘g‘ri javob: Himoyalanish va himoyachining yordamidan foydalanish. Eng muhim protsessual huquq himoyalanish va himoyachi yordamidan foydalanishdir.
1966-yilda BMT qabul qilgan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt necha qism va 53 moddadan iborat?
- 4 qism
- 5 qism
- 3 qism
- 7 qism
To‘g‘ri javob: 5 qism. Mazkur Pakt 5 qism va 53 moddadan iborat.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt qachon va kim tomonidan qabul qilingan?
- 1948-yil 10-dekabrda BMT tomonidan
- 1966-yil 16-dekabrda Yevropa Kengashi tomonidan
- 1966-yil 16-dekabrda BMT tomonidan
- 1992-yil 9-mayda BMT tomonidan
To‘g‘ri javob: 1966-yil 16-dekabrda BMT tomonidan. Pakt 1966-yil 16-dekabrda BMT tomonidan qabul qilingan.
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt nechta qism va nechta moddadan iborat?
- 3 qism, 27 modda
- 6 qism, 60 modda
- 4 qism, 44 modda
- 5 qism, 53 modda
To‘g‘ri javob: 5 qism, 53 modda. Pakt 5 qism va 53 moddani o‘z ichiga oladi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 7-moddasiga ko‘ra barcha odamlar qanday huquqqa ega?
- Qonun oldida tenglik va hech bir tafovutsiz qonun bilan teng himoyalanish
- Faqat o‘z fuqaroligi bo‘yicha qonun bilan himoyalanish, chet elliklar esa yo‘q
- Faqat sud tomonidan himoya qilinish va boshqa organlarga murojaat qilmaslik
- Mansab va mavqeiga qarab maxsus imtiyozlar va ustunlikka ega bo‘lish
To‘g‘ri javob: Qonun oldida tenglik va hech bir tafovutsiz qonun bilan teng himoyalanish. Barcha odamlar qonun oldida tengdir va tafovutsiz teng himoya qilinish huquqiga egadir.
Jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsning sud ishi to‘g‘risida qaysi kafolat mavjud?
- Sud ishi tergov tugamaguncha ko‘rilmaydi
- Sud ishi asossiz kechiktirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi
- Sud ishi faqat bir yildan keyin boshlanadi
- Sud ishi ayblanuvchi xohishi bilan kechiktiriladi
To‘g‘ri javob: Sud ishi asossiz kechiktirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ayblanuvchining sud ishi asossiz kechiktirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jinoyat ishining qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun sud tomonidan qaytarilishi qanday baholanadi?
- Adolat kafolatiga mos
- Ayblanuvchining huquqini oshiradi
- Ushbu kafolatga ziddir
- Majburiy talab hisoblanadi
To‘g‘ri javob: Ushbu kafolatga ziddir. Qo‘shimcha tergov uchun qaytarish sud ishi kechiktirilmasligi kafolatiga ziddir.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash