XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 8-sinf · Davlat va huquq asoslari · 6-dars

Davlat funksiyasi

Shaxs, jamiyat va davlat

Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.

Faollashtiruvchi savollar

Savollar: 1. Hech e’tibor berganmisiz, davlat ramzi, davlat tashkiloti, davlatlararo kelishuvlar, davlat tashrifi, davlat vazifasi degan so‘zlar nima uchun va qanday vaziyatlarda qo‘llaniladi?
Savollar: 2. Sizning oilangizda pensiya, nafaqa va davlatning boshqa turdagi moddiy ta’minot larini oladiganlar bormi? Bu to‘lovlarni kim amalga oshiradi?
Savollar: 3. Kasalxonalardagi xarajatlarning bir qismini davlat amalga oshirishining sababini aytib bera olasizmi?
Savollar: 4. Shahringiz (qishlog‘ingiz) ko‘chalarida yurganingizda bu yo‘llarni qurish va ta’mirlashni kim bajarishi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rganmisiz? Nima sababdan bunday ishlar amalga oshiriladi deb o‘ylaysiz?

Faollashtiruvchi savollar

Savollar: 5. Sud, prokuratura va ichki ishlar organlari mavjud bo‘lmasa qanday vaziyat yuzaga kelishi mumkin? Siz shunday sharoitda yashashni istarmidingiz?

6. Kundalik hayotingizdan davlat bilan bog‘liq bo‘lgan holat va vaziyatlarga misollar keltiring.

Fikrimizni tasdiqlaymiz

Davlat jamiyatning talablariga mos ravishda rivojlanib boradi. U iqtisodiy va ma’naviy omillar asosida hokimiyatning mamlakatdagi tartibotini ta’minlaydigan bir butun tashkilot hisoblanadi.

Davlat funksiyalari bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish uning mazmun-mohiyati, jamiyatda tutgan o‘rni va ijtimoiy vazifasini yanada chuqurroq anglab olishga xizmat qiladi. Har qanday davlatning mohiyati, eng avvalo, uning faoliyatida, funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Davlatning faoliyat sohalari xilma-xil bo‘lganligini hisobga olib, uning faoliyati bosh yo‘nalishlarini alohida ajratish zarurati kelib chiqqan. Ana shu bosh yo‘nalishlarda davlat mohiyati mujassam bo‘ladi, amalga oshiriladi va rivoj topadi hamda ular davlatning mavjud bo‘lish tarzini ifoda etadi.

Fikrimizni tasdiqlaymiz

Davlatning mavjudligi, zarurligi uning funksiyalarida o‘z aksini topadi. Davlat o‘z faoliyatida bir qancha funksiyalar (faoliyat yo‘nalishlari)ni amalga oshiradi. Bu funksiyalarni, mamlakat ichida yoki tashqarisida amalga oshirilishidan kelib chiqib, tashqi va ichki funksiyalarga ajratish mumkin.

Ichki funksiyalar davlatning ichki vazifalarini bajarishga yo‘naltirilgan bo‘lib, davlatning jamiyat hayoti ustidan rahbarligini amalga oshirishga qaratilgan faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini namoyon qiladi.

Tashqi funksiyalar esa xalqaro munosabatlarning subyekti sifatida ishtirok etayotgan davlatlarning tashqi faoliyatdagi vazifalarini hal qilishi bilan bog‘liqdir.

Brainring daqiqa

1. Quyidagi tartibni daftaringizga chizing va berilgan rasmlarni davlat funksiyalari bilan bog‘lang. Fikringizni asoslang.

1 ________, 2_________, 3__________, 4_________, 5_________, 6_________, 7____________, 8________, 9__________.

a d b e f g h i j

Hamkorlikda bajaramiz

1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qayd etilgan ushbu qoidalarni o‘qing va bu qoidalarda davlatning qaysi funksiyalari aks etganligini aniqlang:

Hamkorlikda bajaramiz

2. “Davlatning mavjudligi, uning zarurligi davlatning funksiyalarida o‘z aksini topadi”.

Ushbu fikrni qanday tushundingiz? 3. “Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi”.

Savollar: Bunda davlatning qanday funksiyasi yoritilgan?

Izlanishda davom eting

Savollar: 1. O‘zingiz tuzgan shartli davlatda fuqarolaringiz uchun qanday sharoitlar yaratgan bo‘lar edingiz? Nima uchun?
Savollar: 2. Bu sharoitlarni yaratish uchun sizning davlatingiz qanday vazifalarni bajarishi kerak bo‘lar edi?
Savollar: 3. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda qanday vositalar talab etiladi? 4. Davlatingizni qanday xalqaro tashkilotlarga a’zo qilgan bo‘lar edingiz? Nima uchun?

5. O‘zbekiston davlat funksiyalarini ilg‘or xorijiy davlatlar funksiyalari bilan qiyosiy tahlil qiling.

Bilimingizni sinang

Davlatning mohiyati, eng avvalo, qayerda namoyon bo‘ladi?
  1. Uning hududining kattaligida
  2. Uning faoliyatida, funksiyalarida
  3. Uning aholisining sonida
  4. Uning ramzlari — bayroq va gerbida

To‘g‘ri javob: Uning faoliyatida, funksiyalarida. Har qanday davlatning mohiyati, eng avvalo, uning faoliyatida, funksiyalarida namoyon bo‘ladi.

Davlatning jamiyat hayoti ustidan rahbarligini amalga oshirishga qaratilgan faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini qaysi funksiyalar namoyon qiladi?
  1. Ichki funksiyalar
  2. Tashqi funksiyalar
  3. Asosiy funksiyalar
  4. Qo‘shimcha funksiyalar

To‘g‘ri javob: Ichki funksiyalar. Ichki funksiyalar davlatning ichki vazifalarini bajarishga va jamiyat hayotiga rahbarlikka yo‘naltirilgan.

Xalqaro munosabatlar subyekti sifatida ishtirok etayotgan davlatning tashqi faoliyatdagi vazifalarini hal qilishi bilan bog‘liq funksiyalar qanday ataladi?
  1. Ichki funksiyalar
  2. Tashqi funksiyalar
  3. Qo‘shimcha funksiyalar
  4. Asosiy funksiyalar

To‘g‘ri javob: Tashqi funksiyalar. Tashqi funksiyalar davlatning xalqaro munosabatlardagi tashqi faoliyati vazifalarini hal qilishi bilan bog‘liq.

Davlatning funksiyalari nima?
  1. Davlat organlarining soni va tarkibi
  2. Davlat hokimiyatini amalga oshirish uchun belgilangan hududiy chegara
  3. Davlatning faoliyat yo‘nalishlari, ya’ni uning bosh yo‘nalishlari
  4. Davlat byudjetining daromad manbalari

To‘g‘ri javob: Davlatning faoliyat yo‘nalishlari, ya’ni uning bosh yo‘nalishlari. Davlat o‘z faoliyatida funksiyalar (faoliyat yo‘nalishlari)ni amalga oshiradi.

Davlat funksiyalari ichki va tashqi funksiyalarga qaysi asosda ajratiladi?
  1. Ularning mamlakat ichida yoki tashqarisida amalga oshirilishiga qarab
  2. Ular qaysi davlat organi tomonidan bajarilishiga qarab farqlanadi
  3. Ularni bajarish uchun ajratilgan byudjet mablag‘i miqdoriga qarab
  4. Ular qaysi tarixiy davrda va qaysi sharoitda amalga oshirilganiga qarab

To‘g‘ri javob: Ularning mamlakat ichida yoki tashqarisida amalga oshirilishiga qarab. Funksiyalar mamlakat ichida yoki tashqarisida amalga oshirilishidan kelib chiqib tashqi va ichki funksiyalarga ajratiladi.

Davlatning ichki funksiyalari nimaga qaratilgan?
  1. Davlatning xalqaro munosabatlar subyekti sifatidagi faoliyatiga
  2. Davlatlararo shartnomalar tuzishga
  3. Boshqa davlatlar bilan harbiy ittifoq tuzishga
  4. Davlatning jamiyat hayoti ustidan rahbarligini amalga oshirishga

To‘g‘ri javob: Davlatning jamiyat hayoti ustidan rahbarligini amalga oshirishga. Ichki funksiyalar davlatning jamiyat hayoti ustidan rahbarligini amalga oshirishga qaratilgan faoliyat yo‘nalishlaridir.

Davlatning tashqi funksiyalari nima bilan bog‘liq?
  1. Davlatning jamiyat hayoti ustidan rahbarligi hamda ijtimoiy jarayonlarni ichkaridan boshqarishi bilan
  2. Davlatning xalqaro munosabatlar subyekti sifatida tashqi faoliyatdagi vazifalarini hal qilishi bilan
  3. Fuqarolarning ichki mehnat munosabatlari va ijtimoiy ta’minot sohasini tartibga solish vazifalari bilan
  4. Mahalliy hokimiyat organlarini saylash va ularning ish faoliyatini mamlakat ichida nazorat qilish bilan

To‘g‘ri javob: Davlatning xalqaro munosabatlar subyekti sifatida tashqi faoliyatdagi vazifalarini hal qilishi bilan. Tashqi funksiyalar davlatning xalqaro munosabatlar subyekti sifatida tashqi faoliyatdagi vazifalarini hal qilishi bilan bog‘liq.

Konstitutsiyaga ko‘ra davlat o‘z faoliyatini qaysi prinsiplar asosida amalga oshiradi?
  1. Majburlash, markazlashuv va yopiqlik
  2. Tijorat manfaati, raqobat va foyda
  3. Urf-odat, an’ana va diniy birdamlik
  4. Qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik

To‘g‘ri javob: Qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik. Davlat inson farovonligi va jamiyat barqaror rivojini ta’minlash maqsadida qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplariga asoslanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiDavlatKeyingi →Davlat shakllari