Davlat shakllari
Shaxs, jamiyat va davlat
Biror mamlakat ishlarining orqaga ketishiga sabab —
tuzuklari-yu tartibotlarining susayishidandir.
Faollashtiruvchi savollar
5. Bayroqlar tasviriga qarab qaysilari unitar va federativ davlatlarga tegishli ekanligini toping.
Faollashtiruvchi savollar
7. Vengriya, Latviya, Polsha kabi davlatlar nomlari atalganda nima uchun federatsiya jumlasi qo‘shilib aytilmasligining sababini aniqlashga harakat qiling.
Davlat
(siyosiy rejimi)
Davlat shakllari deyilganda, davlatning boshqaruv, hududiy tuzilishi va siyosiy tartiboti jihatidan qanday shakllarga bo‘linishi tushuniladi.
Boshqaruv shakliga ko‘ra davlatlar monarxiya va respublikaga bo‘linadi.
Monarxiya — oliy hokimiyat yakka davlat boshlig‘ining qo‘lida bo‘lgan va bu hokimiyat avloddan avlodga meros qilib beriladigan davlat boshqaruv shakli.
Monarx davlatni yakka o‘zi boshqarishi, o‘z boshqaruvining natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar bo‘lmasligi, uning hokimiyati muqaddas va ilohiy deb e’lon qilinishi, o‘z faoliyatida mustaqil bo‘lishi monarxiyaning asosiy belgilari hisoblanadi.
(siyosiy rejimi)
Monarxiyaning turlari
Noan’anaviy
Agar monarx o‘z davlatini boshqarishda uning boshqaruvi boshqa biron-bir idora bilan cheklanmasa, bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi (Qatar, O‘mon sultonligi). Cheklangan monarxiyada esa monarxning hukmronligi konstitutsiya yoki parlament bilan cheklanadi (Daniya, Norvegiya). Teokratik monarxiya tushunchasi davlat boshqaruvi va diniy hokimiyat monarx qo‘lida to‘planishini anglatadi (Vatikan). Noan’anaviy monarxiyada monarx maxsus saylov bilan hokimiyatga keladi (Masalan, Malayziya qiroli 5 yilga saylanadi).
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Respublika davlat boshqaruvining shunday shakliki, unda hokimiyat oliy idoralari ma’lum muddatga saylanadi.
Respublika shaklidagi boshqaruvga ega bo‘lgan davlatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
- – hokimiyat oliy idoralarining saylab qo‘yilishi;
- – hokimiyat vakolatlari qat’iy ravishda qonun chi qaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi;
- – hokimiyat oliy idoralarining o‘z qarorlarini saylangan muddati davomida qabul qilishi;
- – fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok eta olishi. Respublikalar prezidentlik respublikasi, parlamentar respublika hamda aralash shakldagi respublika turlariga bo‘linadi.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Prezidentlik respublikasida davlatni bevosita xalq saylaydigan va juda keng vakolatlarga ega bo‘lgan prezident boshqaradi. U ijro hokimiyatining bevosita boshqaruvchisi hisoblanadi. Masalan, AQSH, Rossiya Federatsiyasi, O‘zbekiston.
Parlamentar respublikada davlat boshlig‘i saylanuvchi mansabdor shaxs bo‘lib, asosan, parlament tomonidan saylanadi. Masalan, Germaniya, Italiya, Gretsiya.
Respublika shaklidagi boshqaruvning yana bir ko‘rinishi aralash boshqaruvdir. Bunday boshqaruvda prezidentlik va parlamentar respublika elementlari aralashib ketgan bo‘ladi. Masalan, Fransiya, Janubiy Koreya Respublikasi.
Brainring daqiqa
1. Tasavvuringizdagi shartli davlatning boshqaruv shaklini belgilang.
3. Shartli davlatingizning davlat mexanizmi tarkibiga qanday davlat organlari kirishini tushuntirib bering.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Davlatning tuzilish shakli uning ma’muriy-hududiy tashkil etilishidir.
Oddiy (unitar) Murakkab (federativ,
Unitar davlatda butun bir mamlakat miqyosida umumiy tizimga ega bo‘lgan qonunchilik, ijro va sud idoralari bo‘ladi.
Yodda tuting
Unitar — lotincha so‘z bo‘lib,
“oddiy”, “yagona” degan ma’noni bildiradi.
Unitar davlatning
Unitar davlatdan farqli o‘laroq, federativ davlat murakkab davlat tuzilmasi hisoblanadi.
Federativ davlat bir necha davlatlarning birlashuvidan hosil bo‘ladi. Ularning subyektlari “shtat”, “o‘lka”, “respublika”, “amirliklar” deb atalishi mumkin. Federatsiya subyektlari o‘z ma’muriy-hududiy bo‘linmalariga ega.
Ushbu davlatlar o‘zaro birlashganidan keyin federatsiya a’zolari hisoblanib, asosiy hokimiyat vakolatlari federatsiyaning markaziy organlariga beriladi.
Yodda tuting
- – yagona konstitutsiya, yagona qonunchilik tizimi;
Federativ davlat — bir
- – yagona armiya; – yagona pul birligi; – qat’iy tartibdagi ma’muriy- hududiy tuzilishga egaligi;
necha davlatlarning birlashuvidan hosil bo‘lgan murakkab, ittifoqdosh davlat.
TUZILISH JIHATIDAN
- – barcha ma’muriy-hududiy birliklar uchun umumiy bo‘lgan soliq va kredit siyosati;
Federativ davlatning
- – yagona fuqarolik.
- – federatsiya hududi uning subyektlari hududi yig‘indisidan iborat bo‘ladi; – oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federal davlat idoralariga tegishli bo‘ladi; – federatsiyaning umumiy konstitutsiyasi uning subyektlari va markaziy hokimiyat o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni belgilaydi;
- – federatsiya subyektlarining har biri o‘zining alohida konstitutsiyasi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega bo‘ladi;
- – oliy qonun chiqaruvchi idora, odatda, ikki palatali bo‘ladi. Bunda yuqori palata federatsiya a’zolarining manfaatlarini ifoda etadi.
Hozirda jahonda 20 tadan ortiq federativ davlat mavjud. Davlatlar u yoki bu maqsadni ko‘zlab, o‘z suvereniteti va mustaqilligini saqlagan holda birlashishlari ham mumkin. U holda bunday ittifoq “konfederatsiya” deyiladi.
Federativ davlatning
Konfederatsiyada yagona hudud, yagona fuqarolik bo‘lmaydi. Har bir davlat xalqaro huquqning teng huquqli subyekti bo‘ladi. Lekin hozirgi davrda sof ko‘rinishdagi konfederativ davlat uchramaydi. Masalan, Shveysariya qadimda konfederativ davlat shaklida tashkil topgan bo‘lsa-da, bugungi kundagi konstitutsiyaviy islohotlar natijasida federativ davlat sifatida e’tirof etiladi.
Brainring daqiqa
1. Tasavvuringizdagi shartli davlatning tuzilish shaklini belgilang. 2. Sinfdoshlaringiz bilan har xil tuzilish shaklidagi davlatlarni ishlab chiqing. 3. Tuzilish shakli jihatidan bir xil davlatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar o‘zaro bir guruhga birlashib, davlat tuzilish shakli turlicha bo‘lgan uchta guruh tashkil qiling.
4. Har bir guruh o‘zi tanlagan tuzilish shaklining afzalliklarini aytib berishi lozim, boshqa guruhlar, aksincha, bu tuzilish shaklining kamchiliklarini aniqlashlari kerak.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari va uslublari tizimiga “siyosiy tartibot” deyiladi. Mamlakatdagi siyosiy vaziyat, ya’ni jamiyatdagi siyosiy erkinlik darajasini aynan siyosiy tartibot belgilaydi.
Siyosiy tartibot demokratik va nodemokratik turlarga bo‘linadi. Demokratik tartibot sharoitida insonning siyosiy va fuqarolik huquqlari hurmat qilinadi. Fuqarolar davlat hokimiyati idoralarini tuzishda va ularning faoliyatida faol ishtirok etadilar. Demokratik hokimiyatning yagona manbai xalq irodasi hisoblanadi.
Demokratiya — yunoncha “xalq hokimiyati” degan ma’noni anglatadi. Agar davlatda demokratik tartibot hukmron bo‘lsa, bu davlatda fuqarolar umume’tirof etilgan huquq va erkinliklardan to‘la foydalanadilar, davlat esa ularni har tomonlama kafolatlaydi va himoya qiladi.
DEMOKRATIK TARTIBOT BELGILARI
Shaxs o‘z huquqlarini amalga oshirishda qonunga zid bo‘lmagan holda erkin bo‘lishi
Inson va fuqaro huquq hamda erkinliklarining e’tirof qilinishi va kafolatlanishi
Davlat boshqaruvi va siyosiy jarayonlarda fuqarolarning faol ishtirok etishi
Hokimiyat vakolatlarining bo‘linishi
Ijtimoiy hayotda fikrlar turli xilligi (pluralizm), ijtimoiy-siyosiy birlashmalarning ko‘pligi
Qonun ustuvorligi
Demokratik davlatda g‘oyaviy va siyosiy pluralizm konstitutsiya tomonidan qo‘llab- quvvatlanib, siyosiy partiyalarning faoliyatiga ruxsat etiladi. Siyosiy partiyalar esa oliy va mahalliy hokimiyat idoralariga deputatlarni saylashda ishtirok etish orqali o‘zlari, iloji boricha, ko‘proq a’zolarini hokimiyat idoralariga kiritishga harakat qiladilar. Demokratik saylovda g‘alaba qozongan siyosiy partiyalar hukumatni tuzish va o‘z siyosatini o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladilar.
DEMOKRATIK TARTIBOT BELGILARI
Demokratiyaga zid tartibot “nodemokratik tartibot” deb ataladi. Bunday tartibotda davlat idoralari demokratik tamoyillar va qoidalarga rioya etmaydilar. Aksincha, ularni doimo yoki tez-tez buzadilar. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bunday siyosiy tartibotda fuqarolarning huquq va erkinliklari poymol etiladi, qo‘pol ravishda buziladi, muxolifat ba’zan juda shafqatsizlik bilan bartaraf etiladi. Ba’zida esa parlament singari demokratik institutlar yo‘q qilinadi.
Nodemokratik tartibotlar ichida fashistik va totalitar tartibotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tish joiz.
Fashistik tartibotda har qanday hukmron muxolifat yakson etiladi. Biron-bir irq ning hukmronligi e’lon qilinadi. Va nihoyat, boshqa hududlarni bosib olishga harakat kuchayadi. 1933–1945-yillardagi fashistlar Germaniyasi va o‘sha davrdagi fashistlar Italiyasi bunga misol bo‘la oladi.
DEMOKRATIK TARTIBOT BELGILARI
Yagona partiyaning hukmronligi, huquq va erkinliklarning poymol etilishi kabi salbiy xususiyatlarga ega bo‘lgan tartibot “totalitar tartibot” deyiladi. Totalitar tartibotda o‘zgacha fikrlarga qarshi kurashiladi, saylovchilarning saylovda muqobil deputatlarni saylash imkoniyatlari bo‘lmaydi. Totalitar davlat misoli sifatida sobiq Sovet Ittifoqini keltirish mumkin.
Brainring daqiqa
1. O‘zbekiston, Rossiya Federatsiyasi, AQSH, Eron, Ispaniya, Braziliya, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Yaponiya, Islandiya, Daniya, Saudiya Arabistoni, Chili, Kuba, Meksika, Kanada, Hindiston, Malayziya davlatlarining shakl jihatidan qanday turlarga bo‘linishini berilgan jadval asosida to‘ldiring.
Davlatlar Boshqaruv shakli Tuzilish shakli Siyosiy tartiboti
Brainring daqiqa
Muhim sanalar
- 1933–1945-yillarda — 1933–1945-yillardagi fashistlar Germaniyasi va o‘sha davrdagi fashistlar Italiyasi bunga misol bo‘la oladi.
Bilimingizni sinang
Unitar davlatga xos bo‘lgan xususiyat qaysi?
- Subyektlarning har birida alohida konstitutsiya va sud organlari bo‘lishi hamda ularning mustaqilligi
- Har bir davlatning xalqaro huquqning teng huquqli subyekti sifatida alohida saqlanib qolishi
- Oliy qonun chiqaruvchi idoraning albatta ikki palatali bo‘lishi va palatalar bo‘linishi
- Butun mamlakat miqyosida umumiy tizimga ega qonunchilik, ijro va sud idoralari mavjudligi
To‘g‘ri javob: Butun mamlakat miqyosida umumiy tizimga ega qonunchilik, ijro va sud idoralari mavjudligi. Unitar davlatda butun mamlakat miqyosida umumiy tizimga ega qonunchilik, ijro va sud idoralari bo‘ladi.
Davlatning boshqaruv, hududiy tuzilishi va siyosiy tartiboti jihatidan qanday shakllarga bo‘linishi nima deb ataladi?
- Davlat funksiyalari
- Davlat shakllari
- Davlat tuzumi
- Davlat belgilari
To‘g‘ri javob: Davlat shakllari. Davlat shakllari davlatning boshqaruv, hududiy tuzilish va siyosiy tartibot jihatidan bo‘linishini bildiradi.
Boshqaruv shakliga ko‘ra davlatlar respublika bilan birga yana qaysi shaklga bo‘linadi?
- Konfederatsiya
- Monarxiya
- Unitar davlat
- Federatsiya
To‘g‘ri javob: Monarxiya. Boshqaruv shakliga ko‘ra davlatlar monarxiya va respublikaga bo‘linadi.
Davlat shakllari deyilganda nima tushuniladi?
- Davlat hokimiyati organlarining soni, tarkibi va vakolatlari bo‘yicha tasnifi hamda ularning o‘zaro nisbati
- Davlatning faqat boshqaruv shakli bo‘yicha monarxiya va respublikaga bo‘linishi hamda ularning belgilari
- Davlatning boshqaruv, hududiy tuzilishi va siyosiy tartiboti jihatidan qanday shakllarga bo‘linishi
- Davlat ramzlarining turlari, ularning qo‘llanilish tartibi va rasmiy tadbirlarda namoyish etilishi
To‘g‘ri javob: Davlatning boshqaruv, hududiy tuzilishi va siyosiy tartiboti jihatidan qanday shakllarga bo‘linishi. Davlat shakllari — davlatning boshqaruv, hududiy tuzilishi va siyosiy tartiboti jihatidan shakllarga bo‘linishi.
Monarxiya deb qanday davlat boshqaruv shakliga aytiladi?
- Oliy hokimiyat yakka davlat boshlig‘i qo‘lida bo‘lib, avloddan avlodga meros qilib beriladigan shakl
- Oliy hokimiyat idoralari ma’lum muddatga saylanadigan va saylovchilar oldida hisobdor bo‘ladigan shakl
- Bir necha mustaqil davlatlarning ixtiyoriy birlashuvidan hosil bo‘lgan murakkab, ittifoqdosh shakl
- Hokimiyat faqat parlament tomonidan tayinlanadigan, davlat boshlig‘i esa saylanuvchi bo‘ladigan shakl
To‘g‘ri javob: Oliy hokimiyat yakka davlat boshlig‘i qo‘lida bo‘lib, avloddan avlodga meros qilib beriladigan shakl. Monarxiya — oliy hokimiyat yakka davlat boshlig‘ining qo‘lida bo‘lgan va avloddan avlodga meros qilib beriladigan boshqaruv shakli.
Quyidagilardan qaysi biri monarxiyaning asosiy belgisi hisoblanadi?
- Monarxning muayyan muddatga saylanishi va saylovchilar oldida hisobdorligi
- Monarxning har yili hokimiyat oldida o‘z faoliyati bo‘yicha hisobot berishi
- Monarx hokimiyatining sud va parlament tomonidan muntazam cheklab turilishi
- Monarx o‘z boshqaruvining natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar bo‘lmasligi
To‘g‘ri javob: Monarx o‘z boshqaruvining natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar bo‘lmasligi. Monarxning yuridik javobgar bo‘lmasligi, hokimiyatining muqaddas deb e’lon qilinishi monarxiyaning belgilaridandir.
Shohlikda qirol ma’muriy xatosi sababli aholiga katta zarar yetkazdi. Fuqaro Karim qirolni sud oldida javobgarlikka tortish mumkinmi, deb so‘radi. Monarxiya belgilariga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Mumkin: monarx boshqaruvi natijasi uchun parlament oldida yuridik javobgar bo‘ladi
- Mumkin emas: monarx o‘z boshqaruvining natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar bo‘lmaydi
- Mumkin: monarx hokimiyati ilohiy emas, shuning uchun sudga tortiladi
- Mumkin emas, chunki monarx muddatga saylangan mansabdor shaxs
To‘g‘ri javob: Mumkin emas: monarx o‘z boshqaruvining natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar bo‘lmaydi. Monarxning o‘z boshqaruvi natijasi uchun yuridik javobgar bo‘lmasligi monarxiya belgilaridan biri.
Monarx davlatni boshqarishda uning boshqaruvi boshqa biron-bir idora bilan cheklanmaydigan monarxiya (masalan, Qatar, Ummon sultonligi) qanday ataladi?
- Cheklangan monarxiya
- Mutlaq monarxiya
- Noan’anaviy monarxiya
- Teokratik monarxiya
To‘g‘ri javob: Mutlaq monarxiya. Monarx boshqaruvi hech qanday idora bilan cheklanmasa, bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash