Axloq va huquq
Huquq
Butun dunyoni qidirib, go‘zal xulqdan ko‘ra yaxshiroq layoqatni topmadim.
Faollashtiruvchi savollar
Faollashtiruvchi savollar
9. Berilgan rasmlardan huquq, burch, majburiyatga oidlarini ajrating.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Huquq dastlab axloqiy qarashlar, qadriyatlar negizida vujudga kelgan. Keyinchalik esa davlat tomonidan o‘rnatilgan yoki ma’qullangan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidalarining tizimiga aylangan.
Huquq — bu davlat tomonidan belgilanadigan, muhofaza qilinadigan, o‘zida erkinlik, tenglik va adolat tamoyillarini ifodalaydigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, umummajburiy xulq-atvor qoidalari yig‘indisidir.
Axloq normalari esa butun jamiyat tomonidan yaratiladi. Bu normalar doimiy ravishda kishilar amaliy faoliyati, ularning o‘zaro aloqalari jarayonida yuzaga keladi va rivojlanib boradi.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Huquq davlat tomonidan ta’minlanadi, muhofaza etiladi va himoya qilinadi. Huquq normalarining mazmuni umummajburiy mohiyatga ega.
Axloq jamoatchilik fikri, kuchiga tayanadi. Axloq qoidalariga amal qilmagan shaxslarga nisbatan qanday jazo qo‘llanilishini jamiyatning o‘zi hal qiladi. Bunday chora ba’zan huquqiy jazodan ham qattiqroq va ta’sirliroq bo‘lishi mumkin.
Yodda tuting
Huquq davlatning maxsus yuridik hujjatlari (masalan, qonunlar, farmonlar, qarorlar)da mustahkamlanadi.
Axloq — kishining jamiyatdagi xulq-atvorini tartibga soluvchi talab va qoidalar yig‘indisi.
Axloq normalari esa bunday aniq ifodaga ega bo‘lmaydi. Axloq qoidalari jamiyat turli qatlamlari va guruhlarida muayyan ijtimoiy shart-sharoitlar ta’sirida vujudga keladi.
Huquqdan farqli o‘laroq, axloq jamiyat hayotining deyarli barcha sohalariga taalluqli bo‘ladi.
Hamkorlikda bajaramiz
Berilgan vaziyatlarni diqqat bilan o‘qing va quyidagi savollarga javob bering: – Vaziyat ishtirokchilari axloq va huquq qoidalarini buzdimi? – Ular qanday axloq qoidalarini buzdi deb o‘ylaysiz? – Siz shunday vaziyatlarga duch kelganmisiz? 1. Anvar ertalab uydan chiqib, avtobus bekatiga yo‘l oldi. Negadir kayfiyati yo‘qroq edi, kecha dars tayyorlamagani uchunmi, xayoli parishon bo‘lib, hech kimga salom bermadi, avtobusda tepasida turgan yoshi kattaroq ayolga ham joy bo‘shatmadi. Avtobus chiptasini ham olmay tushib ketdi. Yaxshiyamki, nazoratchi tekshirmadi.
2. Gulnoza va Aziza anchadan beri betob bo‘lib maktabga kela olmayotgan Zamira- ning holidan xabar olish uchun kasalxonaga borishni rejalashtirishdi.
Hamkorlikda bajaramiz
Ular ertalab soat 8:00 da bekatda uchrashishga kelishib olishdi. Aziza Gulnozaga kech qolmasdan kelishini tayinlab, soat 10:00 da imtihoni borligini ta’kidladi. Aziza kelishilgan joyga 5 daqiqa avval yetib keldi. Ammo 30 daqiqa o‘tsa hamki, Gulnozadan darak bo‘lmadi. Qo‘l telefoniga ham javob bermadi.
3. Zokirjon do‘kondan olgan chekini ko‘rdi-yu, darhol ortiga qaytdi. Sotuvchi shirinlik narxini kassa chekiga ikki barobar ko‘p kiritgan ekan. Zokirjon chekni uzatdi va muammoni aytdi. Sotuvchi o‘z xatosini tan olmadi. “Siz o‘sha zahoti murojaat qilishingiz kerak edi. Oradan 20 daqiqa o‘tib ketdi”, — dedi qo‘pollik bilan.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
“Huquq” atamasi ikki — obyektiv hamda subyektiv huquq ma’nosida qo‘llaniladi. Obyektiv huquq — huquq normalarining yig‘indisi. Subyektiv huquq esa ma’lum bir shaxs yoki guruhga tegishli bo‘lgan huquq. Misol uchun, kimningdir uy-joyga bo‘lgan yoki biror-bir mulkka nisbatan bo‘lgan huquqi. Subyektiv huquq obyektiv huquqsiz mavjud bo‘lmaydi. Huquqning o‘zi esa davlat bilan uzviy bog‘liqdir. Ular bir-birisiz mavjud bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston hududida ming yillar davomida milliy axloq normalari taraqqiy etib borgan. Davlatlar vujudga kelishi bilan axloq normalari huquq shaklida ifodalana boshlangan. Chunki axloq normalarini jamiyat o‘rnatsa, huquq normalarini davlatning vakolatli organlari belgilab beradi. Lekin huquq normalarining shakllanishi axloq normalarini asos qilib oladi. Misol uchun, turkiy xalqlarda ot o‘g‘irligida qo‘lga tushgan shaxs jamiyat a’zolari tomonidan qatl etilgan. Turk xoqonligi esa o‘z to‘ra-tuzuklari bilan ot o‘g‘irligi uchun qatl etish jazosini qat’iy belgilab, huquq normasi darajasiga ko‘targan.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Aholining aksariyat qismining qarashlari va tushunchalari ham axloq, ham huquqda aks etadi.
Axloq va huquq o‘rtasidagi asosiy farqlar quyidagilardir:
huquq davlat tomonidan belgilangan
bo‘ladi, axloq (ezgulik va yovuzlik, adolat va nohaqlik kabilar) esa davlatning
yordamisiz o‘z-o‘zidan shakllanadi;
axloq normalari ijtimoiy munosabat
larning kengroq doirasini (do‘stlik, o‘rtoqlik va hatto muhabbatni ham) tartibga
soladi. Huquq esa muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan;
huquq davlat irodasini, axloq esa jamiyat a’zolarining fikri, dunyoqarashi hamda insoniy fazilat va tushunchalarini
aks ettiradi;
huquqda xatti-harakat yoki harakatsizlikni baholash mezoni “qonuniy-noqonuniy” bo‘lsa, axloqda esa
“yaxshi-yomon”dan iborat;
huquq normalari, zarur hollarda, davlatning majburlov kuchi orqali, axloq normalari esa jamoatchilik fikri orqali qaror
Axloq va huquq o‘rtasidagi asosiy farqlar quyidagilardir:
topadi;
huquq normativ-huquqiy hujjatlarda aniq ko‘rinishga ega;
huquqbuzarlik sodir etganlik uchun jazo tayinlash tartibi huquq normalari
bilan qat’iy belgilab qo‘yiladi;
axloqqa zid harakat uchun javobgarlikka aniq bir jazo chorasi
ko‘zda tutilmaydi.
Tarixga nazar Turk xoqonligida shaxslarning huquq va majburiyatlari, jinoyat va jazoni belgilash to‘ra-tuzuklar (qoidalar) asosida amalga oshirilgan. To‘ra-tuzuklar so‘zi “qonun” ma’nosida ilk bor Xitoy solnomalarida uchraydi. Shuningdek, O‘rxun-Enasoy bitiktoshlarida Turk xoqonligining qonunlari sifatida tilga olinadi.
Mamlakatimiz tarixining keyingi davrlarida, xususan, islom dini qoidalarida ham inson huquqlari alohida e’tirof etilgan.
Axloq va huquq o‘rtasidagi asosiy farqlar quyidagilardir:
Mo‘g‘ul ko‘chmanchilarining huquqiy odatlari ham qadimgi turkiy to‘ra-tuzuklar asosida belgilangan. Mo‘g‘ul davlatining qonun-qoidalari “Yasoq qonunlari”da, Temuriylar saltanati tartib-intizomlari esa “Temur tuzuklari”da o‘z ifodasini topgan.
Hamkorlikda bajaramiz
Izlanishda davom eting
Quyidagilardan qay biri huquq yoki axloq normalari bilan tartibga solinishini tushuntirib bering.
№ Holatlar Huquq Axloq
1. Do‘stining sirlarini yashirish
2. Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash
3. Kattalarga hurmat ko‘rsatish
4. Saylovlarda ishtirok etish
5. Onaga gul sovg‘a qilish
6. Vatanni sevish
7. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatni olish
8. O‘qituvchi va murabbiylar kunini nishonlash
9. Tayyorlov kurslariga borish
10. Sport bilan shug‘ullanish
11. Salom berish
12. Do‘kondan mahsulotlarni sotib olish
13. Tibbiy xizmatdan foydalanish
14. Ta’lim olish
15. Jamoat transportida keksalarga joy berish
Bilimingizni sinang
Butun jamiyat tomonidan yaratiladigan, kishilar amaliy faoliyati va o‘zaro aloqalari jarayonida yuzaga kelib rivojlanadigan normalar qaysilar?
- Texnik normalar
- Axloq normalari
- Huquq normalari
- Davlat standartlari
To‘g‘ri javob: Axloq normalari. Axloq normalari butun jamiyat tomonidan yaratiladi, huquq normalari esa davlat tomonidan o‘rnatiladi yoki ma’qullanadi.
Huquq dastlab qaysi asoslar negizida vujudga kelgan?
- Axloqiy qarashlar va qadriyatlar negizida
- Davlat tomonidan chiqarilgan qonunlar negizida
- Sud pretsedentlari negizida
- Xalqaro shartnomalar negizida
To‘g‘ri javob: Axloqiy qarashlar va qadriyatlar negizida. Huquq dastlab axloqiy qarashlar, qadriyatlar negizida vujudga kelgan, keyinroq davlat kuchi bilan himoya qilinadigan qoidalar tizimiga aylangan.
Axloq normalari kim tomonidan yaratiladi?
- Davlatning vakolatli organlari tomonidan
- Faqat parlament tomonidan
- Faqat sud organlari tomonidan
- Butun jamiyat tomonidan
To‘g‘ri javob: Butun jamiyat tomonidan. Axloq normalari butun jamiyat tomonidan yaratiladi va kishilar amaliy faoliyati jarayonida yuzaga keladi.
Huquq normalarining amal qilishi nima orqali ta’minlanadi?
- Faqat jamoatchilik fikri orqali ta’minlanadi va muhofaza etiladi
- Davlat tomonidan ta’minlanadi, muhofaza etiladi va himoya qilinadi
- Har bir kishining ichki ishonchi orqali ta’minlanadi va himoya qilinadi
- Faqat diniy qoidalar va urf-odat orqali ta’minlanadi, muhofaza etiladi
To‘g‘ri javob: Davlat tomonidan ta’minlanadi, muhofaza etiladi va himoya qilinadi. Huquq davlat tomonidan ta’minlanadi, muhofaza etiladi va himoya qilinadi; uning mazmuni umummajburiy.
Quyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri? Axloq qoidalarini buzgan shaxsga jazo haqida:
- Jazoni faqat sud tayinlaydi va u huquqiy jazodan doim yengil bo‘ladi, jamiyat aralashmaydi
- Jazoni jamiyatning o‘zi hal qiladi va u ba’zan huquqiy jazodan ham qattiqroq bo‘lishi mumkin
- Jazo faqat qonunda aniq belgilangan chora bilan cheklanadi, jamiyat boshqa ta’sir ko‘rsata olmaydi
- Axloq qoidalarini buzgan shaxsga hech qanday ta’sir choralari qo‘llanmaydi, jamiyat befarq
To‘g‘ri javob: Jazoni jamiyatning o‘zi hal qiladi va u ba’zan huquqiy jazodan ham qattiqroq bo‘lishi mumkin. Axloq qoidalariga amal qilmaganlarga jazoni jamiyat hal qiladi; bunday chora huquqiy jazodan ham qattiqroq bo‘lishi mumkin.
Qishloq a’zolari yolg‘onchi Karimdan yuz o‘girishdi va u bilan muloqotni to‘xtatdi. Karim: «Bu qonuniy jazo emas-ku», dedi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Karim noto‘g‘ri: axloq qoidalarini buzganlik uchun faqat sud jazo tayinlashi mumkin, jamiyat esa bunday chorani qo‘llay olmaydi
- Karim to‘g‘ri: axloqqa zid harakatga hech qanday ta’sir chorasi bo‘lmaydi, shuning uchun qishloq a’zolarining harakati asossiz
- Karimning gapida jon bor: bunday chorani jamiyatning o‘zi hal qiladi, u ba’zan huquqiy jazodan ham ta’sirliroq bo‘ladi
- Karim noto‘g‘ri: jazo faqat qonunda belgilangan tartibda qo‘llanadi, jamiyat o‘zi hech qanday chora ko‘ra olmaydi
To‘g‘ri javob: Karimning gapida jon bor: bunday chorani jamiyatning o‘zi hal qiladi, u ba’zan huquqiy jazodan ham ta’sirliroq bo‘ladi. Axloq qoidalarini buzganlarga jazoni jamiyat o‘zi hal qiladi va u ba’zan huquqiy jazodan ham qattiqroq bo‘lishi mumkin.
Huquq qanday hujjatlarda mustahkamlanadi?
- Faqat jamoatchilik fikrida, odatlarda va an’analarda mustahkamlanadi
- Faqat diniy kitoblarda va diniy rahbarlarning yozma ko‘rsatmalarida
- Oila va mahalladagi og‘zaki kelishuvlarda hamda keksalar maslahatlarida
- Davlatning maxsus yuridik hujjatlari: qonunlar, farmonlar, qarorlarda
To‘g‘ri javob: Davlatning maxsus yuridik hujjatlari: qonunlar, farmonlar, qarorlarda. Huquq davlatning maxsus yuridik hujjatlari (qonunlar, farmonlar, qarorlar)da mustahkamlanadi.
Huquqdan farqli o‘laroq, axloq jamiyat hayotining qaysi sohalariga taalluqli bo‘ladi?
- Faqat davlat boshqaruvi sohasiga
- Faqat mulkiy munosabatlar sohasiga
- Deyarli barcha sohalariga
- Faqat jinoyat va jazo sohasiga
To‘g‘ri javob: Deyarli barcha sohalariga. Huquqdan farqli o‘laroq, axloq jamiyat hayotining deyarli barcha sohalariga taalluqli bo‘ladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash