Huquq manbalari
Huquq
Yaxshilar mas’uliyat bilan ish qilishlari uchun qonunlarga muhtoj bo‘lmaydilar,
Yomonlar qonunlarga chap berish uchun yo‘l topadilar.
Faollashtiruvchi savollar
Fikrimizni tasdiqlaymiz
“Manba” so‘zi arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, “boshlanish”, “ibtido” degan ma’nolarni anglatadi.
Huquq manbasi muayyan rasmiy bir shaklga ega bo‘lishi uchun, albatta, bunday manba vakolatli davlat organlari tomonidan e’tirof etilishi lozim.
Huquq manbasi — huquqning ifoda etilish shakli. Huquq manbasi o‘zida huquq normasining paydo bo‘lishi va amal qilinishiga imkon beruvchi manbalarni ifodalaydi.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi manbalar tizimida odat va huquqiy odatni farqlash lozim. Kundalik turmushdagi barcha odatiy qoidalar ham huquqiy odat sifatida shakllanavermaydi.
Huquqiy odat — uzoq davr mobaynida amalda bo‘lishi natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan xulq-atvor qoidasidir. Dastlab jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar axloq, odat, an’ana, rasm-rusum kabi turli xil normalar asosida tartibga solingan.
Odat normalari asosida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish alohida ahamiyat kasb etadi.
Huquq manbalari haqida gapirilganida “yuridik pretsedent” degan tushunchaga ham to‘xtalib o‘tish joiz. Bu tushuncha Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va Avstraliya huquq tizimida uchraydi.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Yuridik pretsedent sudning umummajburiy ahamiyatga ega bo‘lgan aniq bir ish bo‘yicha qaroridir. Yuridik pretsedentning o‘ziga xos jihati shundaki, u qabul qilingach, o‘sha masala bo‘yicha umummajburiy qoidaga aylanadi. Yuridik pretsedent O‘zbekiston Respublikasining huquq tizimida qo‘llanilmaydi.
Hamkorlikda bajaramiz
2. Quyidagi matnni o‘qing. Tarix fanidan olgan bilimlaringizga tayanib, berilgan matnni tarixiy misollar asosida sharhlang. “Ibtidoiy jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda odat normalaridan keng foydalanilgan, keyinroq odat o‘z o‘rnini huquqqa bo‘shatib bera boshlagan”.
Yodda tuting
“Pretsedent” so‘zi lotin tilidan kelib chiqqan bo‘lib, “avvalgisi”, “oldingisi” degan ma’nolarni anglatadi.
Yuridik pretsedent sud yoki ma’muriy organning qaroridir. Bu qaror kelgusida barcha shunga o‘xshash ishlarni ko‘rib chiqish va hal qilish uchun asos bo‘ladigan namuna qoida hisoblanadi.
Xulosa qiling
Sud pretsedentiga misol sifatida “Donald Makferson “Buick”ka qarshi” sud ishini keltirib o‘tish mumkin. 1916-yilda Nyu York shahrida avtohalokat sodir bo‘ldi. Haydovchi Donald Makferson “Buick” avtomobilida halokatga uchrab, avtomobil ag‘darilib tushdi.
Haydovchi Nyu York sudiga murojaat yo‘llab, avtomobilning nuqsonli g‘ildiragi tufayli tekis yo‘lda unga jarohat yetganligini da’vo qildi.
Nyu York sudi mashina dillerlik xizmati orqali avtodo‘kondan sotib olinganligiga qaramasdan, avtomobil ishlab chiqaruvchisiga jarima jazosini qo‘llash hamda yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risida qaror chiqardi.
Mazkur sud qarori bugungi kunga qadar shunga o‘xshash sud ishlarini hal etishda asosiy huquq manbasi bo‘lib kelmoqda.
Brainring daqiqa
Quyidagi hujjatlarga e’tibor bering. Ular qanday huquq manbasi ekanligini asoslang.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Normativ-huquqiy hujjatlar qonunchilik hujjatlari bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligini tashkil etadi.
Qonunlar va qonunosti hujjatlari, eng avvalo, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi asosiy vositalardir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonun hujjatlaridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, qo‘mitalar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlaridir.
Brainring daqiqa
Normativ-huquqiy hujjatlar quyidagi xususiyatlari bilan huquq manbalarining boshqa turlaridan farqlanadi:
normativ-huquqiy hujjatlar
vakolatli davlat organlari
tomonidan qabul qilinib, bekor qilinadi;
normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy
qoidaning mazmunini, huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq
va burchlarini aniq belgilaydi;
normativ-huquqiy hujjatlarda
mustahkamlangan qoidalar
bajarilmagan yoki buzilgan taqdirda davlatning majburlov
kuchi bilan tartibga solinadi.
Qonun belgilaydi
Normativ-huquqiy hujjat qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Normativ-huquqiy hujjatlar qonun va qonunosti hujjatlariga bo‘linadi. Normativ-huquqiy hujjatlar tizimida qonunlar asosiy o‘rin tutadi. Qonun huquqning eng muhim shakli bo‘lib, unda huquqning hamma xususiyatlari qamrab olinadi. Qonun davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjati hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim, barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishni nazarda tutadi, ular O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilinadi.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy qonunlar tarzida qabul qilinishi ham mumkin.
Brainring daqiqa
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish huquqi davlatga tegishlidir.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari quyidagicha tuziladi: – O‘zbekiston Respublikasi nomidan — davlatlararo shartnomalar; – O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan — hukumatlararo shartnomalar; – Davlat organlari nomidan o‘z vakolatlari doirasida — idoralararo shartnomalar.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Xalqaro shartnoma — ikki yoki undan ortiq davlatlar o‘rtasida tuziladigan, ularning huquq va majburiyatlarini o‘rnatadigan, o‘zgartiradigan yoki bekor qiladigan bitim hisoblanadi. Shartnomalar — ma’lum bir normani o‘rnatish yoki ta’sis qilish xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin. Xalqaro shartnomalarning nomlari turlicha bo‘lib, jumladan, shartnoma, bitim, konvensiya, pakt, deklaratsiya, memorandum, statut, protokol, ustav, bayonot va boshqa nomlar bilan atalishi mumkin.
Izlanishda davom eting
Quyida keltirilgan misollar huquq manbasining qaysi turiga mansubligini tahlil eting.
№ Misollar Huquqiy odat
Yuridik pretsedent
Normativ- huquqiy hujjat
Xalqaro shartnoma
1. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonun
2. Tadbirkorlik faoliyatidagi ish muomalasi odati
3. “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya
Izlanishda davom eting
4. “Miranda” qoidalari bo‘yicha AQSH Oliy sudining qarori
Muhim sanalar
- 1916-yilda — 1916-yilda Nyu York shahrida avtohalokat sodir bo‘ldi.
Bilimingizni sinang
Arab tilidan kirib kelgan “manba” so‘zi qaysi ma’noni anglatadi?
- Tarqalish
- Qoida
- Qonun
- Boshlanish
To‘g‘ri javob: Boshlanish. “Manba” so‘zi arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, “boshlanish”, “ibtido” ma’nolarini bildiradi.
Huquqning ifoda etilish shakli nima deb ataladi?
- Huquq manbasi
- Huquq normasi
- Huquq tizimi
- Huquq sohasi
To‘g‘ri javob: Huquq manbasi. Huquq manbasi huquqning ifoda etilish shaklidir.
«Manba» so‘zi qaysi tildan kirib kelgan va qanday ma’noni bildiradi?
- Lotin tilidan, «avvalgisi», «oldingisi» ma’nosini bildiradi
- Yunon tilidan, «xalq hokimiyati» ma’nosini bildiradi
- Arab tilidan, «boshlanish», «ibtido» ma’nolarini bildiradi
- Arab tilidan, «jamoa», «birlashgan» ma’nosini bildiradi
To‘g‘ri javob: Arab tilidan, «boshlanish», «ibtido» ma’nolarini bildiradi. «Manba» so‘zi arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, «boshlanish», «ibtido» degan ma’nolarni anglatadi.
Huquq manbasi nima?
- Huquqning ifoda etilish shakli
- Huquq normalarining yig‘indisi
- Faqat sud qarorlari majmuyi
- Davlat organlarining tuzilish tizimi
To‘g‘ri javob: Huquqning ifoda etilish shakli. Huquq manbasi — huquqning ifoda etilish shakli.
Uzoq davr mobaynida amalda bo‘lishi natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan xulq-atvor qoidasi nima deyiladi?
- Huquqiy an’ana
- Normativ-huquqiy hujjat
- Yuridik pretsedent
- Huquqiy odat
To‘g‘ri javob: Huquqiy odat. Bunday xulq-atvor qoidasi huquqiy odat deb ataladi; har qanday odat huquqiy odatga aylanavermaydi.
Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va Avstraliya huquq tizimida uchraydigan huquq manbasiga oid tushuncha qaysi?
- Yuridik pretsedent
- Xalqaro shartnoma
- Normativ-huquqiy hujjat
- Huquqiy doktrina
To‘g‘ri javob: Yuridik pretsedent. Yuridik pretsedent tushunchasi Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va Avstraliya huquq tizimida uchraydi.
Huquqiy odat deb nimaga aytiladi?
- Sudning aniq bir ish bo‘yicha qabul qilgan va keyingi shunga o‘xshash ishlar uchun umummajburiy ahamiyat kasb etgan qaroriga
- Davlatlar o‘rtasida tuziladigan hamda ularning huquq va majburiyatlarini belgilaydigan, o‘zaro kelishilgan xalqaro bitimga
- Kundalik turmushda uzoq davr davomida takrorlanib kelgan, ammo davlat tan olmagan har qanday odatiy xulq-atvor qoidasiga
- Uzoq davr amalda bo‘lishi natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan xulq-atvor qoidasiga
To‘g‘ri javob: Uzoq davr amalda bo‘lishi natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan xulq-atvor qoidasiga. Huquqiy odat uzoq davr amalda bo‘lishi natijasida shakllangan va davlat tomonidan umummajburiy qoida sifatida tan olingan xulq-atvor qoidasidir.
Yuridik pretsedent tushunchasi qaysi davlatlarning huquq tizimida uchraydi?
- O‘zbekiston, Rossiya, Germaniya va Fransiya
- Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va Avstraliya
- Italiya, Gretsiya, Daniya va Norvegiya
- Qatar, O‘mon, Malayziya va Vatikan
To‘g‘ri javob: Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va Avstraliya. Yuridik pretsedent Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada va Avstraliya huquq tizimida uchraydi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash