XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 8-sinf · Davlat va huquq asoslari · 13-dars

Huquq normasi

Huquq

Haq olinur, berilmas.

Faollashtiruvchi savollar

Quyidagi Hammurapi qonunlari haqidagi ma’lumotlarni o‘qing va savollarga javob bering.

Qadimgi Bobil podshohi Hammurapi dunyo tarixidagi ilk yozma qonunlarni joriy qilgan. Bu dunyodagi eng qadimgi huquqiy yodgorliklardan biri bo‘lib, qonunlarning asosiy matni konus shaklidagi qora toshga o‘yib yozilgan. Qonunlar qadimgi Akkad tilida mixxat yozuvi ko‘rinishida saqlanib qolgan bo‘lib, Eron hududidagi qadimiy Suza shahrini qazish jarayonida fransuz arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan topilgan.

Qonunlar sud ishlarini yuritish, mulkning turli shakllari, nikoh va oila, shuningdek, jinoyat-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalarni o‘z ichiga oladi. Qonunlar 282 banddan iborat.

Faollashtiruvchi savollar

Mazkur qonunlarning katta qismida jinoyatlarning tavsifi va ularga belgilangan jazolar qayd etilgan. Misol uchun, qonunlarning 195-bandiga ko‘ra, “agar o‘g‘il otasiga qo‘l ko‘targan bo‘lsa, uning qo‘li kesib tashlansin”, degan normani uchratish mumkin.

Savollar: 1. Nima deb o‘ylaysiz, davlat huquq normalarini qanday hujjatlarda qabul qiladi?
Savollar: 2. O‘zbekiston hududidagi qadimiy huquqiy hujjatlarda qanday huquq normalari aks ettirilgan deb o‘ylaysiz?

3. Ota-onani hurmat qilish va ularga g‘amxo‘r bo‘lish

Savollar: qaysi hujjatlarda belgilangan?
Savollar: 4. Agar huquq normasi davlat tomonidan muhofaza qilinmasa, qanday oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin?

Faollashtiruvchi savollar

Savollar: 5. Huquq normasida jazo choralarini belgilamaslik mumkinmi? Nima uchun?
Savollar: 6. Huquq normasi qanday tarkibiy elementlardan iborat deb o‘ylaysiz?

Fikrimizni tasdiqlaymiz

Huquq normasi huquqshunoslik fanining fundamental tushunchalaridan biri hisoblanadi. Huquq normasi huquq ijodkorligi faoliyatining natijasi bo‘lib, faqat vakolatli

davlat organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda qabul qilinadi.

Yodda tuting

Huquq normasi — bu huquq tizimining eng asosiy, dastlabki elementi. Huquqiy normalar jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tuzilishi bilan belgilanadigan, xalq irodasini ifodalovchi, davlat tomonidan o‘rnatiladigan

“Norma” so‘zi lotinchadan tarjima qilinganda “qoida”, “namuna” ma’nosini anglatadi.

va muhofaza qilinadigan, bajarilishi jamiyatning barcha a’zolari uchun umummajburiy bo‘lgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalardir.

Yodda tuting

Jamiyatda qaror topadigan yangi munosabatlar ularni tartibga solishga qaratilgan tegishli huquq normalarining yaratilishiga turtki beradi. O‘z navbatida, bu huquq normalari yangi munosabatlarni qonuniy jihatdan mustahkamlaydi, muhofaza qiladi va rivojlantiradi.

Huquq normasi tuzilishiga ko‘ra bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi tarkibiy qism (element)lardan iborat: 1) gipoteza; 2) dispozitsiya; 3) sanksiya.

Hamkorlikda bajaramiz

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasida keltirilgan quyidagi huquq normasida qanday tarkibiy elemetlar (gipoteza, dispozitsiya, sanksiya) mavjudligini aniqlang.

Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi bo‘lishi mumkin.

Brainring daqiqa

“Gipoteza” yunoncha so‘z bo‘lib, “faraz qilish”, “fikr yuritish” degan ma’noni anglatadi, unda huquq normasi harakatga kelishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar bayon etiladi.

Dispozitsiyada xulq-atvor qoidalarining o‘zi ifodalanib, huquq subyektlarining huquq va majburiyatlari hamda huquqiy tartib belgilab beriladi. “Dispozitsiya” lotincha so‘z bo‘lib, “joylashuv” degan ma’noni anglatadi.

“Sanksiya” so‘zi ham lotin tilidan olingan bo‘lib, “majburiy chora” degan ma’noni bildiradi.

Sanksiyada huquq normalari bajarilmagani uchun davlat tomonidan qo‘llaniladigan majburlov chorasi bayon etiladi.

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli

farzandlar o‘z ota- onalari haqida g‘amxo‘rlik

qilishga majburdirlar.

O‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini

yashirin ravishda talon-taroj qilish...

Transport vositasini boshqarish vaqtida

haydovchilarning telefondan foydalanishi

miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,

O‘zbekiston Respublikasining

Jinoyat kodeksi,

169-modda

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi,

128 1 -modda

Ushbu huquq normasida ikkita shart, ya’ni voyaga yetish va mehnatga

layoqatli farzand

bo‘lish sharti bajarilishi bilan ota- onalarga g‘amxo‘rlik

qilish normasi belgilangan.

Bunda norma dispozitsiyasi

hammaga tushunarli bo‘lishi

uchun ma’lum

bir ma’noda, qisqa shaklda

izoh berilgan. Bunda xulq-atvor

qoidasi aniq belgilanganligini

ko‘rish mumkin.

Mazkur huquq normasida aniq

bitta majburlov

chorasi ko‘rsatilgan. Ya’ni

ta’sir chorasi sifatida jarima

qo‘llanilishi sanksiya hisoblanadi.

Fikrimizni tasdiqlaymiz

Huquq normasi tarkibiy elementlarining barchasi (gipoteza, dispozitsiya va sanksiya) bitta huquq normasida kelmasligi mumkin. Ayrim qonun hujjatlarida faqat ikkitasi yoki bittasi keladigan holatlar ham uchraydi. Unutmaslik lozimki, huquq normasining bitta tarkibiy elementining mavjudligi ham yetarli hisoblanadi.

Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasiga ko‘ra, fuqarolar davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar. Mazkur huquq normasida bitta dispozitsiya bo‘lib, unda fuqarolarning davlat xizmatiga ishga kirishi uchun teng huquq mavjudligi ifoda etilmoqda.

Huquq normasining quyidagi belgilari mavjud: – davlat (xalq)ning irodasini aks ettiradi; – davlat tomonidan normativ hujjatlarda ifodalanadi; – davlat tomonidan muhofaza qilinadi, zarur bo‘lgan hollarda davlatning majburlov kuchi bilan ta’minlanadi;

Fikrimizni tasdiqlaymiz

Huquq normalari, ularda mustahkamlangan qoidalar xususiyatidan kelib chiqib,

Majburiyat yuklovchi normalar

Huquq subyektiga qanday harakatlarni

sodir etish mumkin ligini ko‘rsatuvchi normalar.

Qanday harakat

larni sodir etish lozimligini ko‘rsa

tuvchi normalar.

Huquq subyektiga

muayyan xatti- harakatlarni sodir

etishni man qilib qo‘yuvchi normalar.

Izlanishda davom eting

Savollar: 1. Gipoteza va dispozitsiyaning o‘zaro farqlarini tushuntirib bering. 2. Huquq normasi faqat sanksiyadan iborat bo‘lishi mumkinmi? Misol keltiring. 3. Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomalari huquq normalaridan tashkil topadimi?
Savollar: 4. Xalqaro shartnomalar huquq normalaridan iborat bo‘ladimi? 5. Berilgan rasmlardagi vaziyatlarga baho bering. Shaxslarning qanday huquqlari mavjud? Ularning qaysi huquqlari buzilmoqda? Qaysi rasmlardagi holatga nisbatan majburiy chora qo‘llanilishi mumkin deb o‘ylaysiz?

Bilimingizni sinang

Qadimgi Bobil podshohi Hammurapi joriy qilgan qonunlar necha banddan iborat?
  1. 282 ta band
  2. 195 ta band
  3. 128 ta band
  4. 300 ta band

To‘g‘ri javob: 282 ta band. Hammurapi qonunlari 282 banddan iborat.

Hammurapi qonunlari qaysi tilda va qanday yozuvda saqlanib qolgan?
  1. Qadimgi yunon tilida, alifbo yozuvida
  2. Lotin tilida, papirusga yozilgan holda
  3. Qadimgi Akkad tilida, mixxat yozuvida
  4. Qadimgi fors tilida, ieroglif yozuvida

To‘g‘ri javob: Qadimgi Akkad tilida, mixxat yozuvida. Qonunlar qadimgi Akkad tilida mixxat yozuvi ko‘rinishida saqlanib qolgan.

Hammurapi qonunlarining 195-bandiga ko‘ra, o‘g‘il otasiga qo‘l ko‘targan bo‘lsa, unga qanday jazo belgilangan?
  1. Uning qo‘li kesib tashlansin
  2. Mol-mulki musodara qilinsin
  3. U shahardan quvib chiqarilsin
  4. U qamoqqa olinsin

To‘g‘ri javob: Uning qo‘li kesib tashlansin. 195-bandda o‘g‘il otasiga qo‘l ko‘targan bo‘lsa, uning qo‘li kesib tashlanishi belgilangan.

Huquqshunoslikda huquq tizimining eng asosiy, dastlabki elementi nima deb ataladi?
  1. Huquqiy munosabat
  2. Huquq normasi
  3. Huquqiy ong
  4. Huquq subyekti

To‘g‘ri javob: Huquq normasi. Huquq normasi — huquq tizimining eng asosiy, dastlabki elementidir.

Lotin tilidan tarjima qilinganda “norma” so‘zi qanday ma’nolarni anglatadi?
  1. “qonun”, “tartib”
  2. “majburiyat”, “jazo”
  3. “huquq”, “erkinlik”
  4. “qoida”, “namuna”

To‘g‘ri javob: “qoida”, “namuna”. “Norma” so‘zi lotinchadan “qoida”, “namuna” ma’nosini anglatadi.

Huquq normasining bajarilishi kimlar uchun majburiy ekanligi haqidagi qaysi hukm to‘g‘ri?
  1. Faqat davlat xizmatchilari uchun majburiy
  2. Fuqarolarning xohishiga ko‘ra ixtiyoriy bajariladi
  3. Faqat normani qabul qilgan organ xodimlari uchun majburiy
  4. Jamiyatning barcha a’zolari uchun umummajburiy

To‘g‘ri javob: Jamiyatning barcha a’zolari uchun umummajburiy. Huquq normasining bajarilishi jamiyatning barcha a’zolari uchun umummajburiydir.

Huquq normasi tuzilishiga ko‘ra qaysi tarkibiy qismlardan iborat?
  1. Subyekt, obyekt, tamoyil
  2. Gipoteza, dispozitsiya, sanksiya
  3. Maqsad, vazifa, funksiya
  4. Ta’rif, tamoyil, javobgarlik

To‘g‘ri javob: Gipoteza, dispozitsiya, sanksiya. Huquq normasi gipoteza, dispozitsiya va sanksiyadan iborat.

Konstitutsiyaning 92-moddasida keltirilgan normaga ko‘ra, Qonunchilik palatasi deputati bo‘lish uchun saylov kuni fuqaro necha yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak?
  1. Yigirma bir yoshga
  2. Yigirma besh yoshga
  3. O‘ttiz yoshga
  4. Yigirma uch yoshga

To‘g‘ri javob: Yigirma besh yoshga. Normaga ko‘ra, saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan fuqaro deputat bo‘lishi mumkin.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiHuquq manbalariKeyingi →Huquq tarmoqlari (sohalari)