Yuridik javobgarlik
Huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik
Agar ta’lim-tarbiya va jazo to‘g‘risida qonun-qoida bo‘lmasa,
mamlakat ishlari buziladi.
Faollashtiruvchi savollar
1. Buxorolik Baxtiyor ilgari Chirchiq jinoiy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan sudlanib, amnistiya tufayli jazodan ozod bo‘lgandi. Lekin yana jinoyat ko‘chasiga kirdi.
Ozodlikka chiqqach, davlat ro‘yxatiga olingan “Minor” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari bo‘lib ish boshladi. Jamiyatning chakana savdo qilish huquqi bo‘lmasa- da, 2024-yilning yanvar – aprel oylarida amalga oshirilgan 513 mln so‘mlik tovar aylanmasidan 263 mln so‘mlik xaridorgir mahsulotlarni naqd pulga sotib, uni bank muassasasiga topshirmadi.
Baxtiyor O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra javobgarlikka tortildi.
Manba: Buxoro tuman prokuraturasi
2. 2006-yil 1-yanvardan Germaniyada yangi qaror kuchga kirdi. Unga ko‘ra, qish mavsumida kim shinalarni qishkisiga almashtirmay avtomobil boshqarsa, 20 yevro miqdorida jarimaga tortiladi. Agar mashina shinasi almashtirilmaganligi uchun yo‘lda to‘xtab qolsa va harakatga xalaqit bersa, jarima ikki baravar oshiriladi.
Bunday choralar qish mavsumida Skandinaviya mamlakatlarida ham amalda qo‘llaniladi.
Manba: “Autonews.uz”
3. Toshkent shahar prokuraturasi poytaxt dorixonalarida tekshiruv o‘tkazmoqda. Bunga sabab ko‘plab odamlarning qator dorixonalarda muddati o‘tgan dori-darmonlar sotilishi haqidagi shikoyati bo‘ldi. Prokuratura hamda Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi hamkorlikda o‘tkazgan tekshirishlarda arizalarda ko‘rsatilgan vajlar to‘liq isbotini topdi. Shuningdek, ayrim dorixonalarda sotilishi man qilingan dori- darmonlar bilan savdo qilinayotganligi ham ma’lum bo‘ldi. Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan 70 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Manba: “Huquq” gazetasi
4. Xakerlar tomonidan yaratilgan yangi virus AQSHdagi kompyuterlarga zarar yetkazyapti. Ushbu virus go‘yoki Federal tergov byurosi (FTB) nomidan yuborilgan xatlar ichiga joylashtirilgan.
Xatda: “FTB sizning taqiqlangan, maxfiy internet saytlarga kirganligingizni aniqladi. Quyidagi faylni ochib, bir necha savolga javob berishingizni so‘raymiz”, — deb yoziladi. Xavfli viruslar esa ana shu ko‘rsatilgan faylda bo‘ladi. Fayl ochilishi bilan ular kompyuterni zararlaydi.
FTB o‘zining bunga aloqasi yo‘qligini aytib, hammani ehtiyot bo‘lishga chaqirgan.
Manba: “Ekspert” nashri
Manba: “Ekspert” nashri
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Huquqbuzarlik uchun jazoning muqarrarligi, har qanday huquqbuzarlik ma’lum bir javobgarlik bilan bog‘langanligi tabiiy hol. Lekin ijtimoiy javobgarlikning barcha shakllari doimo ham huquqiy javobgarlik bilan aynan bir xil bo‘lavermaydi.
Huquqiy normalarga asoslangan va davlat majburlov normalari bilan bog‘liq bo‘lgan javobgarlik yuridik javobgarlikni tashkil qiladi va aynan shu javobgarlikni o‘rganish huquqshunoslik fanining vazifalaridan biridir.
Yuridik javobgarlik — huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning o‘z qilmishi uchun huquq normalariga asosan javob berishi va davlat majburlov choralari ko‘rinishidagi oqibatlarga duchor bo‘lishi hamda ularni boshidan kechirishidir.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Huquqiy javobgarlikka asos huquqbuzarlik, ya’ni huquqiy normalarni buzish hisoblanadi.
Huquqbuzarlik turlari huquqiy javobgarlik turlariga mutanosibdir. Masalan: – fuqaroviy huquqbuzarlik — fuqaroviy (moddiy)-huquqiy javobgarlikni; – ma’muriy huquqbuzarlik — ma’muriy javobgarlikni; – intizomiy huquqbuzarlik — intizomiy javobgarlikni; – jinoiy huquqbuzarlik — jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Huquqiy javobgarlik sud tartibida, ma’muriy yoki intizomiy tartibda amalga oshiriladi. Intizomiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312-moddasiga binoan, quyidagi turlardan iborat:
hayfsan, jarima solish, mehnat shartnomasini bekor qilish. Intizomiy jazolar ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar (organlar) tomonidan qo‘llaniladi.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Fuqaroviy jazo — fuqaroviy huquqbuzarligi uchun aybdor shaxsning to‘liq moddiy va ma’naviy javob berishidir.
Ma’muriy jazolar quyidagilar: jarima, haqini to‘lash sharti bilan buyumni olib qo‘yish, buyumni musodara qilish, maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish, ma’muriy qamoq: 3 sutkadan 15 sutkagacha, ayrim hollarda 30 sutkagacha.
Jinoiy jazo — O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 43-moddasida jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo tizimi belgilab qo‘yilgan.
Jinoyat kodeksining 81-moddasida esa o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo tizimi haqida qayd etilgan.
Hamkorlikda bajaramiz
3. Quyida berilgan vaziyatlarni o‘rganib, qanday yuridik javobgarlik mavjudligini aniqlang.
Birinchi vaziyat 15 yoshli Shuhrat sinfdoshlari Bahrom va Botirni tug‘ilgan kuniga chaqirgan edi. Stol ustida bir shisha spirtli ichimlik paydo bo‘lganligini ko‘rgan Botir: “Nega spirtli ichimlik qo‘ydinglar? Bizga ichish mumkin emas, buning uchun jarima solishadi”, — dedi.
Hamkorlikda bajaramiz
“Qo‘ysang-chi, agar ko‘chada, jamoat joyida ich sak, jarima solishadi. Biz esa o‘z uyimizdamiz”, — dedi Shuhrat.
“Ikkingiz ham nohaqsizlar, qayerda ichilmasin, baribir buning uchun ota-onalarimizga jarima solishadi”, — dedi Bahrom.
Ikkinchi vaziyat Olim ismli fuqaro ishdan uyiga qaytib kelganida ayrim buyumlari o‘g‘irlanganini ko‘rdi. O‘g‘ri shu mahallada yashovchi 15 yoshli M. ismli shaxs ekanligini kuzatuv kameralari orqali aniqladi. So‘ng bu haqda ichki ishlar xodimlariga xabar berdi.
###### ###
Uchinchi vaziyat 8-“A” sinfning matematika ustozi K. ismli o‘quvchiga dars qilmaganligi uchun tanbeh berdi. K. esa javoban: “Sizga nima? Sizning ishingiz bo‘lmasin. Meni tergaydigan ota-onam bor”, — deb gap qay tardi. O‘qituvchi: “Men sening foydangni ko‘zlab aytyapman. Ota-onangni hurmat qilsang, yaxshi o‘qishing kerak”, — deb biroz ovozini balandla tib gapirdi. K. esa qo‘lidagi papkasini ustozi tomon irg‘itib, o‘qituvchini kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlab sinfdan chiqib ketdi.
Hamkorlikda bajaramiz
To‘rtinchi vaziyat Maktabda Aziza va Jahongir gap talashib qolishdi. Natijada ular bir-birini haqorat ham qilishdi. Ularni kuzatib turgan Shahzod vaziyatni mobil telefoniga videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatdi.
Brainring daqiqa
Gandining ajdodlari ham Gujarot shta tida huquqshunos sifatida ishlab kelishgan. Otasining vasiyati va amakilarining ko‘magi bilan Mohandas Angliyada huquqshunoslik bo‘yicha ta’lim olgan. 1891–1893-yillarda Bombay (Mumbay) shahrida huquqshunos, advokat vazifasida xizmat qilgan.
1893–1914-yillarda Gandi Janubiy Afri kadagi Gujarot savdo firmasida huquq shunos bo‘lib, ko‘plab chigal sud ishlarini qisqa muddatda hal etgan. Gandi Janubiy Afrikada malakali huquqshunos sifatida mashhurlikni qo‘lga kiritgan. Huquqshu noslikdagi muvaffaqiyati uning siyosiy faoliyati uchun asos bo‘lgan.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
2005-yilning 1-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, 2008-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi bekor qilinib, uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini joriy etish belgilandi.
Izlanishda davom eting
№ Tadbir nomi Ishtirokchilar Ko‘zlangan
1.
2.
3.
4.
5.
6.
Muhim sanalar
- 1891–1893-yillarda — 1891–1893-yillarda Bombay (Mumbay) shahrida huquqshunos, advokat vazifasida xizmat qilgan.
- 1893–1914-yillarda — 1893–1914-yillarda Gandi Janubiy Afri kadagi Gujarot savdo firmasida huquq shunos bo‘lib, ko‘plab chigal sud ishlarini qisqa muddatda hal etgan.
- 2005-yilning — 2005-yilning 1-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, 2008-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasida…
- 2006-yil — 2006-yil 1-yanvardan Germaniyada yangi qaror kuchga kirdi.
- 2008-yilning — 2005-yilning 1-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, 2008-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasida…
- 2024-yilning — Jamiyatning chakana savdo qilish huquqi bo‘lmasa- da, 2024-yilning yanvar – aprel oylarida amalga oshirilgan 513 mln so‘mlik tovar aylanmasidan 263 mln so‘mlik xaridorgir mahsulotlarni naqd pulga sotib, uni bank…
- 1-yanvardan — 2006-yil 1-yanvardan Germaniyada yangi qaror kuchga kirdi.
Bilimingizni sinang
Baxtiyor ilgari amnistiya tufayli jazodan ozod bo‘lgan, keyin esa tovar aylanmasidan tushgan pulni bankka topshirmadi va Jinoyat kodeksiga ko‘ra javobgarlikka tortildi. Bu qaysi turdagi javobgarlik?
- Intizomiy javobgarlik
- Jinoiy javobgarlik
- Ma’muriy javobgarlik
- Fuqaroviy javobgarlik
To‘g‘ri javob: Jinoiy javobgarlik. Jinoyat kodeksiga ko‘ra tortilgan javobgarlik jinoiy javobgarlikdir.
Germaniyada 2006-yildan qishda shinasini almashtirmagan haydovchi 20 yevro jarimaga tortiladi. Shina tufayli yo‘lda to‘xtab harakatga xalaqit bersa, jarima necha baravar oshiriladi?
- bir yarim baravar
- uch baravar
- besh baravar
- ikki baravar
To‘g‘ri javob: ikki baravar. Shinasi almashtirilmagan mashina yo‘lda to‘xtab harakatga xalaqit bersa, jarima ikki baravar oshiriladi.
Germaniyada 2006-yil 1-yanvardan kuchga kirgan qarorga ko‘ra, qishda shinalarini almashtirmagan haydovchi yo‘lda to‘xtab qolib, harakatga xalaqit berdi. Unga qancha jarima solinadi?
- 20 yevro
- 10 yevro
- 40 yevro
- 80 yevro
To‘g‘ri javob: 40 yevro. Odatdagi 20 yevro jarima yo‘lda to‘xtab qolib harakatga xalaqit bergan holda ikki baravar oshiriladi.
Germaniyada qish mavsumida shinalarni qishkisiga almashtirmay avtomobil boshqargan haydovchiga qancha miqdorda jarima solinadi?
- 10 yevro
- 50 yevro
- 20 yevro
- 100 yevro
To‘g‘ri javob: 20 yevro. Shinalarni almashtirmay avtomobil boshqargan haydovchi 20 yevro miqdorida jarimaga tortiladi.
Toshkent shahar dorixonalarida muddati o‘tgan dori sotilishi haqidagi shikoyatlar bo‘yicha tekshiruvlar natijasida prokuratura nechta jinoyat ishi qo‘zg‘atdi?
- 40 ta
- 70 ta
- 55 ta
- 90 ta
To‘g‘ri javob: 70 ta. Tekshiruvlar natijasida Toshkent shahar prokuraturasi 70 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Toshkent shahar prokuraturasi dorixonalardagi tekshiruvlar natijasida nechta jinoyat ishi qo‘zg‘atgan?
- 7 ta
- 70 ta
- 17 ta
- 107 ta
To‘g‘ri javob: 70 ta. Tekshiruvlar natijasida Toshkent shahar prokuraturasi 70 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning o‘z qilmishi uchun huquq normalariga asosan javob berishi va davlat majburlov choralariga duchor bo‘lishi nima deyiladi?
- Axloqiy javobgarlik
- Yuridik javobgarlik
- Siyosiy javobgarlik
- Ijtimoiy javobgarlik
To‘g‘ri javob: Yuridik javobgarlik. Huquq normalariga asoslangan va davlat majburlov choralari bilan bog‘liq javobgarlik yuridik javobgarlikdir.
Yuridik javobgarlik nima?
- Shaxsning o‘z qilmishi uchun jamoatchilik oldida mas’ul bo‘lishi va jamoatchilik tomonidan qoralanishga duchor bo‘lishi
- Huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning huquq normalariga asosan javob berishi va davlat majburlov choralariga duchor bo‘lishi
- Faqat jarima to‘lash majburiyati bo‘lib, huquqbuzarning mol-mulkiga nisbatan davlat tomonidan qo‘llanadigan moliyaviy chora
- Huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot, tushuntirish va profilaktika choralari bilan shug‘ullanuvchi davlat faoliyati
To‘g‘ri javob: Huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning huquq normalariga asosan javob berishi va davlat majburlov choralariga duchor bo‘lishi. Yuridik javobgarlik — huquqbuzarning huquq normalariga asosan javob berishi va davlat majburlov choralari oqibatlarini boshidan kechirishidir.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash