XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 8-sinf · Davlat va huquq asoslari · 23–24-dars

Yuridik javobgarlikning oqibatlari

Huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik

Kishi farosatda qancha nogiron, Aybini oqlashda shuncha bilag‘on.

Faollashtiruvchi savollar

Savollar: 1. Mazkur rasmlarda qanday jazo turlari aks ettirilgan deb o‘ylaysiz?
Savollar: 2. Jinoyat uchun jismoniy jazolar qo‘llash mumkinmi?
Savollar: 3. O‘zbekistonda qanday jazo turi bekor qilingan?
Savollar: 4. Qaysi jazo turi jinoyatchilikka qarshi ku rashda ko‘proq ijobiy natija beradi: moddiy javobgarlikmi yoki ozodlikdan mahrum qilish mi?

Fikrimizni tasdiqlaymiz

Huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan sud hukmi bilan jazo belgilanadi. Lekin unutmaslik lozimki, jazoning maqsadi jazolash emas. Jazo shaxsni axloqan tuzatish, yangi huquqbuzarliklar sodir etishining oldini olish maqsadidagina qo‘lla niladi.

Jazo huquqbuzarlik sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan sud hukmi bilan qo‘llaniladigan majburlov chorasidir.

Jinoiy jazoning turlari

Jarima Xizmat bo‘yicha cheklash

Ozodlikdan mahrum qilish Intizomiy qismga jo‘natish

Ozodlikni cheklash

Axloq tuzatish ishlari

Muayyan huquqdan mahrum qilish

Majburiy jamoat ishlari

Umrbod ozodlikdan mahrum qilish

Xulosa qiling

Sud hukmi bilan, asosiy jazolardan tashqari, harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qo‘shimcha jazo ham qo‘llanilishi mumkin. Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi.

Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qo‘shimcha jazo tariqasida ham qo‘llanilishi mumkin.

Jarima jazosi ham jinoyat, ham ma’muriy huquqbuzarlik uchun qo‘llaniladi.

Brainring daqiqa

Jinoyat sodir etganlik uchun jarima

Jinoyat kodeksi bo‘yicha)

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik

uchun jarima (O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi

Davlat hisobiga aybdordan belgilangan miqdorda pul undirish jarima hisoblanadi.

Jarima bazaviy hisoblash miqdorining

5 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda belgilanadi.

Fuqarolarga solinadigan jarimaning

eng ko‘p miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan, mansabdor

shaxslarga esa 10 baravaridan

oshmasligi kerak.

Fikrimizni tasdiqlaymiz

Majburiy jamoat ishlari mahkumni haq to‘lanmaydigan foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy tarzda jalb qilishdan iboratdir. Mahkum ishlayotgan yoki o‘qiyotgan bo‘lsa, majburiy jamoat ishlari ishdan yoki o‘qishdan bo‘sh vaqtda o‘taladi. Majburiy jamoat ishlari qonunchilikda belgilangan muddatga tayinlanadi.

Axloq tuzatish ishlari shaxs ish haqining muayyan miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb qilishdir. Axloq tuzatish ishlarini o‘tash muddati sud tomonidan belgilanadi.

Ozodlikni cheklash sud tomonidan mahkumga nisbatan yashash joyini tark etishni butunlay taqiqlashdan yoki sutkaning muayyan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklashdan iborat.

Fikrimizni tasdiqlaymiz

Xizmat bo‘yicha cheklash — harbiy xizmatni shartnoma bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchini sud hukmida ko‘rsatilgan muddat davomida muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum qilishda ifodalanadi. Bu holatda harbiy xizmatchining ish haqi davlat daromadi hisobiga ushlab qolinadi.

Intizomiy qismga jo‘natish — muddatli harbiy xizmat xizmatchisini sud tomonidan belgilangan muddat mobaynida ichki tartibi ancha qattiq bo‘lgan maxsus harbiy qismga joylashtirishdir.

Ozodlikdan mahrum qilish mahkumni jamiyatdan ajratib, jazoni ijro etish koloniyasi yoki turmaga joylashtirishdan iboratdir.

Jinoyat sodir etganlik uchun jazo faqat tegishli jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan belgilanadi.

MA’MURIY JAZO TURLARI

Jarima

Haq to‘lanadigan

jamoat ishlariga majburiy ravishda

jalb etish

Ma’muriy huquqbu

zarlik sodir etish qurolini haqini to‘lash

sharti bilan olib qo‘yish

Maxsus huquqdan mahrum etish (trans

port vositasini boshqarish huquqidan, ov

qilish huquqidan)

Ma’muriy huquqbu

zarlik sodir etish qurolini musodara

qilish

Chet el fuqarolarini va

fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston

Respublikasi hududi dan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish

Ma’muriy qamoqqa olish

Xulosa qiling

Ma’muriy huquqbuzarlik uchun jazo tegishli sudlar va boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan belgilanadi.

Jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik uchun jazo turlarini qisqacha muhokama etgach, intizomiy jazo turlari haqida ham alohida so‘z yuritish mumkin. Ish beruvchi mehnat intizomini buzganligi uchun xodimga intizomiy jazo choralarini qo‘llashda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga asoslanadi.

Fikrimizni tasdiqlaymiz

Intizomiy jazo intizomiy qilmish aniqlanganidan keyin darhol, biroq aniqlangan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay qo‘llaniladi, bunda xodim vaqtincha ishga layoqatsiz bo‘lgan yoki ta’tilda bo‘lgan davr hisobga olinmaydi.

Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak.

Agar intizomiy jazo qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil ichida xodimga yangi intizomiy jazo qo‘llanilmasa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Bunda intizomiy jazo ish beruvchining buyrug‘i chiqmasidan avtomatik tarzda tugallanadi.

Ish beruvchi intizomiy jazoni o‘z tashabbusiga ko‘ra, xodimning bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qo‘mitasining iltimosnomasiga, shuningdek, xodimning iltimosiga ko‘ra, bir yil o‘tguniga qadar muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega. Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

INTIZOMIY JAZO TURLARI

Jarima

Hayfsan

Mehnat shartnomasini bekor qilish

Ish beruvchi jarima, hayfsan va mehnat shartnomasini bekor qilishdan boshqa jazo chorasini qo‘llashga haqli emas. Lekin xodimning samarali faoliyati uchun rag‘batlantirish turlari chegaralanmagan.

Hamkorlikda bajaramiz

Savollar: 1. Ma’muriy qamoq va ozodlikdan mahrum qilishning o‘zaro farqlari nimada? 2. Qaysi holatda jazo og‘irroq bo‘ladi: jinoyat sodir etganlikdami yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlikdami?
Savollar: 3. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun jazoni faqat sud belgilaydimi? (Misol uchun, yo‘l qoidalariga amal qilmaslikda.)
Savollar: 4. Jinoyat uchun jazo belgilashda mamlakatimizda qaysi qonun hujjatidan foydalaniladi?

Izlanishda davom eting

Akobir ismli bolaning otasi o‘g‘liga bundan buyon maktabga bormasdan faqat sport bilan shug‘ullanishni tayinladi. U kelajakda jahon va olimpiada chempioni bo‘lishi uchun butun kunini jismoniy mashqlarga bag‘ishlashi lozimligini ta’kidladi.

Savollar: 1. Ota-onalar bolaning ta’lim olish huquqini cheklashga haqlimi? 2. Akobirning otasi bunday harakatlari uchun qanday javobgarlikka tortilishi mumkin?

Bilimingizni sinang

Jazo huquqbuzarlik sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan sud hukmi bilan qo‘llaniladigan nima hisoblanadi?
  1. Tarbiyaviy tavsiya
  2. Rag‘batlantirish chorasi
  3. Ogohlantirish chorasi
  4. Majburlov chorasi

To‘g‘ri javob: Majburlov chorasi. Jazo aybli shaxsga sud hukmi bilan qo‘llaniladigan majburlov chorasidir.

Yuridik javobgarlik doirasida jazo deb nimaga aytiladi?
  1. Huquqbuzarga oila a’zolari yoki mahalla tomonidan beriladigan ma’naviy tanbeh
  2. Davlat organi tomonidan qo‘llaniladigan har qanday rag‘batlantirish chorasi
  3. Aybli deb topilgan shaxsga nisbatan sud hukmi bilan qo‘llaniladigan majburlov chorasi
  4. Jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni ixtiyoriy qoplash majburiyati

To‘g‘ri javob: Aybli deb topilgan shaxsga nisbatan sud hukmi bilan qo‘llaniladigan majburlov chorasi. Jazo aybli deb topilgan shaxsga nisbatan sud hukmi bilan qo‘llaniladigan majburlov chorasidir.

Jinoyat uchun jazo qo‘llashdan asosiy maqsad nima?
  1. Shaxsni axloqan tuzatish va yangi huquqbuzarliklar sodir etishining oldini olish
  2. Huquqbuzardan qasos olish va uni imkon qadar qattiq jazolab, jamiyatni qo‘rqitish
  3. Huquqbuzarni jamiyatdan umrbod ajratib qo‘yish va uning huquqlarini to‘liq cheklash
  4. Davlat byudjetiga qo‘shimcha mablag‘ undirish va jarimalar hisobiga daromad olish

To‘g‘ri javob: Shaxsni axloqan tuzatish va yangi huquqbuzarliklar sodir etishining oldini olish. Jazoning maqsadi jazolash emas, shaxsni axloqan tuzatish va yangi huquqbuzarliklarning oldini olishdir.

Quyidagi jazo turlaridan qaysi biri faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi?
  1. Majburiy jamoat ishlari
  2. Axloq tuzatish ishlari
  3. Jarima
  4. Xizmat bo‘yicha cheklash

To‘g‘ri javob: Xizmat bo‘yicha cheklash. Xizmat bo‘yicha cheklash va intizomiy qismga jo‘natish faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi.

Ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan necha baravarigacha miqdorda belgilanadi?
  1. 100 baravarigacha
  2. 300 baravarigacha
  3. 1000 baravarigacha
  4. 600 baravarigacha

To‘g‘ri javob: 600 baravarigacha. Jarima bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 600 baravarigacha belgilanadi.

Jazo turi sifatida jarima nima?
  1. Aybdorning mol-mulkini davlat foydasiga majburiy olib qo‘yish
  2. Aybdorning ish haqining bir qismini ushlab qolgan holda mehnatga jalb etish
  3. Jabrlanuvchi foydasiga yetkazilgan zararni undirish
  4. Davlat hisobiga aybdordan belgilangan miqdorda pul undirish

To‘g‘ri javob: Davlat hisobiga aybdordan belgilangan miqdorda pul undirish. Davlat hisobiga aybdordan belgilangan miqdorda pul undirish jarima hisoblanadi.

Fuqaro Sherzod korxonada ishlaydi. Sud unga majburiy jamoat ishlari jazosini tayinladi. Sherzod bu jazoni qanday o‘tashi kerak?
  1. Ish vaqtida, ish haqi saqlangan holda o‘z ish joyida
  2. Ish haqining bir qismi davlat daromadi hisobiga ushlab qolinib, o‘z ish joyida
  3. Har kuni kechasi yashash joyini tark etmagan holda
  4. Ishdan bo‘sh vaqtda haq to‘lanmaydigan foydali jamoat ishlarini bajarib

To‘g‘ri javob: Ishdan bo‘sh vaqtda haq to‘lanmaydigan foydali jamoat ishlarini bajarib. Mahkum ishlayotgan bo‘lsa, majburiy jamoat ishlari ishdan bo‘sh vaqtda o‘taladi va haq to‘lanmaydi.

Axloq tuzatish ishlari jazosining mazmuni qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
  1. Mahkumni haq to‘lanmaydigan foydali ishlarga muayyan soat davomida jalb etish va ularni bajarishga majburlash
  2. Shaxs ish haqining muayyan miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb qilish
  3. Mahkumni yashash joyini tark etishdan butunlay taqiqlash va ma’lum vaqtda uydan chiqishini cheklash, nazorat ostida saqlash
  4. Harbiy xizmatchini muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum qilib, harbiy qism intizomiga bo‘ysunishga majburlash

To‘g‘ri javob: Shaxs ish haqining muayyan miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb qilish. Axloq tuzatish ishlari ish haqining muayyan qismi davlat daromadi hisobiga ushlab qolinib, mehnatga majburan jalb qilishdir.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiYuridik javobgarlikKeyingi →Ijodiy faoliyat