XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 8-sinf · Davlat va huquq asoslari · 27-dars

Fuqarolik qonunchiligida voyaga

Voyaga yetmaganlarning huquq va burchlari

Tolibman deb yururlar, ko‘nglida yo‘q zarra nur,

Chin tolibni so‘rasang, ich-u tashi guhar, dur.

Faollashtiruvchi savollar

Savollar: 1. Siz “fuqaro”, “fuqarolik” kabi so‘zlarni eshitganmisiz? Bu so‘zlar qanday holatlarda qo‘llaniladi?
Savollar: 2. Voyaga yetmagan shaxslarni fuqaro deyish mumkinmi? Nima uchun? 3. Rasmlarda tasvirlangan oiladagi insonlarning huquqlari orasida qanday farqlar bo‘lishi mumkin? Javobingizni asoslang.
Savollar: 4. Sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatlari uchun ularning javobgarligida ham farq bo‘lishi mumkinmi?
Savollar: 5. Rasmdagi shaxslarning fuqaroligini tasdiqlovchi qanday hujjatlari bo‘lishi kerak? 6. Ularning qanday fuqarolik huquqlari bor?

Qonun belgilaydi

O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar bitimlarni o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar. Bunday voyaga yetmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitim keyinchalik shaxsning ota- onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysi yozma ravishda ma’qullaganidan so‘ng, u ham haqiqiy hisoblanadi.

O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarining roziligisiz quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli:

1) o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish; 2) fan, adabiyot yoki san’at asarining, ixtironing yoxud o‘z intellektual faoliyatining qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa natijasi muallifi huquqini amalga oshirish;

Qonun belgilaydi

3) qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qo‘yish va ularni tasarruf etish; 4) mayda maishiy bitimlarni hamda boshqa bitimlarni tuzish.

Fikrimizni tasdiqlaymiz

Bolalar qonunda belgilangan tartibda xususiy mulk egasi bo‘lish huquqiga egadirlar. Bolalarning qonunda belgilangan tartibda hadya, meros tariqasida olgan, shuningdek, shaxsiy mehnat faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanadi.

Voyaga yetmaganlarning shaxsiy foydalanishidagi buyumlari (kiyim-kechak, poyabzal, ishlab chiqarish qurollari, o‘quv anjomlari va boshqalar) ularning xususiy mulki hisoblanadi.

Huquq tarmoqlari mavzusida qayd etilganidek, fuqarolik huquqi mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Bolalarning hadya, meros olishi aynan fuqarolik huquqiy munosabatiga kirisha olishini anglatadi. Bolaning sha’ni, qadr-qimmatiga nisbatan yoki ma’naviy tomondan zarar yetkazilganda fuqarolik huquqi bola huquqlarini himoya qiladi.

Fikrimizni tasdiqlaymiz

Masalan, Abrorjon ismli bola 15 yosh. U she’r yozdi. Lekin uning she’rini Akobirjon ismli o‘rtog‘i olib, o‘z nomidan nashr etdi. Bunday holatda fuqarolik huquqi Abrorjon ning mualliflik huquqini himoya qiladi.

Fuqarolik huquqi

Mulkiy (maishiy bitim, hadya,

meros va h.k.)

Shaxsiy nomulkiy (mualliflik huquqi, sha’n,

qadr-qimmat va h.k.)

Hamkorlikda bajaramiz

Savollar: 1. Bolalar tomonidan maishiy bitimlar (masalan, do‘kondan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish kabilar)ni tuzishda qanday huquq va majburiyatlar yuzaga keladi?
Savollar: 2. 16 yoshli bola mehnat faoliyatidan daromad oldi. Uning daromadidan o‘z ota- onasi foydalanishi mumkinmi? Fikringizni asoslang.

Fikrimizni tasdiqlaymiz

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi fuqarolik qonunchiligi, fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarining, intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlarining vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlarning ishtirokchilari bo‘ladilar.

Fuqarolik qonunchiligida fuqaro va jismoniy shaxs degan tushunchalar ham mavjud. Bunda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi.

Fikrimizni tasdiqlaymiz

Barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va burchlariga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi.

Hamkorlikda bajaramiz

Savollar: 1. Fuqaroning huquq layoqati qachondan e’tiboran vujudga keladi va qachon tugaydi?
Savollar: 2. Fuqaroning muomala layoqati qachondan e’tiboran vujudga keladi va qachon tugaydi?

Fikrimizni tasdiqlaymiz

6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar mustaqil ravishda bir nechta bitimlarni tuzishlari mumkin.

Quyidagilarni bunga misol tariqasida keltirib o‘tish mumkin: – mayda maishiy bitimlar (masalan, oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish yoki arzon o‘yinchoqlar sotib olish);

93 93

16 yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs qonunda ko‘rsatilgan shartlar asosida ishlayotgan yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, u sud qarori bilan to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi mumkin. Bu fuqarolik huquqida “emansipatsiya” deb yuritiladi.

Bu holatda ota-ona, farzandlikka oluvchilar va homiy emansipatsiya qilingan voyaga yetmaganning majburiyatlari bo‘yicha, xususan, u yetkazgan zarar oqibatida kelib chiqqan majburiyatlar bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar.

Muomalaga to‘liq layoqatli deb e’lon qilingan shaxs to‘liq hajmda fuqarolik huquqlariga ega hisoblanadi hamda o‘zi yetkazgan zarar uchun o‘zi javobgar bo‘ladi. Ammo qonunchilikda yosh cheklovi bilan cheklangan qator burch va huquqlar mavjud. Masalan, emansipatsiya qilingan voyaga yetmagan fuqaro alkogol mahsulotlari iste’mol qilishga haqqi yo‘q, homiy yoki vasiy bo‘la olmaydi. Jinoyat sodir etganida unga nisbatan voyaga yetganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Yodda tuting

Emansipatsiya — lotincha “emancipatio” so‘zidan olin-

gan bo‘lib, “qaramlikdan ozod bo‘lish” degan ma’noni

anglatadi.

Izlanishda davom eting

1. 15 yoshli Nazira yozgi ta’til kunlarida bolalar oromgohiga tarbiyachi yordamchisi bo‘lib ishga kirmoqchi. 14 yoshli Zokir mahalladagi do‘konda yuk tashuvchi bo‘lib, 16 yoshli Salim esa yengil avtotransport vositalarini tuzatish ustaxonasida usta yordamchisi bo‘lib ishlamoqchi.

Savollar: Ularning ishga kirishlari uchun qanday huquqlari bor? Ularning ish beruvchilar mulkiga yetkazgan zarari kim tomonidan qoplanadi?
Savollar: 2. 16 yoshli Lola tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi. U 18 yoshga to‘lmasdan turib o‘z faoliyatini boshlashi mumkinmi? Lolaga huquqiy maslahat bering.

3. Quyidagi jadvalni daftaringizga chizing va O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga binoan, voyaga yetmaganlarning muomala layoqati asosida to‘ldiring.

Izlanishda davom eting

6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan kichik yoshdagi bolalar

14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar

18 yoshga to‘lgan voyaga yetganlar

Bilimingizni sinang

Qaysi yoshdan boshlab voyaga yetmaganlar bitimlarni ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan tuzadilar?
  1. O‘n ikki yoshdan
  2. O‘n olti yoshdan
  3. O‘n to‘rt yoshdan
  4. Olti yoshdan

To‘g‘ri javob: O‘n to‘rt yoshdan. O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar bitimlarni qonuniy vakillarining yozma roziligi bilan tuzadilar.

Qaysi yoshdan boshlab voyaga yetmaganlar ota-onasining roziligisiz o‘z ish haqi va stipendiyasini mustaqil tasarruf etishga haqli?
  1. O‘n besh yoshdan
  2. O‘n olti yoshdan
  3. O‘n ikki yoshdan
  4. O‘n to‘rt yoshdan

To‘g‘ri javob: O‘n to‘rt yoshdan. O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lganlar roziliksiz o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etishga haqli.

Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar bitimlarni (umumiy qoida bo‘yicha) kimning roziligi bilan tuzadilar?
  1. Faqat sud qarori bilan, ota-onasi va vasiylarining roziligidan qat’i nazar
  2. Vasiylik va homiylik organining og‘zaki ruxsati bilan, ota-onasining roziligisiz
  3. Ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan
  4. Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va ota-onalarining og‘zaki roziligi bilan

To‘g‘ri javob: Ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan. 14–18 yoshli voyaga yetmaganlar bitimlarni ota-onasi, farzandlikka oluvchisi yoki homiysining yozma roziligi bilan tuzadi.

16 yoshli Bobur ota-onasining roziligisiz noutbuk sotib olish bitimini tuzdi. Keyinchalik ota-onasi bu bitimni yozma ravishda ma’qulladi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra bitimning holati qanday?
  1. Yozma ma’qullanganidan so‘ng bitim ham haqiqiy hisoblanadi
  2. Bitim baribir haqiqiy emas, chunki rozilik faqat oldindan berilishi mumkin
  3. Bitim faqat sud tasdig‘i bilan haqiqiy bo‘ladi
  4. Bitim faqat notarial tasdiqlansagina haqiqiy bo‘ladi

To‘g‘ri javob: Yozma ma’qullanganidan so‘ng bitim ham haqiqiy hisoblanadi. Ota-ona yoki homiy yozma ma’qullaganidan so‘ng voyaga yetmaganning bitimi ham haqiqiy hisoblanadi.

17 yoshli Shahzod yozgi ta’tilda ishlab, ish haqi oldi. Ota-onasi: «Bu pulni faqat biz tasarruf etamiz», dedi. Fuqarolik kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Pulni faqat ota-onasi tasarruf etishi mumkin, Shahzod mustaqil tasarruf eta olmaydi
  2. Pulni tasarruf etish uchun Shahzodga har gal sud ruxsati yoki sud qarori kerak
  3. Pulni faqat vasiylik va homiylik organi tasarruf etadi, ota-ona va Shahzod emas
  4. Shahzod o‘z ish haqini ota-onasining roziligisiz mustaqil tasarruf etishga haqli

To‘g‘ri javob: Shahzod o‘z ish haqini ota-onasining roziligisiz mustaqil tasarruf etishga haqli. 14–18 yoshli voyaga yetmaganlar o‘z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini mustaqil tasarruf etishga haqli.

14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ota-onasining roziligisiz mustaqil ravishda quyidagilardan qaysi birini amalga oshirishga haqli?
  1. Yuridik shaxs tashkil etib, uni davlat ro‘yxatidan mustaqil ravishda o‘tkazish
  2. Sudda boshqa shaxsning vakili bo‘lib, uning nomidan mustaqil ravishda da’vo qilish
  3. Qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qo‘yish va ularni tasarruf etish
  4. Boshqa shaxsga nisbatan homiy yoki vasiy bo‘lib, uning mol-mulkini boshqarish

To‘g‘ri javob: Qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qo‘yish va ularni tasarruf etish. Qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonat qo‘yish va tasarruf etish 14–18 yoshlilarning mustaqil vakolatiga kiradi.

15 yoshli Otabekka bobosi vafot etgach meros qoldi. Ota-onasi: «Bu mol-mulk butun oilamizning umumiy mulki», dedi. Fuqarolik qonunchiligiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Meros tariqasida olingan mol-mulk Otabekning xususiy mulki hisoblanadi
  2. Bola 18 yoshga to‘lgunga qadar hech qanday mol-mulk egasi bo‘la olmaydi
  3. Mol-mulk mahalla fuqarolar yig‘inining mulkiga o‘tadi, bola esa egasi bo‘lmaydi
  4. Mol-mulk faqat ota-onasining xususiy mulki bo‘lib, bolaga tegishli bo‘lmaydi

To‘g‘ri javob: Meros tariqasida olingan mol-mulk Otabekning xususiy mulki hisoblanadi. Bolalarning meros tariqasida olgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanadi.

Quyidagilardan qaysi biri voyaga yetmaganning shaxsiy foydalanishidagi buyum sifatida uning xususiy mulki hisoblanadi?
  1. Ota-onasining uyi
  2. Oilaning umumiy avtomobili
  3. Maktab kutubxonasidan olingan darsliklar
  4. Kiyim-kechak va poyabzal

To‘g‘ri javob: Kiyim-kechak va poyabzal. Voyaga yetmaganlarning kiyim-kechak, poyabzal, o‘quv anjomlari kabi shaxsiy buyumlari ularning xususiy mulki hisoblanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiIjodiy faoliyatKeyingi →Jinoyat qonunchiligida voyaga