XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 8-sinf · Davlat va huquq asoslari · 28-dars

Jinoyat qonunchiligida voyaga

Voyaga yetmaganlarning huquq va burchlari

Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,

Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur. Yaxshi kishi ko‘rmag‘ay yomonlig‘ hargiz,

Har kimki yamon bo‘lsa, jazo topqusidur.

Faollashtiruvchi savollar

Janob Sinchkov va uning qo‘l ostidagi ichki ishlar organi xodimlari boshidan o‘q yeb vafot etgan shaxsning uyiga kirib kelishdi. Jasadning bir qo‘lida ovoz yozgich (diktafon), ikkinchi qo‘lida qurol bor edi.

Ichki ishlar organi xodimlari darhol ovoz yozgich tugmasini bosishdi. Unda: “Menda yashashga umid qolmadi, men boshqa davom eta olmayman”, — so‘zlari va shundan so‘ng o‘q ovozi eshitildi.

Ovoz yozgichdagi xabarni tinglaganidan keyin janob Sinchkov bu o‘z joniga qasd qilish emasligini aniq anglab yetdi.

Savollar: Savol: Janob Sinchkov nega bunday qarorga keldi? Fikringizni asoslashga harakat qiling.

Fikrimizni tasdiqlaymiz

Huquqbuzarliklar ichida jamiyatga katta zarar yetkazadigani — bu jinoiy huquq buzarlikdir. U Jinoyat kodeksida taqiqlangan qilmish sodir etilgan taqdirdagina qo‘llaniladigan javobgarlikning eng og‘ir turidir. Jinoyat — bu o‘zining maxsus belgilariga ega bo‘lgan huquqbuzarlikdir.

Jinoyat — bu O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik). Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi.

Hamkorlikda bajaramiz

1. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan obyektlarni aniqlang.

Savollar: 2. Jinoyat sodir etgunga qadar 14 yoshga to‘lgan voyaga yetmaganlar qanday jinoyatlarning subyektlari bo‘lishlari mumkin?

Fikrimizni tasdiqlaymiz

Quyidagi belgilar jinoyat va boshqa huquqbuzarlik o‘rtasidagi chegaraviy farqlarni bildiradi:

1) huquqbuzarlikning obyekti; 2) ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyati (xarakteri); 3) huquqqa xiloflilik shakli; 4) yetkazilgan zararning miqdori. Huquqbuzarlikning obyekti qilmishning jamiyatga, ijtimoiy munosabatlarga ta’siri orqali uning ijtimoiy xavflilik xarakterini belgilash imkonini beradi.

Jinoyat ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatiga ko‘ra, jamiyatga ma’lum bir darajada ijtimoiy xavfli bo‘lgan boshqa huquqbuzarliklardan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazishi bilan ajralib turadi.

Jinoyatni boshqa huquqbuzarliklardan farqlovchi yana bir belgi — uning huquqqa xiloflilik xususiyati hisoblanadi. Jinoyatlar uchun javobgarlik jinoyat qonuni bilan tartibga solinadi. Ya’ni shaxs tomonidan sodir etilgan qilmish uchun albatta jazo belgilanadi.

Fikrimizni tasdiqlaymiz

Yetkazilgan zararning miqdori deyilganda Jinoyat kodeksida belgilab berilgan miqdor nazarda tutiladi.

Qonun belgilaydi

Jinoyatlar o‘z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra: ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan, og‘ir, o‘ta og‘ir jinoyatlarga bo‘linadi.

Fikrimizni tasdiqlaymiz

Ma’lum bir ijtimoiy qilmishni jinoyat deb xarakterlovchi obyektiv va subyektiv belgilarning minimal va yetarli yig‘indisi jinoyat tarkibini bildiradi. Jinoyat tarkibi ijtimoiy xavfli qilmishlarni bir-biridan farqlashda muhim ahamiyatga egadir. Masalan, o‘g‘rilik birovning mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilishda namoyon bo‘lsa, talonchilik o‘zganing mulkini ochiqdan ochiq talon-taroj qilishdir.

96 96

Jinoyat tarkibining to‘rt belgisi quyidagi elementlar orqali ta’riflanadi. Obyektiv belgilar — jinoyat obyekti va obyektiv tomoni, subyektiv belgilar — jinoyat subyekti va subyektiv tomoni.

Jinoyat obyekti — jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar. Ya’ni jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan har qanday ijtimoiy munosabat jinoyatning umumiy obyekti hisoblanadi.

Masalan, o‘g‘rilik jinoyatining obyekti o‘zganing mulkidir. Yoki odam o‘ldirish jinoyatining obyekti boshqa kishining hayoti hisoblanadi.

Jinoyat obyektini aniqlash orqali aybdor qanday jinoyat sodir etganligi aniqlanadi. Jinoyat obyekti (masalan, o‘g‘rilik, haqorat qilish, sog‘liqqa ziyon yetkazish va hokazolar) har bir jinoyatning zaruriy elementidir.

Fikrimizni tasdiqlaymiz

Voyaga yetmaganning jinoyati haqidagi ishni yuritishda qonuniy vakilning qatnashishi shart.

Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi yoki tergovchining qarori bo‘yicha voyaga yetmagan shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida birinchi so‘roq qilish paytidan boshlab yo‘l qo‘yiladi.

Voyaga yetmagan shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida birinchi so‘roq qilishdan boshlab surishtiruvchi yoki tergovchi ishda himoyachining ishtirok etishini ta’minlash choralarini ko‘radi. Shu maqsadda voyaga yetmagan shaxsga va uning qonuniy vakiliga o‘zlari xohlagan himoyachini taklif etish huquqiga ega ekanligi tushuntiriladi. Agar himoyachi voyaga yetmagan shaxsning, uning qonuniy vakilining yoxud boshqa shaxslarning topshirig‘i yoki roziligi bilan chaqirilmagan bo‘lsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini o‘z tashabbusi bilan ta’minlashga majbur.

Hamkorlikda bajaramiz

Elyor ismli shaxs Mohigul ismli shaxsning shaxsiy fotosuratlari va videotasvirlarini qo‘lga kiritib, turli ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib yuborish tahdidi bilan bir necha bor qo‘ng‘iroq qildi. U Mohiguldan katta miqdordagi pulni “Qorasuv” internet do‘konida qabul qilayotganda qo‘lga tushirildi.

Savollar: 1. Yuqoridagi vaziyatda qanday jinoyat tavsiflangan? 2. Mazkur jinoyatning subyekti, obyekti, subyektiv tomoni hamda obyektiv tomonini tahlil eting.
Savollar: 3. Talonchilik va tovlamachilik jinoyatlarining qanday farqlari mavjud? Fikringizni amaliy misollar bilan asoslang.

Fikrimizni tasdiqlaymiz

Jinoyat subyekti jinoyat tarkibining zaruriy elementidir. Ya’ni qonunda belgilangan yoshga yetgan va aqli raso jismoniy shaxslar jinoyatning subyekti bo‘ladi. Jinoyat subyekti faqat jismoniy shaxs bo‘la oladi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 17-moddasida jismoniy shaxslarning javobgarligi belgilangan. Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n olti yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladi.

O‘g‘rilik jinoyatining subyekti 14 yoshga to‘lgan aqli raso shaxsdir.

Qonun belgilaydi

Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini yoki ayblanuvchini so‘roq qilishda surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning ixtiyoriga ko‘ra yoxud voyaga yetmagan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosiga binoan pedagog va (yoki) psixolog ishtirok etishi mumkin. Pedagogning va (yoki) psixologning ishtirokini ta’minlash jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning zimmasiga yuklatiladi. Pedagog va (yoki) psixolog surishtiruvchining, tergovchining ruxsati bilan gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchiga savollar berishga, so‘roq tugaganidan so‘ng esa so‘roq bayonnomasi bilan tanishib, bayonnomadagi yozuvlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi haqida o‘z fikrlarini yozma shaklda bayon etishga haqlidir. Bu huquqlar surishtiruvchi, tergovchi tomonidan pedagogga va (yoki) psixologga voyaga yetmagan shaxsni so‘roq qilishdan oldin tushuntiriladi va bu haqda so‘roq bayonnomasida qayd qilinadi.

Fikrimizni tasdiqlaymiz

Jinoyatning subyektiv tomoni. Jinoyatning subyektiv tomoni deyilganda, aybdor shaxsning o‘zi sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishi va uning oqibatlariga bo‘lgan ruhiy munosabati tushuniladi.

O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining muhim xususiyatlaridan biri — subyektning aqli rasoligi, ya’ni aybdorning o‘z harakatini boshqara olganligi va harakati tufayli kelib chiqqan oqibatning ijtimoiy xavfliligini anglashidir.

Ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor deb topilishi mumkinligi qayd etiladi.

Masalan, o‘g‘rilik jinoyatini hech kim ehtiyotsizlik oqibatida sodir etmaydi. O‘g‘rilik to‘g‘ri qasd bilan, ya’ni kimningdir mulkiga ega bo‘lish maqsadida sodir etiladi. Uni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining o‘g‘rilik ekanligini biladi, unga tayyorgarlik ham ko‘rishi mumkin. Ya’ni kimningdir mol-mulkiga ega bo‘lishni xohlagan bo‘ladi.

Fikrimizni tasdiqlaymiz

O‘z-o‘ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilgan jinoyat deb topiladi.

Hamkorlikda bajaramiz

Quyidagi vaziyatlar bilan tanishing. Ularning qaysi biri qasddan, qaysi biri ehtiyotsizlik orqasidan sodir bo‘lganligini aniqlang.

1. Nodira o‘ziga ortiqcha ishonishi oqibatida svetoforning sariq chirog‘ida to‘xtamas dan chorrahadan o‘tib ketdi. Natijada avtotransport hodisasiga sabab bo‘ldi.

2. 2019-yilning 20-fevral kuni Buxoro shahrining Sheyxon ko‘chasida yashovchi Shermatovlar uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in nazoratsiz qoldirilgan qizaloqning gugurt o‘ynaganligi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan.

3. 2019-yil 22-fevral kuni 2 noma’lum shaxs Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yashovchi Malika (ismli ayol)ning uyiga o‘zlarini tuman gaz filiali xodimlari deb tanishtirib kirib, kuch ishlatish orqali ayoldan pul talab qilgan va uyda pul yo‘qligini bi lishgandan so‘ng voqea joyidan yashiringan.

Fikrimizni tasdiqlaymiz

O‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga quyidagi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin:

Izlanishda davom eting

Savollar: 1. Ijtimoiy xavfli qilmish deganda nimani tushundingiz? Jinoyat qonuni nima? 2. Voyaga yetmaganlik nima? Voyaga yetmaganlar necha yoshdan boshlab jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin?
Savollar: 3. Ushbu vaziyatlarning subyektlari kimlar bo‘lishi mumkin? Jinoyat obyektlarini aniqlang.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Jinoyat qonunchiligiga ko‘ra jinoyat nima?
  1. Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar majmui, ya’ni jinoyat obyektlari yig‘indisi
  2. Ma’muriy javobgarlik kodeksi bilan taqiqlangan, jamiyat uchun xavf tug‘diradigan har qanday huquqbuzarlik
  3. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish
  4. Shaxsning mehnat intizomini buzishi natijasida ish beruvchiga zarar yetkazadigan aybli qilmishi

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish. Jinoyat — Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik).

Huquqbuzarliklarning qaysi turi uchun javobgarlikning eng og‘ir turi qo‘llaniladi?
  1. Jinoiy huquqbuzarlik (jinoyat)
  2. Ma’muriy huquqbuzarlik turi
  3. Intizomiy huquqbuzarlik turi
  4. Fuqaroviy huquqbuzarlik turi

To‘g‘ri javob: Jinoiy huquqbuzarlik (jinoyat). Jinoiy huquqbuzarlik uchun qo‘llaniladigan javobgarlik javobgarlikning eng og‘ir turidir.

Jinoyat qonunchiligida ijtimoiy xavfli qilmish deb qanday qilmish topiladi?
  1. Faqat oqibati jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan, hamda jinoyat kodeksida nazarda tutilgan eng og‘ir turdagi har qanday qilmish
  2. Mehnat shartnomasini ish beruvchi tomonidan qonunga muvofiq bekor qilinishi, ya’ni xodimni ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq qilmish
  3. Davlat organining qonuniy qarori bilan bajarilgan harakat, shu jumladan zaruriy mudofaa yoki so‘nggi zarurat holatidagi qilmish
  4. Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish

To‘g‘ri javob: Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish. Jinoyat kodeksi qo‘riqlaydigan obyektlarga zarar yetkazuvchi yoki real xavf tug‘diruvchi qilmish ijtimoiy xavfli hisoblanadi.

Jinoyatni boshqa huquqbuzarliklardan jamiyatga ko‘proq zarar yetkazishi bilan ajratib turadigan belgi qaysi?
  1. Sud tartibining murakkabligi
  2. Jazoning og‘irligi va muddati
  3. Ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyati
  4. Sodir etilgan joy va vaqt

To‘g‘ri javob: Ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyati. Jinoyat ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatiga ko‘ra boshqa huquqbuzarliklardan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazishi bilan ajralib turadi.

Jinoyat va boshqa huquqbuzarlik o‘rtasidagi chegaraviy farqni bildiruvchi belgilarga quyidagilardan qaysi biri kirmaydi?
  1. Yetkazilgan zararning miqdori va xususiyati
  2. Qilmish sodir etilgan joyning hududiy joylashuvi
  3. Huquqqa xiloflilik shakli va uning ko‘rinishi
  4. Qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyati

To‘g‘ri javob: Qilmish sodir etilgan joyning hududiy joylashuvi. Chegaraviy belgilar: obyekt, ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyati, huquqqa xiloflilik shakli, zarar miqdori.

Jinoyat va boshqa huquqbuzarlikni farqlashda yetkazilgan zararning miqdori deyilganda qaysi hujjatda belgilangan miqdor nazarda tutiladi?
  1. Fuqarolik kodeksida
  2. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda
  3. Soliq kodeksida
  4. Jinoyat kodeksida

To‘g‘ri javob: Jinoyat kodeksida. Yetkazilgan zararning miqdori deyilganda Jinoyat kodeksida belgilab berilgan miqdor nazarda tutiladi.

Jinoyatlar o‘z xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra nechta guruhga bo‘linadi?
  1. To‘rt guruhga
  2. Uch guruhga
  3. Besh guruhga
  4. Ikki guruhga

To‘g‘ri javob: To‘rt guruhga. Jinoyatlar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, uncha og‘ir bo‘lmagan, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarga bo‘linadi.

Ma’lum bir ijtimoiy qilmishni jinoyat deb xarakterlovchi obyektiv va subyektiv belgilarning minimal va yetarli yig‘indisi nimani bildiradi?
  1. Jinoyat hodisasini
  2. Jinoyat jazosini
  3. Jinoyat tarkibini
  4. Jinoyat obyektini

To‘g‘ri javob: Jinoyat tarkibini. Qilmishni jinoyat deb xarakterlovchi obyektiv va subyektiv belgilarning minimal va yetarli yig‘indisi jinoyat tarkibini bildiradi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiFuqarolik qonunchiligida voyagaKeyingi →O‘zbekiston Respublikasida voyaga