O‘zbekiston Respublikasida voyaga
Voyaga yetmaganlarning huquq va burchlari
G‘azab vaqtidagi ozgina sabr minglab afsuslarning oldini oladi.
Faollashtiruvchi savollar
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Jinoyat qilgunga qadar o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilab qo‘yilgan qoidalar asosida tashkil qilinadi.
Qonun belgilaydi
O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat ishlarini yuritish tartibi Jinoyat-protsessual kodeksi bilan belgilanadi.
Jinoyat ishlarini yuritishning ushbu kodeksda belgilangan tartibi barcha sudlar, prokuratura, tergov, surishtiruv organlari, advokatura, shuningdek, fuqarolar uchun yagona hamda majburiydir.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Surishtiruv, dastlabki tergov harakatlari va sud muhokamasi davrida voyaga yetmaganni ayblash va hukm qilish uchun quyidagi asoslar bo‘lishi zarur:
1) jinoyat obyekti, jinoyat tufayli yetkazilgan ziyonning xususiyati va miqdori, jabrlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar;
100 100
2) sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, shuningdek, Jinoyat kodeksida ko‘rsatib o‘tilgan boshqa holatlar; qilmish va ro‘y bergan ijtimoiy xavfli oqibatlar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish;
3) jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi; 4) jinoyat to‘g‘ri yoki egri qasd bilan yoxud beparvolik yoki o‘z-o‘ziga ishonish oqibatida sodir etilganligi, jinoyatning sabablari va maqsadlari;
5) ayblanuvchining, sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar. Bundan tashqari, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritishda quyidagilar ham isbotlanishi lozim:
1) voyaga yetmagan ayblanuvchining aniq yoshi (tug‘ilgan yili, oyi, kuni); 2) voyaga yetmaganning shaxsiga xos xususiyatlar va uning salomatligi holati; 3) uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari; 4) katta yoshli guvohlar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yo‘qligi. O‘n olti yoshgacha bo‘lgan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish uning qonuniy vakili yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki jabrlanuvchining vakili ishtirokida ularning roziligi bilan o‘tkaziladi. Ko‘rsatilgan shaxslar so‘roq qiluvchining ruxsati bilan guvoh yoki jabrlanuvchiga savollar berishlari mumkin.
100 100
O‘n olti yoshgacha bo‘lgan guvohlar va jabrlanuvchilar ko‘rsatma berishdan bosh tortganlik va bila turib yolg‘on ko‘rsatma berganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilmaydilar, biroq surishtiruvchi, tergovchi yoki sud majlisida raislik qiluvchi shu guvoh va jabrlanuvchilarga ularning protsessual huquqi va majburiyatlarini tushuntirish chog‘ida haqqoniy ko‘rsatma berish va bu bilan jinoyat ishi bo‘yicha haqiqatni aniqlashga ko‘maklashish ma’naviy burch ekanligini eslatib o‘tadi.
Hamkorlikda bajaramiz
Qonun belgilaydi
Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.
Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.
Shaxsni ushlash chog‘ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 27-modda
Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo‘li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi. Ayblanuvchiga o‘zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta’minlanadi.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi yoki tergovchining qarori bo‘yicha voyaga yetmagan shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida birinchi so‘roq qilish paytidan boshlab yo‘l qo‘yiladi.
Voyaga yetmaganning jinoyatlari haqidagi ishni yuritishda qonuniy vakilning yoki vasiylik va homiylik organi vakilining qatnashishi shart. Shu bilan birga, voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishda himoyachi ham ishtirok etishi lozim.
Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini, ayblanuvchini so‘roq qilishga ketgan umumiy vaqt, kun davomida dam olish va ovqatlanish uchun bir soatlik tanaffusni hisobga olmaganda, olti soatdan oshmasligi kerak.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Sud voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar ko‘riladigan vaqt va joy haqida ularning ota-onasini, ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarni, voyaga yetmaganlar
102 102
o‘qigan yoki ishlagan korxonani, muassasani, tashkilotni, zarur bo‘lsa, boshqa tashkilotlarni ham xabardor qiladi. Sud bu tashkilotlarning vakillarini, sudlanuvchining vasiy yoki homiysini sud majlisiga chaqirishga haqlidir.
Brainring daqiqa
Voyaga yetmagan shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida birinchi so‘roq qilishdan boshlab ishda himoyachi ishtirok etishi shart. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ishda himoyachining ishtirok etishini ta’minlashi majburiy. Voyaga yetmagan shaxsga ayblov e’lon qilish vaqtida himoyachi bilan bir qatorda voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakili ham ishtirok etishi zarur.
Quyidagilarga asosan, ya’ni:
- • ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo‘yin tovlamasligini ta’minlash; • uning bundan keyingi jinoiy faoliyatining oldini olish; • uning ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga xalal beradigan urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik; • tibbiy muassasaga joylashtirilishini kutayotgan shaxslarga ekspertiza o‘tkazish; • aqli norasolik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxslarga tekshiruv o‘tkazish; • qochib ketishining va boshqa ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etishining oldini olish; • tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash haqidagi sud ajrimining ijrosini ta’minlash maqsadida voyaga yetmaganlarga ehtiyot choralaridan biri qo‘llaniladi.
Voyaga yetmaganlarga qo‘llaniladigan ehtiyot choralariga quyidagilar kiradi:
- • munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat; • shaxsiy kafillik, jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi; • garov; • uy qamog‘i; • qamoqqa olish; • voyaga yetmaganlarni kuzatuv ostiga olish uchun topshirish. Bir shaxsga nisbatan bir vaqtning o‘zida ana shu choralardan faqat bittasi qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yiladi.
103 103
Voyaga yetmagan shaxs ota-onasining, homiylar, vasiylarning qaroviga yoki basharti u bolalar muassasasida tarbiyalanayotgan bo‘lsa, shu muassasa rahbarlarining qaroviga ham berilishi mumkin.
Voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot choralari qo‘llanilgani to‘g‘risida uning qonuniy vakiliga, agar bunday vakil bo‘lmasa, boshqa qarindoshlariga xabar qilinadi.
Sud muhokamasi jarayonida voyaga yetmagan shaxs qanday huquqlarga ega bo‘ladi?
1. Zokir ismli voyaga yetmagan shaxs jinoyatda gumon qilinib tergov idorasiga kel tirildi va qonuniy vakillarsiz kun davomida so‘roq qilindi. Bu haqda uning yaqinlari xabardor etilmadi.
2. O‘zbek millatiga mansub bo‘lgan Komil ismli voyaga yetmagan shaxs tergov jarayoniga jalb etildi. Tergovchi unga faqat rus tilida savol berdi. U o‘zbek mahallasida yashagani va o‘zbek sinfida o‘qigani, rus tilini yaxshi bilmagani uchun tergovchining savollariga javob bera olmadi. Komilning huquqlari buzilganligini isbotlab bering.
Hamkorlikda bajaramiz
5 ta jamoaga bo‘lining. 1 dan 5 gacha raqamlarni yopiq tanlash yo‘li bilan tanlab oling. Tanlagan raqamingizdagi vaziyatni tahlil qiling. Jadvalni oldindan tayyorlangan A4 formatli qog‘ozga chizib to‘ldiring.
Topshiriq talabi Tahlil Misol
Vaziyat obyektini aniqlab bering.
Vaziyatning obyektiv tomonini ochib bering.
Vaziyat subyektini ochib bering.
Vaziyatning subyektiv tomonini ochib bering.
Huquqbuzarlik belgilarini ko‘rsatib bering.
Voyaga yetmaganlarning ishlari bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni ochib bering.
Voyaga yetmagan gumon qilinuvchini so‘roq qilish shartlarini ochib bering.
Berilgan vaziyatning oldini olish uchun 2 tadan taklif tayyorlang va ularni asoslab bering.
1.
2.
1. Voyaga yetmagan 15 yoshli V. ismli shaxs tog‘asi uyida yo‘qligida uning avtomobili kalitini olib, Angliyadan qaytayotgan do‘stini kutib olish uchun aeroportga jo‘nadi. Ishdan kelgan tog‘asi avtomobili g‘oyib bo‘lganini ko‘rdi va darhol tuman Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga xabar berdi. Do‘stini kutib olgan V. biroz vaqtdan so‘ng tog‘asining uyiga qaytayotganda qo‘lga olindi.
Topshiriq talabi Tahlil Misol
2. Voyaga yetmaganlar S. (13 yosh) va uning ikki tanishi P. (15 yosh) va K. (17 yosh) uylarining yo‘lagi oldida turishgan edi. Ular qo‘shnisi keksa fuqaro N.ning uyidan chiqayotganini ko‘rib, o‘rtalaridagi munosabat yaxshi bo‘lmaganligi uchun uning ta’zirini bermoqchi bo‘ldilar. P. uni oyog‘idan chalib yiqitdi. Fuqaro N. sarosimaga tusha boshladi. S. va K. esa bu jarayonni qo‘l telefonlariga suratga olib, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashtirdi.
3. 17 yoshli I. ismli shaxs Toshkent – Termiz yo‘nalishi bo‘yicha yuradigan avtobusga chiqib, yo‘lovchilarga tazyiq o‘tkazib, pullarini tortib oldi.
105 105
4. Voyaga yetmagan N. ismli shaxs ishlab chiqarish korxonasidan chiqarilgan chiqindilarni belgilangan o‘raga to‘kmasdan, o‘sha yerga yaqin bo‘lgan suv havzasiga oqizib yuborishi natijasida qishloqda yuqumli kasallik epidemiyasining tarqalishiga sabab bo‘ldi, shuningdek, chorva mollarining ham kasallanishiga olib keldi.
5. Mamlakat terma jamoasi navbatdagi o‘yinda 2:0 hisob bilan mag‘lubiyatga uch radi. Shundan keyin terma jamoa ishqibozlari tomonidan to‘s-to‘polon boshlandi. Tar tibsizlikda voyaga yetmagan 15 yoshli L. va 14 yoshli Z. bir nechta katta do‘konlarning oynalarini tosh otib sindirdilar.
Faollashtiruvchi savollar
- – 13 yoshli o‘smirlar Z. va G. tortishib qolishdi. Z.dan qattiq jahli chiqqan G. Z.ning otasining ko‘chada turgan avtomobili oynasini tosh bilan sindirdi.
- – 14 yoshli Malika onasining kiyim do‘konida model bo‘lib ishlardi. Xaridorlar ko‘payib ketganida biroz savdoga ham qarashib turardi. Natijada Malika muntazam dars qoldira boshladi.
- – 13 yoshli S. va 14 yoshli A. ismli shaxslar kompyuter dasturlari orqali fuqarolarning mablag‘larini plastik kartalardan yechib oldilar.
- – 14 yoshli X. ismli shaxs pirotexnika buyumlarini davlat chegarasidan noqonuniy yo‘llar bilan olib kirish jarayonida qo‘lga tushdi.
- – 12 yoshli J. ismli shaxs maktabdagi sport zali kiyinish xonasida hech kim yo‘qligidan foydalanib sinfdoshlarining pullarini va qo‘l telefonlarini olib qo‘yayotganida qo‘lga tushdi.
- – 13 yoshli A., K. va B. ismli shaxslar dalada gulxan yoqdilar. Tez orada olovni boshqarib bo‘lmay qoldi va u shamolning ta’sirida ekin maydonlariga tarqala boshladi.
Brainring daqiqa
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik ma’muriy javobgarlikka asos bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi,
Qonun belgilaydi
Ma’muriy huquqbuzarlik deganda qonunchilikka binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
10-modda
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Har bir ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari mavjud. Ushbu qoidalarga ko‘ra, o‘quvchilarning haqorat qilish va behayo so‘zlarni ishlatishi taqiqlanishi belgilab berilgan. Shuningdek, ichki tartib-qoidalarni buzgan shaxslarga nisbatan quyidagi choralarni ko‘rish mumkinligi ko‘rsatib o‘tiladi:
1. O‘quvchining qog‘oz yoki elektron kundaligiga tanbeh yozish. 2. Qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda o‘quvchini muassasa ichki nazorat ro‘yxatiga olish va yakka tartibda shug‘ullanish.
3. Ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni muassasaga taklif qilish, “Oila — mahalla — ta’lim muassasasi” hamkorligi jamoat kengashi doirasida muhokama qilish.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
4. Farzandi tarbiyasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgan ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga ma’lumot yuborish.
5. Ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga nisbatan muassasaga biriktirilgan inspektor-psixolog tomonidan tegishli ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash.
Qonun belgilaydi
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi:
- – bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar; – ichki ishlar organlari; – ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari; – vasiylik va homiylik organlari; – sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari; – mehnat organlari. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilmagan organlar hamda muassasalar voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etadi.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Davlat sudga qadar ish yuritishning va sud muhokamasining barcha bosqichlarida bolalarning qonunchilikda belgilangan barcha protsessual huquqlariga rioya etilishi hamda bu huquqlar kafolatlarining ta’minlanishi bo‘yicha choralar ko‘radi.
Bolaga har qanday ruhiy yoki jismoniy ta’sir o‘tkazish, uni ko‘rsatmalar berishga yoki aybini tan olishga majburlash taqiqlanadi.
Sudga qadar ish yuritish va sud muhokamasi jarayonida bolalarga nisbatan ular qonuniy vakillarining ishtirokisiz amalga oshi riladigan protsessual harakatlarni bajarish taqiqlanadi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmagan shaxsga nisbatan protsessual harakatlar uning katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki ushbu shaxsning boshqa qonuniy vakili ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Huquqbuzarlik 16 yoshga to‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan taqdirda ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emas, boshlangan ish
esa tugatilishi lozim.
Voyaga yetmagan shaxsning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sudga qadar ish yuritishning va sud muhokamasining barcha bosqichlarida himoyachining ishtirok etishi shart. Bolaning va uning qonuniy vakillarining himoyachidan voz kechishi haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Qonunchilikda jinoyat protsessining ishtirokchilari bo‘lgan bolalar uchun boshqa kafolatlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Hamkorlikda bajaramiz
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yoshlar bilan bog‘liq soha va yo‘nalishlarda yagona davlat siyosati, strategik yo‘nalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi. Yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini amalga oshirishda faol ishtirok etadi.
1. Yuqoridagi matnda keltirilgan “yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari” degan so‘zlarning mazmunini tushuntiring.
Izlanishda davom eting
1. O‘zingiz ta’lim olayotgan muassasaning ichki tartib qoidalari bilan yana bir bor tanishib chiqing va quyidagi jadvalni daftaringizga chizib, to‘ldiring.
Ta’lim muassasasining
1.
2.
3.
4.
109 109
- – 12 yoshli Zokir matematika darsida qo‘l telefonida o‘yin o‘ynab o‘tirgandi. Ustozi uning telefonini olib qo‘ydi.
- – 15 yoshli Ozoda maktabga onasining tilla bilaguzigini taqib keldi. Sinf rahbari bilaguzukni olib qo‘ydi va: “Oying kelib olib ketsin”, — deb aytdi.
109 109
15 yoshli Javohir bobosining avtomobilini yuvib kelish bahonasida mahalla yaqinidagi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchasiga haydab keldi. Biroq shoxobcha xodimi Javohir hali avtomobil boshqarishga yoshlik qilishini aytib, uning shoxobchadan chiqib ketishiga to‘sqinlik qildi.
Bilimingizni sinang
O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat ishlarini yuritish tartibi qaysi kodeks bilan belgilanadi?
- Jinoyat kodeksi
- Jinoyat-protsessual kodeksi
- Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks
- Fuqarolik protsessual kodeksi
To‘g‘ri javob: Jinoyat-protsessual kodeksi. Jinoyat ishlarini yuritish tartibi Jinoyat-protsessual kodeksi bilan belgilanadi.
Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan jinoyat ishlarini yuritish tartibi kimlar uchun yagona va majburiy?
- Barcha sudlar, prokuratura, tergov, surishtiruv organlari, advokatura va fuqarolar uchun
- Faqat sudlar va prokuratura organlari uchun, boshqalar uchun tavsiya xarakterida
- Faqat tergov va surishtiruv organlari hamda advokatura vakillari uchun
- Faqat jinoyat ishlari bo‘yicha ayblanuvchi va jabrlanuvchi fuqarolar uchun
To‘g‘ri javob: Barcha sudlar, prokuratura, tergov, surishtiruv organlari, advokatura va fuqarolar uchun. Tartib barcha sudlar, prokuratura, tergov, surishtiruv organlari, advokatura va fuqarolar uchun yagona hamda majburiydir.
Qaysi yoshgacha bo‘lgan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish qonuniy vakili yoki pedagog ishtirokida, ularning roziligi bilan o‘tkaziladi?
- O‘n olti yoshgacha
- O‘n to‘rt yoshgacha
- O‘n sakkiz yoshgacha
- O‘n ikki yoshgacha
To‘g‘ri javob: O‘n olti yoshgacha. O‘n olti yoshgacha bo‘lgan guvoh yoki jabrlanuvchi qonuniy vakili, yaqin qarindoshi yoki pedagog ishtirokida so‘roq qilinadi.
18 yoshga to‘lmagan shaxslarning jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritishda umumiy holatlardan tashqari qaysi holat ham isbotlanishi lozim?
- Voyaga yetmagan ayblanuvchining aniq yoshi (tug‘ilgan yili, oyi, kuni)
- Ota-onasining ish joyi va oylik daromadi
- Voyaga yetmaganning o‘qish joyidagi baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi
- Voyaga yetmaganning yashash joyidagi qo‘shnilar soni
To‘g‘ri javob: Voyaga yetmagan ayblanuvchining aniq yoshi (tug‘ilgan yili, oyi, kuni). Voyaga yetmaganlar ishida uning aniq yoshi, shaxsiga xos xususiyatlari, salomatligi, turmush sharoitlari va katta yoshli ishtirokchilar bor-yo‘qligi ham isbotlanadi.
Quyidagilardan qaysi biri voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarda alohida isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarga kirmaydi?
- Voyaga yetmaganning salomatlik holati
- Voyaga yetmaganning turmush va tarbiyalanish sharoitlari
- Ota-onasining oylik daromadi miqdori
- Katta yoshli guvohlar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yo‘qligi
To‘g‘ri javob: Ota-onasining oylik daromadi miqdori. Isbotlanadigan holatlar: aniq yosh, shaxsga xos xususiyatlar va salomatlik, turmush va tarbiya sharoitlari, katta yoshli ishtirokchilar bor-yo‘qligi.
O‘n olti yoshgacha bo‘lgan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish kimning ishtirokida o‘tkaziladi?
- Faqat tergovchining ishtirokida, qonuniy vakil yoki boshqa shaxslarning ishtirokisiz o‘tkaziladi
- Uning qonuniy vakili yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki jabrlanuvchining vakili ishtirokida
- Faqat advokatning ishtirokida, qonuniy vakil yoki pedagog ishtirok etishi talab qilinmasdan
- Faqat guvohning sinfdoshlari va yaqin do‘stlari ishtirokida, qonuniy vakilning roziligisiz o‘tkaziladi
To‘g‘ri javob: Uning qonuniy vakili yoki katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki jabrlanuvchining vakili ishtirokida. 16 yoshgacha guvoh yoki jabrlanuvchi so‘roqi qonuniy vakil, yaqin qarindosh, pedagog yoki jabrlanuvchi vakili ishtirokida, ularning roziligi bilan o‘tkaziladi.
O‘n olti yoshgacha bo‘lgan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishda ishtirok etuvchi qonuniy vakil yoki pedagog so‘roq qiluvchining ruxsati bilan nima qilishi mumkin?
- So‘roq bayonnomasini o‘zgartirishi
- So‘roq natijasi bo‘yicha hukm chiqarishi
- Guvoh yoki jabrlanuvchiga savollar berishi
- So‘roqni to‘xtatib, guvohni olib chiqib ketishi
To‘g‘ri javob: Guvoh yoki jabrlanuvchiga savollar berishi. Ko‘rsatilgan shaxslar so‘roq qiluvchining ruxsati bilan guvoh yoki jabrlanuvchiga savollar berishlari mumkin.
Qaysi yoshgacha bo‘lgan guvoh va jabrlanuvchilar ko‘rsatma berishdan bosh tortganlik va yolg‘on ko‘rsatma berganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirilmaydi?
- O‘n sakkiz yoshgacha
- O‘n ikki yoshgacha
- O‘n to‘rt yoshgacha
- O‘n olti yoshgacha
To‘g‘ri javob: O‘n olti yoshgacha. O‘n olti yoshgacha bo‘lgan guvoh va jabrlanuvchilar bunday javobgarlik haqida ogohlantirilmaydi, ularga faqat haqqoniy ko‘rsatma berish ma’naviy burch ekanligi eslatiladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash