Oila qonunchiligida voyaga
Voyaga yetmaganlarning huquq va burchlari
Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste’dodga, ilmga, mashqqa.
Faollashtiruvchi savollar
1. 15 yoshli Anvarga 5 xonali uy meros bo‘lib o‘tdi. Anvarning o‘gay otasi uyni sotib, shartnomani rasmiylashtirish maqsadida hujjatlarni tasdiqlash uchun notariusga murojaat qildi. Ammo notarius shartnomani rasmiylashtirmadi.
2. 9-sinf o‘quvchisi Olimjon “Samsung” rusumli telefonni kreditga olmoqchi bo‘ldi. Kredit bo‘limi uning talabini qondirmadi. Olimjon kreditga telefon ololmadi.
3. 16 yoshli Nazirani ota-onasi turmushga berishmoqchi. Lekin mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bu masalaga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi.
Faollashtiruvchi savollar
Qonun belgilaydi
Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir. Nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi.
Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 76-modda
Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Bola manfaatlariga zid bo‘lgan holatlardan tashqari, har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega.
Ayrim sabablarga ko‘ra, bolaning ota-onasi bo‘lmaganda uning oilada tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.
Voyaga yetmagan bola o‘z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega. Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlari uning ota-onasi, ota-onasi yo‘q bo‘lsa, ota- onasining o‘rnini bosuvchilar, vasiylik va homiylik idoralari, prokuratura, sud tomonidan amalga oshiriladi.
Voyaga yetmagan bolaning hayoti yoki sog‘ligiga xavf tug‘ilganligidan, uning huquqi va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo‘lgan shaxslar bu haqda bola ayni paytda yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma’lum qilishi shart. Shunday ma’lumotlarni olgach, vasiylik va homiylik organi bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan zarur choralar ko‘rishi majburiy bo‘ladi. Ota-ona o‘z bolalarining qonuniy vakillari hisoblanadilar hamda har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan bo‘ladigan munosabatlarda, shu jumladan, sudda alohida vakolatlarsiz ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar.
Hamkorlikda bajaramiz
Quyidagi vaziyatlarga munosabat bildiring. – Yangi uyga ko‘chganliklari sababli 4-sinfda o‘qiydigan Zarinani ota-onasi boshqa maktabga o‘tkazishmoqchi. Otasi bu masalada avval Zarinaning fikrini bilish zarurligini aytdi. Onasi esa maktab uzoqligini, uning fikrini bilish shart emasligini ta’kidladi. Shunday bo‘lsa-da, otasi Zarinani ogohlantirish va unga vaziyatni tushuntirish zarurligini bildirdi.
- – 12 yoshli Abbosning ota-onasi bobosining nomini abadiylashtirish uchun barcha oila a’zolarining familiyasini o‘zgartirishmoqchi. Bu haqda Abbosga aytib ham o‘tirishmadi.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Oilada voyaga yetmagan bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola o‘z fikrini ifoda qilishga, shuningdek, har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama davrida so‘zlashga haqlidir.
Har qanday ota-ona o‘z farzandlariga o‘zaro kelishib, yoki yaqin qarindosh- urug‘lari maslahati bilan ota-onasining ismiga moslab, yoki o‘zlari xohlagan boshqa ismni qo‘yishlari mumkin. Odatda, bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Agar ota-ona turli familiyalarda bo‘lsa, ularning kelishuviga binoan, bolaga otasining yoki onasining familiyasi berilishi mumkin. Ota-onaning xohishidan kelib
112 112
chiqib, bolaga milliy an’analarga ko‘ra, ota yoki ona tomonidan boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkin.
Voyaga yetmagan bolaning familiyasi o‘n olti yoshga to‘lguncha ma’lum maqsadda ota-onasining birgalikda qabul qilgan qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin.
Ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo‘lish huquqiga ega emas.
Shuningdek, ota-ona ham voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga egalik qilish huquqiga ega emas. Voyaga yetmagan bola o‘z ota-onasidan yoki boshqa insonlardan qonun doirasida ta’minot olishga haqli. Bunda bolaga tegishli har qanday mablag‘, xoh u pensiya bo‘lsin, xoh boshqa turdagi nafaqa bo‘lsin, ota yoki onasi tomonidan uning ta’minoti, ta’lim-tarbiya olishi uchungina sarflanishi kerak bo‘ladi.
112 112
Qolaversa, ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo‘lishi ham mumkin. Birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va ulardan foydalanishlari mumkin.
Va nihoyat, voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda hadya, meros tariqasida olgan, shuningdek, shaxsiy mehnati va tadbirkorlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanadi.
Xuddi shu tariqa, voyaga yetmaganlarning shaxsiy foydalanishdagi buyumlari (kiyim- kechak, turli ish qurollari, o‘quv anjomlari va boshqalar) ularning xususiy mulkidir.
Hamkorlikda bajaramiz
Hamkorlikda bajaramiz
Qonun belgilaydi
Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.
113 113
Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
Nikoh yoshi va oila qurishga bo‘lgan talablar bolalarning ruhiy va jismoniy holati hamda ularning manfaatlarini himoya qilish uchun o‘rnatilgan. Ularning buzilishi esa nikohlanuvchi hayoti yoki sog‘ligiga xavf solishi mumkin. Shu sababdan nikoh tartibini buzish ham ma’muriy, ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Katta insonlar singari bolalarga ham shaxsiy daxlsizlik, shu jumladan, shaxsiy hayo tiga g‘ayriqonuniy aralashuvlardan himoyalanish huquqi berilgan. Ularni unashtirish yoki nikohdan o‘tishga majburlash bola huquqlarini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi va javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Xulosa qiling
O‘z farzanding sening haqingda qanday bo‘lishin tilasang, sen ham ota-onang haqida shunday bo‘lg‘il, nedinkim sen ota-onangga nima ish qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qi lur, chunki odam mevaga, ota-ona daraxtga o‘xshaydur.
Daraxtni har qancha yaxshi tarbiyat qilsang, mevasi shuncha yaxshiroq va shirinroq bo‘lur. Ota-onaga izzat va hurmatni qancha ko‘p qilsang, ularning duosi shuncha tezroq mustajob bo‘lur.
Fikrimizni tasdiqlaymiz
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida vasiylik belgilanadi.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida homiylik belgilanadi.
114 114
Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga, bu shaxslarning iltimosiga binoan, homiylik belgilanishi mumkin.
Brainring daqiqa
1. Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega.
2. Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota-onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi.
3. Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar), “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror va sud tomonidan amalga oshiriladi.
Brainring daqiqa
4. Oilada bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola o‘z fikrini ifoda qilishga, shuningdek, har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama davrida so‘zlashga haqlidir.
Qonun belgilaydi
Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 79-modda
Voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.
Izlanishda davom eting
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasini o‘qing va quyidagi savollarga javob bering.
Bilimingizni sinang
Oila qonunchiligi va Konstitutsiyaga ko‘ra, oila jamiyatda qanday o‘rin tutadi?
- U faqat shaxsiy munosabatlar doirasi bo‘lib, davlat muhofazasiga muhtoj emas
- U faqat mulkiy munosabatlar ishtirokchisi hisoblanadi
- U davlat tashkiloti hisoblanadi
- U jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasidadir
To‘g‘ri javob: U jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasidadir. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasidadir.
Oila qonunchiligiga ko‘ra, nikoh nimalarga asoslanadi?
- Ota-onalarning qat’iy qarori va mahalla roziligiga hamda nikohlanuvchilarning oilaviy shartnomasiga
- An’anaviy oilaviy qadriyatlarga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga
- Faqat nikohlanuvchilarning mulkiy ahvoliga va ularning oylik daromadi hamda mol-mulki miqdoriga
- Nikohlanuvchilarning yashash joyi, kasbi va ijtimoiy mavqeiga hamda ish joyidagi lavozimiga
To‘g‘ri javob: An’anaviy oilaviy qadriyatlarga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga. Nikoh an’anaviy oilaviy qadriyatlarga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi.
Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun qanday shart-sharoitlar yaratadi?
- Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar
- Faqat moliyaviy yordam ko‘rsatish orqali shart-sharoitlar
- Faqat ta’lim imkoniyatlari va o‘quv shart-sharoitlarini
- Faqat uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha shart-sharoitlar
To‘g‘ri javob: Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar. Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi.
Konstitutsiyaning 76-moddasiga ko‘ra, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar farzandlarini qaysi paytgacha boqishga majbur?
- Maktabni bitirgunga qadar
- Ishga kirgunga qadar
- Voyaga yetguniga qadar
- Turmush qurgunga qadar
To‘g‘ri javob: Voyaga yetguniga qadar. Ota-onalar farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, tarbiyalashi va ta’lim olishi haqida g‘amxo‘rlik qilishga majbur.
Bola manfaatlariga zid bo‘lgan holatlardan tashqari, har bir bola quyidagi huquqlardan qaysi biriga ega?
- Ota-onasining mol-mulkiga to‘liq egalik qilish va uni o‘zi xohlagan tarzda tasarruf etishga
- Oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish
- Ota-onasidan mustaqil ravishda yashash joyini tanlash va ularning g‘amxo‘rligidan voz kechish
- Ota-onasini o‘zi tanlash va ota-onasi bilan bo‘lgan munosabatlarni xohlagan vaqtda to‘xtatish
To‘g‘ri javob: Oilada yashash va tarbiyalanish, o‘z ota-onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish. Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, ota-onasini bilish, ularning g‘amxo‘rligidan foydalanish huquqiga ega.
Ayrim sabablarga ko‘ra bolaning ota-onasi bo‘lmaganda uning oilada tarbiyalanish huquqini kim ta’minlaydi?
- Mahalla fuqarolar yig‘ini
- Maktab direktori
- Ichki ishlar organi
- Vasiylik va homiylik organi
To‘g‘ri javob: Vasiylik va homiylik organi. Ota-onasi bo‘lmaganda bolaning oilada tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.
Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini quyidagilardan qaysi biri himoya qilishi mumkin?
- Vasiylik va homiylik idoralari, prokuratura va sud
- Faqat qo‘shnilar va yaqin do‘stlar, boshqa organlar emas
- Faqat o‘qituvchilar va direktorlar, boshqalar emas
- Faqat mahalla raisi va uning yordamchilari, sud emas
To‘g‘ri javob: Vasiylik va homiylik idoralari, prokuratura va sud. Bolaning huquqi va manfaatlarini ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchilar, vasiylik va homiylik idoralari, prokuratura va sud himoya qiladi.
Qo‘shni Gulnora ko‘shnisining 8 yoshli qizi uyda muntazam kaltaklanayotganini bilib qoldi. Oila qonunchiligiga ko‘ra u nima qilishi shart?
- Hech narsa qilmasligi mumkin, chunki bu oila ichki ishi, aralashish shart emas
- Faqat ota-onaning o‘ziga murojaat qilib, ularni og‘zaki ogohlantirishi kerak
- Bola yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma’lum qilishi shart
- Faqat bola o‘qiydigan maktab direktoriga xabar berishi shart, boshqa organga emas
To‘g‘ri javob: Bola yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma’lum qilishi shart. Bolaning hayoti yoki sog‘ligiga xavf haqida xabardor shaxs bola yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma’lum qilishi shart.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash