XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 9-sinf · Konstitutsiyaviy huquq asoslari · 3-§

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari

I bo‘lim. Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni

Mavzu ustida ishlash natijasida: – davlat suvereniteti nima ekanligini; – davlat suvereniteti e’tirof etilishi qanchalik muhimligini; – demokratiya mohiyatini; – demokratik prinsiplar ahamiyatini bilib olasiz. 1. Davlat suvereniteti. 2. O‘zbekiston Respublikasi – mustaqil suveren davlat. 3. Demokratiya – xalq hokimiyatchiligi. 4. Konstitutsiyaviy tuzum prinsiplari.

1. DAVLAT SUVERENITETI

Suverenitet (fransuzcha «souverainete») – davlatning o‘z ichki ishlarida va tashqi munosabatlarida boshqa davlatlardan mustaqilligidir.

Topshiriq

Savollar: Qanday fikrdasiz, hozirgi zamonda dunyodagi boshqa davlatlardan butunlay mustaqil davlat bo‘lishi mumkinmi? Boshqacha aytganda, biror davlat mutlaq davlat suverenitetiga ega bo‘lishi mumkinmi?

Asosiy qonun belgilaydi

O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va

“O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 1-modda.

Davlat suvereniteti hokimiyatni amalga oshirishda, bu borada yuzaga keluvchi muammolarni hal etishda nafaqat mamlakat ichkarisida, balki tashqarisida ham boshqa davlatlardan to‘la-to‘kis mustaqillikni anglatadi.

Yodda tuting!

Suverenitet – mamlakat ichkarisida hokimiyatning to‘liq ustunligi hamda tashqi siyosatda mustaqilligi, uning hududida davlat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining to‘la-to‘kisligidir.

2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI – MUSTAQIL SUVEREN DAVLAT

Davlatni belgilovchi jihatlaridan biri uning davlat suvereniteti hisoblanadi. Davlat suverenitetining quyidagi asosiy prinsiplari mavjud:

1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida Respublikamiz mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Ushbu sessiyada «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. U O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan 1992-yil 8-dekabrga qadar Asosiy qonun rolini bajarib keldi.

2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI – MUSTAQIL SUVEREN DAVLAT

1991-yil 29-dekabrda birinchi marta muqobillik asosida O‘zbekiston Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi.

1991-yil 18-noyabrda «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonun, 1992-yil 2-iyulda «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonun, 1992-yil 10-dekabrda «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gimni to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.

o‘z konstitutsiyaviy-huquqiy tizimi;

davlat hududi va uning chegaralari;

O’zbekiston Respublikasi

oliy hokimiyat organlari tizimi;

yagona Qurolli Kuchlar;

davlat mulki;

yagona pul-kredit tizimi;

davlat ramzlari mavjudligi;

xalqaro munosabatlar subyekti ekanligi.

Asosiy qonun belgilaydi

O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati organlari tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.

O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 3-modda.

Davlat mustaqilligiga erishilishi O‘zbekistonga mustaqil taraqqiyot yo‘liga qadam qo‘yishiga, jahon hamjamiyatiga xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyekti sifatida kirishiga imkon berdi.

3. DEMOKRATIYA – XALQ HOKIMIYATCHILIGI Xalq hokimiyatchiligi prinsipi mamlakatimizning Asosiy qonunida ifodalangan bo‘lib, unda xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayi ekanligi ta’kidlangan.

Asosiy qonun belgilaydi

Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayidir.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 7-modda.

«Xalq hokimiyatchiligi» atamasi yunon tilidagi «demokratiya» (demos – xalq, kratos – hokimiyat) so‘zining aynan tarjimasidir. Bu tushuncha ilk marotaba Qadimgi Yunonistonda vujudga kelib, butun jahonga keng tarqaldi.

Demokratiya – bu: – saylab qo‘yiladigan hokimiyat organlarida ishtirok etish; – fuqarolarning davlatni boshqarishda ishtirok etishi; – hammaning va har kimning qonun oldida tengligi; – jamiyat va inson xavfsizligi; – fuqarolar huquq va erkinliklarining to‘la-to‘kisligi; – inson farovonligi va manfaatlari xususida davlat g‘amxo‘rligi; – inson huquq va erkinliklari muhofazasining kafolatlangan mexanizmi mavjudligi.

Asosiy qonun belgilaydi

O‘z tarixi davomida insoniyat demokratiyaning ikki shaklini yaratgan: – bevosita, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri demokratiya. Bunda xalq davlat ishlarini vakillarsiz o‘zi hal qiladi (saylov, referendum, fuqarolar murojaati, qonunlar loyihalari muhokamasi va boshqalar orqali);

Bevosita demokratiya Bilvosita demokratiya

Davlat miqyosidagi muammolarni hal etishda xalqning bevosita ishtiroki referendumda, ya’ni mamlakat siyosiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan o‘tkaziladigan umumxalq muhokamasida va bevosita ovoz berishda qatnashishi orqali namoyon bo‘ladi.

Xalq nomidan faqat ular saylagan Prezident, Oliy Majlis deputatlari va senatorlar ish olib borishi mumkin.

Asosiy qonun belgilaydi

Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi. Referendum o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 9-modda.

Fuqarolarning davlat

Davlat qaror qabul qilishi uchun jamoatchilik fikrini bilishi zarur bo‘lib qolganda Konstitutsiya, qonunlarning loyihalari umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi, ya’ni referendum o‘tkazilishi mumkin. Umumxalq referendumi butun mamlakat miqyosida yoki mahalliy hududda o‘tkazilishi mumkin. Masalan, 2002-yil 27-yanvarda O‘zbekiston Respublikasida referendum o‘tkazilib, unda navbatdagi chaqiruvda O‘zbekiston Respublikasining ikki palatali parlamentini saylash to‘g‘risidagi masala hal etildi. Referendumda ishtirok etgan fuqarolarning ko‘pchiligi mazkur masalaga ijobiy javob berdilar. Shu tarzda O‘zbekiston Respublikasida ikki palatali parlament vujudga kelgan.

Fuqarolarning davlat

4. KONSTITUTSIYAVIY TUZUM PRINSIPLARI Demokratik davlatning eng muhim konstitutsiyaviy prinsiplaridan biri hokimiyatning bo‘linishi prinsipidir (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 11-modda).

Ushbu prinsipga muvofiq davlat hokimiyati qonunchilik, ijro etuvchi va sud hokimiyat organlariga bo‘linadi.

Bu shuning uchun kerakki, bunda har qaysi hokimiyat tarmog‘i hokimiyat vakolatlari doirasidan chetga chiqish va uni suiiste’mol qilish imkoniyatiga yo‘l qo‘ymagan holda boshqasini tiyib turishi zarurdir. Hokimiyatlardan birontasi boshqasining faoliyatiga aralashmasligi kerak. Bu prinsipning amaldagi ifodasi qandaydir bir guruh yoki alohida shaxs tomonidan hokimiyat egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgandir. Faqat qonunga bo‘ysunishlari shart bo‘lgan sudlov organlari faoliyatiga aralashish alohida xavf-xatar tug‘diradi.

Asosiy qonun belgilaydi

O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 11-modda.

suverenitet – davlatning ichki va tashqi ishlarda mustaqilligi;

Konstitutsiyasi asosiy prinsiplari:

xalq hokimiyatchiligi: referendum, saylov, yig‘ilish va boshqalar;

O‘zbekiston Respublikasi

demokratiya: bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri), bilvosita (vakillik);

hokimiyatlar bo‘linishi: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud;

davlat ramzlari: bayroq – 1991-yil 18-noyabr, gerb – 1992-yil 2-iyul, madhiya – 1992-yil 10-dekabr.

1991-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Prezidenti saylovi muqobillik asosida bo‘lib o‘tdi;

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan.

O‘zingizni sinang!

Savollar: 1. Davlat suvereniteti nima? 2. Davlat suvereniteti uning hokimiyati cheklanmaganligini anglatadimi? 3. Davlat suvereniteti inson huquqlari bilan qanday muvofiqlashtiriladi? 4. Demokratiyaning mohiyati nimada, u qaysi shakllarda amalga oshiriladi? 5. O‘zbekiston xalqi nomidan kim ish ko‘rishi mumkin? 6. Konstitutsiyaviy prinsiplar deganda nimani tushunmoq kerak?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Suverenitet atamasi qaysi fransuzcha so‘zdan olingan?
  1. republique
  2. souverainete
  3. legislation
  4. federation

To‘g‘ri javob: souverainete. Suverenitet fransuzcha «souverainete» so‘zidan olingan bo‘lib, davlatning boshqa davlatlardan mustaqilligini bildiradi.

Konstitutsiyaviy huquqda davlat suvereniteti nima?
  1. Davlatning faqat tashqi siyosatda boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilish majburiyati
  2. Davlat hokimiyatining bir shaxs qo‘lida to‘planishi
  3. Davlatning o‘z ichki ishlarida va tashqi munosabatlarida boshqa davlatlardan mustaqilligi
  4. Davlatning boshqa davlatlar bilan harbiy ittifoqqa kirish huquqi

To‘g‘ri javob: Davlatning o‘z ichki ishlarida va tashqi munosabatlarida boshqa davlatlardan mustaqilligi. Suverenitet – davlatning o‘z ichki ishlarida va tashqi munosabatlarida boshqa davlatlardan mustaqilligidir.

Konstitutsiyaning 1-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan qanday davlat?
  1. Suveren, federativ, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat
  2. Mustaqil, demokratik, diniy, ijtimoiy va huquqiy davlat
  3. Suveren, unitar, ijtimoiy, huquqiy va harbiy davlat
  4. Suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat

To‘g‘ri javob: Suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat. Konstitutsiyaning 1-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.

Konstitutsiyaviy huquqda suverenitet mamlakat ichkarisida va tashqi siyosatda nimani ifodalaydi?
  1. Ichkarida hokimiyatning to‘liq ustunligini, tashqi siyosatda mustaqillikni
  2. Ichkarida hokimiyatning cheklanishini, tashqi siyosatda boshqa davlatlarga tobelikni
  3. Ichkarida hokimiyatning xalqaro tashkilotlarga o‘tishini, tashqarida mustaqillikni
  4. Ichkarida hokimiyatning bo‘linmasligini, tashqi siyosatda ittifoqqa qo‘shilish majburiyatini

To‘g‘ri javob: Ichkarida hokimiyatning to‘liq ustunligini, tashqi siyosatda mustaqillikni. Suverenitet – mamlakat ichkarisida hokimiyatning to‘liq ustunligi hamda tashqi siyosatda mustaqilligidir.

A davlatining hududida boshqa bir davlat o‘z qonunlarini joriy etishni va o‘z sudlari orqali ishlarni ko‘rishni talab qildi. Suverenitet nuqtayi nazaridan qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Talab qonuniy, chunki suverenitet faqat tashqi siyosatdagi mustaqillikni anglatadi va ichki ishlarni qamrab olmaydi
  2. Talab suverenitetga zid, chunki davlat o‘z hududida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining to‘la egasi
  3. Talab faqat boshqa davlat ko‘p aholi yashaydigan hududga nisbatan qo‘yilsa qonuniy bo‘ladi, kam aholili hududga nisbatan esa qonuniy emas
  4. Talab qonuniy, agar u xalqaro munosabatlar subyekti bo‘lmagan hududga nisbatan qo‘yilsa, suverenitet bunga to‘sqinlik qilmaydi

To‘g‘ri javob: Talab suverenitetga zid, chunki davlat o‘z hududida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining to‘la egasi. Suverenitet – davlat hududida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlarining to‘la-to‘kisligidir.

Davlat suverenitetining asosiy prinsiplariga quyidagilardan qaysi biri kiradi?
  1. Xalqaro huquqning asosiy prinsiplaridan voz kechish
  2. Davlat ramzlarini boshqa davlatlar bilan kelishib tanlash
  3. Davlat tili sifatida bir nechta tilning teng maqomi
  4. Mustaqil ichki va tashqi siyosat

To‘g‘ri javob: Mustaqil ichki va tashqi siyosat. Davlat suverenitetining asosiy prinsiplari qatoriga mustaqil ichki va tashqi siyosat kiradi.

O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida respublika qachon mustaqil davlat deb e’lon qilindi?
  1. 1991-yil 29-dekabrda
  2. 1991-yil 31-avgustda
  3. 1992-yil 8-dekabrda
  4. 1991-yil 18-noyabrda

To‘g‘ri javob: 1991-yil 31-avgustda. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida respublika mustaqil davlat deb e’lon qilindi.

«O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun qaysi sanagacha Asosiy qonun rolini bajarib keldi?
  1. 1991-yil 31-avgustgacha
  2. 1991-yil 29-dekabrgacha
  3. 1992-yil 8-dekabrgacha
  4. 1992-yil 2-iyulgacha

To‘g‘ri javob: 1992-yil 8-dekabrgacha. Qonun O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan 1992-yil 8-dekabrga qadar Asosiy qonun rolini bajargan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiAmaliyot darsi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mundarijasi va tavsifiKeyingi →Amaliyot darsi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati