Amaliyot darsi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati
I bo‘lim. Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni
Mavzu ustida ishlash natijasida: – davlat tashqi siyosiy faoliyati nimaligini; – O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishishi tashqi siyosiy aloqalarga qanday ta’sir o‘tkazganligini bilib olasiz.
1. Davlatning tashqi siyosiy faoliyati. 2. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari.
1. DAVLATNING TASHQI SIYOSIY FAOLIYATI
Bugun huquqqa oid o‘ta muhim mavzulardan biri, mamlakatimiz tashqi siyosati haqida so‘z yuritamiz.
1-topshiriq
Darslik paragrafi materiallaridan foydalangan holda quyidagi topshiriqlarni bajaring:
1. Davlat tashqi siyosatiga oid misol keltiring. 2. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda to‘la huquqli subyekt ekanligini misollarda isbotlab bering.
3. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda davlatimiz asosiy maqsadlari va vazifalarini aniq misollar bilan ko‘rsating.
2-topshiriq
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning darslikda keltirgan mulohazalaridan birini tanlab, davlatimiz tashqi siyosatiga munosabatingizni bildirishga harakat qiling.
Quyidagi jumlalarni davom ettirib, o‘z fikringizni bayon eting: Menimcha,... Buni shunday isbotlay olaman, ya’ni... Bundan shunday xulosa chiqardim, ya’ni...
1. «Mamlakatimizning qat’iy pozitsiyasi ilgarigidek o‘zgarmaydi, har qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik, O‘zbekiston hududida boshqa davlatlar harbiy bazalari va obyektlarini joylashtirishga, shuningdek, mamlakatimizdan tashqarida harbiy xizmatchilarimiz bo‘lib turishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘lib qolmoqda».
2-topshiriq
2. «Yaqin qo‘shnilarimiz bo‘lmish Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston bilan munosabatlarda ochiqlik, xayrixohlik va pragmatik siyosat yuritishga sodiq bo‘lib qolaveramiz».
3. «MDH mamlakatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga, Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma, Ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnoma va boshqa muhim bitimlar asosida Rossiya Federatsiyasi bilan do‘stona aloqalarni har tomonlama mustahkamlashga alohida o‘rin ajratiladi. Bu hujjatlar har ikki mamlakat manfaatlariga javob beradi hamda mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi».
4. «Vaziyatni izdan chiqarishni xohlovchi, adovat, dushmanlik, mojaro urug‘ini sochuvchi, hatto qon to‘kishni istovchi kuchlar mavjudligi sir emas. Notinch zamonda va notinch mintaqada yashab ke- layotganimizni to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiqdan ochiq tan olishimiz kerak».
2-topshiriq
5. «Vatanimiz ishonchli himoyasini, uning mudofaa layoqatini mustahkamlashni, davlat chegaralari daxlsizligini ta’minlovchi va kafolatlovchi chora-tadbirlar majmuasini ro‘yobga chiqarishni davom ettirish zarur. Ichki va tashqi kuchlarning mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligiga har qanday tajovuzi qattiqqo‘llik bilan bartaraf etiladi».
Tashqi siyosat – o‘z chegaralaridan tashqarida xalqaro hayotda ishtirok etgan holda davlatning boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarini, davlatning xalqaro munosabatlardagi umumiy siyosatini amalga oshirishidan iborat faoliyati.
Yodda tuting!
Xalqaro huquq – xalqaro muloqot jarayonida davlatlararo va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarni tartibga solib turuvchi yuridik qoidalar majmuyi.
Boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlardagi o‘z huquq va burchlarini tashqaridan qandaydir tazyiqsiz amalga oshirishga qodir bo‘lgan mustaqil davlatgina xalqaro munosabatlar subyektiga aylanishi mumkin. Xalqaro huquq subyekti bir davlatning boshqa bir davlat ustidan hokimligini tan olmaydi. Bunday davlat o‘zining ichki va tashqi siyosatini amalga oshirish borasida mustaqil bo‘ladi.
Asosiy qonun belgilaydi
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 17-modda.
Butun insoniyat tarixida sayyoramizda 15 mingdan ortiq urushlar bo‘lib o‘tgan. Ularda 3,5 mlrd atrofida odam halok bo‘lgan. Shuning uchun ham kishilar hamma vaqt vujudga kelgan muammolarni tinchlik yo‘li bilan hal etish haqida bosh qotirganlar.
Ikkinchi jahon urushi (1939–1945-yillar) tugaganidan keyin tinchlikni va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash va saqlash maqsadida 1945-yil 24-oktabrda San-Fransisko (AQSH) shahrida 51 ta mamlakat vakillari Tinchlik konstitutsiyasi deb hisoblashga haqli bo‘lgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Nizomini imzolagan edi.
Asosiy qonun belgilaydi
Hozirgi vaqtda 193 ta davlat, shu jumladan, O‘zbekiston ham BMT a’zosidir. O‘zbekiston 1992-yil 2-martda BMTning to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan.
Barcha davlatlar – BMT ishtirokchilari o‘z faoliyatlarida quyidagi prinsiplarga rioya qilish majburiyatini oladilar:
- – xalqaro norma va shartnomalarga amal qilish; – kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan tartibga solish; – kuch bilan xavf solish yoki uni qo‘llashdan tiyilish; – ichki ishlarga va hamkorlik ishlariga aralashmaslik. Mustaqillik e’lon qilingan dastlabki kunlardanoq O‘zbekiston Respublikasi dunyo hamjamiyatiga kirish yo‘lini tanladi:
Jumladan, 1993-yil 26-fevralda mamlakatimiz YXHT (Yevropa xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Xalqaro tashkilot)ga;
- – 1993-yil 29-oktabrda – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim,
Asosiy qonun belgilaydi
fan va madaniyatga ixtisoslashgan muassasasi – YUNESKOga; – 1995-yil 22-dekabrda BMTning YUNISEF Xalqaro Favqulodda Bolalar fondiga; – 2001-yil 15-iyunda SHHT (Shanxay hamkorlik tashkiloti)ga va boshqa tashkilotlarga qabul qilindi.
O‘zbekiston MDH mamlakatlari, Yevropa Ittifoqi, Xalqaro valuta jamg‘armasi, Butunjahon banki, Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) va
Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik olib bormoqda.
Hozirda dunyoning 146 dan ortiq mamlakati O‘zbekistonni mustaqil davlat sifatida tan olgan. Shunday qilib, davlatimiz dunyo hamjamiyatida xalqaro huquq subyekti sifatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi.
2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SIYOSATINING ASOSIY PRINSIPLARI
Mamlakatning Asosiy qonunida mustahkamlab qo‘yilgan tashqi siyosat prinsiplari (17-modda) jumlasiga quyidagilar kiradi:
- – davlatlarning suveren tengligi prinsipi, ya’ni boshqa davlatlar suverenitetini hurmat qilish majburiyligi;
- – kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik prinsipi; – chegaralarning daxlsizligi prinsipi; – boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsipi; – nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish prinsipi, shuningdek, davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish va ulardan ajralib chiqish prinsipi.
Asosiy qonun belgilaydi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 152-modda.
xalqaro munosabatlarning teng huquqli a’zosi;
xalqaro huquq me’yorlari ustuvorligi e’tirof etilishi;
O‘zbekiston Respublikasi
- • suveren tenglik;
- • davlatning ichki ishlariga aralashmaslik;
- • kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik;
- • nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish;
- • chegaraning daxlsizligi;
- • ittifoqlar tuzish va ulardan ajralib chiqish;
1991-yil – MDH; 1992-yil – BMT; 1993 – YUNESKO; 1995 – YUNISEF; 2001-yil – SHHT.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini 146 mamlakat tan oldi.
O‘zingizni sinang!
O‘rganilgan mavzular bo‘yicha
bilimlaringizni sinang.
ORALIQ NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
Qiynalganda qavs ichida ko‘rsatilgan darslik sahifalariga murojaat qiling.
ERKINLIKLARI VA BURCHLARI
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
19-modda.
Muhim sanalar
- 1939–1945-yillar — Ikkinchi jahon urushi (1939–1945-yillar) tugaganidan keyin tinchlikni va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash va saqlash maqsadida 1945-yil 24-oktabrda San-Fransisko (AQSH) shahrida 51 ta mamlakat vakillari Tinchlik…
- 1945-yil — Ikkinchi jahon urushi (1939–1945-yillar) tugaganidan keyin tinchlikni va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash va saqlash maqsadida 1945-yil 24-oktabrda San-Fransisko (AQSH) shahrida 51 ta mamlakat vakillari Tinchlik…
- 1991-yil — 1991-yil – MDH; 1992-yil – BMT; 1993 – YUNESKO; 1995 – YUNISEF; 2001-yil – SHHT.
- 1992-yil — O‘zbekiston 1992-yil 2-martda BMTning to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan.
- 1992-yil — 1991-yil – MDH; 1992-yil – BMT; 1993 – YUNESKO; 1995 – YUNISEF; 2001-yil – SHHT.
- 1993-yil — Jumladan, 1993-yil 26-fevralda mamlakatimiz YXHT (Yevropa xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Xalqaro tashkilot)ga;
- 1993-yil — – 1993-yil 29-oktabrda – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim,
- 1995-yil — fan va madaniyatga ixtisoslashgan muassasasi – YUNESKOga; – 1995-yil 22-dekabrda BMTning YUNISEF Xalqaro Favqulodda Bolalar fondiga; – 2001-yil 15-iyunda SHHT (Shanxay hamkorlik tashkiloti)ga va boshqa tashkilotlarga…
- 2001-yil — fan va madaniyatga ixtisoslashgan muassasasi – YUNESKOga; – 1995-yil 22-dekabrda BMTning YUNISEF Xalqaro Favqulodda Bolalar fondiga; – 2001-yil 15-iyunda SHHT (Shanxay hamkorlik tashkiloti)ga va boshqa tashkilotlarga…
- 2001-yil — 1991-yil – MDH; 1992-yil – BMT; 1993 – YUNESKO; 1995 – YUNISEF; 2001-yil – SHHT.
Bilimingizni sinang
Chet davlat O‘zbekiston hududida o‘z harbiy bazasini joylashtirishni taklif qildi. Prezident Sh. Mirziyoyev bayon etgan pozitsiyaga ko‘ra, qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Taklif qabul qilinmaydi, chunki O‘zbekiston hududida boshqa davlatlar harbiy bazalari va obyektlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi
- Taklif qabul qilinadi, chunki bu xalqaro majburiyat bo‘lib, O‘zbekiston hududida harbiy bazalar joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi
- Taklifni faqat BMT ruxsati bilan qabul qilish mumkin, chunki harbiy bazalar joylashtirish xalqaro tashkilot ruxsatini talab qiladi
- Taklifni qabul qilish mumkin, agar harbiy baza ikki yil muddatga joylashtirilsa, bunday vaqtinchalik bazalarga yo‘l qo‘yiladi
To‘g‘ri javob: Taklif qabul qilinmaydi, chunki O‘zbekiston hududida boshqa davlatlar harbiy bazalari va obyektlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qat’iy pozitsiya: O‘zbekiston hududida boshqa davlatlar harbiy bazalari va obyektlarini joylashtirishga yo‘l qo‘ymaslik.
Prezident Sh. Mirziyoyev ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi bilan do‘stona aloqalar qaysi shartnomalar va bitimlar asosida mustahkamlanadi?
- Harbiy-siyosiy blokka qo‘shilish to‘g‘risidagi shartnoma, harbiy ittifoq to‘g‘risidagi bitim va boshqa bitimlar
- Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma, Ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnoma va boshqa muhim bitimlar
- Faqat savdo bitimi va iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma, boshqa siyosiy bitimlarsiz
- Hududiy yaxlitlikni almashish to‘g‘risidagi bitim, chegaralarni qayta ko‘rib chiqish va boshqa kelishuvlar
To‘g‘ri javob: Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma, Ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnoma va boshqa muhim bitimlar. Rossiya bilan aloqalar Strategik hamkorlik va Ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnomalar va boshqa muhim bitimlar asosida mustahkamlanadi.
Prezident Sh. Mirziyoyev ta’kidlashicha, qaysi qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarda ochiqlik, xayrixohlik va pragmatik siyosat yuritishga sodiq qolinadi?
- Rossiya, Ukraina, Belarus, Armaniston va boshqa davlatlar
- Eron, Turkiya, Hindiston, Xitoy va boshqa davlatlar
- Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston
- Pokiston, Mo‘g‘uliston, Gruziya, Ozarbayjon va boshqalar
To‘g‘ri javob: Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston. Yaqin qo‘shnilar — Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan ochiqlik, xayrixohlik va pragmatik siyosat.
Davlatning tashqi siyosati nimadan iborat faoliyat hisoblanadi?
- Faqat xorijiy fuqarolarga viza berish va ularning mamlakatga kirish-chiqish tartibini nazorat qilishdan iborat bo‘lgan ma’muriy faoliyatdan
- Davlatning o‘z ichki ma’muriy tuzilishini boshqarishi, hududiy organlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishi hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirishdan
- Faqat mudofaa vazirligining faoliyatidan, ya’ni qurolli kuchlarni boshqarish, chegara hududlarini himoya qilish va harbiy tayyorgarlikni nazorat qilishdan
- O‘z chegaralaridan tashqarida xalqaro hayotda ishtirok etgan holda boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarni amalga oshirishdan
To‘g‘ri javob: O‘z chegaralaridan tashqarida xalqaro hayotda ishtirok etgan holda boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarni amalga oshirishdan. Tashqi siyosat — davlatning o‘z chegaralaridan tashqarida boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarini amalga oshirishdan iborat faoliyati.
Xalqaro muloqot jarayonida davlatlararo va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarni tartibga solib turuvchi yuridik qoidalar majmuyi nima deb ataladi?
- Konstitutsiyaviy huquq
- Fuqarolik huquqi
- Diplomatik immunitet
- Xalqaro huquq
To‘g‘ri javob: Xalqaro huquq. Xalqaro huquq davlatlararo va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik qoidalar majmuyidir.
Xalqaro huquq nima?
- Faqat davlat ichki qonunlarining majmuyi bo‘lib, davlat ichidagi shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar
- Xalqaro muloqotda davlatlararo va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarni tartibga solib turuvchi yuridik qoidalar majmuyi
- Faqat BMT xodimlarining ichki qoidalari bo‘lib, tashkilot apparatining ishlash tartibini belgilovchi hujjatlar majmuyi
- Davlat chegaralarini belgilovchi xaritalar, chegara hujjatlari va kelishuvlari to‘plami, ularni demarkatsiya qilish tartibi
To‘g‘ri javob: Xalqaro muloqotda davlatlararo va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarni tartibga solib turuvchi yuridik qoidalar majmuyi. Xalqaro huquq — davlatlararo va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik qoidalar majmuyi.
Qanday davlat xalqaro munosabatlar subyektiga aylanishi mumkin?
- Tashqaridan tazyiqsiz o‘z huquq va burchlarini amalga oshirishga qodir bo‘lgan mustaqil davlat
- Boshqa davlat ustidan hokimlikni tan oladigan va uning ko‘rsatmalariga to‘liq bo‘ysunuvchi davlat
- Faqat harbiy ittifoqqa kirgan va ittifoq qarorlari bo‘yicha harakat qiladigan har qanday davlat
- Faqat aholisi eng ko‘p bo‘lgan va iqtisodiy jihatdan eng boy hisoblangan har qanday davlat
To‘g‘ri javob: Tashqaridan tazyiqsiz o‘z huquq va burchlarini amalga oshirishga qodir bo‘lgan mustaqil davlat. Faqat tazyiqsiz o‘z huquq va burchlarini amalga oshirishga qodir mustaqil davlat xalqaro munosabatlar subyektiga aylanadi.
Davlat o‘z tazyiq ostidagi qo‘shni davlatning qarorlarini belgilab beradi va uning hokimligini o‘z qo‘lida saqlaydi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Tazyiq ostidagi davlat mustaqil bo‘lmagani uchun xalqaro munosabatlar subyektiga aylana olmaydi
- Tazyiq ostidagi davlat xalqaro munosabatlarning to‘la subyekti bo‘la oladi, chunki u rasman davlat
- Tazyiq ostidagi davlat faqat BMTga a’zo bo‘la olmaydi, boshqa jihatdan xalqaro subyekt hisoblanadi
- Bu holat xalqaro huquq subyekti bo‘lish uchun ahamiyatsiz, mustaqillik talab qilinmaydi
To‘g‘ri javob: Tazyiq ostidagi davlat mustaqil bo‘lmagani uchun xalqaro munosabatlar subyektiga aylana olmaydi. Faqat tashqaridan tazyiqsiz huquq va burchlarini amalga oshira oladigan mustaqil davlat xalqaro munosabatlar subyekti bo‘ladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash