Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari
II bo‘lim. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,
Mavzu ustida ishlash natijasida: – inson va fuqarolar qanday huquq va erkinliklarga ega ekanligini; – O‘zbekiston Respublikasida davlat va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar haqida bilib olasiz.
1. INSON VA DAVLAT: ULAR O‘ZARO QAY TARZDA BOG‘LANGAN?
Tarixda inson o‘z huquqlari uchun kurashmagan davr bo‘lmagan. Kishilarning o‘z huquqlari uchun kurashi jarayonida insonning munosib hayot kechirishga huquqi yoqlangan ko‘plab g‘oyalar, nazariyalar hamda ta’limotlar yuzaga keldi va rivojlandi.
Uyg‘onish davri mutafakkirlari Sharqning mashhur huquqshunoslari- dan biri Imom Burhoniddin al-Marg‘inoniyning har bir insonning tabiiy huquqlariga, u ana shu davlatning fuqarosi ekanligi yoki aksinchaligidan qat’i nazar, rioya etilishini qonunlashtirish va ta’minlash zarurligi to‘g‘risidagi g‘oyasini yoqladilar. Xuddi ana shu davrdan e’tiboran davlatga mutlaqo boshqacha – shaxs huquqlarini poymol qiluvchi institut (tashkilot) tariqasida emas, balki uning inson va jamiyat manfaatlariga xizmat qilishi nuqtayi nazaridan yondashilmoqda.
Asosiy qonun belgilaydi
O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 13-modda.
Inson huquqlariga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining II bo‘limi bag‘ishlangan bo‘lib, bu bo‘lim «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari» deb nomlanadi (19–64-moddalar).
Shunday qilib, Konstitutsiyamizda insonning huquq va erkinliklarini e’tirof etish, ularga rioya qilish va ularni muhofaza qilish – davlatning majburiyati, degan qoida mustahkamlab qo‘yilgan.
1. HOKIMIYAT NIMA?
Hokimiyat – bu odamlar, moddiy obyektlar, hududlarni boshqarish, buyruq berish imkoniyati. U avtoritet, so‘z, xatti-harakat, shuningdek, majbur etish vositasida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasida xalq davlat hokimiyatining yagona manbayi ekanligi to‘g‘risidagi qoida mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekistonda davlat hokimiyati xalq manfaatlari asosida va faqat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan vakil qilingan organlar hamda Konstitutsiya asosida qabul qilingan qonunchilik bilan amalga oshiriladi.
Konstitutsiyada ko‘rsatilmagan tartibda hokimiyat organlari faoliyatini to‘xtatish yoki bekor qilish, davlat hokimiyati vakolatini berish, yangi va hokimiyatning parallel tuzilmasini tuzish Konstitutsiyaga zid hisoblanadi va qonun bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.
1. HOKIMIYAT NIMA?
2 – Konstitutsiyaviy huquq asoslari 33
Kishilarning hamkorlik faoliyatiga rahbarlik qilish
Kishilarning birgalikdagi faoliyatini ta’minlash
Jamiyatda tartibni ta’minlash
2. INSON VA FUQARONING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI
Konstitutsiyaning II bo‘limi to‘liq inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. O‘z mazmuni bo‘yicha har bir inson va fuqaro huquqlari bir-biriga mos keladi, lekin fuqarolikka ega bo‘lgan shaxslarning huquqlari va fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxslar huquqlari bir-biridan ko‘lami jihatidan farq qiladi. Fuqarolikka ega bo‘lgan shaxslarning huquqlari ko‘lami davlat organlariga saylash va saylanish, davlat muassasalarida mas’ul lavozimlarda ishlash huquqiga, ayni shu davlat armiyasida xizmat qilish burchiga ega bo‘lmagan shaxslarnikiga qaraganda kattaroqdir.
Davlat fuqarolarning Asosiy qonunda ko‘rsatilgan huquq va erkinliklarini kafolatlashi to‘g‘risidagi qoida Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan.
Shaxsiy Siyosiy Iqtisodiy va ijtimoiy
yashash;
Konstitutsiyasining 25–35-moddalari):
Shaxsiy huquq va erkinliklar
erkinlik, sudda himoya qilish va shaxsiy daxlsizlik;
(O’zbekiston Respublikasi sha’ni va obro‘siga tajovuz qilinishidan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joy daxlsizligi huquqi;
bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish va yashash joyini tanlab olish erkinligi;
fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi;
fuqaroning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish;
vijdon va diniy e’tiqod erkinligi.
jamoat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi;
(O’zbekiston Respublikasi Kons-
titutsiyasining 36–40-moddalari):
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq mitinglar, tinch yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida o‘z faolligini namoyish qilish huquqi;
Siyosiy huquqlar
davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylash va saylanish huquqi;
kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoatchilik birlashmalariga birlashish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi;
davlat organlari, muassasalari yoki xalq vakilligiga arizalar, shikoyatlar va takliflar bilan murojaat qilish huquqi.
xususiy mulkdor bo‘lish huquqi;
Konstitutsiyasining 41–48-moddalari):
Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar
mehnat qilish sharoitiga ega bo‘lish va ishsizlikdan himoyalanganlik huquqi, faoliyat va kasb tanlash erkinligi;
(O’zbekiston Respublikasi yoshiga ko‘ra (pensiya), mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta’minot olish huquqi;
qonun bilan taqiqlanmagan iqtisodiy faoliyat huquqi;
to‘lanadigan dam olish huquqi;
malakali tibbiy yordamdan foydalanish huquqi.
ta’lim olish huquqi, bepul umumiy ta’lim olish kafolatlanganligi;
Konstitutsiyasining
50–53-moddalari):
Madaniy huquq-
lar (O’zbekiston
Respublikasi ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi huquqi;
madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi.
Fuqarolarning barcha huquq va erkinliklari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19–58-moddalarida mustahkamlab qo‘yilgan va ular shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy, madaniy huquqlarga bo‘linadi.
1-topshiriq
Har qanday davlat aholisi nafaqat ana shu davlat fuqarolaridan, qolaversa, u yoki bu sabablarga ko‘ra unda vaqtincha yashab turgan yoki doimiy yashayotgan kishilardan ham iborat bo‘ladi. Xorijiy fuqarolar yoki o‘zining xorijiy davlatga mansub ekanligini isbotlay olmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (apatridlar) ana shular jumlasiga kiritiladi. Garchi bu shaxslar fuqarolikka ega bo‘lmasa-da, ular ham xalqaro va milliy hujjatlarda mustahkamlab qo‘yilgan barcha huquqlardan foydalanadilar.
1-topshiriq
O‘zbekistonning Asosiy qonuni barcha fuqarolarning bir xildagi huquqlari va erkinliklarini, qonun oldida ularning tengligini mustahkamlab qo‘ygan. Bu huquqlar Konstitutsiyada daxlsiz, ya’ni hech kim mahrum etishga haqli bo‘lmagan huquqlar sifatida ta’riflangan.
2-topshiriq
3-topshiriq
Pantomima (so‘zsiz xatti-harakat) orqali inson huquqlarining buzilishini tasvirlab bering va bunda aynan qanday huquqlar buzilganini sinfdagilar aytib berishini so‘rang.
Yodda tuting!
Erkinlik (huquqda) – davlat tomonidan e’tirof etilgan, Konstitutsiya yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilgan shaxsning har qanday ijtimoiy huquqi, insonning muayyan xulq-atvordagi imkoniyatlari (masalan, so‘z erkinligi, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, fikr, so‘z va e’tiqod erkinligi, vijdon erkinligi va boshqalar).
Gender tengligi – taraqqiy etgan mamlakatlarning inson – erkak yoki ayol bir xildagi ijtimoiy huquqlar va imkoniyatlarga ega ekanligini e’tirof etuvchi konvensiya.
Asosiy qonun belgilaydi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan o‘zaro huquq va majburiyatlar bilan bog‘liqdir.
Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 20-modda.
davlatning vazifasi – har bir insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash;
Inson va
inson huquqlari to‘g‘risida xalqaro hujjatlar;
gender tengligi;
asosiy huquqlar: shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy.
O‘zingizni sinang!
Bilimingizni sinang
Imom Burhoniddin al-Marg‘inoniyning g‘oyasiga ko‘ra, insonning tabiiy huquqlariga qanday rioya etilishi zarur?
- Inson ana shu davlat fuqarosi ekanligi yoki aksinchaligidan qat’i nazar
- Faqat shu davlatning fuqarolariga nisbatan, boshqa shaxslarga nisbatan emas
- Faqat davlat manfaatiga zarar yetkazmagan taqdirda, aks holda bekor bo‘ladi
- Faqat shu davlatda yashovchi dindorlarga nisbatan, boshqalarga emas
To‘g‘ri javob: Inson ana shu davlat fuqarosi ekanligi yoki aksinchaligidan qat’i nazar. Marg‘inoniy tabiiy huquqlarga fuqarolikdan qat’i nazar rioya etishni yoqlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasiga ko‘ra, demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanganda nima oliy qadriyat hisoblanadi?
- Inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari
- Davlat hokimiyati va uning organlari tizimi, ularning vakolatlari majmui
- Xususiy mulk va tadbirkorlik erkinligi, bozor iqtisodiyotining ustunligi
- Jamiyat manfaatlari va umumiy farovonlik, davlat va jamiyat xavfsizligi ustuvorligi
To‘g‘ri javob: Inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari. 13-moddada inson va uning daxlsiz huquqlari oliy qadriyat deb belgilangan.
Konstitutsiyaning «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari» deb nomlangan II bo‘limi qaysi moddalarni qamrab oladi?
- 1–18-moddalarni
- 19–64-moddalarni
- 25–35-moddalarni
- 41–48-moddalarni
To‘g‘ri javob: 19–64-moddalarni. II bo‘lim 19–64-moddalardan iborat.
Odamlar, moddiy obyektlar va hududlarni boshqarish, buyruq berish imkoniyati nima deb ataladi?
- Erkinlik
- Suverenitet
- Hokimiyat
- Qonuniylik
To‘g‘ri javob: Hokimiyat. Hokimiyat — odamlar, moddiy obyektlar, hududlarni boshqarish, buyruq berish imkoniyatidir.
Hokimiyat nima?
- Davlat organlarining yagona tizimi, ularning tuzilmasi va ichki tartibi
- Qonun chiqarish va uni qo‘llash bilan shug‘ullanuvchi alohida tashkilot
- Odamlar, moddiy obyektlar, hududlarni boshqarish, buyruq berish imkoniyati
- Fuqarolarning davlatga bo‘lgan majburiyatlari majmui va ularni bajarish tartibi
To‘g‘ri javob: Odamlar, moddiy obyektlar, hududlarni boshqarish, buyruq berish imkoniyati. Hokimiyat odamlar, obyektlar va hududlarni boshqarish, buyruq berish imkoniyati sifatida ta’riflanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasiga doir quyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri?
- Davlat hokimiyatining yagona manbayi Prezidentdir
- Davlat hokimiyatining manbayi Oliy Majlisdir
- Hokimiyat manbayi bir necha tashkilot o‘rtasida teng taqsimlangan
- Xalq davlat hokimiyatining yagona manbayidir
To‘g‘ri javob: Xalq davlat hokimiyatining yagona manbayidir. 7-moddada xalq davlat hokimiyatining yagona manbayi ekanligi mustahkamlangan.
Bir guruh shaxslar viloyatda Konstitutsiyada ko‘zda tutilmagan «Xalq kengashi» nomli o‘z hokimiyat tuzilmasini tuzib, rasmiy organlarga parallel ravishda qarorlar chiqara boshladi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Bu harakat Konstitutsiyaga zid bo‘lib, qonun bo‘yicha javobgarlikka tortiladi
- Bu ular uchun qonuniy, chunki xalq hokimiyatning manbayi hisoblanadi
- Bu faqat axloqiy jihatdan noto‘g‘ri, ammo qonun bo‘yicha javobgarlik yo‘q
- Bu mahalliy hokim ruxsati bilan qonuniy bo‘lishi mumkin
To‘g‘ri javob: Bu harakat Konstitutsiyaga zid bo‘lib, qonun bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. Hokimiyatning parallel tuzilmasini tuzish Konstitutsiyaga zid va javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Hokimiyat qanday vositalar orqali amalga oshiriladi?
- Faqat sud hukmlari va ularni majburiy ijro etish orqali
- Faqat saylovlar va referendumlar orqali amalga oshiriladi
- Faqat xalqaro shartnomalar va kelishuvlar vositasida
- Avtoritet, so‘z, xatti-harakat va majbur etish vositasida
To‘g‘ri javob: Avtoritet, so‘z, xatti-harakat va majbur etish vositasida. Hokimiyat avtoritet, so‘z, xatti-harakat hamda majbur etish vositasida amalga oshiriladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash