XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 9-sinf · Konstitutsiyaviy huquq asoslari · 6–7-§

Amaliyot darsi. Inson va fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari

II bo‘lim. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,

Mavzu ustida ishlash natijasida: – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asosan inson va fuqarolar qanday shaxsiy huquq va erkinliklarga ega ekanligini bilib olasiz.

1. Yashash huquqi. 2. Sudda himoyalanish va shaxsiy daxlsizlik huquqi. 3. Sha’ni, obro‘si va shaxsiy hayotiga tajovuzdan himoyalanish huquqi.

4. Turar joy daxlsizligi huquqi. 5. Bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish va yashash joyini erkin tanlash huquqi.

6. Fikr, so‘z va e’tiqod erkinligi. 7. Vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi. Inson huquqlari – davlat qonunlarida mustahkamlab qo‘yilgan huquqlar bo‘lib, mamlakatda har bir fuqaro huquq va erkinliklarini ta’minlaydi.

Mana shuning uchun qonun bilan belgilangan bir holatda huquqlar deb, boshqa holatda esa erkinliklar deb yuritiladi. Bunda shuni yodda tutish kerakki, xatti-harakatlarni tanlashda keng erkinlikni taqdim etish orqali huquq ulardan foydalanishning aniq chegarasini ham belgilab beradi.

1-topshiriq

O‘zingizni mamlakatning Asosiy qonuni loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tarkibiga kiritilgan deb tasavvur qiling.

Qaysi shaxsiy huquq va erkinliklarni ana shu loyihaga kiritgan bo‘lar edingiz? Ro‘yxatni tuzing va ularning eng muhimlarini belgilang. Yodingizda bo‘lsin, sizning mamlakatingiz demokratik davlat bo‘lishi uchun in- tilishingiz kerak.

1. YASHASH HUQUQI Mamlakatda demokratiyaning mavjudligini aniqlaydigan insonning eng muhim shaxsiy huquqi – bu yashash huquqidir.

Asosiy qonun belgilaydi

Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.

O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 25-modda.

Davlat va jamiyatning asosiy burchi – ana shu huquqni qo‘l ostidagi barcha vositalar bilan kafolatlashdir. Bu huquqni ro‘yobga chiqarish davlat va jamiyat demokratik rivojlanishining muhim sharti – sog‘lom yashash huquqi, normal hayot sharoiti va hokazolar bilan chambarchas bog‘liq. Davlat uni quyidagi majburiyatlarni bajarishda kafolatlaydi:

Davlatning yashash

xalqaro mojarolarni hal qilish vositasi sifatida urush- dan va unda qatnashishdan voz kechish;

atrof-muhitni muhofaza qilish;

qurol-yarog‘ga ega bo‘lish va uni qo‘llashning alohida tartibini belgilash;

ochiq va malakali tibbiy yordam olish imkonini yaratish.

Normativ hujjat!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida»gi 2005-yil 1- avgustdagi Farmoniga muvofiq va insonning jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan yashash huquqi prinsiplari, normalari hamda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qoidalaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, jinoiy javobgarlikni liberallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida: «2008-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasida jinoiy jazo sifatida o‘lim jazosi bekor qilinsin va uning o‘rniga umrbod qamoq yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi kiritilsin», – deb belgilab qo‘yilgan.

2. SUDDA HIMOYALANISH VA SHAXSIY DAXLSIZLIK HUQUQI

Bu insonning har bir vaziyatda o‘z ixtiyoriga ko‘ra ish tutish huquq- laridir. Bunda davlat organlari va jismoniy shaxslar tomonidan uning huquqlarini qonunga xilof ravishda cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Masalan, faqat sudyaning sanksiyasi (ruxsatnomasi) qamoqqa olish va hibsda saqlash uchun asos bo‘lishi mumkin.

Asosiy qonun belgilaydi

Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo‘li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi. Ayblanuvchiga o‘zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 28-modda.

3. SHA’NI, OBRO‘SIGA TAJOVUZDAN VA SHAXSIY HAYOTIGA ARALASHISHDAN HIMOYALANISH HUQUQI

«Shaxsiy hayot» deyilganda istisno tariqasida ayni shu kishiga taalluqli hamda qonunga xilof ravishda oshkor etilgan taqdirda insonga ma’naviy ziyon yetkazilishi mumkin bo‘lgan yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar, telegraf vositasidagi va boshqa turli xil bildirishlar, tibbiyot tavsifidagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar tushuniladi.

Shaxs qadr-qimmati huquqi davlat inson uchun uning qadr-qimmatini va or-nomusini kamsitmaydigan sharoitlar yaratib berishini taqozo etadi. Hech kim qiynoqlarga solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi muomalaga duchor etilmasligi shart.

4. TURAR JOY DAXLSIZLIGI HUQUQI

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (31-modda) ko‘zda tutilganidek, davlat organlari ushbu huquqlarga aralashishi mumkin emas. Ammo davlat, jamiyat xavfsizligi, jamoatchilik tartibi, aholi sog‘ligini saqlash yoki boshqa shaxslarning huquqlari hamda erkinliklari nuqtayi nazaridan qonunda belgilangan holatlar bundan mustasnodir.

Fuqaro tomonidan qonuniy asosda doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi tariqasida egallab turilgan har qanday bino turar joy jumla-

Asosiy qonun belgilaydi

Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi. Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo‘yishni va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 31-modda

Fuqaro M.ning kvartirasiga tepa qavatdagi qo‘shnisi suv toshirib yu- borgani sababli suv oqib tushdi. Ko‘p suv toshmagani uchun u aynan turar joy daxlsizligi asosida ta’mirlovchi ustani xonadoniga kiritmadi.

Savollar: Bu holatda kim haq?

3-topshiriq

Rasmlarga qarab, bunday holatda insonning qanday huquqlari buzilganligini aniqlang. Har bir rasm ostiga nimalar yozish kerakligini taklif qiling.

5. BIR JOYDAN IKKINCHI JOYGA KO‘CHISH VA YASHASH JOYINI ERKIN TANLASH HUQUQI

Bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish va yashash joyini erkin tanlash huquqi O‘zbekiston hududida qonuniy tarzda bo‘lib turgan har bir odamga taalluqlidir.

Asosiy qonun belgilaydi

Qonuniy asoslarda O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan har kim mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 32-modda.

6. FIKRLASH, SO‘Z VA E’TIQOD ERKINLIGI HUQUQI

Inson fikri va e’tiqodi uning xatti-harakatlari asosidir. Konstitutsiya fikr yuritish va so‘z erkinligini ta’minlashni kafolatlash bilan birgalikda, mavjud konstitutsiyaviy tuzumga qarshi yo‘naltirilgan har qanday axborot yoki davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatishni man etadi.

Yodda tuting!

So‘z erkinligi – nafaqat o‘z g‘oyalari va fikr-mulohazalarini og‘zaki, balki matbuotda, tasviriy san’at asarlari, badiiy adabiyotda va boshqalarda ham bayon etish imkoniyatidir.

Asosiy qonun belgilaydi

Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.

Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega. Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi. Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yiladi.

Asosiy qonun belgilaydi

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 33-modda.

7. VIJDON VA DINIY E’TIQOD ERKINLIGI HUQUQI

O‘zbekistonda o‘z tasdig‘ini topgan vijdon erkinligini hurmat qilish xalqimizning teran ma’naviy an’analariga javob beradi. Dinning davlatlashtirilishi har kimning dinga e’tiqod qilishi shaxsiy ishi ekanligiga davlatning aralashuvini anglatgan bo‘lar edi. Davlat va diniy tashkilot orasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonuni asosida boshqarib boriladi. Konstitutsiya dindorlarga ham, dunyoviy turmush tarzini kechiruvchi kishilarga ham davlat ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda bo‘lishini kafolatlaydi.

Asosiy qonun belgilaydi

Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 35-modda.

Yodda tuting!

Dunyoviy davlat – rasmiy davlat dini mavjud bo‘lmagan va birorta diniy ta’limot majburiy sanalmaydigan davlat.

4-topshiriq

Savollar: Sizningcha, qaysi hollarda insonning shaxsiy huquqlari buzilgan? Yuzaga kelgan muammo yechimini taklif qiling.

1- vaziyat. O‘smirlar guruhi o‘g‘irlik sodir etdi. Bu voqea sudgacha maktab Pedagogik kengashi majlisida muhokama qilinib, unda o‘sha o‘smirlarni jinoyatchilar deb atashdi. Shu bilan birga, majlis qatnashchilari ularni sud qat’iy jazolaydi degan umid bildirishdi...

Savollar: Bunda har ikkala tomonda qanday qonunbuzarlik namoyon bo‘ldi?

2- vaziyat. O‘smirlar guruhi tibbiyot institutining tajriba xonasidan kuchuk o‘g‘irlashdi. Voqeani tekshirish davomida shu narsa aniqlandiki, tajriba o‘tkazilgandan so‘ng kuchuklar boqilmasligi va parvarishlanmasligidan zorlanib akillashlariga bolalar achinishgan.

4-topshiriq

Savollar: Axloq va qonun nuqtayi nazaridan o‘smirlar xatti-harakatini qanday baholaysiz?

3- vaziyat. Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Komissiya yig‘ilishida o‘g‘rilik masalasi yuzasidan muhokama borardi. Shu payt inspektor kabinetiga jabrlanuvchi shaxt bilan kirib keldi-da, o‘g‘irlik sodir etgan o‘spiringa ko‘zi tushgach, unga qarata haqorat yog‘dira boshladi. Ammo inspektor uni to‘xtatdi va haqorat qilgani uchun javobgarlikka tortishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirdi.

Savollar: Sizningcha, inspektor, garchi o‘spirinning aybi aniq bo‘lsa-da, nega uning sha’niga haqorat yog‘dirilishini to‘xtatdi?

4- vaziyat. O‘tgan darsda to‘qqizinchi sinf o‘quvchilari sport zalida jismoniy tarbiya darsida bo‘lganlarida, yettinchi sinf o‘quvchilari ularning xonasida o‘tkazilgan darsda o‘tirishgan edi. Shu dars paytida o‘zlarining pullari yo‘qolganini bahona qilib, to‘qqizinchi sinf o‘quvchilari yettinchi sinf o‘quvchilarini tintib chiqishdi.

4-topshiriq

Savollar: To‘qqizinchi sinf o‘quvchilarining xatti-harakatlari qonuniymi? Ushbu xatti-harakatlarga baho bering.

5-topshiriq

Savollar: Quyidagi vaziyatlar bilan tanishing. Qaysi hollarda insonning qanday shaxsiy huquqlariga putur yetkazilgan?

Shaxsiy huquq va

qonun – shaxsni himoya qilish uchun; yashash huquqi; erkinlik va shaxsiy daxlsizlik; shaxsiy va oilaviy hayotga aralashmaslik;

turar joy daxlsizligi;

qadr-qimmat va obro‘ni himoya qilish;

vijdon va diniy e’tiqod erkinligi;

dunyoviy davlat.

O‘zingizni sinang!

Savollar: 1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning qanday huquq va erkinliklari belgilangan?
Savollar: 2. Yashash huquqini ro‘yobga chiqarish davlat uchun nimani anglatadi?
Savollar: 3. Insonning turar joy daxlsizligi huquqi nimani anglatadi?
Savollar: 4. Shaxsiy hayot nima, u qanday muhofaza qilinishi kerak?
Savollar: 5. Vijdon va diniy e’tiqod erkinligi nima?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Konstitutsiyaning 25-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi bilan bog‘liq qanday qoida o‘rnatilgan?
  1. O‘lim jazosi taqiqlanadi
  2. O‘lim jazosi faqat harbiy davrda qo‘llanadi
  3. O‘lim jazosi faqat sud qarori bilan qo‘llanadi
  4. O‘lim jazosi faqat Prezident farmoni bilan qo‘llanadi

To‘g‘ri javob: O‘lim jazosi taqiqlanadi. 25-moddada O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanishi mustahkamlangan.

Konstitutsiyaning 25-moddasiga ko‘ra, inson hayotiga suiqasd qilish qanday jinoyat hisoblanadi?
  1. O‘rtacha og‘irlikdagi jinoyat
  2. Ma’muriy huquqbuzarlik
  3. Og‘ir bo‘lmagan jinoyat
  4. Eng og‘ir jinoyat

To‘g‘ri javob: Eng og‘ir jinoyat. 25-moddada hayotga suiqasd eng og‘ir jinoyat deb belgilangan.

Davlat yashash huquqini kafolatlash uchun quyidagi majburiyatlardan qaysi birini bajaradi?
  1. Xalqaro mojarolarni hal qilish vositasi sifatida urushdan va unda qatnashishdan voz kechish
  2. Qurol-yarog‘ga ega bo‘lish va uni qo‘llashni tartibga solmasdan, erkin holda qoldirish majburiyati
  3. Atrof-muhitni muhofaza qilishni butunlay jamoat tashkilotlariga topshirib, unda ishtirok etmaslik
  4. Tibbiy yordamni faqat xususiy muassasalar orqali ko‘rsatish va davlat tibbiyotini bekor qilish

To‘g‘ri javob: Xalqaro mojarolarni hal qilish vositasi sifatida urushdan va unda qatnashishdan voz kechish. Yashash huquqini kafolatlash majburiyatlari qatorida urushdan va unda qatnashishdan voz kechish bor.

Prezidentning 2005-yil 1-avgustdagi Farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda o‘lim jazosi qaysi sanadan bekor qilindi?
  1. 2005-yil 1-avgustdan
  2. 2008-yil 1-yanvardan
  3. 2006-yil 1-yanvardan
  4. 2010-yil 1-yanvardan

To‘g‘ri javob: 2008-yil 1-yanvardan. Farmonda 2008-yil 1-yanvardan o‘lim jazosi bekor qilinishi belgilangan.

O‘zbekistonda o‘lim jazosi bekor qilingach, uning o‘rniga qanday jazo kiritildi?
  1. Faqat jarima va axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazolar
  2. Faqat muayyan huquqdan mahrum etish yoki uni cheklash
  3. Umrbod qamoq yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish
  4. Faqat besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi

To‘g‘ri javob: Umrbod qamoq yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish. Farmonga ko‘ra, o‘lim jazosi o‘rniga umrbod qamoq yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish kiritilgan.

Qamoqqa olish va hibsda saqlash uchun asos bo‘la oladigan ruxsat kimdan olinishi kerak?
  1. Prokuror yordamchisining og‘zaki buyrug‘i
  2. Faqat sudyaning sanksiyasi
  3. Mahalliy hokimning qarori
  4. Ichki ishlar organi xodimining xohishi

To‘g‘ri javob: Faqat sudyaning sanksiyasi. Faqat sudyaning sanksiyasi qamoqqa olish va hibsda saqlash uchun asos bo‘lishi mumkin.

To‘qqizinchi sinf o‘quvchilari pullari yo‘qolgani uchun yettinchi sinf o‘quvchilarini o‘zlari tintib chiqishdi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Harakat qonuniy, chunki ularning puli yo‘qolgan va ular o‘z mol-mulkini himoya qilish huquqiga ega ekanlar
  2. Harakat qonuniy, chunki ular yettinchi sinf o‘quvchilaridan katta, ya’ni katta sinf o‘quvchilari hisoblanadi
  3. Harakat qonuniy, agar o‘qituvchi ko‘rmasa va maktab ma’muriyati bundan xabardor bo‘lmasa, tintuv qoidalarga zid emas
  4. Ularning harakati qonunga xilof: jismoniy shaxslar ham boshqa insonning huquqlarini qonunga xilof cheklashi mumkin emas

To‘g‘ri javob: Ularning harakati qonunga xilof: jismoniy shaxslar ham boshqa insonning huquqlarini qonunga xilof cheklashi mumkin emas. Jismoniy shaxslar tomonidan huquqlarni qonunga xilof cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Konstitutsiyaning 28-moddasiga ko‘ra, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs qachongacha aybsiz deb hisoblanadi?
  1. Prokuror ayblov xulosasini tuzib, uni sudga yuborgunga qadar, ya’ni sud majlisi boshlanguniga qadar
  2. Tergov organi uni hibsga olib, ayblov e’lon qilgunga qadar, ya’ni dastlabki tergov tugagunga qadar
  3. Uning aybi oshkora sud muhokamasida isbotlanib, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha
  4. Jabrlanuvchi shikoyat berib, uning ayblovi tergovchi tomonidan tasdiqlanmaguncha, ya’ni ish qo‘zg‘atilmaguncha

To‘g‘ri javob: Uning aybi oshkora sud muhokamasida isbotlanib, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha. 28-moddaga ko‘ra, shaxs sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aybi aniqlanmaguncha aybsiz hisoblanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiInson va fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklariKeyingi →Amaliyot darsi. Inson va fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari